Tarjimashunoslik
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
TARJIMASHUNOSLIK
fanidan
MA’RUZA MATNLARI
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishlari:
100000 - Gumanitar soha
120000 - Gumanitar fanlar
5A120201 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti
(tillar bo‘yicha)
Toshkent – 2012
Tarjimashunoslik
2
Ma’ruzalar matni namunaviy dastur va ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi asosida ishlab
chiqilgan va Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra majlisining 20___-yil ____ -
_____________dagi ___ - sonli majlisida, Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti Ilmiy – uslubiy
kengashining 20____ – yil ___ - _____________dagi ____ - sonli majlisida muhokama qilingan.
Tuzuvchi:
Hamidov X.X. - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarjima
nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri.
Taqrizchilar:
E. Ochilov – O‘zbekiston Respublikasi FA A. Navoiy nomli til va
adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi
Q. Omonov – ToshDShI “Turkiy tillar” kafedrasi mudiri, filologiya
fanlari nomzodi, dotsent.
Fan bo‘yicha ma’ruzalar matni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quv – uslubiy
kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (20___-yil ____ - _______________dagi ___ - sonli
bayonnoma)
Tarjimashunoslik
3
K I R I S H
Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul
qilinishi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlovchi Oliy o‘quv yurtlariga katta
ma’suliyat yukladi. Natijada davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida darsliklar, o‘quv, o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalar hamda ma’ruzalar matnilarini ishlab chiqish masalasi yuzaga keldi.
Ushbu ma’ruzalar matni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti
kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlandi.
Tarjimashunoslik fani magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur fanning asosiy maqsadi
bo‘lajak magistrant mutaxassis tarjimonlarga zamonaviy tarjimashunoslikning asosiy holatini tanishtirish,
ularga tarjima mahorati, nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu asos albatta bo‘lajak
magistrant mutaxassis tarjimonlarga kelajak faoliyatida, qolversa, oliy va o‘rta ta’lim muassalarida tarjimaga
o‘rgatish uslubini egallashga yordam beradi. Mazkur ma’ruzalar matni ana shu talabdan kelib chiqqan holda
tuzildi.
«Tarjimashunoslik» fanini o‘qitishda uning o‘ziga xos o‘qitish usullarini qo‘llash, mavzularni
tushuntirishda didaktik loyihalashning zamon talablariga to‘g‘ri keladigan uslubiy yo‘nalishlarini tanlab olish
va bu bilan talabalarni erkin fikrlashga o‘rgatish kabi ta’lim texnologiyasi elementlarini amaliyotga jorish
etish davr talabidir.
Mazkur ma’ruzalar matni kirish, namunaviy va ishchi dasturlar, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda
o‘qitish texnologiyalari, kurs bo‘yicha monitoring va mustaqil ishni tashkil qilish texnologiyasi, adabiyotlar
va interaktiv usullar kabi qismlardan iborat.
Ma’ruzalar matnida tarjimashunoslik haqidagi ma’lumotlar barcha darslarga taqsimlab chiqilgan.
Shuningdek, har bir darsda «Tarjimashunoslik» fanining muhim qirralari haqida ma’lumot berish bilan bir
qatorda tarjima nazariyasiga muvofiq tarjimalar tahlili ham berilgan.
Tarjimashunoslik kursini o‘rganish o‘rganilayotgan sharq tilining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
tushunib yetishga, o‘rganilayotgan sharq tilini o‘zbek va rus tillari bilan qiyoslab o‘rganishga, tarjima
faoliyatinining ijtimoiy ahamiyatini anglashga; tarjimaning xalqaro madaniy aloqalardagi o‘rnini ko‘rsatib
berishga yo‘l ochib beradi. Shuningdek, tarjimashunoslik kursi chet tilini o‘qitishda tarjima nazariyasining
bir necha bog‘liqligini ochib beradi.
«Tarjimashunoslik» asosiy ixtisoslik fanlar qatorida turuvchi fan hisoblanib, 3- semestrda o‘qitiladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogik
darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida ilg‘or pedagogik
texnologiyalarning aqliy hujum, interaktiv, prezentatsiya, pinbord usullaridan foydalanish, tinglovchilarni
undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual
ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.