Tangri inoyat (14) qilib, Sohibqiron (15) Beg otamning
taxtini (16) menga nasib qildi ersa, sen ham otang yurtini (17)
bilib, el-ulusingni boshlagandan beri (18) yaxshilig‘ing, chin
e’tiqodingni bildirib (19) erding. Tangri inoyati bilan mardlar
himmatidan bu chog‘larda burungi kechgan (20) ota-
og‘alaringdan ortiq, ko‘ngil tilagandek, shoyasta xizmat(21)lar
qilding. Ini-o‘g‘illik, do‘stlik, qarindoshlig‘ingni bildirding.
(22) Sening bu xizmatlaringdan benihoya rozi bo‘ldik. Endi
sen yana bilursen-(23)kim, ulus egasi (24) Temer beg tamom
mamlakatlarni zabt qilib, (ularni o‘z yaqinlariga) ulashganda
Tabriz (25) taxtini (26) mening otam (27) Mironshoh Mirzoga
bergan edi. Senga-da ma’lum turur-kim, (28) ota yurti o‘z
yurting bo‘lur. Tangri inoyatiga sig‘inib (29) bu fursatlarda
Azarbayjon viloyatlarini zabt qilib, (30) otam yurtini burungi
yo‘sun [ya’ni, Temurbek zamonidagi qonun] bilan boshqarayin
deb kelyapman(31). Hasan Alining buzuq xabari chappasidan
keldi. Davlat uchun bag‘oyat (32) munosib (bir) ish bo‘ldi.
Miyonaga yetganda ining Murod (33) bilan yaxshi so‘zlaring
keldi. Sening ko‘nglingda andoq (34) kechmasin-kim, Tabrizda
Jihonshoh turur erdi, menga bermadilar, deb. (35) Sen yana
bilursen-kim, Jihonshohga bir vosita bilan andoq tushib erdi
[ya’ni, bir sabab bilan berilgan edi]. (36) Orada bir ahd so‘zi
ham kechib erdi. So‘ng (37) biz ham Xuroson viloyatlariga
qaytib kelib erdik. Bir necha (38) viloyatlarning zabtini qilmoq
muhim erdi. Tangri inoyati (39) bilan, mardlar himmatidan ul
viloyatlar musahhar bo‘lib (40) erdi-kim, Jihonshoh sening
ustingga yuridi, deb eshitganimizda (41) ul ahd orada qolmadi.
Sen ham eshitgan bo‘lsang kerak-kim, (42) Ali beg degan
jo‘ramni bitiglar bitib Jihonshohga choptirdim-kim, (43) sening
bilan ahd qilganda bir-birimizning do‘stiga do‘st, dushmaniga
349
(44) dushman bo‘laylik deb, so‘z kechib erdi. Endi (45)
bizning Hasan begdan yaxshiroq do‘stimiz yo‘q turur. Yuz
yildan (46) beri o‘zga (bilan) bo‘lmagan ahd sening ustingda
bo‘ldi. (47) Men ham Tangri inoyatiga sig‘inib, sening
ustingga yuridim deb (48) bildirgulik yuborib edim. Yuborgan
elchi Tabrizga yetganda (49) Jihonshohning ishini bir yoqli
qilgan emishsan.
Tangri inoyati bilan (50) Tabrizga kelganimda sen ham
yiroqsinmay, kelib ko‘rishning yarog‘ini [ya’ni, ilojini] (51)
topsang, kelib ko‘rgin. Tangri inoyatidin umidim ul turur-kim,
Rum, Misr, (52) Shom boshli butun mamlakatlar fathini bot
(53) bizga nasib qilsa, Alloh taolo shunga yetishtirgandan (54)
so‘ng, umidim ul-kim, barcha ish ko‘ngil tilagandek bo‘lg‘ay.
(55) U yoqlardagi viloyatlarning harbiy qudratini (56) sen
yaxshiroq bilursen. Agar (57) men o‘zim bormoqqa hojat
topmay, o‘g‘lonlarimdan, so‘ngra (58) beklardan, cherigdan ne
miqdor kerakli bo‘lsa, (59) (cherigning) harbiy ahvolini qarab
chiqib, yana tilasang, ul choqli kishi yuborayin. Bunga (60)
teng keladigan [ya’ni, bunga arzirli] inilik, qarindoshlik,
xizmatkorlikni sen qilding.
(61) Tangri inoyati bilan, mardlar himmatidan Misr, Rum,
Shomdek yerlarni (62) olib bermakni (63) men bilayin [ya’ni,
men shuni bilay; o‘z ustimga olay]. Sendan Tangri inoyati
bilan umidim ul turur-kim, (64) bundan so‘ng ham ini-o‘g‘illik,
xizmat(65)korlikni
orttirg‘aysen.
Hargiz
o‘zga
bo‘lmag‘ay(66)sen. Bu qanday o‘g‘il-kim, bu kechar dunyoda
burungi yaxshi(67)lari yuz yildan beri qilgan do‘stlik,
qarindoshlik(68)ni o‘zga qilsa?!
(69) Temur beg otang Usmon begga Diyorbakir viloyatini
(70) bergan bo‘lsa, umidim ul turur-kim, (71) men senga
Tangri inoyati birla Misr, Rum viloyatlarini (72) olib
bergay(73)men. Kechar dunyoda qiyomatga qadar bu yaxshi ot
orada (74) qolg‘ay.
350
Sening esonligingni ko‘rish uchun Mahmud beg(75)ni
yuborildi.
Sichqon yili, Rabiul avval oyining yigirma (76) ikkisida
Miyonada ekanligimizda bitildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |