Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti


Platonning davlat, uning shakllari va adolat to’g’risidagi qarashlari



Download 61,98 Kb.
bet9/11
Sana28.06.2021
Hajmi61,98 Kb.
#103412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlari

4.Platonning davlat, uning shakllari va adolat to’g’risidagi qarashlari

Jamiyat to‘g‘risidagi Aflotun fikrlarining qiymati shundaki, u hokimiyat, xususan, davlat hokimiyati masalalari sohasida ilgari surgan ayrim qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan; Aflotun yaratgan ideal aslzodalar davlatida boshqaruv- faylasuflar; mudofaa va xavfsizlik - askarlar: moddiy ta’minot esa – dehqonlar, hunarmand va savdogarlarga berilgan ("Qonunlar"). Mohiyati bilan bu Misr tabaqaviy tuzumini eslatadi. Aflotun davlat boshqaruvining uch turini ko‘rsatdi:

• monarxiya - bir kishi hokimiyati. Qonuniy va noqonuniy (tiraniya) bo‘lishi mumkin;

• demokratiya - hammaning hokimiyati, u ham qonuniy va noqonuniy bo‘lishi mumkin;

• aristokratiya - ozchilik hokimiyati, barkamollik yoki zo‘rlik asosiga qurilgan bo’lishi mumkin. Aflotun o‘zining "Protagor" dialogida davlat boshqaruvi san’atiga ham o‘qish–o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Faqat bilimdon odamlargina boshqarishi mumkin. Odamlar, shuningdek adolatni ham o‘rganishlari lozim. Adolat nima? Adolat o‘z ishini malakali, sidqidildan bajarishdir.12

"Davlat" dialogi, "Qonunlar"da Aflotun davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga bog‘laydi:"Davlat mening fikrimcha, har birimiz o‘zimizni qondira olmay qolganimiz holda, juda ko‘p ehtiyojlarga ega ekanligimizdan kelib chiqadi. Har bir inson biron bir ehtiyojini qondirish uchun yo unisini, yo bunisini jalb etadi. Ko‘p narsaga muhtojlik sezgan odamlar birgalikda yashash va bir-birlariga yordam berish uchun birlashadilar, Ana shunday uyushma bizlarda davlat nomini oladi...". «Bunday davlatda mehnat taqsimoti mavjud: insonlardan biri dehqon, biri - quruvchi, yana biri – to‘quvchi, to‘rtinchisi – etikdo‘z. Shunday qilib, davlat bilan jamiyat tushunchalari bu erda bir ma’noni anglatayotganini ko‘ramiz. Aflotunga ko‘ra, demokratik tuzumning eng katta kamchiligi - unda boshqaruvning muvofiq emasligi deb hisoblaydi: "Demokratiya shunday tuzumki, uning doirasida istagan ishingizni qilishingiz mumkin».

Platonning idеal davlat va jamiyat haqidagi ta'limoti uning kеyingi dialoglarida («Davlat», «Qonunlar» va boshqalar) rivojlantirildi. Uning idеyalar haqidagi qarashlarining mohiyati quyidagicha: haqiqiy borliq-bu moddiylikdan tashqari, aql bilan idrok etiladigan idеyadir. Bizning ko’zimizga ko’rinib, hissiyotimizga ta'sir qilib turgan narsalar borliqqa aloqador emas, shuning uchun ham haqiqiy bilish-bu borliqni bilishdan iborat, ya'ni idеyalarni bilishdan iborat. Borliqni hamma ham bilavеrmaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir. U o’zining «Davlat» nomli asarida adolatli idеal davlatni ta'riflar ekan, davlat polisdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bo’ladi, dеydi.Platonning ta'limotiga ko’ra adolat dеganda birichi navbatda har bir odam o’z ishi bilan shug’ullansin, boshqalarning ishlariga aralashmasin, polis turli ehtiyojlarning umumlashgan ifodasidir dеgan g’oyani ilgari suradi. Bu turli-tuman ehtiyojlarni qondirish uchun davlatda odamlar o’rtasida mеhnat taqsimoti qaror topgan bo’lishi kеrak. 13

Idеal davlatda ayollar erkaklar bilan baravar huquqqa ega. Platon idеal davlatida uch tabaqa faylasuflar, harbiylar va dеhqon, hunarmandlarni bo’lishini e'tirof etgan.Platon o’zining « Qonunlar» nomli asarida davlatning mohiyati va qurilishi haqida batafsil to’xtalib o’tadi. Platon idеal davlatning eng muhim bеlgilari quyidagilardan iborat. Uning 5040 fuqarosi chеk tashlash orqali yеr maydoni va uy-joy oladilar, ammo bu yеr va uy ularning xususiy mulki hisoblanmaydi. Barcha yеrlar davlatning mulki bo’lib odamlarning farzandlaridan biriga mеros bo’lib o’tishi mumkin. Mavjud mulkning ko’p va ozligiga qarab, odamlar to’rt toifaga bo’linadilar: Boylikning ham, kambag’allikning ham ma'lum chеgarasi bo’lib, bu qonun tomonidan bеlgilab qo’yiladi. Qullar va chеt ellardan kеlgan dеhqon, hunarmand, savdogarlar yuqorida aytilgan 5040 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham, ikkinchi davlatda ham hamma ish o’zaro kеlishuv va muomala asosida olib boriladi. Yoshlar erkaklar bilan tеng huquqqa ega bo’lsalarda, ammo ular oliy rahbarlikka ko’tarila olmaydilar. Platon davlatining boshida bosqichma-bosqich saylovlardan o’tgan 37 hukmdor turadi. Hukmdorlarning yoshi 50 dan 70 yoshgacha bo’ladi. 360 kishidan iborat bo’lgan saylov kеngashi katta huquqlarga ega.

Platonning idеal davlatida qonunchilikka e'tibor qaratilgan. qonun chiqaruvchilarga Platon maslahat bеrib qonunlar juda qattiq bo’lmasin, qonunga itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab chiqqanda gеografik muhit, iqlim, tuproq va boshqa omillar e'tiborga olinishi zarur. Platon qonunlarga rioya etmaslikni qattiq qoralaydi. Har xil shoirlar, olimlar turli-tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavеrmasin.Platon o’z qarashlarida mafkuraviy masalalarga katta e'tibor bеrdi. Davlat va qonunlarning ilohiy va muqarrar qudratini odamlarga yеtkazish, ularning ongiga singdirish kеrak. qonun-qoidalarni buzish qattiq jazolanishi kеrak.Platon tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan “Qonun ustuvorligi", "Qonun hukmronligi" g’oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali.
Platon fikricha, mavjud barcha davlatlar salbiy davlatlar tipini tashkil etadi. Qanday davlat bo’lmasin, unda doimo ikkita bir-biriga zid davlatlar mavjud. Ulardan biri kambag’allar davlati bo’lsa, ikkinchisi boylar davlatidir.

Davlatning salbiy tiplari uning fikricha to’rtta shaklda: timokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniya ko’rinishlarida mavjud.

Davlatning bunday shakllari ideal davlat shaklining yomonlashuvi yoki buzilishi tufayli yuzaga keladi. Davlatning bu shakllarida nifoq,zo’rlik hukmronlik qilib, mansabdorlar o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida taxtni egallashga intiladilar.

Platon fikricha, mazkur salbiy davlat shakllaridan birinchisi timokratiya shaklidir. Dastlab timokratiyada mukammal tuzumning xususiyatlari saqlangan bo’ladi. Hokimlar izzat-hurmatga ega bo’ladilar, harbiylar esa dehdonchilik va hunarmandchilik ishlaridan va umuman kundalik tashvishlari- dan butunlay qutulgan bo’ladilar. Ular umumiy ovqatlanish joylarida ovqatlanadilar, harbiy san’at va gimnastika mashqlariga alohida e’tibor qaratiladi. Keyinchalik qiimmatbaho me tallarga intiluvchilar yashirincha oltin va kumushlarni to’plash- ga, saqlashga kirishadilar. Bu ishda harbiylarning xotinlari jonlarig oro kiradi.Shunday qilib, ularning turmush tarzlari oddiy va talabsizlikdan shohona tomonga o’zgaradi. Shu yo’sinda timokratiyadan oligarxiyaga, ya’ni ozchilikning ko’pchilik ustidan hukmronlik qilishiga o’tiladi.

Davlatning bu shaklida boy-badavlat kishilar hukmronlik qiladilar, kambag’allar esa hokimiyatni boshqarishdan uzoqlashtiriladilar. Davlatning oligarxiya shaklida isrofgar boylar pirovard oqibatda asalarilar uyasidagi dangasa asalarilarga o’xshab kambag’allashib qoladilar. |

Platon fikricha, davlatning oligarxiya tuzumida jamiyatning har bir a’zosi faqat o’z kasbida ishlashga rioya qilmaydi va durust ish bajarmaydigan bo’ladi. Oligarxiyada jamiyat a’zolarining ba’zilari turli xil ishlarni — dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ishlarni bajarishadi. Bundan tashqari, oligarxiya tuzumida kishi orttirgan boyliklarini sotish huquqiga ega bo’ladilar. Bu esa o’z navbatida ba’zi mulkdor kishilarni kambag’allarga, jamiyatning mutlaqo bekorchi a’zolariga aylantiradi.

Oligarxiya tuzumining keyinchalik taraqqiyoti izchillik bi­lan yanada murakkabroq va yomonroq davlat shakli — demokratiyaga olib boradi. Bu hokimiyat xalq hokimiyatidir. Demokratiya tuzu- mi davrida boylar bilan kambag’allar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashadi, qarama-qarshilik oligar- xiyaga nisbatan yanada kuchayadi. Kambagallarning boylarga nis- batan g’azabi kuchayib borib, qo’zgolonga aylanadi. Bordi-yu, qo’zg’olon kambagallarning g’alabaga erishishi bilan tugallansa, u holda kambag’allar boylarning bir qismini qirib tashlaydi, bir qismini esa vatandan haydab yuboradi. Ular davlat­ni boshqarish funksiyalarini o’zaro bo’lishib oladilar.

Salbiy davlat shakllaridan eng yomoni bu tiraniya (yakka shaxsning barcha kishilar ustidan hukmronlik qilishi) shaklidir. Tiraniya davlat shakli boshqa shakllardan farq qilmay, ular singari o’zidan oldin o’tgan davlat shakli bag’rida yuzaga keladi. Tiraniya demokratiyaning ichidan o’sib chiqadi. Kuchli va eng qattiq qulchilik eng ulkan erkinlikdan paydo bo’ladi, deydi faylasuf. 14

«Zolimshoh (tiran) kokimlikning dastlabki davrida kim bilan ko’rishmasin, birinchi, bo’lib barchaga quchoq ochar, yakka kishiga ham, ko’pchilikka ham tog’-tog’ va’dalarni berar, qarzdorlarning qarzlarin bekor qilar, va o’zi- ga yaqin kishilarga yer ulashib, o’zini ular oldida saxiy podshoh qilib ko’rsatishga harakat qilardi15

Oddiy xalq doimo dohiyga muhtoj ekanligini his etishi uchun zolim shoh doimo urushlar boshlab turishi zarur. Chunki doimiy urushlar odamlarning qirilishiga,hayotning misli ko’rilmagan darajada mushkullashishiga,oilalarning xonavayron bo’lishiga olib kelardi. Bir vaqtlar jamiyat peshvolari shohni maqtab ko’klarga ko’targan bo’lsalar,endilikda la’natlar yog’dirib,uni qoralaydilar.

Davlatning salbiy shakllari to’g’risida Platon ushbu fikrlarni bayon etib, ularga qarama-qarshi o’zining ideal davlat haqidagi xayoliy fikrlarini ilgari suradi.U xayol qilgan davlatda davlat ishlarini yaxshi boshqaradigan qobiliyatli ozgina kishilar idora etadilar.Faylasufning fikricha,davlatni boshqaruvchilar birinchidan,tabiiy qobiliyatga ega bo’lishi,ikkinchidan,oldindan uzoq muddat davomida tayyorgarlik ko’rgan bo’lishlari shart sanaladi.

Platonning ideal davlat tuzumining negizida adolat yotadi. “Adolatli”davlat hukm surgan davrda har xil va turli tuzumdagi davlatlar garmonik jihatdan bir butunlikni tashkil etadi.

Eng adolatli davlat tuzumi Platonning fikricha, davlatning muhim masalalarini hal etuvchi,bir qator ma’naviy,iqtisodiy va siyosiy xususiyatlarga ega bo’lib, o’zining birgina harakati bilan muhim masalalarni hal etishga qodir bo’lmog’i lozim.

O’z-o’zini tiya bilish me’yori jamiyatdagi yaxshi va yomon tomonlarni uyg’un birlikka olib keladi,deb yozadi faylasuf Davlatda adolatning mavjud bo’lishi ,uning g’alaba qozonishi o’z-o’zini tiya bilish me’yori orqali yuzaga keladi. Adolat tufayli har bir ijtimoiy guruh ,har bir inson o’zining muhim ishini amalga oshirishi mumkin.

Agarda hunarmand yoki sanoatchi boyigach,ularda harbiy ishni bajarish ishtiyoqi tug’ilsa,Platon bunga qat’iyan qarshi chiqadi. Chunki bu xatti-harakat jamiyatda kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Platon uchun davlat adolatni yuzaga keltiruvchi tamoyil bo’libgina qolmasdan,makrodunyo bo’lib, unga monanad keladigan mikrodunyo esa har bir kishida,xususan,uning qalbida joylashgan bo’ladi. Platonning fikricha, inson qalbida uchta turli ibtido uyg’unlik jihatdan birlashgan bo’lmog’i lozim. 1.Oqillik.2.Affektivlik.3.Aqlsizlik yoki ehtiyojni qqondirish.

Adolatli davlatda uchta guruh mavjud bo’lib,ular-hokimlik,faylasuf-donishmandlar,harbiylar vannoz-ne’matni yaratuvchilar oqil sinf rahbarligida yaxlit inoqlikni tashkil etadi. Platonning fikricha, odil davlatni faqat yunonlar amalga oshirishlari mumkin. Barcha yunon bo’lmagan xalqlar qay darajada madaniyatga erishganligiga va siyosiy yetukligiga qaramay, baribir vaxshiydirlar,deydi faylasuf. 16

Xulosa
Xulosa qilib aytganda,Platonning ijtimoiy,siyosiy hamda davlat borasidagi qarashlari nafaqat o’sha davr uchun balki,hozirgi zamon davlatchilik tajribalari uchun ham o’rganish zarur bo’lgan ta’limotlardan biri hisoblanadi. Platonning yuksak aqliy salohiyati,ko’p jihatli ijodiyoti faqatgina antik davr madaniy va tarixiy markazi hisoblangan Afinadagina emas,balki antik davr Yunoniston va boshqa mamlakatlarda ham dong taratgan. Ushbu faylasufning takrorlanmas ijodiyoti nafaqat o’z davridagi,balki keying davr faylasuflarining falsafiy,diniy va siyosiy ta’limotlariga katta ta’sir ko’rsatib kelgan.

Platon o’z ta’limotida davlatning asosiy belgisi sifatida adolat tamoyilini ko’rsatadi va ushbu tamoyil davlat va jamiyatdagi barcha ishlarning asosiy mezoni bo’lmog’i lozim ta’kidlaydi. Platonning ideal davlat tuzumining negizida adolat yotadi. “Adolatli”davlat hukm surgan davrda har xil va turli tuzumdagi davlatlar garmonik jihatdan bir butunlikni tashkil etadi.

Eng adolatli davlat tuzumi Platonning fikricha, davlatning muhim masalalarini hal etuvchi,bir qator ma’naviy,iqtisodiy va siyosiy xususiyatlarga ega bo’lib, o’zining birgina harakati bilan muhim masalalarni hal etishga qodir bo’lmog’i lozim.

Platonning xayoliy (utopik) davlatida jamiyat uchun zaruriy ishlar maxsus kasbga ega bo’lgan kishilar o’rtasida taqsimlangan bo’lib,ular yaxlit garmonik birlikni tashkil etadi. Platon yaratgan ta’limotning bir qator kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish lozim.Birinchi navbatda Platonning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida insonning individualligi,o’ziga xos bo’lgan alohida xususiyatlari inkor etilib, u umumjamoat manfaatlariga bo’ysundiriladi. Ya’ni bunda shaxs o’zining alohida,o’ziga xos xususiyatlarini namoyon eta olmaydi. Buni sobiq SSSR davlati va boshqa qator davlatlar bosib o’tgan kommunistik tuzum misolida ko’rish mumkin. Bunda har bir inson manfaati omma manfaatlariga bo’ysundiriladi. Shuningdek Platon ta’limotidagi kamchiliklardan yana biri shundaki, u shaxsning xususiy mulkka ega bo’lish huquqini inkor etadi. Chunki xususiy mulkchilik bo’lmagan jamiyatning rivojlanishi mumkin emasligini hozirgi kunda biz yashab turgan davr ham ko’rsatib turibdi.Lekin barcha kamchiliklariga qaramay, Platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlarining insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, uni tahlil etish va o’rganish jamiyat hayotidagi faoliyatimizda va siyosiy hayotda katta yordam beradi.




Download 61,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish