Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       13 

 

 

 

Olaf Bliksen nashr qilgan «Badiiy tarjima va uning problemalari» (Montevideo, 1954), Brazi-liyada Bazilio 

Silveyraning  «Tarjima  san’ati»  (San-Paulo,  1954;  ikkinchi  nashri—1956)  va  Paulo  Ronaining  «Tarjima 

mahorati» (Rio-de-Janeyro, 1956) asarlari shuhrat qozondi. 

Tarjimaning nazariy  muammolari mutaxassislarning bir qancha mahalliy  va regional uchrashuvlarida 

kun tartibiga qo‘yildi. Bu o‘rinda 1958 yili Varshavada (Polsha), 1959 yil iyulida Bad-Gadesbergda (GFR), 

1963  yil  avgust-sentyabrida  Dubrovnikda  (Yugoslaviya),  1966  yil  avgustda  Laxtida  (Finlyandiya)  bo‘lib 

o‘tgan  Tarjimonlar  Xalqaro  Federatsiyasi  kongressi,  1977  yil  oktyabrida  Sovet  Ittifoqida  (Moskva) 

tarjimashunoslarning  xalqaro  simpoziumi  va  boshqa  anjumanlarni  eslash  kifoya.  Tarjimonlar  Xalqaro 

Federatsiyasining (FIT) Bonn (hozir Berlinda) va boshqa Yevropa davlatlari poytaxtlarida chiqib turadigan 

markaziy  organi  «Vavilon»  («Bobil»)  jurnali  hamda  Monrealdagi  (Kanada)  «Tarjimonlar  jurnali», 

Bryusseldagi  (Belgiya)  «Lingvist»  va  Jenevadagi  (Shveysariya)  «Tilmoch»  jurnallarida,  Kembrijdagi 

(AQSh)  «Avtomatik  tarjima»  to‘plami,  Shtuttgart,  keyinchalik  Mayndagi  Frankfurtda  (GFR)  chiqayotgan 

«Tarjimon» oylik byulleteni va boshqa vaqtli matbuotda ham ko‘pgina nazariy maqolalar bosilib turadi. 

Sovet  Ittifoqida  qardosh  xalqlar  madaniyatlarining  gullab-yashnashi  va  yaqinlashuvi  tarjimachilik 

faoliyatining  samaralp  taraqqiyoti  tufayli  amalga  oshiriladi.  Mamlakatimizda  keng  quloch  yoygan  tarji-

machilik  ishi  milliy  adabiyotlarning  yuksalishi,  fanning  rivojlanishi,  xalqaro  aloqalarning  kuchaykshida 

tayanch nuqtasi hisoblanadi. Tarjima kommunizm, jahonda tinchlikni barqaror etish uchun kurash goyalarini 

tashviq qiluvchi ta’sirchan omil bo‘lib qoldi. 

Keng quloch yozgan tarjimachilik faoliyati bilan bir qatorda, tarjima nazariyasi bobida ham katta ishlar 

qilinmoqda  Rus  hokimiyatining  dastlabki  yillaridanoq  tarjimalarni  ilmiy  o‘rganish  ishida  M.  Gorkiy  bosh-

qosh bo‘ldi. Bu faoliyatning boshlanishi Q. I. Chukovskiyning  «Badiiy tarjima prinsiplari» degan kitobiga 

borib taqaladi. Tarjima sohasidagi bu ilk asar o‘sha vaqtlarda Petrogradda birin-ketin ikki marta (1919, 1920) 

nashr qilindi. Bu nshni K. I. Chukovskiy A. V. Fyodorov bilan hamkorlikda yozgan «Tarjima san’ati» (L., 

1939) kitobida davom ettirdi. Kitob tarjima problematikasini nazariy o‘rganish sohasidagi o‘ttizinchi yillarda 

mavjud  bo‘lgan  ikki  tarmoqni  aks  ettirdi:  K.  I.  Chukovskiy  (badiiy  tarjima  prinsiplari  haqidagi  asari 

«Oliymaqom  san’at»,  1936,  1941,  1964  yillarda  nashr  qilindi)  —  adabiyotshunoslik,  A.  V.  Fyodorov 

(darsligi — «Tarjima nazariyasiga kirish» bir necha marta—1941, 1953, 1958, 1968 yillarda bosilib chiqdi) 

— lisoniy-uslubiy tarmoqlarini yoritdilar. 

Uttizinchi va qirqinchi yillarda boshqa avtorlarning bir necha tadqiqotlari bosilib chiqdi. Bular M. P. 

Alekseyevning «Badiiy tarjima problemalari» (Irkutsk, 1931), D. S. Usovning «Tarjimachilik ishining asosiy 

prinsiplari»  (M.,    1934),  G.  P.  Serdyuchenkoning  «Tarjima  masalalari  ocherklari»  (Nalchik,  1948)  edi. 

Elliginchi-oltmishinchi  yillarda  «Sovetskiy  pisatel»  nashriyotida  IttifoqYozuvchilar  soyuzi  tayyorlagan, 

tarjima  estetikasi  bilan  bog‘liq  maroqli  to‘plamlar  chiqa  boshladi.  Bular  —  «Badiiy  tarjima  masalalari»  

(1955) va «Tarjima mahorati» (1959, 1963, 1964, 1966, 1968, 1970, 1971, 1973, 1975, 1977) to‘plamlaridir. 

L.  S.  Barxudarov  tahrkrida  «Mejdunarodnie  otnosheniya»  («Xalqaro  munosabatlar»)  nashriyotida  chop 

etilayotgan  «Tarjimon  daftarlari»  muntazam  to‘plamida,  ko‘pincha,  tarjimaviy-lingvistik  problemalar 

yoritilmoqda (1963 yildan bugungacha mazkur majmuaning 15 ta soni chiqdi). 

Keyingi  yillarda  bu  nashriyotda  tarjimashunoslikka  oid  yana  bir  qancha  monografiyalar  bunyodga 

keldi:  1973  yili  ikkita  —  V.  N.  Komissarovning  «Tarjima  haqida  so‘z»,  A.  D.  Shveyserning  «Tarjima  va 

lingvistika» (Voenizdat), 1975 yili L. S. Barxudarovning «Til va tarjima» kitoblari, 1976 yili birdaniga uchta 

—  V.  N.  Krupnovninng  «Tarjimonning  ijodiy  laboratoriyasida,  T.  R.  Leviskaya  va  A.  Fitermanning 

«Tarjima problemalari», L. A. Chernyaxovskayaning «Tarjima va ma’no strukturasi» asarlari chop etildi. 

Tarjima  problemalarn  elliginchi-etmishinchi  yillarda  bir  necha  marta  Yozuvchilar  soyuzi  s’ezdlarida 

(1954  yil  dekabrida  Butunittifoq  yozuvchilarining  II  s’ezdida  P.  Antokolskiy,  M.  Avezov,  M.  Rilskiyning 

qo‘shkmcha  dokladi  stenogrammasiga  qaralsin),  yig‘ilish  va  konferensiyalarda  muhokama  qilindi. 

Chunonchi:  Moskvada  1954  yil  dekabrda  Ittifoq  xalqlari  adabiyotlari  tarjimonlari  konferensiyasi;  1960  yil 

oktyabrda  Ittifoq  Yozuvchilar  soyuzi  sekretariatining  tarjima  problemalariga  bag‘ishlangan  kengaytirilgan 

yigilishi; 1970 yili yozuvchi-tarjimonlarning Butunittifoq yig‘ilishi; 1978 yilda tarjimashunoslarning xalqaro 

simpoziumi va boshqalar; Olmaotada 1960 yil yanvarida rus tilidan O’rta Osiyo, Qozog‘iston va Ozarbayjon 

xalqlari  tillarpga  tarjima  qilish  bo‘yicha  respublikalararo  kengash,  Frunzeda  1961  yil  dekabrida  badiiy 

adabiyot  tarjimasi  bo‘yicha  regional  yig‘ilish,  Qozonda  1962  yil  yanvarda  shu  masalada  Butunrossiya 

yig‘ilishi,  Tibilisida  1962  yil  martda  tarjimonlarning  Zakavkaze  regional  konferensiyasi,  Bokuda  1967  yil 

aprelda Ozarbayjon Yozuvchilar soyuzining  maxsus plenumi, Ulan-Udeda Bu singari yirik anjumanlarning 

materiallarini chop etish odat tusiga kirdi. Leningradda — «Tarjima nazariyasi va tanqidi» (1962) Moskvada 

— «Ba-diiy tarjima nazariyasining aktual problemalari» (ikki jild, 1967), Moskvada — «Tarjima nazariyasi 

va o‘qitish metodikasi masalalari» (1970) alohida kitob holida bosilib chiqdi. 



 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish