Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari. Ushbu tadqiqot ishini olib borish jarayonida mavzuga taalluqli bo’lgan bir qancha adabiyotlardan foydalanildi. Birinchi galda, tadqiqotning jamiyat va xalq hayoti bilan bog’liq jihatlarini tadqiq etishda muxtaram prezidentimizning asarlari bosh asos bo’lib xizmat qildi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”4“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”5 kabi asarlardan foydalanilganligi tadqiqotning jamiyat va xalq hayoti uchun ahamiyatini oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek ushbu tadqiqot ishini olib boorish jarayonida В.Ф. Асмус, Н.Г.Чернишевский, В.Г.Иванов, A.Ayubov va boshqa bir qator olimlarning asarlaridan foydalanildi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, tarixiylik va tizimlilik tamoyillariga amal qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |