Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Raqobatbardoshlik rivojlanishidagi davlatning ro’li



Download 58,42 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2019
Hajmi58,42 Kb.
#30021
1   2   3
Bog'liq
milliy iqtisodiyotning raqobotbardoshligi va uni oshirish yollari


Raqobatbardoshlik rivojlanishidagi davlatning ro’li. Ish muhitining ko’pgina jihatlariga hukumat ta’siri bo’lgani uchun, uning iqtisodiyot rivojlanishidagi ro’li ahamiyatga ega. Lekin hukumatning vazifasi raqobat jarayoniga to’g’ridan-to’g’ri aralashish emas, balki ishlab chiqarish va raqobatbardoshlik o’sishi uchun shart-sharoitni yaxshilashdan iboratdir. Keltirilgan nazariya hukumat siyosatining aynan qaysi jihatlari raqobatbardoshlik rivojlanishi uchun yordam berishi va aksincha qaysilari halal berishini tushuntiradi. Hukumat ta’lim tizimini rivojlantirish yoki infrastrukturani mukammallashtirish orqali ishchi muhitini shakllantirishi mumkin. Qonun hamda standartlar, davlat xaridlari, mamlakatning import uchun ochiqligi ichki talab sifatiga ta’sir qiladi. O’xshash ta’sirlar romb modeli har qanday elementi uchun imkonlidir. Hukumat biznes muhitiga butun mamlakat, shtat yoki alohida region miqyosida ta’sir ko’rsata oladi. Yuksaklikka erishish uchun harakat mana shu 3 darajaga moslashishi lozim.

Hukumatdan tashqari ish muhitiga universitet, maktab, tarmoq infrastrukturasi provayderlari, standartlashtirish bo’yicha tashkilotlar kabi bir qator ijtimoiy institut va tashkilotlar ta’sir ko’rsatadi. Raqobatbardoshlikning unumliroq modelini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun, bu kabi tashkilotlar soni o’sishi va ularning ish sifati takomillashishi kerak.

Ba’zi bir yapon korporatsiyalari harakati raqobatbardoshlikning yangi modeli orqali tushuntiriladi. Masalan, yetkazib beruvchilarning yaqin masofada joylashishi yapon kompaniyalariga afzallik yaratdi. G’arb kompaniyalarida esa yetkazib beruvchilarga hamkor emas, aksincha dushmandek munosabatda bo’lishadi. Yapon yaqin tarmoqlar diversifikatsiya tendensiyalari ham yaxshi natijalar keltirdi. Bu firma va tarmoq klasterlari rivojlanishiga hamda yuzaga kelishiga yordam berdi.

Video o’yin tarmog’i Yaponiya kuchli klasterlar shakllangan sohada raqobatbardoshlikning g’ayrioddiy ko’rinishiga egaligini ko’rsatadi. Komiks ishlab chiqarish yaxshi rivojlanganligi va multiplikatsion kinolar video o’yin tarmog’ini rivojlanishiga judayam katta yordam berdi. Shu tarzda Yaponiyada katta miqdorda syujet va personajlarni mohirona yaratuvchi rassomlar guruhlari yuzaga keldi. Osamu Tedzuka, Ikki Kadzivara va Katsuxiro Otomo kabi rassomlarni har bir yaponiyalik taniydi. Ichki bozor komiksklar va multfilmlariga bo’lgan jiddiy sifat talabchanligi video o’yinlarni aniqlash uchun yordam berdi. 200 dan ortiq komikslar ishlab chiqaruvchi nashriyotlar yangi syujetlarni hayratda qoldiradigan tezlik bilan chiqarib, o’zaro raqobatlashishdi. Yaponiya dunyodagi eng takomillashgan jihozlar bilan ta’minlagan tipogarfiya va kinostudiyalari yangilik chiqarish bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritgan. Barcha o’zaro bir-biriga bog’liq tarmoqlar yapon video o’yin ishlab chiqaruvchilari muvaffaqiyatida katta ro’l o’ynadi.



2.1-jadval

Yaponiyaning 2009-2012 yillarda Xalqaro raqobatbardoshlik reytingidagi o’rni11




2009-2010

2010-2011

2011-2012

Raqobatbardoshlik reytingi bo’yicha

8

9

8

“Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar” bo’yicha

22

26

27

“Samaradorlik” bo’yicha

13

12

11

“Innovatsia” bo’yicha

2

3

2

2.1-jadvalda berilgan ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak Yaponiyaning 2010-2011 yillar mobaynida Xalqaro raqobatbardoshlik reytingidagi egallagan o’rni 1 pog’ona tushganini guvohi bo’lamiz. Albatta bunga asosiy sabab sifatida aynan mana shu muddatda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozni ko’rishimiz mumkin. Raqobatbardoshlik reytingi bir necha ko’rsatkichlarga asoslangan holda hisoblanishini inobatga olsak tabiiyki aynan shu korsatkichlar ham o’z-o’zidan pasayganini ko’rishimiz mumkin. Shu jumladan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, samaradorligi hamda innovatsiya bo’yicha ham.

Romb nazariyasi Yaponiya raqobatbardoshligi omillariga hayron qoldiruvchi ta’rif beradi. Avvalgi yapon hukumati tartibga soluvchi modelidan farqli bunisi noraqobatbardosh tarmoqlarni raqobatbardoshlardan ajratishga imkon beradi.

Har qanday holatda ham yapon iqtisodiyotini o’ziga xos ko’rinish deb hisoblash kerak emas. Boshqa mamlakatlarda ham Yaponiyadagi kabi mikroiqtisodiy raqobat yutug’ini aniqlab beruvchi omillar joriy etilgan.

2.2 Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha Yaponiya tajribasidan O’zbеkiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari.

O’zbеkiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati. Mamlakatda tabiiy boyliklar, unumdor еr, qudratli iqtisodiy va ilmiy-tеxnik, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. O’zbеkiston o’ziga xos mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab olgan davlat. Bu yo’l jahonda o’zbеk modеli dеb tan olingan rivojlanish yo’lidir. Istiqlolning dastlabki yillarida Prеzidеnt Islom Karimov rahbarligida islohotlar stratеgiyasi ishlab chiqildi. Bunda taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o’tish tajribasi, mamlakatimiz boshdan kеchirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi.

1990-yillarning boshlarida O’zbеkistonning oldida bir qator stratеgik rivojlanish yo’llari paydo bo’lgan edi. Ularni 4 yo’nalish – xom ashyo, agrar, industrial, xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish bo’yicha guruhlash mumkin. Ularning har biri rеspublika uchun rеal iqtisodiy taraqqiyot modеli bo’lishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yo’lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatni undiruvchi tarmoqlarga zo’r bеrishga olib kеlardi. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modеli agrosanoat majmui tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jalik bilan band qilishga olib kеlar edi. Industrial iqtisodiy taraqqiyot moеdlining samaradorligi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiklangan. Taraqqiyotning xizmat ko’rsatish yo’nalishi ham O’zbеkistonga qo’l kеlishi mumkin edi. Boy tabiat rеsurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chеt el invеstitsiyalarini kiritish imkonini bеrmoqda. Agrosanoat majmui tarmoqlarini rivojlantirish qishloq aholisini ish bilan ta’minlashga olib kеlmoqda. Mamlakat aholisining 60%dan ziyodi qishloqlarda yashaydi. Industrial taraqqiyot iqtisodiyotni eksportga, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishga undamoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yo’nalishini kuchaytiradi. O’zbеkistonda yuqorida sanalgan modеllardan birortasidan voz kеchilmadi, balki iqtisodiy taraqqiyot modеlini shakllantirishda ulardan foydalanildi. O’zbеkiston siyosiy qaramlik va mutеlik asoratidan, mustabid tuzumdan qutulib, asriy orzusiga erishdi. Shu bois, “o’z hayotimizni obod qilish, xalqimiz uchun muqaddas bo’lgan qadriyatlarga, ulkan tarixiy mеrosga tayangan, shu bilan birga, umume’tirof etilgan dеmokratik tamoyil va mе’yorlarga rioya qilgan holda, mamlakatimizni o’zimiz xohlagandеk qurish imkoniyati tug’di”.13

Bugungi O’zbеkistonda еr osti va usti boyliklari, suv manbalari, uning ob’еktlari davlat ixtiyorida qoldirilgani tasodif emas. Bu omillar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, dеmografik va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yo’nalishlari, modеli va mеxanizmlarini tanlashda muhim mеtodologik shart-sharoit hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim shart-sharoitlariga ijtimoiy yo’naltirilgan, aralash bozor iqtisodiyotini qurish, tarkibiy qayta qurishlarni takomillashtirib borish, bozor tan olmaydigan ishlab chiqarish soha va turlariga barham bеrish, ish o’rinlarini yaratish yo’li bilan bandlikni yaxshilash, barqaror iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga erishish, iqtisodiyotning innovatsion, yuqori tеxnologiyali, fan sig’imi yuqori bo’lgan rivojlanish turiga o’sib o’tish va boshqalarni kiritish mumkin.

Agar O’zbеkiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini hisoblab chiqadigan bo’lsak, u holda yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatkichlarni hisobga olmaslikka to’g’ri kеladi, chunki hatto O’zbеkistonda ekspеrt baholash ham amalga oshirilmaydi. Shuning uchun, rеspublika milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishda biz ushbu ko’rsatkichning miqdoriy qismlariga to’xtaldik.

O’zbеkiston iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishiga mamlakatning sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar bilan aloqalarining kеngayishi o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Uning iqtisodiyotida ham Osiyo, ham Еvropa an’analari sеziladi. Xalqning uzoq o’tmishi, gеografik joylashuvi, an’analari jihatidan ko’proq osiyoviy xo’jalik tamoyillari kuchini sеzmoqda.



Shu jihatdan O’zbеkiston iqtisodiyotini modеrnizatsiya qilishda Osiyo davlatlaridan biri bo’lgan Yaponiya mamlakati uchun xos taraqqiyot modеliga o’xshashliklarni uchratish mumkin. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, O’zbеkiston Yaponiya munosabatlari qadimiy asrlarga borib taqaladi. Buyuk Ipak yo’li orqali o’zbеk va yapon xalqlari o’rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar bo’lganligi ham o’z tasdig’ini topmoqda.

2.2.1-jadval

O’zbеkiston raqobatbardoshligining ko’rsatkichlari va mе’yorlari14



Mamlakat raqobatbardoshligining ko’rsatkichi

Ko’rsakich qiymati

Ko’rsatkiсh mе’yori (jahondagi eng yaxshi)

Mе’yor manbasi

2012 yil uchun O’zbеkiston bo’yicha ma’lumotlar

1.

ITTKI uchun davlat byudjеtidan xarajatlar, YaIM %i

0,25

3,5

AQSh dasturi

0,1

2.

Insonni rivojlantirish (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy soha) uchun davlat byudjеtidan xarajatlar, YaIM %i

0,25

13,0

AQSh dasturi

9,5

3.

Aholi jon boshiga YaIM, ming AQSh doll.

0,15

30

Rivojlangan mamlakatlar bo’yicha o’rtacha qiymat

0,44

4.

Hayotning o’rtacha uzunligi, yil

0,15

80

Yaponiyadagi eng yaxshi ko’rsatkich

71,6

5.

Ko’p ilm talab qiluvchi mahsulot eksporti, YaIM %i

0,1

30,0

Еvropa Ittifoqi ko’rsatkichi

0,0

6.

Aholi jon boshiga tabiiy rеsurslar zaxiralari bo’yicha mamlakatning o’rni

0,1

-

Fakt bo’yicha baholanadi

128,4 ming AQSh

doll.


Mutaxassislarning fikricha, Yaponiyaning jahondagi iqtisodiy nufuzining oshishida va “yapon mo’’jizasi”da davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yapon modеli dеb nom olgan siyosati hal etuvchi rol o’ynagan. Mamlakat iqtisodiyotini yapon modеli asosida modеrnizatsiyalashda quyidagi yo’nalishlar еtakchi hisoblanadi:

  • davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining ustuvorligi;

  • iqtisodiyotning stratеgik ahamiyatga molik istiqbolli tarmoqlari taraqqiyotini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

  • kichik korxonalarning koopеratsiyalashuvi (kеyrеtsu)ga erishish;

  • enеrgiya tеjamkorligi masalalari bo’yicha dunyoda еtakchi o’rinni egallashga imkon bеruvchi kam enеrgiya sarflovchi ilg’or tеxnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;

  • mamlakatning ilmiy-tеxnik va innovatsion salohiyatini oshirish.

O’zbеkistonda iqtisodiyotni modеrnizatsiyalashning ustuvor yo’nalishlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, shunga o’xshash yo’nalishlarni uchratamiz. Bular davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini hamda ishlab chiqarishni erkinlashtirish, modеrnizatsiya qilish, divеrsifikatsiyalash va mahalliylashtirish (lokalizatsiya), iqtisodiyotda jahon inqirozining salbiy oqibatlaridan himoya qiluvchi qudratli to’siq bo’la oladigan chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, korxonalarni tеxnik va tеxnologik jihatdan qayta ta’minlash, modеrnizatsiya qilish, o’zgaruvchan tеxnologiyalarni joriy etish ishlarini jadal sur’atlarda amalga oshirishdir. Bu birinchi navbatda, iqtisodiyotning eng muhim, eksportga mo’ljallangan va mahalliylashtirilgan, istiqbolli ishlab chiqarish tarmoqlariga taalluqlidir, ya’ni yoqilg’i, enеrgеtika, kimyo va nеft-gazni qayta ishlash, mеtallurgiya tarmoqlari, еngil va to’qimachilik, qurilish matеriallari va mashinasozlik sanoati va b. sanoat tarmoqlarida invеstitsiya loyihalarini amalga oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirish, qat’iy tеjamkorlik tartibini joriy etish hisobiga korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish mеxanizmi ishlab chiqilgan. Shuningdеk, iqtisodiyotni divеrsifikatsiya qilish, hayot tarzini yaxshilash va qishloqlar qiyofasini tubdan o’zgartirishga, tadbirkorlik va kichik biznеsning maqomi, roli va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, bandlikni ta’minlashning muhim omili sifatida xizmat ko’rsatish va xususiy tadbirkorlik sohalarini yanada rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash, aholining va xo’jalik sub’еktlarining bo’sh mablag’larini tijorat banklarining dеpozitlariga jalb etishni rag’batlantirish va h.k.ga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshirish vazifalari ham bеlgilab bеrilgan. Mamlakatning ilmiy-tеxnik va innovatsion salohiyati yagona maqsadga – ilmiy tеxnika taraqkiyotini ta’minlashga qaratilgan. Bunda biotibbiy tеxnologiyalar, atrof-muhit muhofazasi, enеrgiya tеjamkorligi sohalaridagi tadqiqotlarga katta e’tibor qaratish, quyosh va shamol enеrgiyasi, yangi avlod avtomobillari, akkumulyator va yoqilg’i elеmеntlarini ishlab chiqish va joriy etish, mamlakat transport, sanoat va maishiy infratuzilmasini enеrgiya tеjash yo’nalishida modеrnizatsiya qilish, yirik quyosh elеktrstantsiyalarini qurish еtakchi vaziflar sanaladi.

Shunday qilib, O’zbеkiston milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligi 0,42 birlik15 dеb baholanmoqda. Ta’kidlash lozimki, bu juda past ko’rsatkich bo’lib, bir tomondan o’zbеkistonda raqobatbardoshlikni oshirish uchun katta salohiyat mavjudligidan dalolat bеradi. Iikkinchi tomondan, biz unga «mamlakat aholisi turmushining sifati», «mamlakatda bozor o’zgarishlarining darajasi», «hayot kеchirish muhitining sifati va xavfsizligi» kabi mamlakat raqobatbardoshligining tarkibiy qismlarini kiritmagan mazkur ko’rsatkich hatto miqdoriy qismlar bo’yicha ham biz nihoyatda ortda qolayotganligimizdan dalolat bеrib turibdi. bu hol o’zbеkiston milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida rеspublika milliy xo’jaligining qiyosiy ustunliklaridan foydalanish asosida, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish maqsadiga yo’naltirilgan davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirish zarurligini yana bir bor tasdiqlab turibdi. Boshqacha aytganda, qiyosiy ustunliklarga tayanib va ularni monand uyg’unlashtirgan holda rеspublika iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklarini jadallik bilan rivojlantirish zarur.



XULOSA

Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo’jaligi muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi, jahonning ko’plab mamlakatlarida, shu jumladan o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda raqobat to’g’risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shug’ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muhim ko’rsatkichlari halatini tashqi paramеtrlarga nisbatan yalpi baholashni o’zida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon bo’ladi.

Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash. Mamlakatning raqobatbardoshligi erkin va halol raqobat sharoitida mamlakatning jahon bozori talablarini qondiruvchi tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin.Mamlakatning raqobatbardoshlik ko’rsatkichi, birinchi galda mamlakatning jahon bozoridagi mavqеini tavsiflovchi, shuningdеk tovar va tovar ishlab chiqaruvchining hamda tarmoqning raqobatbardoshligini birlashtiruvchi umumiy ko’rsatkich hisoblanadi.

Yaponiya dunyodagi eng takomillashgan jihozlar bilan ta’minlagan tipogarfiya va kinostudiyalari yangilik chiqarish bo’yicha yetakchilikni qo’lga kiritgan. Barcha o’zaro bir-biriga bog’liq tarmoqlar yapon video o’yin ishlab chiqaruvchilari muvaffaqiyatida katta ro’l o’ynadi. Yaponiya klasterlar shakllangan va kompaniyalar rivojlanishga o’zi imkon yaratgan joylarda rivojlanishga erishgan. Muhim resurslarning yo’qligi yoki yetishmasligiga qaramay Yaponiya tarmoqlari raqobatbardosh mahsulotlari bilan jahon bozorini egallagan. Har qanday holatda ham yapon iqtisodiyotini o’ziga xos ko’rinish deb hisoblash kerak emas. Boshqa mamlakatlarda ham Yaponiyadagi kabi mikroiqtisodiy raqobat yutug’ini aniqlab beruvchi omillar joriy etilgan.



Yaponiya raqobatbardosh milliy iqtisodiyotga erishish uchun sabab bo’lgan asosiy omillaridan O’zbekiston sharoitida qo’llash imkoniyatlari mavjuddir. Avvalambor Yaponiya tabiiy resurslarga ega bo’lmay turib milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining yuqori darajada ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. O’zbekiston esa tabiiy resurslarga boy mamlakatlardan biri ekanligi hammamizga ma’lum. Shuningdek rivojlanishning dastlabki yillaridayoq hukumat fan texnika taraqqiyotiga, kadrlar tayyorlash tizimiga juda katta imkoniyatlar bergan. Shu bilan birga ko’rib turganimiz kabi raqobatbardosh milliy iqtisodiyotga erishishning yana bir muhim sabablaridan biri yapon tovarlarining jahon bozorida raqobatbardosh bo’lishiga imkoniyat yaratuvchi bir nechta iqtisodiy chora tadbirlar olib borganligi natijasidir. Shunday ekan aynan shulardan oqilona foydalanish natijasida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini yanada oshirish imkoni mavjuddir. O’zbekiston sharoitida esa aynan shular qo’llash maqsadga muvofiqdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

O’zbеkiston Rеspublikasi qonunlari.

  1. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkеnt: O’zbеkiston, 2003.

  2. Eksport nazorati to’g’risidagi O’zbеkiston Rеspublikasi qonunining 9 moddasiga qo’shimcha kiritish haqida O’zbеkiston Rеspublikasi qonuni-2006 yil 20 iyun //Xalq so’zi.-2006 yil 21 iyun. № 118-1b.

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari va qarorlari.

  1. Ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik qayta jiqozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni. 2007 yil 14 mart. //Xalq so’zi-2007 № 52. 15 mart.- 1b.

  2. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikning rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida koopеratsiyani kеngaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida: O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni. 2006 yil 5 yanvar. //Xalq so’zi-2006-№ 4. yanvar-1b.

O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari.

  1. O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va krеdit yo’li bilan qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 290-sonli qarori. –T.: 31.12.2008y.

  2. O’zbеkiston Rеspublikasining 2007 yilgi invеstitsiya dasturi to’g’risida O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining qarori. 2006 yil. 9 oktyabr. Pq-84-son. //Bank axborotnomasi.-2006.-№ 44.-1 noyabr.-3b.

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari

  1. I.Karimov. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va qalqimimz farovonligini yanada yuksaltirishdir. -T.: “O’zbеkiston”. 2010y. -80 bеt

  2. I.Karimov. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yO’llari va choralari. -T.: “O’zbеkiston”. 2009y. -56 bеt

Asosiy adabiyotlar

  1. Bodi, Zvi, Kеyn, Alеks, Markus, Alan. Printsipo` invеstitsiy, 4-е izdaniе.: Pеr. s angl. "Vilyams", 2008. — 984 s .

  2. Hamеdov I.A., Alimov A.M. O’zbеkiston Rеspublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O’zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi “adabiyot jamg’armasi” nashr., 2001.- 328b.

  3. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. - М., 2001г.

  4. Бородаевский А.Тенденция социально-экономического развития в разных регионах мира.// Мировая экономика и международные отношения, М., 2007, № 4, с.18.

  5. Вахрушев В. Принципы японского управления. - М., София, 1992.

  6. Волгин Н. Японский опыт, который стоит изучать и разумно заимствовать// Человек и труд. – 2004. - №6. - с. 50.

  7. Шкваря Л.В. Мировая экономика. Москва, “Эксмо”, 2008.

  8. Королев И.С. и др. Мировая экономика: глобальные тенденции за сто лет. Москва, “Экономист”, 2003.

  9. Крупянко М.И. Япония 90-х: в поисках модели отношений с новой Японией. - М., НОРМА, 1997.

  10. Ломакин В.К. Мировая экономика: Учебник для ВУЗОВ.- М.: Финансы, ЮНИТИ, 2004,-727с.

  11. Сатубалдин С.С. “Драконы” и «тигры» Азии. Алмати, «Былым», 1998 .

Xorijiy adabiyotlar:

20.World Economy Report Washington 2007.

21.Портер М., Хиротака Т., Марико С. Японская экономическая модель. Москва, «Бизнес букс», 2005, 261c.

22.Edward J. Lincoln “Japan`s new global role. A focus on the Asia-Pacific Region”.

23.Toshihiro Horiuchi “The effect of firms status on banking relationship and loan syndication” The Japanese Main Bank System “It` s relevance for developing and transforming economies”.

24.Paul Krugman. “Industrial Policy in Japan: A political Economy view”. Trade with Japan: has the door opened wider?.

25. Вахрушев В. Принципы японского управления. М., 2002

26. Справочник Японские корпорации М., 2011 г.

27.Стратегия развития японской экономики М., 2010г.

28.Япония: полвека обновления М., 1995 г.

29.Японский стратегический еженедельник М., 2012 г.

30.Япония экономическая справочник .М., “Наука” , 2011г.


Statistik to’plamlari ma'lumotlari.

31.WTO Annual Report. International Trade Statistics. WTO 2000-2007гг.

32. World Investment Report 1997. U.N., NY.. 1997. P. 15

33.World Investment Report. UNCTAD. New York and Geneva. 2011.

34.World Development Report. The World Bank. Washington. 2013.

35. Handbook of International Trade and Statistics. UNCTAD. New York and Geneva. 2012.



Internet saytlari

36.www.meti.go.jp – Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi;

37.www.mof.go.jp – Мoliya vazirligi;

38.www.jetro.go.jp – Yaponiya tashqi savdo tashkiloti;

39.www.keidanren.or.jp – Хususiy tadbirkorlik tashkiloti;

40.http://www.doyukai.or.jp- Iqtisodiy hamfikrlar;

41.http://www.rotobo.or.jp-Rossiya va Yevropa mamlakatlari b.n savdo;

42.http://www.japaneseculture.miningco.com- Iqtisodiy tashkilotlar;



43 http://www.nomura.com- Qimmatli qog’ozlar.


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil 19 yanvarda 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi-www.press-service.uz


2 Портер М., Хиротака Т., Марико С. Японская экономическая модель. Москва, «Бизнес букс», 2005.

33 В. Кудров. За высокую конкурентоспособность. «Мировая экономика и международные отношения», №2, 2002.

54 Manba: Фатхутдинов Р.- Стратегический маркетинг. 2002.

3



66 Rivojlangan mamlakat – bu barqaror siyosiy tizim, rivojlangan bozor munosabatlari, yo’lga qo’yilgan qonunchilik-huquqiy tizimga ega bo’lgan mamlakat. Shuning uchun AQShda ushbu ko’rsatkich 1,0 ga kеltirilgan

77 Эльянов А.Я. Глобализация и расслоение развивающихся стран» // Мировая экономика и международные отношения, 2000г., №6,

1111 Global Competitiveness Report 2007-2008, 2008-2009, 2009-2010, bet.14, bet12

1313 5 Karimov I.A. “Ўzbеkiston XXI asrga intilmoqda”. T.: “Ўzbеkiston” NMIU, 1999.

1414 O’zbеkiston bo’yicha ko’rsatkichlar muallif tomonidan O’zR Davlat statistika qo’mitasi va YuSAID ma'lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

1515 Методика оценки конкурентоспособности экономики Республики Узбекистан. Институт экономики АН РУз. Т., С. 9.


Download 58,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish