Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti



Download 174 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2017
Hajmi174 Kb.
#1808
  1   2   3


O’ZEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI



KURS ISHI

Mavzu: Malay tilida reduplikatsiya

Bajardi: Janubiy Osiyo tillari kafedrasi bakalavr ta’lim yo’nalishi bitiruvchisi 4-kurs malay-ingliz guruhi talabasi Boltaboyev Abduvali.

Ilmiy maslahatchi: Janubiy Osiyo tillari kafedrasi dotsenti f.f.n. Begizova X.B.

Taqrizchi: Janubiy Osiyo tillari kafedrasi katta o’qituvchisi Sodiqova M.K.

Ilmiy rahbar: Janubiy Osiyo tillari kafedrasi o’qituvchisi Mirzayeva F.

TOSHKENT – 2013

MUNDARIJA

KIRISH

1. MALAY VA O’ZBEK TILLARIDA REDUPLIKATSIYA HODISASI ……………………………………………………………….. 7

    1. Reduplikatsiya hodisasi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar…… 7

    2. Malay tilida reduplikatsiyaning tuzilish jihatidan turlari …… 13

1.2.1. To’liq reduplikatsiya ……………………………………………. 14

1.2.2. Qisman reduplikatsiya …………………………………..………. 16

1.2.3. Ritmik – qofiyali reduplikatsiya ………………………..………. 21

1.2.4. Affiks qo’shimchali takror so‘zlar ………………………..……...24

2. SO’Z TURKUMLARI BO’YICHA REDUPLIKATSIYA VA SEMANTIK O’ZGARISHLAR .......................................................... 31

2.1. Ot reduplikatsiyasi ……………………………………………….. 32

2.2. Sifat reduplikatsiya ……………………………………………… 39

2.3. Fe’l reduplikatsiya ………………………………………………. 46

XULOSA……………………………………………………………… 47

ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………………………….. 54

KIRISH

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.

Bugungi kunda horijiy tillarni o‘rganish hamda o‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat qaratilmoqda. Bugun jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallab borayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan halqimiz uchun horijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashga hojat yo‘q.1

Keyingi yillarda Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasining yirik davlatlaridan biri bo‘lib kelayotgan mamlakat Malayziya tilini o‘rganish, bu sohada kerakli mutahassislarni tayyorlash va shu orqali o‘z o‘qituvchi va tarjimonlariga ega bo‘lish masalasi O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda, buni ham hukumatimizning mamlakatimizda sharq tillarni rivojlantirish uchun tashlagan muhim qadamlari sifatida baholanmoqda.

So‘nggi yillarda mustaqil davlatimizning Malayziya bilan bo‘lgan a‘loqalari mustahkamlanib bormoqda. Bu hamkorlik nafaqat iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlardan, balki ijtimoiy sohada ham o‘z aksini topmoqda.

Madaniy jabhalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy qadriyatlarga sodiqlik, tarihiy-ma‘naviy merosni tiklash, asrab-avaylash va bekamu-ko‘st kelgusi avlodga etkazish; ijtimoiy hodisa sifatida milliy ongning birinchi sharti bo‘lgan tilni saqlab qolish, globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq bugungi yangilanishlar davrida tilga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, bu borada paydo bo‘layotgan ayrim salbiy qarashlar oldini olish, tilning milliy ko‘zgusi va ko‘rki bo‘lmish halq tafakkurining manbai bo‘lgan badiiy (adabiy) til takomiliga erishish.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan bir paytda O‘zbekistonda Malayziya tilidan ta‘lim berish jarayoni rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda mavjud instittutlarning ba‘zilarida Malayziya tilini o‘qitish juda ham yahshi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, o‘zbek va malay xalqlarining urf-odatlari hamda tillarining ba‘zi o‘hshashliklari, Malay tilini yuqori darajada o‘rganishni taqozo qilmoqda.

Shu bilan birga Malayziyadan kelgan o‘qituvchilarning o‘zlari bevosita bizning talabalarga dars berishi bu tilning mamlakatimizda chuqur o‘rganilishiga, Malayziya halqi madaniyati, tarihi, san‘ati va hokazolar haqida aniq tasavvurlarga ega bo‘lishimizga yordam beradi. Ta‘lim berishning zamonaviy usullarini qo‘llash, audio-video tehnikilardan foydalanish ta‘lim jarayonini mustahkamlamoqda, bu esa mazkur tilni o‘rganishga qiziquvchilarning sonini oshirmoqda.

Shu ma‘noda biz ham Malayziya tilini yurtimizda rivojlantirish maqsadida, institutda olgan bilimlarimiz natijasida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Malay tilida reduplikatsiya hodisasi” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanish olib borishga harakat qildik.

Mazkur Kurs ishimiz “Malay tilida reduplikatsiya” hodisasini tadqiq qilishga bag’ishlanib, ishimizning ob‘ekti malay tilidagi takror so‘zlar, ya‘ni otlarda, sifatlarda va fe‘llarda takroriy shakllarining qo‘llanilishdagi o‘ziga hosliklarini tadbiq etishdan iboratdir.



1. MALAY VA O’ZBEK TILLARIDA REDUPLIKATSIYA HODISASI.

1.1. Reduplikatsiya hodisasi yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar

Malay tilidagi otlarning takroriy shakli o‘zbek tili grammatikasiga mos keladi, ammo o‘zbek tilida otlarning juft shakllari ham mavjud. Juft va takror shakllar o‘zbek tili garammatikasida alohida-alohida bo‘lim bo‘lsalarda, ammo Malay tilida juft so‘zni ham takror so‘zni ham bir termin ostida, ya‘ni KATA GANDA deb o‘rganamiz.

Sifat va fe‘llarda ham takror so‘zlar qo‘llaniladi. Masalan:

Besar (katta) – besar-besar (juda katta)

Kecil (kichkina) – kecil-kecil (juda kichkina)

Berlari (yugurmoq) – berlari-lari (bir necha bor yugurmoq)

Menari (raqs tushmoq) – menari-nari (tinmay raqs tushmoq)

Xulosada bitiruv malakaviy ishining Kirish qismida qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda yakuniy Xulosalar bayon etilgan.

Tadqiqot davomida foydalanilgan adabiyotlar va internet sahifalar keltirib o‘tilgan. Bu ishimizga misollar 20dan ortiq turli tekst, badiy adabiyot, xalq og‘zaki ijodi va turli lug‘atlardan tanlab olingan.

Bitiruv malakaviy ishi ustida izlanish natijasida tanlab olingan 50dan ortiq misollar jadvalga solindi va tarjima bilan ta’minlandi.

Mavzuni yanada kengroq boyitish maqsadida, o‘zbek, turkiy va ularga qardosh bo‘lmagan boshqa tillardan dalillar keltirildi.

Misol uchun, Fransuz olimi- sharqshunos J.Leni takror so‘zlarni turkumlarga ajrata turib, sifatlarni 2 hil reduplikatsiya holatida uchrashini ta’kidlab o’tadi: To‘liq va to‘liqsiz.2

O.Byotlingning takroran ifodalanuvchi so‘zlarning ma‘nolari haqida quyidagicha fikr yuritadi: Ma‘noni kuchaytirish uchun ishlatiladigan takror so‘zlar sifatlarda, ravishlarda, sifatdoshlarda kelishi affiksaciyadan farq qiladi.3

Takror so‘zlar haqidagi izlanishlar va ularning lingvistik mohiyatini ochishga tegishli bo‘lgan qator ishlar turkiyotda 80-yillarda paydo bo‘la boshladi. Shular jumlasiga professor Dmitreevning ilk bor bir vaqtning o‘zida ham takror, ham juft so‘zlarni o‘rganib chiqib, turkumlarga ajratgan ilmiy ishini kiritish mumkin.4

N.A.Baskakov qoraqalpoq tili yuzasidan o‘z kuzatishlarida, shu tilda so‘z yasash usullari haqida so‘z yurita turib, bu erda turli takror so‘zlarni kiritib o‘tgan,

Baskakov takror so‘zlarni 4 guruhga bo‘lib o‘rgangan5:

1. Kuchaytiruvchi juft-takror so‘zlar.

Tyobe-tyobe (tog‘)

Oyin-oyin (o‘yin-o‘yin)

2. Yig‘uvchi takror so‘zlar

3. Turdosh ma‘nolardagi takror so‘zlar

Palov-malov

Shara-bara

4. Birinchi bo‘g‘ini qisqartirilgan takror so‘zlar



Tim-tirislik (qop-qorong‘u)

Jav-jarak

A.Kaydarov uyg‘ur tilida juft-takror so‘zlar va ularning o‘ziga hosliklarini keng ko’lamda o‘rganib chiqgan. U takror so‘zlarni tashkil topish usullari bo‘yicha bir tizimga solgan va ularni 4 guruhga bo‘lgan6:

1-guruh bir hil takror so‘zlarni o‘z ichiga oladi, ya‘ni takror so‘z o‘zakni ikki marta hech o‘zgarishsiz takrorlanishi natijasida hosil bo‘ladi:

Pat-pat, hir-hir, pir-pir…

2-guruh turdosh ma‘nodagi takror so‘zlar:

a) qofiyadosh takror so‘zlar: at-mat, g‘iring-piring

b) shakli turlicha takror so‘zlar: shalaq-shuluq, shaqir-shuqur

c) kesishgan takror so‘zlar: qip-qizil, ep-eniq

3-guruh turdosh ma‘nolarni ifodalash uchun qo‘llaniladigan takror so‘zlarni biriktiradi:



Eylap-eylap topalmadim

Qarap-qarap ko‘zum taldi

Bara-bara unutti…

Kaydarovning mazkur ishida tayanch iboralar sifatida juft-takror so‘zlar termini ham birgalikda ishlatiladi.

V.Egorov o‘zining maqolalaridan birida aytadi: “Dunyoning juda ko‘p tillarida so‘z yasalishining eng qadimiy va eng oson usullaridan biri takror so‘zdir. Bir hil so‘zni ikki marotaba qaytarilishi ya‘ni, takror so‘z sifat yoki miqdorni orttirish, harakat tezligigni yoki takroriyligi bilan bog‘liqdir.”7

Bir talay tillarda takror so‘zlar hatto otlarning ko‘plik darajasini, sifatlarning oshirma darajasini, ayiruvchi sonlar va hakozolarning grammatik kategoriyalari ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Egorov yana takror so‘zlarni turkiyotda kelib chiqishi haqida gapiradi: “Takror so‘z turkiyotda anchagina keng uchraydi, jumladan, sifatning oshirma darajasini bildiruvchi qadimiy shakllar: shirin-shirin asal, ochdan-och, qip-qizil…”8

O‘zbek tilshunosligida takror so‘z, juft so‘z va qo‘shma so‘zlrning farqi bog‘lanmagan holda ko‘rib chiqiladi. B. Madalievning “O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlar” nomli ilmiy asarida o‘zbek tilida takror so‘zlarning mavjudligi haqida va ular juft so‘zlar bilan bir-biriga teng va qo‘shma so‘zlarga ma‘no jihatdan yaqinroq kelishini aytib o‘tadi. So‘z yasalishi usulida bir hil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar qaytariladi yoki ma‘nolari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlar keladi. Buning natijasida, umumiylashtiruvchi 9 ma‘noni ifodalovchi takror so‘z hosil bo‘ladi: beshta-beshta, bosti-bosti, ota-ona, kuch-quvvat…



Takror otlarning ma‘nolari

Ot- nutqning eng asosiy bo‘lagi hisoblanib, dunyoning barcha tillarida takror so‘z bo‘lib kelishi va gapda turli ma‘nolarga ega bo‘lishi mumkin:

1. Ko‘plik ma‘nosi. – Temir yo‘l yoqasiga arava-arava ketmon, bellar, lomlar, zambillar tahlandi.

2. Takror ot predmet yoki harakatning solishtirilgandagi tashqi o‘hshashligini ifodalaydi. Bu quyidagicha ro‘y beradi:

• Predmetning tashqi ko‘rinishi solishtiriladi. – Sal o‘tmay yigit bir dasta qog‘oz bilan kirib keldi, peshonasidan marjon-marjon ter quyardi.

• Shakl yoki ahvolning o‘ziga hosligi ta‘kidlanadi. – Oyqiz tog‘-tog‘ pahtalarga aftun bo‘lgan holda fahr bilan tikilardi.

• Ma‘joziy ma‘no. – Qonning hisobi yo‘q, erga shimilgan, yosh ham daryo-daryo uning komida.

• Eshitdik, olam-olam hursand bo‘ldik.

3. Takror otlar predmet miqdori haqida tasavvur beradi, aniqrog‘i uning, bunday takroriy shakli leksik ma‘noni kuchaytirib, miqdorning ko’p, hisobsiz ekani, ma‘nosini ifodalaydi.

- Tokcha-tokcha eski, yangi ustavlar, lug‘atlar, gazeta komplektlari…

4. Takror so‘z miqdor ma‘nosini kuchaytiradi.- Biz mamlakatda dong taratgan, tom-tom kitoblar yozgan, bir olimning eshigini taqillatmoqchimiz.

5. Takror otlar ma‘joziy ma‘noni ifodalashga ham qodir. Bu shakl tilda ifodaliyligi bilan ajralib turadi. Agar takror so‘z gapda ma‘noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi va bunda takror so‘zning ta‘siri kuchayadi. Takror usuli bilan qo‘lga kiritilgan ma‘joziy ma‘noning obrazliligi yanada oshadi va yorqinroq ko‘rinadi.

Bu mavsum mehnatning buyuk taqdiri,

Hovuch-hovuch nurga to‘la chanoqlar.(Guliston)

…Azob-uqubatlarni engdim, tog‘-tog; qiyinchiliklarni sherday engib, rahbar bo‘lish huquqiga o‘z peshona terim bilan erishdim.(SH.Rashidov)

6. Takror so‘zlar davomiylik va takroriylikni ifodalaydi.- Hadeb soqol-soqol deysiz,- dadam ham bo‘sh kelmadi.(H.To‘htaboev)

Hadeb konfet-konfet deyaverasanmi, men hozir konfetni vazasi bilan otib yuboraman.(Toshkent oqshomi)

Zamonaviy O‘zbek tilidagi sonlarga bag‘ishlangan qator ishlarda, faqatgina bir sonini turli hil takrorlanishi haqida so‘z yuritiladi.[1]

So‘roq olmoshlari takror so‘z sifatida ishlatilganda, ko‘plik va kuchaytirilgan ma‘nolarni ifodalaydi.[2]

Kim? Nima? So‘roq olmoshlari takrorlanib kelganda ko‘plik ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Nima-nima, senda yurak ham, yigitlik g‘ururi ham qolmabdiku, jiyan?(Ya.Shukurov)

Kim-kim kelishadi? Kim-kim borarkan?

Qancha, necha, ne so‘roq olmoshlari ham takror so‘z bo‘lib kelganda ko‘plik ma‘noni ifodalaydi. Masalan: Siz bilmaysiz, Sodiq aka mening boshimga ne-ne kunlarni solmadi?(K.Yashin)

U nazarida necha-necha tosh yo‘l bosgan ko‘rindiyu, orqasiga qarab beihtiyor yoqasini ushladi.(I.Rahim)

Ko‘ring qancha-qancha ishlarni bajarib qo‘ydik.

Fe‘llar takror so‘z bo‘lib kelganda harakatning davomiyligini, uning takroriyligini va yana harakatning yakunlanmaganligini ifodalash uchun xizmat qiladi.

Masalan: Ho-ho-ho…Qotib-qotib kulgan bo‘ldim jo‘rttaga. (H.To‘htaboev)

Yonida kimdir jo‘zib-jo‘zib hurrak otardi. (G‘.G”ulom)

1.2. MALAY TILIDA REDUPLIKATSIYANING TUZILISH JIHATIDAN TURLARI

Malay tilida takror so‘zlar o’zakning juft holda takrorlanishidan hosil bo‘ladi. Bunda o‘zak to‘la holda yoki qisman takrorlanishi mumkin. Bundan tashqari o‘zakdagi takrorlanayotgan so‘zning biror harfi yoki bo‘g‘ini qofiyali holda takrorlanishi ham keng uchraydi. Affiks qo‘shimchali to‘la takror so‘zlarni ham kuzatishimiz mumkin. Shunga ko‘ra Malay tilidagi takror so‘zlarni asosiy 4 guruhga bo‘lib o’raginladi:

1. Penggandaan penuh – To‘la takror so‘zlar

2. Penggandaan separa – Yarim takror so‘zlar

3. Penggandaan berentak yoki bersajak – Qofiyali takror so‘zlar

4. Penggandaan berimbuhan – Qo‘shimchali takror so‘zlar



1.2.1. TO’LIQ REDUPLIKATSIYA

To‘la takror so‘zlar shunday so‘zlarki, hech qanday o‘zgarishlarsiz o‘zakni yana bir bor qaytarib takrorlashdir. Bunda hech qanday qo‘shimcha qo‘shilmaydi.



Pulau-pulau (orollar)

Buku-buku (kitoblar)

Cantik-cantik (juda go‘zal)

Tinggi-tinggi (juda baland)

Sungguh-sungguh (juda ko‘p)

Tiba-tiba (to‘satdan, kutilmaganda)

Mandi-mandi (bir necha bor cho‘milmoq)

Minum-minum (bir necha bor ichmoq)

Mata-mata (josus, shpion)

Labah-labah (o‘rgimchak)

Kura-kura (toshbaqa)

O‘zakda qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan so‘zlar ham takror holda qo‘llanilishi mumkin, bular qo‘shimchali takror so‘zlar guruhiga kiritiladi. Masalan:



Pemimpin-pemimpin (boshliqlar)

Pelatih-pelatih (mashq qiluvchilar)

Persatuan-persatuan (jamiyatlar)

Kehendak-kehendak (hohishlar)

1.2.2. QISMAN REDUPLIKATSIYA

Yarim holda takrorlanuvchi so‘zlar shunday so‘zlarki, bunda o‘zak ikkinchi bor takrorlanayotganda birinchi o‘zakning yarmigina takrorlanadi holos. O‘zak birlikda yoki yasama so‘z bo‘lishi mumkin. Yarim takror so‘zlar o‘zakning oldidan yoki orqasidan kelishi mumkin. Agarda takror so‘z birlik ma‘nosida qo‘llanilsa o‘zakning birinchi bo‘g‘ini takrorlanadi va birinchi takrorlangani o‘zakning oldidan qo‘llaniladi. Birinchi bo‘g‘indagi unli takrorlanganda kuchsizlanib, qisqa e unlisiga o‘zgaradi. Masalan:



Laki – lalaki – lelaki ((erkak kishi)

Jari – jajari – jejari (barmoqqa o‘hshash)

Siku – sisiku – sesiku (tirsakka o‘hshash)

Rambut – rarambut – rerambut (sochga o‘hshash)

Langit – lalangit – lelangit (uy shifti)

Yarim takror so‘zlarda qo‘shimchali so‘z kelsa takrorlanib kelgan ikkinchi qismi qo‘shimchasiz ishlatiladi. Bunday holatlar ko‘pincha sifatlar va fe‘llarda ko‘zga tashlanadi. Fe‘llarda bu shakllar o‘zakning boshida yoki ohirida qo‘llanilishi mumkin.

Birinchi o‘zakda qo‘shimchali fe‘l qatnashgan misolga diqqatingizni qarating:

Berlari-lari (yugurmoq)

Mencari-cari (qidrmoq)

Terdiri-diri (o’rnidan turmoq)

Sepandai-pandai (aqlli bo‘lmoq)

1.2.3. RITMIK-QOFIYALI TAKROR SO‘ZLAR – PENGGANDAAN BERENTAK

Takror so‘zlar qofiyali bo‘lib kelishi mumkin.Bunda o‘zakdagi biror harf yoki bo‘g‘in takror qo‘llanganda qofiyalanib keladi. Qofiyali takror so‘zda o‘zak to‘la takrorlanib keladi va o‘zak takrorlanib kelganda harf o‘zgaradi va o‘zaro qofiya hosil bo‘ladi. Bulardan kelib chiqib qofiyali takror so‘zlar 3 guruhga bo‘linadi, bular:

1. Unli harfi takrorlanib keladigan qofiyali takror so‘zlar.

2. Undosh harfi takrorlanib keladigan qofiyali takror so‘zlar.

3. Erkin qofiyali takror so‘zlar.

Unli harfi takrorlanib keladigan qofiyali takror so‘zlar shunday so‘zlarki, unda biror so‘zning o‘zagidagi unli harf takrorlanganda qofiyalanib ketadi. Bunda unli harflarni bir-biriga uyg‘unlashib kelishini kuzatishimiz mumkin. Masalan:

Sayur-mayur (turli hil sabzavotlar)

Kuih-muih (turli hil shirinliklar)

Selok-belok (turli hil nayranglar)

Lauk-pauk (turli hil oziq-ovqatlar)

Cerai-berai (ajragan bo‘lmoq)

Tungkus-tumus (biror narsaga chuqur, astoydil kirishmoq)

Hingar-bingar (juda shovqinli)

Hina-dina (sodda, kamtar)

Undosh harfi qofiyalanib keladigan qofiyali takror so’zlar shunday so’zlarki, bunda takror suzdagi biror undosh harf qofiyalanib ketadi.

Masalan:


Gunung-ganang (turli hil tog‘lar)

Bukit-bukau (turli hil tepaliklar)

Mundir-mandir (pastga tepaga)

Kayu-kayan (har hil o‘tlar)

Simpang-siur (uer buerga borish)

Mandi-manda (bir necha bor cho‘milmoq)

Bolak-balik (orqa yo oldingga borish)

Batu-batan (turli hil toshlar)

Erkin qofiyali takror so’zlar shunday so’zlarki, bunda unli yoki undosh harf takrorlanib kelmasdan biror boshqa bug‘in qofiyalanib keladi. Masalan:

Anak-pinak (jiyan)

Saudara-mara (qarindosh-urug‘)

Lintang-pukang (chorraha)

OTLARDA QOFIYALI TAKROR SO‘ZLAR

Qofiyali takror otlarda takrorlanayotgan so‘zning biror bo‘g‘ini yoki harfi qofiyali bo‘lib keladi, takror holda qo‘llanuvchi otlarning bu turida butun o‘zak takrorlanadi va undagi bo‘g‘in yoki harflar qofiyalanib keladi. Juft holda kelganda o‘zakdagi harf o‘zgarib kelishi mumkin.

Qofiyali takror so‘zlar kamida 3 turga bo‘linadi:

a. Unli harfi bir hil, ammo undosh harfi farq qiluvchi takror so‘zlar. Masalan:

Sayur – sayur-mayur (turli hil sabzavotlar)

Kuih – kuih-muih (turli hil shirinliklar)

Lauk – lauk-pauk (turli hil oziq ovqatlar)

b. Undosh harfi bir hil, ammo unli harfi farq qiluchi takror so‘zlar. Masalan:

Kayu (yog‘och) –kayu-kayan (har hil yog‘ochlar)

Bukit (tepalik) – bukit-bukau(har hil tepaliklar)

Gunung (tog‘)– gunung-ganang (turli hil tog‘lar)

Suku (burchak) – suku-sakat (turli hil burchaklar)

Batu (tosh) –batu-batan (turli hil toshlar)

Warna (rang) –warna-warni (rang barang)

c. Tovushlarida o‘hshashlik bo‘lmagan erkin holda takrorlanib keluvchi takror otlar. Masalan:

Anak (bola) – anak-pinak (jiyan)

Sedu (kuchli yig‘lash) – sedu-sedan (ho‘ngrash)

Saudara (qarindosh) – saudara-mara (qarindosh urug‘)

4.OTLARDA KATA GANDA BERSAJAK (qofiyali takror so‘zlar)

Awan-gemawan (To‘p-top, turli bulutlar)

Batu-batan (turli toshlar)

Bukit-bukau (baland-past tepaliklar)

Calar-balar (timdalangan, shilingan)

Carut-marut (uyatsiz, adabsiz so‘zlar)

Cirirt-birit (suv osti)

Desas-desus (pichirlash)

Gerak-geri (hatti-harakat)

Gunung-ganang (baland-past tog‘lar)

Kayu-kayan (turli yog‘ochlar)

Kuih-muih (turli pishiriqlar)

Lauk-pauk (turli ovqatlar)

Rempah-ratus (ziravorlar)

Sayur-mayur (turli sabzavotlar)

Serak-sorai (olqishlamoq)

Suku-sokat (qarindosh-urug‘)

Tanah-tanih (turli hil erlar)

Tindak-tanduk (hatti-harakat)

Awan-gemawan berarak di langit. (Osmonda turli-tuman bulutlar harakatlanmoqda)

Batu-batang yang beraneka bentuk itu diambilnya di Kawasan Air Terjun Sekayu. (Bu turli hil rangdagi toshlar Sekayu sharsharasi atrofida yig’ilgan)

Bukit-bukau itu kelihatan kebiru-biruan. (Baland-past tepaliklar ko‘m-ko‘k bo‘lib ko‘rinyapdi)

Badannya calar-balar kerana terkena pohon. (Tikonli darahtga tegib ketganligidan badani timdalanib ketdi)

Tidak baik mengeluarkan carut-marut kepada seseorang. (Birovga uyatsiz gaplar aytish yahshi emas)

Beberapa orang pelajar mengalami cirit-birit. (Bir necha o‘rganuvchilar suv ostiga sho‘ng‘ishdi)

Jangan mudah berpenganuh oleh desas-desus. (Pichirlab ta‘sir qilish oson emas)

Polis sedang memperhatikan gerak-geri leleki itu. (Policiya bu erkakning hatti harakatlarini kuzatayabdi)

Gunung-ganag di kawasan itu dilitupi salji. (Bu hududning baland-past tog‘lari qor bilan qoplangan)

Kayu-kayan Malaysia bermutu tinggi. (Malayziyaning barcha yog‘ochlari oliy sifatli)

Kuih-muih itu dihidangkan untuk tetamu. (Turli pishiriqlar mehmonlarga tortiq qilindi)

Lauk-pauk yang dihadagkan itu sungguh enak. (Tortiq qilingan barcha ovqatlar juda mazali ekan)

Tukang masak itu memasukkan rempah-ratus ke dalam sop tulang. (Oshpaz suyakli sho‘rvaga ziravorlardan soldi)

Sayur-mayur yang dijual di pasar itu sudah layu. (Bu bozorda sotiladigan sabzavotlar allaqachon so‘lib qolgan)

Ladang itu gamak dengan serak-sorai penyokong pasukan bola masing-masing. (Stadion ishqibozlarning o‘z jamoalariga olqishlari bilan to‘lib ketdi)

Beliau hanya mengundang suku-sokat yang terdekat ke majlis makan malam di rumahnya. (U kechki ovqatga eng yaqin qarindosh-urug‘larini taklif etdi holos)

Tanah-tanih di kawasan itu sesual di Tanami nanas. (Bu erdagi shidgorzorlar ananas etishtirish uchun qulay)

Tindak-tanduk Badar sejak belakangan ini kurang disenangi oleh rakan-rakannya. (Badarni oldindan bor bo‘lgan hatti-harakatlari do‘stlarini ranjitardi)

OTLARDA KATA GANDA BERIBUHAN (qo‘shimchalili takror so‘zlar)

Bau-bauan (atir, hush bo‘y hid)

Biji-bijian (urug‘lar)

Buah-buahan (turli hil mevalar)

Bunga-bungaan (turli hil gullar)

Daun-daunan (turli hil barlar)

Hidup-hidupan (tirik jonzotlar)

Kayu-kayuan (yog‘ochlar)

Orang-orangan (qo‘riqchi)

Puji-pujian (maqtovlar)

Sayur-sayuran (sabzavotlar)

Tanam-tanaman (ekinlar)

Tumbuh-tumbuhan (o‘simliklar)

Ubat-ubatan (dori-darmonlar)

Jahit-menjahit (tikuvchilikka oid)

Karang-mengarang (ijod, yozish)

Bau-bauan itu dibuat daripada beraneka jenis bunga. (Atirlar hidi turli hil hushbo‘y gullardan olinadi)

Biji-bijian banyak mempunyai protein. (Turli hil mevalar urug‘larida protein moddasi ko‘p bo‘ladi)

Buah-buahan yang dijual di pasar tani lebih murah. (BU dehqon bozorida sotiladigan mevalar ancha arzonroq)

Tanah Tinggi Cameron merupakan pusat bunga. (Tanah Tiggi Kameron Turli hil gullar markazidir)

Halaman rumah itu dipenuhi dau-daunan kering. (uyimiz hovlisi har-hil qurigan barglar bilan to‘la)

Pelbagai hidup-hidupan terdapat di hutan simpan. (Tropik o‘rmonlarda turli hil tirik jonzotlar mavjud)

Kayu-kayuan di negra ini bermutu tinggi. (Bu mamlaktdagi yog‘ochlar juda sifatli)

Orang-orangan itu diletakkan di tengah sawah. (SHolizorning o‘rtasiga qo‘riqchi o‘rnatildi)

Puji-pujian hanya untuk Yang Maha Esa. (Barcha maqtovlar faqatgin Buyuk Qudratli Zotgadir)

Pak Ahmad menyiram sayur-sayuran pada setiap petang. (Janob Ahmad har kuni kechki payt sabzavotlarni sug‘oradi)

Musim tengkujuh menebabkan tanam-tanaman kurang menjadi.

(Musson yomg‘iri mavsumi sabab ekinlar o‘smadi)

Tumbuh-tumbuhan membuat makanan melalui proses fotosintesis. (Fotosintez qilish orqali o‘simliklardan ovqat tayyorlash mumkin)

Akar-akar kayu itu dikeringkan ubat-ubatan. (Bu darahtning ildizlaridan dori-darmon lish mumkin)

Kakak mengambil kursus jahit-menjahit.(Singlim tikish uchun mo‘ljallangan stul oldi)

Mustaffa amat meminati bidang karang-megarang.(Mustafo ijod sohasiga juda qiziqadi)

SIFATLARDA QOFIYALI TAKROR SO‘ZLAR

Qofiyali takror so‘zlar o‘zakdagi biror bo‘g‘inga qofiyali so‘zni takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladi va sifatdagi ma‘noni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Masalan:

Kacau-bilau (tartibsiz)

Kantang-kanting (qup-quruq)

Porok-peranda (notinch, tartibsiz)

Gelap-gelita (qop-qorong‘u, zimiston)

Gilap-gemilang (yop-yorug‘)

Kucit-masai (qiyin vaziyat)

Bularning gapdagi o‘rni quyidagichadir:

1. Rumah tangannya porok-peranda kerana sikapnya yang tidak bertanggung jawab.- Uning uy hizmatchisi ma‘suliyatsizligidan hamma-yoq tartibsiz ahvolda.

2. Pesta pada malam itu gilap-gemilang.- o‘sha oqshomdagi bayram juda yorug‘ bo‘ldi.

3. Kejadian rompakan itu berlaku pada waktu malam yang gelap=gelita.- O‘g‘rilik qop-qorong‘u oqshomda sodir bo‘ldi.

4. Dia dijumpai dalam keadaan kasut-masai setelah sesat di hutan itu.- U o‘rmondan horib kelgandan so‘ng qiyin ahvolga tushib qoldi.

SIFATLARDA KATA GANDA BERSAJAK-(kofiyali takror so’zlar)

Bengkang-bengkok (unkir-chunkir)

Campang-camping (ilma-teshik)

Gopoh-gapah (shosha-pisha)

Hangar-bingar (juda shovkin)

Kacau-bilau (tus-tupalon, tartibsizlik)

Karut-marut (Safsata)

Kucar-kacir (Tartibsiz)

Porok-peranda (notinch)

Pusat-pasi (holdan tomoq)

Segar-bugar (Juda yangi)

Jalan ke bukit Fraser bengkak-bendkok. (Frezer tepaligiga boradigan yul unkir-chunkirdir)

Pengemis itu berpakaian campang-camping.(Bu devona ilma-teshik kiyinib olgan)

Dia meningalkan tempat itu dengan gopoh-gapah. (U bu joyni shosha-pisha tashlab ketdi)

Suasana di pasar itu hangar-bingar (Bu bozordagi holat juda shovkinlik)

Pasukan keselematan berasaha meredakan kacau-bilau yang berlaku di stadium itu.(Havsizlik hizmati hodimlari stadionda sodir bolgan tartibsizliklarni bartaraf etishga erishdilar)

Jangan bercayakan cerita yang karut-marut. (Bular bulmas hikoyalarga ishonavermang)

Perhimpunan aman itu berubah menjadi kucar-kacir.(Tinch utayotgan yigilish tartibsiz holatga aylnib ketdi)

Rumah tang Rahman porok-peranda sebagai akibat campur tangan saudara-maranya. (Rahmonning oilasiga karindosh-uruglarining kushilishi natijasida notinch bulib ketdi)

Wajahnya pusat-pasi sejak demam panas. (Uning kurinishi isitmadan keyin ancha horgin bulib koldi)

Sayur-mayuran yang dijual di Tanah Tinggi Cameron segar-bugar. (Tanah Tinggi Kameronda sotiladigan turli-hil sabzavotlar yakndagina keltirilgan)


Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish