Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlarda xodimlarni ishga olish, ishdan bO’shatish, boshqa lavozim yoki ishga O’tkazish, rag’batlantirish, mehnat ta‘tili berish, mehnat ta‘tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladi.
Buyruqdan ko’chirmada buyruqning farmoyish qismidan faqat aniq holat uchun zarur bo’lgan ma‘lumot olinadi. Buyruqdan ko’chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi. ‘Asliga to’g’ri’ so’zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko’chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma‘lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e‘lon, hisobot kabi hujjatlami O’z ichiga oladi.
Ariza ma‘lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |