1.2. Dariy va o‘zbek tillarida aniqlovchi ergash gaplarning bog‘lovchi vositalari haqida ma’lumot
Aniqlovchi ergash gap bosh gap tarkibidagiot yoki olmosh bilan ifodalangan biror bo‘lakning belgi-xususiyatini, holatini aniqlab, qanday? qanaqa? so‘roqlarlariga javob bo‘ladi va uning ma’nosini kengroq ifodalaydi.
U bosh gap bilan که‘ بی ان که’در حالی که ‘ طوری که
Kabi bog‘lovchilari yordamida birikadi. Masalan,
شهر سمرقند که دو هزار و پنجصد و مین سال روز ان برگزار شد یکی از مرکز مهم توریزم الملی میباشد
2500 yilligini nishonlagan qadimiy Samarqand xalqaro turizmning muhim markazi hisoblanadi.
Bosh gap:شهر سمرقند از مرکز محم توریزم بین الملی میباشد
Aniqlovchi ergash gap:شدبرگزارانروزسالمینوپنجصدروهزادو
O‘zbek tilshunosligida esa aniqlovchi ergash gaplarda bosh gap bilan tobe gapni bir-biriga bog‘laydigan vositalar masalasi munozarali hosoblanar edi. Bunday vositalar sifatida ayrim tilshunos olimlar faqatgina “-ki” bog‘lovchisini tan olsalar, boshqalari “-ki” bog‘lovchisi va “-sa” fe’l formasini tan olardilar. Bundan tashqari, bir xil olimlar sifatdosh formasi “-gan” ni bog‘lovchi deb ko‘rsatsalar, ayrimlari uni faqatgina fe’l shaklini yasovchi qo‘shimcha deb bilar edilar. Shunga ko‘ra tadqiqotning bu qismida tilshunoslarning aniqlovchi ergash gaplarning bog‘lovchilari haqidagi mulohozalarini oz bo‘lsada , to‘xtab o‘tishni lozim topdik.
Taniqli tilshunos F. A. Abdurahmonovning ishlarida aniqlovchi ergash gap bosh gapga birikishida nisbiy olmoshlarning, “-ki” bog‘lovchisining hamda “degan” yordamchi so‘zining funksiyasini bajarishi haqidagi fikr bayon etiladi. Ammo sifatdosh formasi “-gan” bog‘lovchi deb tan olinmaydi. Avtorning bu haqidagi mulohazasi quyidagichadir: “ Sifatdosh formasi “-gan” ishtirok etayotgan gaplarda bosh gap bilan ergash gap sintetik usulga ko‘ra munosabatga kirishadi. Chunki sifatdosh formasi bog‘lovchi vosita bo‘la olmaydi.”
Boshqa tilshunoslar, ,maaslan, M.A. Asqarova, A. F. G‘ulomov aniqlovchi ergash gaplarda “-ki” bog‘lovchisi va fe’l formasi “-sa” bog‘lovchilar hisoblanadi deb ta’lim beradilar.
E.A. Grunina ham aniqlovchi ergash gaplardagi nisbiy olmoshlarning vazifalarini to‘liq tushuntirib bermaydi. Avtor asosan “-ki” bog‘lovchisi, “-gan” formasi, hamda “degan” yordamchi so‘zining xarakterlarini ochib berishga intiladi.
sa shart mayli qo`shimchasi bilan kelganda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmosh, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o`sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlari bilan bog`lanadi:
1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so`zi gavhar.
2. Kimning ko`ngli to`g`ri bo`lsa, uning yo`li ham to`g`ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: (Shunday) Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
Sxemasi:
Bosh gap
|
Ergash gap
|
Shunday........... -ki,
|
............ .
|
........shunday....... -ki,
|
.......... .
|
......shunday..... -ni..., -ki,
|
unday........
|
.... shunday (aniql.)..... -ki,
|
............
|
..... shunday (hol)......... -ki,
|
..............
|
Nisbiy olmosh “kim”
“Kimning so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning xalq, oldida e’tibori yuqori bo‘ladi.” (Maqol)
Keltirilgan misolga o‘xshash gaplarda “kim” nisbiy olmoshi yoki boshqa xil ko‘rinishlari ergash gapda “-sa” fe’l formasining ishlatilishini ham talab qiladi.
Ma’lumki, fe’l formasi “-sa” bosh gap bilan tobe gapning birikuvida muhim rol o‘ynaydi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, “kim” nisbiy olmoshi va “-sa” formasining ishlatilishi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Bundan tashqari, “kim” nisbiy olmoshi yoki uning boshqa ko‘rinishlari o‘zi tobe gap ichida ishlatilib, bosh gapdagi aniqlanishi kerak bo‘lgan so‘zni taqozo etadi. Uning nisbiy olmosh deb atalishining mohiyati ham shundadir. Yuqorida keltirilgan misolda bu hol “uning” o‘zlik olmoshi va “kim” nisbiy olmoshlarida ko‘rinadi, ya’ni nisbiy olmosh aniqlanmish-“uning” so‘zining o‘rnini ergash gap tarkibida almashtira olgan.
Bu esa “kim” nisbiy olmoshining o‘rin almashtiruvchi so‘z ekanligidan dalolat beradi.
“Kim” nisbiy olmoshi ishtirok etayotgan aniqlovchi ergash gapning mazmuni boshqacha formalarda ham berilishi mumkin. DEmak, “kim” olmoshining o‘rnini boshqa elementlar ham egallashi mumkin.Misol:
Kimki o‘z ishidan shod bo‘lsa, uning ishtahasi ham yaxshi bo‘ladi.
yoki,
Qaysi kishi o‘z ishidan shod bo‘lsa, o‘sha kishining ishtahasi yaxshi bo‘ladi.
Ushbu misolda “kimki” olmoshining o‘rnida “qaysi” va “-gan” kabi elementlar ishlatilayotganini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |