Shart ko‘rsatkichi
Qadimgi turkiy tilda shart ko‘rsatkichi -sar, -sär shaklida
bo‘lgan. So‘zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va
ko‘pligining shart ko‘rsatkichi ham o‘zga ko‘rsatkichi (-sar, -
sär) kabi ifoda etilavergan, lekin ma’noda farq bor. Shartning
kimga yoki nimaga tegishliligini egadan anglash mumkin.
Masalan, ko‘k turk bitiglarida: Ïraq ersär, yablaq ağï birür,
yağuq ersär, edgü ağï birür. – Yiroq bo‘lsa, yomon ipaklik
berur, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipaklik berur (Ka.7); Ötükän yïš
186
olursar, bäŋgü el tuta olurtačï-sän. – O‘tukan yishda turilsa,
elni mangu tutib turajaksan (Ka.8). Üzä täŋri basmasar, asra
yer tilinmäsär, türük bodun, eliŋin, törüŋin kim artatï? –
Yuqoridan osmon bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi,
davlatingni, hukumatingni kim buzdi? (K.22); Eltäriš qağan
qazğanmasar, udu ben özüm qazğanmasar, el yemä, bodun
yemä yoq ertäči erti. – Eltarish xoqon zafar qozonmasa, unga
ergashib mening o‘zim zafar qozonmasam, el ham, xalq ham
yo‘q bo‘lajak erdi (Ton.54–55); Bilgä Toñuquq qazğanmasar,
ben yoq ertim ersär… – Bilga To‘nyuquq zafar qozonmaganda
edi, men bo‘lmasam edi (Ton.59); Amtï men bu erdäni birlä
barsar, men qamağ tïnlïğlarqa artuq asïğ tusu qïlu umağay-
men. – Endi men bu javohir bilan borsam, men hamma
jonzodlarga ortiq foyda keltira olmayman (AT.284)
Qadimgi -sar, -sär keyinchalik -sa, -sä shaklini oldi.
“Qutadg‘u bilig”da ham so‘zlovchi birligi va ko‘pligi,
tinglovchi birligi va ko‘pligi uchun shart ko‘rsatkichi -sa, -sä
shaklida qo‘llanaveradi:
Uδïr erdiŋ ersä, tur, ač emdi köz,
Ešitmädiŋ ersä, ešit mendä söz –
Uxlayotgan bo‘lsang, tur, endi ko‘zingni och,
Eshitmagan bo‘lsang, so‘zimni eshit (QB.80).
Keltirilgan misolda shartning tinglovchiga qarashliligi uδïr
erdiŋ, ešitmädiŋ so‘zlari orqali ifoda etilgan.
Qalï eδgü bulmaq tiläsä özüŋ. – Agar ezgulik topmoq
tilasang (QB.224).
Apaŋ ekki ažun qulur ersä sen. – Agar ikki dunyoni istar
esang (QB.223).
Özüm ‘uzrïn aysam yemä iymänü. – Agar iymanib o‘z
uzrimni aytsam (QB.188).
Qalï bulsaŋ, išlät, učup kökkä teŋ. – Agar ularga
yetishsang, ishlat, uchib ko‘kka ko‘taril (QB.212).
187
“Hibatu-l-haqoyiq”da ham tinglovchi sharti -sa, -sä bilan
ifoda etilgan: Aqï erni öggil ögär ersä sen. – Sahiy erni
maqtagil maqtar ersang sen (AH.227).
Shart uchala zamon uchun ham qo‘llanadi. Misollarni
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”dan keltiramiz:
O‘tgan zamon uchun: biy turdïsa, turarman – bek turgan
bo‘lsa turarman.
Hozirgi zamon uchun: biy turarsa, turarman – bek turgan
zamon turarman.
Kelasi zamon uchun: biy turğaysa, turarman – bek
turadigan bo‘lsa turaman (AZFT.130).
Shart erdi, edi to‘liqsiz fe’li bilan ham hosil qilinadi.
Bunday harakat-holatning natijasi mavhum bo‘ladi. Masalan:
Biy turdï esä, turarman – Agar bek turgan bo‘lsa turarman.
Hozirgi zamon ham shu xilda: biy turar esä. Kelasi zamoni: biy
turğay esä.
Buyruqqa ham shart belgisi qo‘shilib keladi. Biroq bunday
holatda buyruq emas, balki kelasi zamon ma’nosi anglashiladi:
tursaŋ turğayman – Agar sen tursang, men turaman.
Shartning bo‘lishsizi turmasa, almasa, kelmäsä shaklida
bo‘ladi.
Shart shaklidagi fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan ham
qo‘llanadi. Masalan, o‘zga uchun: tursa, tursalar. So‘zlovchi
uchun: tursam, tursaq. Tinglovchi uchun: tursaŋ, tursaŋïz.
O‘zga bo‘lishsiz birligi: turmasa, kelmäsä. So‘zlovchi
bo‘lishsiz birligi: turmasam, kelmäsäm. Bo‘lishsiz ko‘pligi:
turmasaq, kelmäsäk. Tinglovchi birligi: turmasaŋ, kelmäsäŋ.
Tinglovchi ko‘pligi: turmasaŋïz.
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya” muallifining
yozishicha, tatar lahjasida o‘zga birlikda turmaydur, o‘zga
ko‘plikda turmaydurlar, so‘zlovchi uchun turmaydurman,
turmaydurbïz, tinglovchi uchun turmaydursan, turmaydursïz
deyilgan (AZFT.130).
188
Turkiy yodgorliklar tilida shart ma’nosi - sa, -sä qo‘shim-
chasi bilan birga maxsus usullar vositasida ham ifoda etilgan.
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”da uning bir necha
usuli keltiriladi. Biri - ğaš, -gäš / -qaš, -käš qo‘shimchasidir.
Turkcha biy alğaš, čïqqaš, kelgäš deyiladikim, “bek olganda,
chiqqanda, kelganda” demakdir. Bu o‘rinda turkman tilida biy
turdïjaq tarzida qo‘llanadikim, “bek turganda” demakdir
(AZFT.132).
Do'stlaringiz bilan baham: |