Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
FE’L 
 
Bir  ishni,  bir zamonni  ishlovchining so‘zlovchiga nisbatini 
bildirgan  so‘z  fe’l  deyiladi.  Fe’l  kishi  yo  narsaning  ishini, 
holini  bildiradi.  Fe’lda  uch  butoq  bo‘ladi:  ish,  ishlovchi, 
zamon.  Buni  hozirgi  o‘zbek  tilidagi    misollar  bilan  shunday 
tushuntirish  mumkin:  yaz-dï-m,  oqï-dï-m,  kel-di-ŋ.  Bularning 
birinchi  bo‘lagi  ishni,  uchinchi  bo‘laklari  ishlovchining 
so‘zlovchiga  nisbatini,  ikkinchi  bo‘lak  esa  ishning  qay 
zamonda bajarilganligini anglatadi. 
Matnda  ham,  nutqda  ham  gap  so‘zlovchi  tomonidan 
tuziladi. Faqat ish va holatning bajaruvchisi aniq yoki mavhum 
bo‘luvi mumkin. 
Ish  va  holatni  bajaruvchi  kishi  aniq  bo‘lganda  so‘zlovchi 
birligida  “men”,  ko‘pligida  “biz”  tushuniladi.  Tinglovchi 
birligida  “sen”,  ko‘plikda  “siz”  ko‘zda  tutiladi.  Bajaruvchi 
o‘zga kishi bo‘lganida “u”, ko‘pchilik bo‘lganda “ular” ko‘zda 
tutiladi. Fe’llar har qachon ham o‘z bajaruvchisiga bo‘ysunadi: 
ko‘rinishini  o‘shanga  qarab  o‘zgartiradi.  Tek  fe’lning  masdar 
shakligina (oqïmaq, yazmaq) bu qoidaga bo‘ysunmaydi. 


 
174
Shunga  ko‘ra  kishining  ish  va  holati  uch  ko‘rinishda 
bildiriladi:  so‘zlovchi,  tinglovchi  va  o‘zganing  ish  va  holati. 
Ko‘plikda  esa  so‘zlovchilar,  tinglovchilar  va  o‘zgalarning  ishi 
to‘g‘risida  so‘z  yuritiladi.  Fe’lning  shakli  ham  shunga  qarab 
o‘zgarib  boradi:  so‘zlovchi  bo‘lib  o‘tgan  ishi  yo  holati 
to‘g‘risida  so‘zlaganda  fe’l  -dïm,  -dim,  tinglovchi  to‘g‘risida 
so‘zlanganda -dïŋ, -diŋ, o‘zga to‘g‘risida so‘zlanganida -dï, -di 
qo‘shimchasini oladi (keldim, keldiŋ, keldi). -dik, -dïŋïz, -diŋiz, 
-dïlar,  -dilär  qo‘shimchalari  esa  ko‘pchilikning  ishi  va  holati 
to‘g‘risida  so‘z  borganda  qo‘llaniladi  (keldik,  bardïŋïz, 
bardïlar).  Yoki  kelasi  zamonda  bo‘ladigan  ish  va  holat 
to‘g‘risida  so‘zlanganda  so‘zlovchi  birligi  -a/-y+män,  ko‘pligi 
-a/-y+miz  (kelämän,  kelämiz);  tinglovchi  birligi  -a/-y+sän
ko‘pligi  -a/-y+siz  (keläsän,  keläsiz);  o‘zga  birligi  -a/-y+dï/di
ko‘pligi  -a/-y+dï/di  yoki  -a/-y+dïlar/dilär  qo‘shimchalarini 
oladi  (kelädi,  kelädi(lär)  va  hokazo.  Til  tarixida  ham  qoida 
xuddi shunday. Faqat qo‘shimchalari farq qilishi mumkin.  
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish