Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Tarjimashunoslik fanining nazariy ildizlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

Tarjimashunoslik fanining nazariy ildizlari 

Ikki  ming  yil  muqaddam  yunoniy  Liviy  Andronik  buyuk  Gomerning  «Odisseya»sini  lotin  tiliga 

o‘girgan.  Bu  bilan  u  amaliy  tarjimachilik  faoliyatiga  asos  solibgina  qolmay,  balki  birinchi  bo‘lib  tarjima 

nazariyasining  og‘ir  masalalariga  duch  kelgan  ham.  Biroq  Yevropada tarjima  problemalari  faqat VIII—IX 

asrlardan  boshlab  chinakamiga  e’tiborni  torta  boshladi.  Bu  davrda  tarjima  nazariyasi  fan  sifatida  endigina 

bolalik  davrini  o‘tay  boshlagan  edi.  Tarjimani  ilmiy  idrok  qilish  masalasi  bilan  ming  yillardan  buyon 

shug‘ullanib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, hanuzgacha chin ma’nodagi tarjima nazariyasi o‘z o‘rnini 

topgan emas. 

Tarjima nazariyasi sohasidagi salmoqli ilmiy tafakkur ayniqsa XX asirning ikkinchi choragida tez rivoj 

topa  boshladi.  Chet  ellarda  tarjimaning  nazariy  problemalarini  chuqurroq  ishlab  chiqish  ham  xuddi  shu 

davrga  to‘g‘ri  keladi.  Jon  Ketfordning  Edinburgda  o‘qigan  leksiyalari  va  Oksfordda  nashr  qilingan  «Tar-

jimaning lingvistik nazariyasi» (London, 1965) monografiyasi, Jorj Munenning‘ fransuz (Parij, 1963) hamda 

italyan (Turin, 1965) tilida doktorlik dissertatsiyasi asosida chop etnlgan «Tarjimaniig nazariy problemalari» 

degan asarlarni bu sohadagi katta yutuqlardan hisoblanadi. 

To‘g‘ri, chet elda tarjimachilik   faoliyatini nazariy tomondan idrok etish bo‘yicha urinishni oldinroq 

Yujin Naydaning Tavrot tarjimalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ishida (Nyu-York, 1947) kuzatish mumkin. 

Ammo bu tarjma problemalariga lisoniy prinsiplar nuqtai nazaridan pragmatik yondashish edi, xolos. 1969 

yili Yujin Nayda va Charlz Teybor Londonda «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» degan kitobni nashr qildilar. 

Unda lingvistikani tarjimaga tatbiq etish va foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadigan nazariy xulosalar 

har tomonlama pishitildi. 

Angliya  va  Fransiyadan  tashqari,  tarjima  nazariyasi  Germaniya  hamda  boshqa  G‘arbiy  Yevropa 

davlatlarida  ham  ishlandi.  Xususan,  nemis  tilida  Avstriyada  Yulius  Virlning  tarjimashunoslik 

problematikasiga  oid  monografiyasi  (Vena,    1958);  GFRda  Vilgelm  Vilmarning  tarjimada  uyg‘unlik  va 

nomutanosiblik haqidagi kitobi (Kyoln, 1959), Rudolf Yumpeltning ilmiy va texnikaviy adabiyot tarjimasiga 

oid fundamental asari (Berlin, 1961) va Nafis san’at akademiyasi tomonidan tayyorlangan «Tarjima san’ati» 

to‘plami  (Myunxen  1962);  Shveysariyada  Fridning  kitobi  (Syurix,  1963)  va  boshqa  asarlar  bosmadan 

chiqarildi.  Yevropadagi  sotsialistik  hamdo‘stlik  mamlakatlarida  ham  tarjimashunoslik  bo‘yicha  ilmiy-

tadqiqot  ishlari  avj  ola  boshladi.  GDRda  Garold  Raab  va  Otto  Braunning  «Tarjima  nazariyasiga  kirish» 

to‘plami (Berlin, 1959); Otto Kadening «Tarjimada tasodif va qonuniyat» (Leypsig, 1968) degan tadqiqoti, 

Vengriyada  Iojef  Kardoshning  «Badiiy  tarjima  problemalari»  (Budapesht,  1965),  Emil  Saboning  «Badiiy 

tarjima» (Budapesht, 1961), Bolgariyada Lyubomir Ognyanov Rizovning «Tarjima san’ati asoslari» (Sofkya, 

1955),  Polshada  O.  Voytasevichning  «Tarjima  nazariyasiga  kirish»  (Vrotslav—Varshava,  1957), 

Chexoslovakiyada  Irji  Leviyning  «Tarjima  san’ati»  (Praga,  1963),  Yugoslaviyada  «Tarjima  nazariyasi 

asoslari» to‘plami (Belgrad, 1963) va boshqa ilmiy ishlar bosilib chiqdi. Yujin Naydaning  «Tarjkmachilik 

faniga doir» (Leyden, 1964) kitobida aktual nazariy konsepsiyalar obzori berildi. Bunday obzor birmuncha 

torroq  doirada  Edmon  Qarining  «Hozirgi  zamonda  tarjima»  (Jeneva,  1956),  Teodor  Sevorining  «Tarjima 

san’ati» (London, 1957) kabi mashhur kitoblarda ham o‘z aksini topgan. 

Amerika qit’asida ham tarjkma iroblemalari jadal sur’atlar bilan tadqiq qilinmoqda. AQShda «Tarjima 

haqida» maqolalar to‘plami (Kembrij-Mas-sachusets, 1959; Nyu-York, 1966 va hokazo), 1961 yili Ostindagi 

tarjimachilik Markazi tayyorlagan «Texas to‘plami» tarjimashunoslik asoslariga bag‘ishlangan. Urugvayda 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish