Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻ.ni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻ. aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy Oʻ. negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻ. mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy Oʻ.ni aniqlash va hisoblashda mamlakat iktisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqgisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.
Iqtisodiy Oʻ. mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻ.ni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining Oʻ. surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻ. surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻ.ni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.
Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy Oʻ.ning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy Oʻ.ekstensiv oʻsish deb ataladi.
Iqtisodiy Oʻ.ning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy Oʻ. intensiv oʻsish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv Oʻ..ning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy Oʻ. sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. Tolik bandlilik darajasiga erishilgandan song real YAIM xajmini bundan keyingi kopaytirish uchun yalpi taklif egri chizigini ongga siljishiga erishishimiz, yani foydalanilayotgan resurslar mikdorini kopaytirishimiz zarur.
“Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati koprok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi koprok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy osishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*
Iktisodiy osish tolik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli kopayishi tendentsiyasini anglatadi.
Iktisodiy osish jami taklifning osishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy osish nafakat mamlakat real daromadlarining osishi, shuningdek, jon boshiga togri keladigan real daromadlarning osishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy osish ikki xil usul bilan olchanadi.
Birinchi usulda iktisodiy osish real YAIM ni otgan davrga nisbatan ozgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iktisodiy osish axoli jon boshiga togri keladigan real YAIM ning otgan davrga nisbatan ozgarishi sifatida aniklanadi.
Iktisodiy osish nazariyasi va modellarida YAIM orniga SIM, YAMD, SMD korsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy osish daromadlarni kanday nisbatlarda istemol va investitsiyalarga bolinishiga boglik deb karaladi.
. Istemol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining ozgarishi resurs imkoniyatlarining osishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Istemol va investitsiya ortasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy istemol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy osish imkoniyatlarini kiskartiradi.
Iktisodiy osish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda olchanadi..
Xar bir mamlakat iktisodiy osishga intiladi, chunki iktisodiy osish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning kopayishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bolishiga, tortinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obrosining oshishiga olib keladi.
14.2. Iktisodiy osishga omillari va tiplari
Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli osishi suratlarini, kolamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy osish omillari deyiladi.
Iktisodiy osish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari ixtisodiy osishni fizik (ashyoviy) jixatdan taminlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mexnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital xajmi;
texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy osish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
iktisodiyotdagi solik muxiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
istemol, investitsiya va davlat xarajatlarining osishi;
eksport xajmining osishi;
iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
Agar osish koshimcha resurslarni jalb etish xisobiga taminlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan ortacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi.
ekstensiv iktisodiy osish yangii korxonalar, yollar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni koshimcha jalb etish kabilar xisobiga taminlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning malum bir boskichida ekstensiv iktisodiy osish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib koyadi.
YAIMning osishi iktisodiyotda band bolganlar sonidan yukori suratga ega bolsa intensiv ixtisodiy osish roy beradi.
“Iktisodiy osishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga togri keladigan maxsulot ishlab chikarishni kopaytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni kozda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon boladi:
fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
xodimlar malakasini oshirishda;
ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*
Iktisodiy osishning bu ikki tipi sof xolda roy bermaydi. Iktisodiy osish uni taminlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab koprok ekstensiv, yoki koprok intensiv bolishi mumkin.
14.3. Iktisodiy osishning keynscha modellari.
Iktisodiy osish moldellari yalpi ishlab chikarishning uzok muddatli kopayishi taklif omillariga tayangan xolda taxlil etish imkonini beradi.
Boshka iktisodiy modellar singari iktisodiy osish modellari xam real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan korinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iktisodiy osishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning moxiyati kuyidagicha:
ularning barchasi Keynsning yalpi talb toorisididagi bosh goyasiga tayanadi. YAni ularni tuzishda mualliflar iktisodiyotni uzok muddatli mutanosib rivojlanishining xal kiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb karashgan;
iktisodiy osishning asosiy omili investitsiyalar xisoblanadi, boshka ishlab chikarish omillari etiborga olinmaydi;
Keynscha iktisodiy osish modelidan soddarogi 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model xisoblanadi.
Keyns oz taxlilida investitsiyalarnig yalpi talabga tasirini krgangani ooldaa, yalpi taklifga tasirini korib chikmaydi. Undan farkli tarzda Domar modelida mexnat bozorida ortikcha taklif mavjud, bu baxolarn barkaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital kuyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni xam talab xam taklif omili deb karaydi. YAni investitsiyalar nafakat mul’tiplikativ tasir korsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chikarish kuvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chikarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . SHunday ekan, yalpi talabning osishi yalpi taklifning osishiga teng bolishi uchun investitsiyalar kanday osishi kerak degan savol paydo boladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani oz ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
taklif tenglamasi;
talab tenglamasi;
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chikarish omillarining kanchaga koshimcha osishini korsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I ossa, yalpi ishlab chikarish DK α mikdorga osadi:
DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga taminlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital kuyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chikarishni 1 mlrd. somga oshirish uchun 4 mlrd som investitsiya talab etilsa α =0,25 boladi.
α=DYs / I bir somlik investitsiya xisobiga yaratilgan yangi maxsulot mikdorini korsatadi.
2. Talab tenglamasi kuyidagi korinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori,
μ–jamgarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab koshimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ kopayishiga teng mikdorda osishini korsatadi.
Ishlab chikarish toplangan jami kapital bilan taminlanishi, milliy daromad esa koshimcha investitsiyalarning multiplikativ tasiri ostida kopayishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa ko`shimcha investitsiyalargina korib chikilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chikarish kuvvatlarining koshimcha osish suratlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik osish surati bolib, ishlab chikarish kuvvatlarini oshirish yordamida tolik bandlilikni taminlab turish uchun
(μ α) mikdorga teng bolishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib osish suratijamgarishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital kaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bolsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning osish surati 8% bolishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chikadigan umumiy xulosa shuki iktisodiy osishni taminlash uchun investitsiyalar xajmini oshirish, bu uchun esa jamgarish normasi xamda fan texnika tarakkiyoti orkali kapitalning samaradorligini oshirish zarur..
Agar E. Domar oz modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan mikdor ded olgan bolsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chikilgan iktisodiy osish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi xam kiritildi. Akselerator printsipiga kora nafakat investitsiyalar ishlab chikarishning osishini keltirib chikaradi, balki ishlab chikarish va daromadlarningning osgan xajmi xam investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod oz modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlanganosish surti tenglamasi;
2) xakikiy osish surati tenglamasi;
3)tabiiy osish surati tenglamasi.
R Xarrod modelida xakikiy osish surati ishchi kuchining osish surati va kapital unumdorligining osish surati bilan belgilanadi.
G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy koshimcha osish surati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chikarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamgarish xajmi yoki jamgarishga ortacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat taminlangan osish surati bolgan kafolatlangan (prognoz kilingan) osish suratiga asoslanib oz investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan osish surati jamgarishga ortacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan osish surati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( ktgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu korsatkichlar doimiy bolganligi sababli kafolatlangan osish suratlari xam doimiy boladi.
Agar xakikiy osish surati kafolatlangan osish suratiga mos kelsa iktisodiyotda barkaror uzluksiz osish taminlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bolmasligi tufayli kiska muddatli davriy tebranishlar roy beradi.
Xarrod modelida resurslardan tolik foydalangan sharoitda taminlanishi mumkin bolgan maksimal osish surati tabiiy osish surati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iktisodiyotning barkaror dinamik muvozanati tolik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy osish suratlari ozaro teng bolganda taminlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orkaligina erishiladi.
14.4. R.Solouning neoklassik iktisodiy osish modeli.
Neoklassiklar keynschilardan farkli olarok iktisodiy osish modellarini tuzishganda iktisodiy osish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik tarakkiyot tomonidan taminlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iktisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iktisodiy osish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va songra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iktisodiy osishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni
Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan korinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va istemol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport korsatkichlari xam istemol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga togri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi.
Kapital bilan kurollanganlik darajasining osishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining osishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi.
Ammo kapital jamgarish normasi yukori bolmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining osishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi ozgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga kora , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni osishiga teng suratda osib boradi. Axoli sonining tez osishi iktisodiyotning osish suratlari jadallashishiga tasir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. Oz navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga togri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini kotarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi osish suratiga tasir korsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iktisodiy osishning yagona sharti texnik tarakkiyotning osish surati xisoblanadiModel asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u istemolning maksimal darajasida muvozanatli iktisodiy osishni taminlaydi.
R.Solou modeli iktisodiy osishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning ozaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iktisodiy osishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga tasir etish bilan jadallashtirishi mumkin.
Xozirgi zamon iktisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bolgan iktisodiy osish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iktisodiy osish masalasini oziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iktisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi.
Qiskacha xulosalar
Iktisodiy osish tolik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli kopayishi tendentsiyasini anglatadi. U osish ishlab chikarish natijalari va omillarida roy beradigan mikdor va sifat ozgarishlarini xarakterlaydi.
Iktisodiy osish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga togri keladigan real YAIM ni osish surati bilan olchanadi.
Iktisodiy osish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi.
Iktisodiy osishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga kora iktisodiy osish ekstensiv va intensiv turlarga bolinadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini ozgartirmagan xolda ossa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iktisodiy osish modellari deganda iktisodiy osishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iktisodiy osishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini kotarish orkali investitsiyalarni kopaytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy osish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iktisodiy osish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital ozaro almashiniladi deb karaladi. SHunga kora kapitalning malum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, oz navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi:
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish.
• Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi.
Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi.
O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy qiymat ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning mutloq hajmi va uning o’sish sur’ati;
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
YaMM (IMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati;
Iqtisodiy o’sishni aniqlashda har uchala ko’rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
70 qoidasi deb nomlangan matematikya qinlashivi iqtisodiy o’sishning miqdoriy jihatdan tushunishga yordam beradi. Bundan foydalanib, yillik o’sish foizi berilgan bo’lsa, biror o’lchamni ikki baravar oshishiga olib keladigan yilla sonini 70 soniga bo’lish orqali topish mumkin.
Iqtisodiy o’sish modellari va omillari
Iqtisodiy o’sishning barcha modellari «ishlab chiqarish funktsiyasi» kabi mahsulot chiqarish hajmi va sarf qilingan iqtisodiy resurslar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy o’sishning ko’pchilik modellarida ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi ishlab chiqarish asosiy omillari – mehnat (L) va kapital (K) miqdorining o’zgarishi bilan bog’lanadi
Iqtisodiy o’sish modellari:
Kengaytirilgan Jami Talab Jami Taklif Modeli
Quyidagi rasmda biz jami talab – jami taklif modelidan AQSh iqtisodiy o’sishini ko’rsatish uchun foydalandik. (Model qisqa muddatli va uzoq muddatli jami taklif o’rtasidagi farqni ko’rsatish uchun kengaytirilgan).
Deylik iqtisodning jami talab egri chizigi, uzoq muddatli jami taklif egri chizigI va qisqa muddatli jami taklif egri chizigI boshida AD1, ASLR1 va AS1 ko’rsatilganidek. Narx darajasi muvozanati va real ishlab chiqarish darajasi P1 va Q1 . P1 narx darajasida qisqa muddatli jami taklif AS1 ; u tepaga bukilgan chunki qisqa muddatda narx darajasidagi o’zgarishlar korxonalarni ularning ishlab chiqarishlarini o’zgartirishlariga sabab bo’ladi. Uzoq muddatli istiqbolda lekin narx darajalaridagi o’zgarish iqtisodning real ishlab chiqarishiga ta’sir qilmaydi, uzoq muddatli jami taklifni iqtisodning potensial ishlab chiqarish darajasida Q1 da vertikal qoldiradi. Bu potensial ishlab chiqarish darajasi oldinroq gaplashilgan taklif va samaradorlik omillariga bog’liq.
Endi deylik taklif omillaridagi o’zgarishlar (manba va texnologiyalarning miqdori va sifat) uzoq muddatli jami taklif egri chizigini o’ngga ASLR1 dan ASLR2 ga suradi. Iqtisodning potensial ishlab chiqarishi real ishlab chiqarishning Q1 dan Q2 ga kengayishida ko’rsatilgandek o’sadi. Jami talabdagi o’zgarishlarsiz va uzoq muddatli jami taklifda ASLR1 dan ASLR2 ga o’sadi, real YIMni kengaytiradi va narx darjasini pastaytiradi.AQShdagi o’sishni jami talab – jami taklif modeli orqali ko’rsatadi. Uzoq muddatli jami taklif va qisqa muddatli jami taklif vaqt o’tishi bilan ASLR1 dan ASLR2 ga va AS1 dan AS2 ga kabi o’sdi. Shu vaqtning o’zida jami talab o’ngga AD1 dan AD2 ga surildi. Bu birlashgan surilishlarning real natijasi real ishlab chiqarishdagi Q1 dan Q2 ga o’sish ko’rinishida ko‘rsatilgan iqtisodiy o’sish bo’ldi, shu bilan birga narx darajasida P1 dan P2 ga o’sish xolatida ko’rsatilgan past inflyatsiya bo’ldi1.E.Domar modeli - Bu model mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud bo’lishi, narx darajasining doimiy taqozo qilishini va maµsulot chiqarish hajmi faqat yagona resurs – kapital miqdoriga bog’liq bo’lishini ko’rsatadi. Unga ko’ra investitsiyalarning o’sish sur’ati iqtisodiyotda talab va taklif ko’payishining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
3. R.F.Xarrod modeli - Bu modelga «tabiiy» o’sish sur’ati tushunchasi kiritiladi. Bu faol aµoli soni ko’payishi va texnika taraqqiyoti natijasida kelib chiqadigan o’sish sur’ati bo’lib, u mehnat va kapital omillarining to’liі bandligini ta’minlaydi.
4. R.Solou modeli - Ishlab chiqarish omillarining o’zaro o’rnini bosish mumkinligi hisobga olinadi. Bu modelda iqtisodiy tahlilning asosiy shart-sharoitlari: kapital keyingi unumdorligining pasayib borishi, ishlab chiqarish miqiyosidan olinadigan samara va kapital xizmat qilish davrining doimiyligi, investitsion lagning mavjud emasligi hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sishning 6 asosiy elementlari mavjud. Biz ularni taklif, talab va samaradorlik omillari sifatida guruhlashimiz mumkin.
Taklif Omillari
Iqtisodiy o’sishning 4 omili iqtisodning jismoniy kengayish obiliyatiga bog’liq. Ular:
• Tabiy manbalarning miqdori vasifatining ko’tarilishi.
• Ishchi kuchidagi miqdoriy va sifat o’sishi.
• Kapital resurslar ta’minotidagi o’sish.
• Texnologiyalarning yaxshilanishi.
Bu taklif omillari – ishlab chiqarishning jismoniy va texnik omillardagi o’zgarishlar–iqtisodning potensial YIMni kengaytirish imkoniyatini beradi.
Talab Omili
Iqtisodiy o’sishning beshinchi elementi bu talab omilidir:
• Taklif omillari, xo’jaliklar, tadbirkorlar tomonidan yaratilgan yuqori ishlab chiqarish potensialiga yetish va hukumat iqtisodning kengayib borayotgan maxsulotlari va xizmatlarini sotib olishi kerak.
Bu yuzaga kelganda material zaxiralar va manbalarda rejalashtirilmagan o’sish bo’lmaydi va to’liq bandlik saqlanib qoladi. Iqtisodiy o’sish kengaygan ishlab chiqarish imkoniyatlari tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish foydalarini amalga oshirishda umumiy chiqimlar o’sishini talab etadi.
Samaradorlik Omili
Iqtisodiy o’sishning 6 elementi samaradorlik omili:
• Ishlab chiqarish potensialiga yetish uchun iqtisod iqtisodiy samaradorlikka to’liq bandlik kabi yetishi kerak.
Odamlarning yaxshi xayotini maksimallovchi maxsulot va xizmatlar aniq birlashmasini ishlab chiqishda iqtisod o’zining manbalarini eng pastt chiqimli yo’l bilan ishlatishi kerak (ishlab chiqarish samaradorligi) (tarqatma samaradorlik). Ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati mavjud manbalardan foydalanish bilan birgalikda maksimal o’sish imkoniyatlariga yetish uchun yetarli emas.
Bundan tashqai talab etilgani bu manbalarning foydalanilshi samaradorligi. Iqtisodiy o’sishdagi taklif, talab va samaradorlik omillari bir biri bilan bog’liq. Yetarli bo’lmagan chiqimlardan kelib chiqqan ishsizlik (talab omili) yangi kapital yig’ilish darajasini kamaytirishi mumkin (taklif omili) va tadqiqotlar uchun chiqimlarni kechiktirishi mumkin (taklif omili). Bunga qarama qarshi investitsiya uchun kam chiqimlar (taklif omili) samarasiz chiqimlarga (talab omili) va ishsizlikga sabab bo’lishi mumkin. Manbalardan foydalanishdagi keng tarqalgan samarasizlik (samaradorlik omili) xizmat va maxsulotlarning yuqoriroq narxlariga aylanishi va o’z o’rnida innovatsiyani pastaytiruvchi va kapital yig’imini kamaytiruvchi (taklif omili) foydani kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy o’sish dinamik jarayon bo’lib unda taklif, talab va samaradorlik omillari barchasi o’zaro aloqada bo’ladi2.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o’sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) mehnat resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
1) Manbalar o’lchami va tarqalishi iqtisodi unumdorlik o’sishining uchinchi va to’rtinchi manbalari bo’lib birgalikda ishlab chiqarisho’sishining 15 foizini bildiradi.
2) Ta’lim Berish va Tayyorlash. Ben Franklin aytganidek “mutaxassislikka ega odam boylikka ega bo’ladi,” buning ma’nosi ilm va tayyorgarlik ishchi kuchi kapital zaxirasiga hissa qo’shsa bilim va ko’nikmalar ishchining unumdorligini
ta’minlaydi. Inson kapitalaiga investitsiyalar bu nafaqat rasmiy ta’lim bundan tashqari ishdagi o’rganishga ham bog’liq. Jismoniy kapitalga investitsiyalar kabi inson kapitaliga investitsiyalar mehnat unumdorligi va foyda tushunchalari uchun muhim. Hisoblarga ko’ra 15% unumdorlik o’sishi odamlarning ta’limi va ko’nikmalariga qilingan investitsiyalar.
Aholining mehnat sifati ko’rsatgichlaridan biri bu ta’lim, tayyorgarlik darajasidir. 1960 yilda AQSh xalqining faqatgina 41 foiz 25 yosh va undan kata aholisi kamida maktab ta’limiga ega edi; va 8 foizigina kollej yoki kollejdan keyingi ta’limga ega edi. 2004 yilga kelib bu ko’rsatgichlar 58 va 28 foiz ko’rinishiga keldi. Shunisi aniqki oxirgi vaqtlarda AQShda ta’lim olish ko’proq odam uchun imkoniyatli bo’ldi.
3) Kapital Qiymati. Ishlab chiqarishning o’sishiga ikkinchi asosiy hissa bu kapitalning o’sishi va u 30% ga yaqin unumdorlikning o’sishi bilan tushuntiriladi. Ko’proq va yaxshiroq qurilma va uskunalar ishchilarni unumliroq qiladi. Va davlat foydaning bir qismini saqlab qolish bilan ko’proq kapital oladi va uni zavodlar va uskunalarga investitsiya qiladi.
Ba`zi kapital mehnatni o’rnini bosishda ishlatilsada koproq kapital mehnatni to’ldiruvchi hisoblanadi – bu mehnatni unumliroq qiladi. Mehnat unumdorligining asosiy aniqlovchisi har bir ishchi uchun foydalanish imkoniyatidagi capital miqdoridir. Agar kapital maxsulotlar jami zaxirasi va ishchi kuchi miqdori ikkalavi ham berilgan davr mobaynida o’sha ishchining yaxshiroq uskunalar bilan ta’minlanishi va unumdorlikni o’sishi kerak bo’lmaydi. Lekin har bir AQSh ishchisiga kapital asosiy foydalanish imkoniyati bor uskunalar vaqt o’tishi bilan tez o’sdi (2003 yilda bu har bir ishchiga 83 466$ edi).
Davlatning AQSh infratuzilmasiga investitsiyalari (avto’yo’llar va ko’priklar, ijtimoiy tranzit tizimlari, oqava suvlar tizimi, suv ta’minoti imkoniyatlari, aeroport, ta’lim va shu kabilar) ham yillar davomida os’di. Bu ijtimoiy kapital (infratuzilma) shaxsiy kapitalni to’ldiradi. Yangi avto’yo’llarga investitsiya qilish shu yo’llar bo’ylab yangi ishlab chiqarishlar va magazinlar uchun shaxsiy investitsiyalar imkonini yaratadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratilgan sanoat parklari ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarni jalb etadi.
Infratuzilmaga xususiy investitsiyalar ham iqtisodiy o’sishda muhim o’rin tutadi. Bir misol bu yillar davomida aloqa tizimlari bilan bog’liq shaxsiy kapitallarning oshishidir.
4) Texnologik O’sish. Ishlab chiqarish unumdorligining iqtisodiy o’sish uchun muhimligi unumdorlik o’sishiga xossasini qo’shuvchi omillarni kengroq tushuntirilishini talab etadi. Eng katta hissa qo’shuvchi bu texnologik o’sish bo’lib u unumdorlik o’sishining 40% ni tashkil etadi. Iqtisodchi Pol Romerning fikriga ko’ra “insoniyat tarixi bizni iqtisodiy o’sishning asosi bu qancha ko’p ovqat qilish emas uni yaxshiroq retseptlardan foydalangan holda qilishga bog’liqligini o’rgatadi”.
Texnologik rivojlanish o’z ichiga faqat innovatsion ishlab chiqarish texnikalarini emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi yangi boshqaruv usullari va yangi tadbirkorlikni tashkil etish yo’llarini oladi. Umuman olganda, texnologik rivojlanish bu yangi bilimlarning ixtirosi bo’lib unumdorlikni rivojlantiruvchi rivojlangan yo’llar bilan manbalarni qo’shish imkoniyatini beradi. Bir marta ixtiro qilingan va qo’llanilgan yangi bilimlar yaqin orada barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun nisbatan pastroq narxlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Texnologik rijojlanish shuning uchun butun iqtisod orqali tarqalib unumdorlik va iqtisodiy o’sishni o’stiradi.
Texnologik rivojlanish va kapital kiritish yaqindan bog’liq chunki texnologik rivojlanish odatda yangi qurilmalar va uskunalarga investitsiyalar uchun imkoniyat yaratadi. Aslida texnologik rivojlanish yangi kapitalda o’z aksini topadi. Masalan, yangi kompyuterlar olinishi sanoatga tezroq va kuchliroq yangi texnologiya kompyuterlarini olib kiradi3.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida amalga oshirilayotgan «tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiy o’sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda» Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potentsialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.
Milliy boylik va uning tarkibi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Odamlar tovar va xizmat turlaridan foydalanishni xohlashlari sir emas. Ammo bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslardan foydalanishni taqozo qiladi. Quyosh energiyasi, o’rmonlar va ba’zi dengiz jonivorlari singari tabiiy resurslar tiklanadigan resurslar hisoblanib, ulardan istagancha foydalanish mumkin. Neft, temir rudasi, va ko’mir kabi boshqa resurslar o’zgarmas taklif shaklida bo’lib (ya’ni narxning oshib borishi bilan taklif oshib bormaydigan holatdir), ulardan bir marotabagina foydalanish mumkin4.
Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarish-ning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish-da yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.
Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lur edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada 1664 yilda U. Petti hisoblagan. Bu kursatkich Fransiyada 1789 yilda, AQSHda 1805 yilda va Rossiyada 1864yilda hisoblangan. O‘zbekiston Respulikasi milliy boyligining hajmi 1991 yil 1 sentyabrdan hisoblana boshlandi. Umuman, Evropada qo‘llanadigan MXT konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi milliy boyligi quyidagilardan tashkil topadi.
1) Tabiiy resurslar.
2) Inson mehnati tufayli yig‘ilgan moddiy boyliklari.
3)Moliyaviy resurslar.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |