15
o‘zimiz qurgan qal’ani o‘zimiz buzib o‘tirmasak bo‘lgani»,— deb unga hamovoz bo‘ladi litvalik shoir va
tarjimon V. P. Bleje.
Ana shu o‘rinda hozirgi zamon fantast-yozuvchisi Stanislav Lemning «Magsllan buluti» romanidan bir
dialogni keltirish joiz bo‘lar. Voqea davrimizdan bir ming ikkn yuz yil keyin — XXXII asrda go‘yo sodir
bo‘ladi:
«— Ilgarilari odamlarning dengizda suzishganlari senga ma’lum-mi?
— Paroxod degan narsadami? — javob berishga shoshildim men.
Balli. Ammo undan ham oldin, qadim zamonlar-da yelkanli kemalarda suzishgan. Uni shamol
harakatga keltiradi. Ha, ular hali gidrostatika, gidrodinamika, to‘lqinlanish nazariyasi va boshqa fanlardan
bexabar bo‘lgaplaridan, kemalarni chamalab qurardilar. Tushunyapsanmi? Shuning uchup ular qurgan
birorta ham kema bir-biriga o‘xshamasdi. Bir-biriga mutlaq o‘xshaga kkkita kemani topib bo‘lmasdi,
Machta, qil, korpus tuzilishida yuz beradigan jiddiy farq ham rulnnng itoatkorligiga ta’sir qilardi. Dengiz
sayyohlari safar paytida xavf-xatarlarga yo‘liqib, halokatlarga duchor bo‘lib, asta-sekin tajriba yig‘dilar. Bu
tajribalardan kema yurgizishning katta san’ati paydo bo‘ldi. Tushunyapsanmi? Bu ilm emas, san’at edi.
Chunki u haqiqiy ilmiy dalillardan tashqari, bir qancha ertak, rivoyat, xurofotlarga ham suyanardi. Kemani
yurgizish uchun faqat bilim emas, shaxsiy jasurlik, mahorat va iste’dod ksrak edi. Biroq, keyinchalik fan
bularning hammasini siqib chiqardi, san’atkorlikning ulushi kamaydi.
Necha yuz yil avval yulduzlarga sayohatda ham shunga o‘xshash hodisa qaytarilgan».
Uzoq kelajakdagi dialog qatnashchisi o‘z kalimasini shundan tugallaydi. Bir necha ming yillik
biografiyaga ega tarjimaning ham shunga o‘xshash tarixi bormi? Lem romanidagi satrlarni o‘zlashtirib,
tadqiqotchilar butun mana bunday deyishga haqlidirlar:
«Ilgari, eski zamonlarda, odamlar intuisiyaga ishonib va ists’dod bilan tarjimalar qilardilar. Ha, hali
lingvistika, estetika, axborot nazariyasi va boshqa fanlardan bexabar bo‘lganlaridan, ular asarlarni chamalab
tarjima qilardilar. Tushunyapsanmi? Shuning uchun ularning bironta ham tarjimasi bir-biriga o‘xshamasdi.
Bir-biriga aynan o‘xshash ikkita tarjimani topib bo‘lmasdi. Ritm, asarning shakl xususiyatidagi ozgina
tafovut esa tarjimalarning kitobxonga turlicha ta’sir qilishiga olib kelardi. Tarjimonlar ijod mashaqqatini
chekaverib, muvaffaqiyatsizliklarga yo‘liqa-yo‘liqa tajriba yig‘dilar. Bu tajribalardan katta tarjima san’ati
paydo bo‘ldi. Tushunyapsanmi? Bu ilm emas, san’at edi. Chunki u haqiqiy ilmiy dalillardan tashqari,
allaqancha ertak, rivoyat, xurofotlarga suyanardi. Asarlarni tarjima qilish uchun faqat bilim emas, shaxsiy
ilhom, mahorat va iste’dod kerak edi. Biroq, keyinchalik fan bularning barchasini siqib chiqardi,
san’atkorlikning ulushi kamaydi...»
Insoniyat endilikda turli hajmdagn dengiz kemalarini qurshi sirlarini bilib olgan. U qanday qilib
kosmik kemalarni yaratish va nechuk qonuniyatlar asosida ularni avvaldan hisoblangan orbitaga chiqarishni
ham biladi. Atomlarni parchalash va polimerlarni sintezlash ham kgshshlarga ma’lum. Ammo «Urush va
tinchlik» romani kabi asarlarni qanday qilib «yigish», tolstoycha «andakkina» siz tasavvur qilib bo‘l-
maydigan san’atni qayta tiklagan holda, asarni «parchalash» va boshqa tilda sintez qilishning sir-asrori
hanuzgacha noma’lum (agar ma’lum bo‘lganida, badiiy adabiyot tomon «yo‘llanayotgan» asarlar
«orbitasi»ni aniqlash bu darajada muammo bo‘lib turmasdi).
Tarjima nazariyasiga nisbatan yuqorida tilga olingan umidsizlik kayfiyatlari ham xuddi shu vaziyat
bilan bog‘liq. Bunday shakkoklik, hamma narsaga shubha bilan qarash mayli ba’zan oshkora nigilizmga
aylanib ketadi.
«Badiiy tarjimaning yagona jiddiy nazariyasini yaratish menga prinsip jihatidan mumkin emasday
tuyuladi. Sabab, badiiy tarjima badiiy matn bilan chambarchas bog‘liqdir»,— degan edi M. I. Zand Moskva
simpoziumidagi nutqida. «Badiiy tarjimaning jiddiy nazariyasini yaratish ona tilidagi badiiy matnning unga
to‘la, adekvat ravishda mos keladigani bilan almashtirishga imkon beradigan nazariyani barpo qilish
demakdir. Uz navbatida, bu tarjima qilinadigan badiiy matnni alohida-alohida mazmunan va shaklan tugal
qismlarga ajratish va keyin ikkinchi til materialidagi xuddi shunday adekvat birliklarni «yig‘ish»ni anglatishi
mumkin». Biroq, uning fikricha, badiiy tekstning o‘z mohiyati, tugal birliklarga ajrala olmasligi yoki
ma’nodosh interpretatsiyaga moyil-masligi tufayli ham «bunday vazifani amalga oshirish prinsip e’tibori
bilan mushkul narsa».
B. B. Vaxtinning «Narodi Azii i Afriki» (1965, 3- son) jurnalida bosilgan «Badiiy tarjimaga ilmiy
munosabatda bo‘lish mumkinmi?» degan maqolasiga ko‘ra, tarjimaning vazifasi boshqa til muhitida ori-
ginal o‘quvchisi olgan taassurotni qayta yaratishdan iborat. Bu taassurot «mutlaqo sub’ektiv» bo‘ladi, chunki
u «mantiqiy mazmunga emas, intuisiyaga suyanadi: uni tamomila isbotlab ham, mantiqiy asoslab ham
bo‘lmaydi». Shu boisdan tarjimon ijodi «shoir ijodidan hech narsa bilan farqlanmaydi; shoir uchun faqat
o‘zigagina xos qonuniyatlardan bo‘lak qonuniyat bo‘lmaganidek, uning ijodi haqida ham faqat o‘sha o‘zi
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |