Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv malakaviy ishi


bo’lgan» asboblardir va Xitoyga ular Sharqiy Turkiston orqali borib qolgan



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/69
Sana27.09.2021
Hajmi0,6 Mb.
#187109
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
xitoy tilida musiqiy asboblarning leksik-struktur tahlili

bo’lgan» asboblardir va Xitoyga ular Sharqiy Turkiston orqali borib qolgan. 

Shu bilan birga qarama-qarshi oqimni ham rad qilish mumkin emas, garchi u, 

Farmerning ta’kidlashicha, arab-fors madaniyatining chuqur ta’siri ostida bo’lgan 

G’arbiy Turkistonda deyarli ko’zga tashlanmaydi, Panjikentdagi topilmalar orasida 

shox tasviri keltirilgan yozuv bo’lagi qiziqish uyg’otadi. Unga o’xshash cholg’u 

asbobni biz O’rta Osiyoga xos boshqa madaniy yodgorliklarda uchratmaymiz. Shu 

o’rinda takidlash kerakki, suyakli shox - qadimiy musiqa asboblaridan biridir

81



 

Bolalik tepadagi qazish ishlari yana bir noyob topilmani berdi. Gap musiqa 

asbobining tasviri haqida emas, balki asbobning o’zi haqida, to’g’rirog’i uning 

qismlari: tepasi dumaloq bo’lgan konussimon kallasidagi (bo’yinchaning yuqori 

qismida) va simlarini tortish uchun mo’ljallangan yog’ochli kolka haqida 

bormoqda. Aftidan, bu ud tipidagi asbob bo’lgan. 

 

Sanasi V asr deb belgilangan (dastlabki ma’lumotlar bo’yicha) Kankalik ud 



chaluvchi ayol haykali ilk o’rta asrlar davrida O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan torli-

chertma asboblar turining rang-barangligidan dalolat beradi. Garchi O’rta Osiyo 

san’atiga unchalik xos bo’lmasa ham, qumsoat shaklidagi barabanlarni chalayotgan 

maymunlar tasviri hammasidan ko’proq uchraydi. Misol sifatida Hisor vodiysi 

(Tojikiston) tog’ etaklaridagi qadimgi nekropolni qazish ishlarida topilgan 

ikkitomonli baraban ushlagan maymunning loydan qilingan xaykalchasini 

keltirishimiz mumkin. Xaykalchaning sanasi eramizning birinchi asrlari deb 

belgilangan. Ermitaj muzeyida saqlanadigan kumush vaza esa,(Farmer uni VIII-IX 

asrga tegishli  Eron san’atiga xos deb hisoblaydi) arfa, surnay, ud va shen 

asboblarini chalayotgan to’rtta musiqachi qizlarning sur’ati bilan bezatilgan. 

Birinchi uch asbob O’rta Osiyo madaniyatiga xos bo’lsada,oxirgi shen deb 

nomlanuvchi cholg’u asbob u yerda umuman uchramaydi

82

.  


 

Anikov likopchasidagi puflama asboblarda ayrim tadqiqotchilar o’zbek va 

tojik karnaylarining avlodini ko’radilar. Haqiqatda, ularning  ijtimoiy vazifalari, 

«rasmiy» asboblar singari, g’oyat o’xshash bo’lgani shubxasizdir. Ma’lum 

umumiylik ularning tuzilishida ham ko’zda tutiladi, zero ularda ham, boshqalarida 

ham yonlama (chalish uchun) teshiklari yo’q va ularning ovoz chiqarish 

imkoniyatlari bir nechta tabiiy obertonlar bilan cheklangan. Shu bilan birga, bu 

yerda ketma-ketlik haqida gapirish mumkin bo’lmasa kerak. Buning ustiga, og’zi 

turli shaklda bo’lgan to’g’ri naychalar (loyli, yog’och, metall) Qadimgi dunyoda 

(ulardan Misr, Persiya, Rim imperiyasida foydalanishgan) keng ma’lum bo’lgan. 

                                                 

81

 Беленицкий А.М.  Обшие результаты раскопок городища древнего Пянджикента: Материалы и 



исследования по археологии СССР. – М.- Л.,  1958.- стр.14 

4. Sheng – damli tilli cholg’u asbob bo’lib, turli xil kattalikdagi bambuk trubochkalari o’rnatilgan chashka 

ko’rinishidagi korpus va havo puflaydigan qayrilgan munshtukdan iborat.Sheng Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 

tarqalgan. Uni biz mil.av.XV-XII asrlarga oid(suyaklardagi yozuvlar) Xitoy manbalarida uchratishimiz mumkin. 




                                                                               

41

Ko’plab yuz yillar davomida karnayni eslatuvchi to’g’ri naychalar (ko’pincha ular 



uch qismdan iborat bo’lgan) turli xalqlarda shoxlar bilan parallel ravishda mavjud 

bo’lishgan

83



 



Ilk o’rta asr tasviriy materiallari yozma manbalarning ma’lumotlari bilan 

to’ldiriladi. O’z ko’zlari bilan shohid bo’lgan, VII asr boshida So’g’dga tashrif 

buyurgan buddiy rohibning so’ziga qaraganda, Samarqand axolisi qo’shiq va 

raqslar bilan o’tkaziladigan tantanali bayramlarni juda yaxshi ko’rishgan. Xitoylik 

sayyoh tomonidan keltirilgan samarqandliklarning musiqa asboblari nomlari 

N.Ya.Bichurinning mashhur asarida: «Katta va kichik doiralar, gitara, beshtorli 

gusli, katta gusli, fleytalar» deb ko’rsatilgan. Bichurin matnini xitoycha asl nusxasi 

bilan (Beysha, 97-bob) solishtirganda, tarjimaning «erkinligi» aniqlandi. Xitoycha 

matnda so’zma-so’z aytilgan: «ularda (samarqandliklarda) katta va kichik 

barabanlar (gu), udlar (pipa), beshtorli arfalar (syan kunxou), sitralar (katta 

kunxou)lar mavjud. 

 

Lekin asliga eng yaqin bo’lgan bu tarjima ham ayrim atamalarni 



aniqlashtirishga muhtoj. Xo’sh, gu – (xitoy lug’atlariga muvofiq) – baraban, 

ba’zida esa doira ham. Aftidan xronika muallifi, «katta gu»lar haqida gapirganda 

aynan barabanni nazarda tutgan, «kichik gu» ostida esa doirani tushungan. 

Afrosiyob terrakotalariga qaraganda, ikkala asbob So’g’dda azaldan mavjud 

bo’lgan. 

 

Ilk manbadagi boshqa «qorong’u joy» - «katta kunxou» - bu atama ham arfa, 



ham sitra (yotgan arfa) deb tarjima qilinadi. Modomiki aslida u syan kunxou va 

kantta kunxou ketma-ket sanab o’tilar ekan, gap turli asboblar haqida bormoqda 

deb o’ylash mumkin, negaki «u syan kunxou» (u syan beshta tor) atamasi azaldan 

besh torli arfaga maxkamlangan ekan, unda «katta kunxoular» - bu torlari beshtorli 

arfadan ko’ra ko’proq bo’lgan sitra tipidagi asboblar

84

 deb taxmin qilishimiz qoldi, 



xolos. Bunday asbob qadimdan Sharqda keng tarqalgan va o’rta asrlar Yevropasida 

psalteriy nomi ostida tanilgan

85



 



Biz uni qadimiy Shumer yodgorligida – sanasi eramizdan avvalgi IV-III 

ming yilliklar deb belgilangan lyapis-lazur vaza bo’lagida topamiz. 

 

Ma’lumki, IV asrdan boshlab so’g’diy tilida ahamiyatli yozuvlar mavjud 



bo’lgan. Lekin yodgorliklar arab bosqinchiligi davrida vayron qilingan. 

Paxlaviyning lotin xarfida transkriblangan bayonida va parallel tarzda ingliz tiliga 

tarjimasida chop etilgan podshox Xusravning paj bilan dialogi matni qiziqish 

uyg’otadi. Shox bilim darajasini aniqlashga intilib, yigitchaga o’ziga xos imtixon 

o’tkazadi. Uning savollaridan biri musiqa asboblariga taalluqli bo’ladi. Hukmdorga 

javob berayotib, yigit barbat, vina, pipa va boshqalarni nomini aytadi. Shoxning 

qanday mashshoqlarni u eng yaxshi deb o’ylashi haqidagi savoliga yigit chang, 

vina, tanbur, barbat chaluvchilarni deb javob beradi. 

                                                 

83

 Альбаум И.  Балалык – тепе. – Ташкент,  1960.-10ст. 



 

84

 Xitoycha-yaponcha lug’at (Tokio, 1966-1968) ma’lumtlariga ko’ra, kunxou – G’arbiy o’lkadan olib kelingan 



musiqa asbobi. Uning torlari «uzun taxtacha» bo’ylab tortilgan; uni barmoqlar yoki chiplar yordamida chalishadi. 

Aynan shu asbob – Bichurinning tarjimasida «katta gusli»ni buddiy roxib VII asr boshlarida Samarqanddagi 

bayramda ko’rib qolgan bo’lishi mumkin. 

85

  Psalteriy (psalterium) – ko’ptorli rezonator qutisiga tortilgan turli uzunlikdagi simlarning to’plagichi.  




                                                                               

42

 



Bu ro’yxatda ud yo’q, bu esa atama asbobning o’ziga nisbatan ancha keyin 

paydo bo’lganligining dalili bo’lib hizmat qilishi mumkin. Lekin bu yerda «barbat» 

atamasi ikki marta takrorlanyapti, u esa islomdan oldingi Persiyada kalta udni 

bildirgan. Ilk o’rta asrlardagi arab tilidagi manbalarga tayangan holda, Farmer 

yozadiki, VI-VII asrlarda barbat daraxtning butun bir (ichi g’ovak) bo’lagidan 

yasalgan, asbobning to’rtta ipakli tori bo’lgan va uning korpusining «orqasi bukri» 

va «qorni yassi» bo’lgan.  VIII asrda barbat takomillashgan. U kvartlar bo’yicha 

sozlangan va bu sozlangan asbob hamma yerda arabcha ud so’zi bilan nomlanishni 

boshlagan keyingi asrlarda ham saqlanib qolgan. Lekin barbatni yangi nom bilan 

ataganda, arablar uning sozi va torlarining fors tilidagi nomlarini saqlab qolishgan. 

So’g’diylar udni qanday nom bilan (barbat, rud, vina yoki yana qandaydir)

86

 



atashmasin, muximi, u «ud» nomi ostida ko’plab mamlakatlarni zabt etgan va turli 

xalqlarning musiqa madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan o’sha asbobning avlodidir. 

 

O’rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi (VII asr irtasi – VIII asr 



boshlari) uning xalqlariga hisobsiz ofatlarni olib keldi. 

 

Musiqaga kelsak, ishonch bilan aytish mumkinki, bu yerda sezilarli sinish 



bo’lmagan. Musiqa yuzaga kelgan an’analar oqimida rivojlanishda davom etgan. 

O’rta Osiyoda va Eronda ilgaridan va barqaror mavjud bo’lgan  musiqa asboblari, 

VIII-IX asrlarda Pirineya yarim orolini qo’shganda barcha Xalifotlarda tarqalgan. 

Ularning tasvirlari shu mamlakatlarning san’at asarlarida uchraydi. VIII asrning 

birinchi yarmidagi Siriya freskalari barbat (ud) va surnay (arabcha mizmar) O’rta 

Osiyo va Eronning o’sha va undan ancha oldingi davrlari yodgorliklari uchun xos 

bo’lgan shakllarda o’z tasvirini saqlab qolgan. Ud (keyinroq uning torlari soni 

ortadi) va surnay, shuningdek chang (egilgan rezonatorli burchakli arfa), rubob 

(ikkitorli), fleytalar (bo’ylama va ko’ndalang) tasvirlari Suriya, Misr, Turkiya, 

Ispaniya va boshqa mamlakatlarning madaniy yodgorliklarida juda ko’p uchraydi. 

 

So’g’d va Xurosonga kirib chiqilayotgan davrda xuddi o’sha asboblar 



(burchakli arfa, ud, surnay) mavjud bo’lgan. Yana shunisi qiziqki, Sosoniy 

Persiyasining mashhur mashshog’i Barbad asli O’rta Osiyodan (Marvda tug’ilgan) 

bo’lgan, afsona esa aynan u Eron musiqa tizimining

87

 «yetti asosiy oxangni kashf 



etganini yozadi. Tabiiy tarzda taxmin qilish mumkinki, Xusrav II-ning saroyida 

to’la shakllangan mashshoq, moxir udchi holida paydo bo’lgan Barbad o’zi bilan 

nafaqat asbobni, balki  o’zining vatanida ishlab chiqilgan udni chalish maxoratini 

ham olib kelgan. 

 

Keltirilgan ikonografik material ba’zi asboblar u yerdan keyin Xitoyga borib 



qolgan Sharqiy Turkiston bilan musiqaviy aloqalarning qizg’inligini ochib beradi. 

Xitoyning o’zi bilan madaniy aloqalar eramizdan avvalgi III asrdayoq boshlangan, 

lekin O’rta Osiyo musiqasi Xitoyda VI asrdan boshlab keng e’tirof etila boshlagan. 

                                                 

86

 So’g’d tili eron tillari qatoriga kirgan, shuning uchun nafaqat ildizlarning, balki butun so’zlarning ham 



umumiyligi ehtimoldan xoli emas.

 

87



  Albatta, bu shunchaki afsona. Oxang tizimini tuzish –  musiqachilarning ko’plab avlodlarining xarakati bilan 

uzoq yaratish jarayonidir. Shunda ham, turli mamlakatlarning musiqa madaniyati muammolari doirasida, afsona 

juda axamiyatlidir, chunki Barbad xaqiqatda yetuk musiqachi bo’lgan.  Shubxasiz, tarixiy ma’lumotlarni taqqoslash 

yo’li bilan Barbad o’zining har tomonlama  iqtidorining (qo’shiqchi, asbobsoz, ko’plab yangi kuylarning ijodkori) 

kuchi bilan “ikki sosoniy musiqasi»ga ulkan ta’sir ko’rsatgan, degan xulosaga kelgan Xristensenning da’vosidan 

shubxalanishga bizda asos yo’q. 




                                                                               

43

Xitoy imperatorlarining saroylarida yettita, shu jumladan buxorocha (Ango) va 



samarqandcha (Kango) «musiqa bilimlari» tuzilgan. Keyinchalik bilimlar soni 

o’zgargan, biroq buxorocha va samarqandcha musiqa bilimlari o’zgarmasdan o’z 

o’rnini saqlab qolgan. Bu bilimlar (yoki zamonaviychasiga aytganda, ansambllar) 

mahalliy yerga mansub bo’lgan libos kiygan va o’zlari uchun qadrdon bo’lgan 

asboblarda chaladigan O’rta Osiyolik musiqachilardan va raqqoslardan tashkil 

topgan. Buxoro va Samarqand bo’limlaridagi asboblar qatorida pipa (ud), u syan 

pipa (besh torli ud), kunxou (arfa), di yoki xendi (ko’ndalang fleyta), syao 

(bo’ylama fleyta), bili (surnay kabi ikkita tayoqchachaga ega bo’lgan puflama 

asbob), chjengu va xegu (barabanlar), tunba (mis likopchalar) ham esga olinadi. 

Xitoy manbalarida G’arbiy o’lkadan (shu jumladan, Buxorodan va Samarqanddan) 

chiqqan musiqachilar haqida ma’lumotlar keltiriladi, Xitoyda (VIII asrda) u yerda 

yangi xitoycha nomga ega bo’lgan (ko’chib kelgan musiqachilar o’zlariga xitoycha 

ismlar olgani singari) musiqalar tarqalganligidan xabar beradi. 

 

Tadqiqotchi IXasrdagi Xitoy manbalariga tayanadi, ularga ko’ra kamoncha 



bilan chalinadigan asbob (hu-ch`in) Xitoyga O’rta Osiyodan keltirilgan. Moddiy 

madaniyatlar orasida  Yaponiya imperatorlari xazinasida saqlanib qolgan O’rta 

Osiyodan kelib chiqqan (IX-X asrlar) ud deko’sidagi yozuv aloxida qiziqish 

uyg’otadi. Tasvir markazida – ziyofat saxnasi, unda ikkita mashshoq ishtirok 

etmoqda: biri plektor bilan ud, ikkinchisi, chamasi kamoncha bilan chalinadigan 

asbob chalmoqda.Kamoncha bilan chalinadigan asbob (agar faqat bu haqiqatda u 

bo’lsa) g’oyat xomaki tasvirlangan. Bu tasvirning timsoli bilib nima xizmat 

qilganini, Forobiy tomonidan ta’riflangan kamonda chalinadigan rubobmi, yoki 

cho’michsimon shakldagi korpusga ega ikki torli kamonda chalinadigan asbob - 

qobuzmi, aytish qiyin. Qobuz, so’zsiz juda qadimda paydo bo’lgan. Musiqashunos 

B.Sariboyev yozganidek,  «uning qozoqlarda paydo bo’lishi VIII-IX asrlarda 

yashagan yarimafsonaviy mashshoq yigit bilan bog’liq». Ud dekasida aynan bir 

zamonlar Yaponiyaga O’rta Osiyodan qimmatbaho sovg’a sifatida olib kelingan 

qobuz tasvirlangan bo’lishi ham ehtimol. 

 

Xitoy xroniklarining materiallari asosida xulosa qilish mumkinki, buxorolik 



va samarqandlik mashshoqlarning ijro mahorati O’rta Osiyodan tashqarida ham 

haddan tashqari yuqori baxolangan. Yaqin va uzoq mamlakatlar bilan madaniy 

aloqalarning faollashtirilishi, o’z navbatida uning yutuqlari uzoqqa g’arbga va 

Sharqqa shiddatli ravishda kirib borishiga yordam bergan holda, O’rta Osiyo 

musiqa san’atini yangi badiiy ko’rinishlar bilan boyitdi. O’sha vaqtda to’plangan 

qadriyatlar O’rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarixining yangi 

bosqichlari bilan bog’liq bo’lgan musiqa san’atining yanada rivojlanishiga asos 

bo’lib hizmat qildi. 

 Abu-Nasr 

Muxammad 

Forobiy

88

 – o’rta asrlarning musiqa to’g’risidagi fani 



asoschisidir. 

                                                 

88

  Forobiy Sirdaryoning (Zamonaviy Qozog’iston xududida) quyi oqimi bo’ylab joylashgan Farob nomli o’lkada 



tug’ilgan, kelib chiqishi biyicha turkdir. Uning balog’at vaqti Arab Xalifotining markazlarida (Bag’dod, keyin 

Aleppoda) o’tdi. U yerda uning  unga olamshumul mashxurlik olib kelgan asarlari yaratilgan. Forobiyning 

musiqaviy-nazariy asarlaridan faqatgina «Musiqa to’g’risida katta traktat» («Kitab ul-musiqi al-kabir») saqlanib 

qolgan. 



                                                                               

44

 



Musiqiy ijro ko’rinishlari qatorida Forobiy urib chalinadigan asboblardan 

(doira, likopchalar) chalish, shuningdek chapak chalish, raqs, ritmik xarakatlarni 

(qoshlarni. yelkani, boshni o’ynatish) ham tilga oladi. Ud, tanbur, rubob kabi va 

puflama asboblar sanab o’tilgan ritmik ijrodan tovushining davomiyligi bilan 

ustundirlar. Ovoz jarangiga hammadan ham rubob va puflama asboblar yaqin 

keladi. 


 

Forobiyning «Musiqa to’g’risida katta traktat» asarining ikkinchi kitobi 

musiqa asboblariga bag’ishlangan. U xuddi shunday – «Asboblar xaqida kitob» 

deb ham nomlanadi. Unda Forobiy zamonida mavjud bo’lgan asboblar ketma-ket 

va faqulodda mufassal tarzda ta’riflanadi. 

 

Ud

89

 - . asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan tovush 



chiqarishi torlarining qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar 

qatoriga kiritilgan. 

 

Forobiy o’zining «Asboblar haqida kitob»ini yozishga kirishishiga qadar 



ud,uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. IX-X asrlarda arabcha ud nomini olgan 

O’rta Osiyo-Eron udi, yupqa segmentlardan yopishtirilgan noksimon korpus, 

yengil yog’ochli deka, torlar uchun qoziqchalari bo’lgan egilgan boshchali kalta 

biyinchadan iborat bilgan, torlar tirtta, ba’zida esa beshtani tashkil qilgan. 

 «Pokizalik 

Birodarlari 

maktublari»da «Musiqa xaqidagi fan bilan 

shug’ullangan biz donishmandlar shuni aytamizki, biz udning sozi to’rttadan ko’p 

ham, kam ham bo’lmasligi kerak deb belgiladik. Bu bilan ular <…> 

yaratuvchining donishmadligiga taqlid qilib, o’z ijodlarini oy ostidagi hayotda 

sodir bo’layotgan tabiat ko’rinishlariga o’xshatmoqchi bo’lishgan. Mana, nima 

uchun, «zo’r»  olov elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton 

esa uning tafti va alangasiga mos keladi; «masna» havo elementiga 

o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa xavoning namligi va 

yumshoqligiga mos keladi; «maslas»  suv elementiga o’xshash xisoblanadi, 

undan chiqayotgan ton esa uning suvning namligi va sovuqligiga mos keladi; 

«bamm» yer elementiga o’xshash hisoblanadi, undan chiqayotgan ton esa 

yerning og’irligi va dag’alligiga mos keladi. Torlar xususiyatlarining ta’rifi ular 

o’rtasida mavjud aloqalarga va ular tomonidan chiqarilayotgan tovush ularni 

tinglayotganlarning tabiati qorishmasiga ko’rsatayotgan ta’siriga mos keladi

90

». 


 

Udning to’rtta tori kvartada bir-biriga nisbatan sozlangan. Forobiy beshinchi 

torni qo’shishni tavsiya qiladi. Beshinchi tor arabcha «xadd» (keskin) nomini 

olgan. Biroq, Forobiy davrida besh torli ud hali uncha keg tarqalmagan edi. 

 

Tanbur. Forobiy torli asboblarning xamma turlaridan ko’ra tanbur udga 

yaqinroq deb ta’kidlaydi. Uning tovushlari, udga o’xshab, torning qismlarga 

bo’linishi yo’li bilan xosil bo’ladi. Tanbur xuddi ud kabi keng tarqalgan bo’lib, 

                                                 

89

 Bu yerda va keyin asboblarning nomi D.Erlanj nashri biyicha keltiriladi. «Lyutnya» so’zi ostida ud (barbat) 



ko’zda tutilayotganini tushunish oson. Asboblardan eng keng tarqalgani – Forobiy tomonidan ovoz chiqarishi torni 

qismlarga bo’linishi tufayli paydo bo’ladigan torli asboblar qatoriga kiritilgan. «Zir» to’rt torli udning eng baland 

tori. (Izox: T.V.) 

90

 «Pokizalik birodarlari» Bag’dodda X asr irtasida paydo bilgan diniy-faylasufona tashkilot. Bu tashkilot 



ishtirokchilari tomonidan yozilgan traktatlar «Pokizalik Birodarlari maktublari» nomi ostidagi ulkan ensiklopediyani 

tashkil qilgan. Ensiklopediyaning matematika fanlariga bag’ishlangan bilimiga «Musiqa tig’risidagi traktat» 

kiritilgan. A.V.Sagadeyevning tarjimasida keltirilgan sitata o’sha yerdan olingan. 



                                                                               

45

xalq tomonidan xam xuddi shunday sevimli bo’lgan. Odatda tanbur ikki torli, 



ba’zida esa – uch torli bo’lgan. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish