Xatning mavzusi. U imkon qadar aniq va ma'lumotli bo’lishi kerak. Maktubni yozish uchun asos bo’lgan hujjatning nomi va raqami mavzuda aks etishi maqsadga muvofiq.
Xulosa. Xatning ushbu qismida sizning talablaringiz ko’rsatilgan: zarar, mahsulotning qo’shimcha nusxalarini yetkazib berish - bu shartnoma shartlariga bog'liq.
Tijorat xatlari yozilish uslubi, gap qurilishi, so’z birikmalari jihatidan ko’proq diplomatik hujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli bo’lishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muhimi, iliq, iltifotli, samimiy ruhda bayon etilishi lozim.
Iltimos xat. Muassasalar ma‘lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa bir muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar O’rtasidagi bunday O’zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |