Ravishdosh
Tilimiz tarixida fe’lning ravishdosh shakli quyidagi
ko‘rinishda uchraydi:
-a, -ä affiksli ravishdosh: ača – ochib, basa – bosib, ağa –
ko‘tarilib, adïra – ayirib, sanča – sancha, bičä – bichib, kesä –
kesib, kezä – kezib. Ko‘k turk bitiglarida: Altun yïšïğ aša
kältimiz, Ärtis ögüzüg käčä kältimiz. – Altun yishni oshib
179
keldik, Ertish daryosini kechib keldik (Ton.37). MK da: Etil
suwï aqa turur. – Etil suvi oqib turar.
-u (-yu), -ü (-yü) affiksli ravishdosh. Matnlardan misollar:
Käyik yäyü, tabïsğan yäyü olurur ärtimiz. – Kiyik yeb,
tovushqon yeb kun kechirar edik (Ton.8). Kiši sözläšü, yïlqï
yïzlašu. – Kishi so‘zlashib, yilqi hidlashib (bir-birini biladi)
(MK.III.114). Ötrü ol awïčğa ïğlayu xanqa inčä tip ötündi. –
So‘ng u qariya yig‘lab xonga shunday deya o‘tindi (AT.283).
-p / -b affiksli ravishdosh. bašlap – boshlab, berip – berib,
qodup – qo‘yib, ešitip – eshitib, tep – deb. Matnlardan
o‘rnaklar: Tewäy münüp qoy ara yašmas. – Tuya mingan
qo‘ylar orasiga yashirina olmaydi (MK.III.68); Qač qata
taluyqa kirip, bišär yüz erin barïp, asan tükäl kelmiš erti. –
Necha bor dengizga kirib, besh yuzcha er bilan borib, sog‘-
omon qaytgan edi (AT.283).
-pan, -pän / -ban, -bän affiksli ravishdosh. İB da: olurupan
– o‘tirib, yatïpan – yotib.
-maδïp, -mäδip affiksli ravishdosh. MK da: eδkärmäδip oq
atar – o‘ylamayin o‘q otar.
Se’rda shunday kelgan:
İglädi meniŋ aδaq,
Körmäzip oğrï tuzaq.
İglädim andïn uzaq,
Emlägil emdi tuzaq.
(Yashirin tuzoqni ko‘rmay, mening oyog‘im ilindi. Uzoq
vaqt qiynaldim. Ey sevgilim, endi o‘zing davola) (MK.I.361).
Tawğač xannïŋ turqusï telim, teŋlämäzip bïčmas. –
Tavg‘ach xonning ipakligi mo‘l, lekin o‘lchamay kesilmaydi
(MK.I.402).
-qalï, -käli / -ğalï, -gäli affiksli ravishdosh. MK da:
tutušqalï – tutish uchun, urğalï – urgani, urish uchun; QB da:
alğalï – olish uchun, tutqalï – tutish uchun, tergäli – terish
uchun.
180
- qïnča, -kinčä / -ğïnča, -ginčä / -qunča, -künčä / -ğunča, -
günčä affiksli ravishdosh. MK da: Öküz aδaqï bolğïnča
buzağu bašï bolsa yig. – Ho‘kizning oyog‘i bo‘lgandan ko‘ra,
buzoqning boshi bo‘lgan yaxshi; QB da: todmağïnča –
to‘ymaguncha, basmağïnča – bosmagunga qadar, yetmäginčä –
yetmay turib.
- yïn, -yin affiksli ravishdosh. Tašra yorïyur tiyin kü ešidip,
balïqdaqï tašïqmïš, tağdaqï inmiš. – Tashqarida yuribdi, degan
xabarni eshitib, shahardagi tashga chiqibdi, tog‘dagi inibdi
(K.11–12).
-matï, -madï, -mäti, -mädi / -matïn, -madïn, -mätin, -mädin
affiksli ravishdosh. Bunča išig küčüg bertükgärü saqïnmatï
“türk bodun ölüräyin, uruğsïratayïn”, – ter ermiš. – Shuncha
mehnatini, kuchini sarf etganiga ham andisha qilmay: “Turk
xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin”, – der ekan (K.10);
İgidmiš qağanïŋïn sabïn almatïn yir sayu bardïğ. – Tarbiyat
qilgan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga ketding (Ka.9).
Do'stlaringiz bilan baham: |