Jarohatdan keyingi stress sohasida tadqiqotlar stress borasidagi tadqiqotlarga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlangan, hozirgi kunga kelib ham bu ikki sohaning umumiy tomonlari kam. 1936-yilda Gans Sele tomonidan taklif etilgan stress konsepsiyasining asosini organizmni o‘z-o‘zini saqlash va stressorga qarshi tura olish uchun resurslarni mobilizatsiya qilish tashkil qiladi. Jarohat stressi keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan 4 ta jarohatlar xarakteristikasi: Sodir boʻlgan holat inson tomonidan anglanadi, yaʼni odam u bilan nima yuz berganini va shuning natijasida uning psixologik holati yomonlashganini biladi. Bu holat tashqi omillar bilan bogʻliq. Boshdan oʻtkazilgan holat odatiy hayot tarzini buzilishiga olib keladi. Yuzaga kelgan vaziyat dahshat (vahima) ni va noshudlik hissini uygʻotadi. Jarohat stressi – odam va tashqi dunyoning oʻzaro taʼsiri natijasidir. Bu normal boʻlmagan vaziyatga normal reaksiya boʻlib, odatiy holda inson tajribasida uchramaydigan vaziyatga munosabat natijasida paydo boʻladigan holat. Jarohatdan keyingi stress buzilishi bilan ishlayotganda quyidagi 2 jihatga: qoʻrquvni pasaytirish va atrofdagi boʻlayotgan narsa va hodisalar uning nazoratida ekanini singdirishga alohida eʼtibor qaratishi kerak. Shuningdek, JKSBini boshidan oʻtkazgan mijoz psixoterapevt bilan ogʻir munosabatga kirishadi, chunki jarohatdan soʻng shaxslararo munosabatda ularda ishonchsizlik, nafrat, tobelik namoyon boʻladi. Jarohat bilan ishlaganda mijoz hissiyotlarni oʻta jadal tarzda kechiradi, shuning uchun ham bu psixoterapevtdan yuksak mahorat talab qiladi. Gorovisaning ishlarida mijozning jarohatga reaksiya fazalari ajratib koʻrsatilgan. Ular:jarohat natijasida uzoq stressli holat; yengib boʻlmaydigan kechinmalarning namoyon boʻlishi: hissiyot va obrazlarning quyilib kelishi;nazorat qilib boʻlmaydigan yolgʻizlik, "qochish" holatlarida qotib qolish;xotiralar va kechinmalarni idrok qilish va ushlab qolish qobiliyati;mustaqil tarzda oʻz fikrlari hamda hissiyotlarini tahlil qilish qobiliyati. Jarohatdan keyingi stress buzilishi bilan ishlayotganda quyidagi 2 jihatga: qoʻrquvni pasaytirish va atrofdagi boʻlayotgan narsa va hodisalar uning nazoratida ekanini singdirishga alohida eʼtibor qaratishi kerak. Shuningdek, JKSBini boshidan oʻtkazgan mijoz psixoterapevt bilan ogʻir munosabatga kirishadi, chunki jarohatdan soʻng shaxslararo munosabatda ularda ishonchsizlik, nafrat, tobelik namoyon boʻladi. Jarohat bilan ishlaganda mijoz hissiyotlarni oʻta jadal tarzda kechiradi, shuning uchun ham bu psixoterapevtdan yuksak mahorat talab qiladi. Gorovisaning ishlarida mijozning jarohatga reaksiya fazalari ajratib koʻrsatilgan. Ular:jarohat natijasida uzoq stressli holat; yengib boʻlmaydigan kechinmalarning namoyon boʻlishi: hissiyot va obrazlarning quyilib kelishi;nazorat qilib boʻlmaydigan yolgʻizlik, "qochish" holatlarida qotib qolish;xotiralar va kechinmalarni idrok qilish va ushlab qolish qobiliyati;mustaqil tarzda oʻz fikrlari hamda hissiyotlarini tahlil qilish qobiliyati. E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |