Ishning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad koreys millatini, ularning turmush tarzi va tarixiga oid ba’zi jihatlarni frazeologizmlar orqali ko‘rib chiqish. Koreys frazeologiyasida tana a’zolari, taomlar va yana bir qancha elementlar orqali so‘z birikmlarini hosil bo‘lganligini aniqlab chiqishdir. Shuningdek, frazeologiyada qo‘llanilgan har bir elementning aynan nima sababdan so‘z birikmasida foydalanilganligini anglab yetishdir. Negaki, til o‘rganish jarayonida o‘sha xalqning urf-odatlari va mentalitetini ham o‘rgana borish shu millatga nisbatan hurmat belgisidir. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “Ma’lumki, biron-bir xalq ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi”5.
Bu kurs ishi koreys tiliga xos bo‘lgan frazeologiyalar ma’nosiga to‘xtalib, frazeologiyalar orqali amalga oshirilgan lingvo-madaniy ma’lumotlarni ko‘rsatib berishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |