Sifatdosh
Yozma yodgorliklar tilida sifatdoshlar quyidagi ko‘rinishda
uchraydi:
-dačï, -däči / -tačï, -täči affiksli sifatdosh. Boldačï buzağu
öküz ara belgülüg. – Bo‘ladigan buzoq ho‘kizlar orasida belgi
beradi (MK.I.480).
-qučï, -küci / -ğučï, -güči affiksli sifatdosh. MK da: barğučï
– yuruvchi, boruvchi, turğučï – turuvchi, yashovchi, tağqa
ağqučï – toqqa chiquvchi, ewgä kirgüči – uyga kiruvchi, bitig
bititgüči – xat yozdirguchi.
-asï, -äsi affiksli sifatdosh. MK da: Bu turasï yer tegül – bu
turadigan yer emas, bu bizgä keläsi boldï – u bizga keladigan
bo‘ldi. Taf. da: yeyäsi – yeyiladigan, yemish. Hozirgi o‘zb.:
keläsi, öläsi.
-qu, -kü / -ğu, -gü affiksli sifatdosh. MK da: bu ya qurğu
oğur ermäs – bu yoy quradigan vaqt emas, ol bizgä kelgü boldï
– u bizga keladigan bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek tilida ba’zan tovush
o‘zgarishi ham yuz bergan: aqawa (
-ğsaq, -gsäk affiksli sifatdosh. MK da: ol er ewgä
barïğsaq-ol – u kishi uyga boradigan, ol berü kiligsäk erdi – u
bu yerga keladigan edi.
-ğlï, -gli affiksli sifatdosh. AH da: oqïğlï kiši – o‘qigan
kishi. Hozirgi o‘zb.: yatïğlï kiši, sewikli~süyükli.
-ma, -mä affiksli sifatdosh. MK da: örmä sač – o‘rma soch,
tikmä näŋ – tikilgan narsa, köčürma očaq – ko‘chirma o‘choq.
-r / -ar, -är / -ïr, -ir / -ur, -ür affiksli sifatdosh. MK da:
Qaynar ögüz kečigsiz bolmas. – Oqar suv kechiksiz bo‘lmas.
Buning inkori -maz, -mäz / -mas, -mäs qo‘shimchasi bilan hosil
qilingan. QB da: qarïmaz – qarimaydigan, körünmäs –
ko‘rinmas.
178
- mïš, -miš / -mïs, -mis / -muš, -müš / -mus, -müs affiksli
sifatdosh. MK da: qazmïš arïq – qazilgan ariq, barmïš kiši –
borgan kishi.
- duq, -dük / -tuq, -tük affiksli sifatdosh. MK da: meniŋ
barduqïm barmaduqïm – mening borgan-bormaganim, seniŋ
kördükiŋ körmädükiŋ bir – sening ko‘rgan-ko‘rmaganing bir.
- ndï, -ndi affiksli sifatdosh. MK da: sarqïndï suw –
sarqitlangan suv, qazïndï tupraq – qazindi tuproq, keδindi ton
– kiyilgan kiyim, süzündi suw – suzilgan (tozalangan) suv.
Hozirgi o‘zb.: kelgindi kiši, yuğundï suw.
- qan, -ğan, -kän, -gän affiksli sifatdosh. QB da: adïrğan –
ayirgan, farqlagan, törütkän – yaratgan, kečürgän – kechirgan,
sözlägän – so‘zlagan; AH da: körgän – ko‘rgan, ešitkän –
eshitkan.
She’rda shunday kelgan:
Erdi ašïn taturğan,
Yawlaq yağïğ qačurğan,
Oğraq süsin qaytarğan,
Bastï ölüm axtaru.
(Bir kishining o‘limiga achinib aytadi: U qo‘noqlarga osh
beradigan (saxiy), yovuz dushmanni qochiradigan, O‘g‘roq
askarini qaytaridigan (bahodir) edi. Afsus, o‘lim uni yanchdi)
(MK.I.471).
- ğma, -gmä affiksli sifatdosh. Ko‘k turk bitiglarida:
keligmä – keladigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |