Qoramollarda parazitlik qiluvchi nagana qo’zgatuvchisi- Trypanosoma brucei (A) va uning bo’linish davrlari (B,D,E): 1-yadro; 2-bazal tanacha; 3-to’lqinlanuvchi membrana; 4-xivchin.
U tabiatda kasallangan hayvonlardan sog’lom hayvonlarga qochirish paytida yoki otlarning jinsiy organlarining holatini tekshirishda qo’llaniladigan ifloslangan asboblar orqali tarqaladi. Tripanosomaning ushbu turi Markaziy Osiyo Respublikalarida, shu jumladan O’zbekistonda ham uchraydi.Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda ham tripanosomalarning ayrim turlari parazitlik qiladi. Tripanosomalardan -Leptomonas davidi turi Janubiy Amerikada kofe daraxti bargi to'qimalarida parazitlik qiladi va natijada bunday kasallangan barglarning sarg'ayib to'kilishiga, ba'zan qurib qolishiga sabab bo'ladi.
1.6.Leyshmaniya (Leishmania) urug'iningvakillari ham tripanosomalarga bir-muncha o'xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisi va ichki organlarida parazitlik qiladi. Leyshmaniyalar leyshmanioz kasalligini chaqiruvchi ikki xo’jayin ishtirokida rivojlanuvchi parazit xivchinlilardir. Ular odamlarda, shuningdek itlarda, bo’ri va chiyabo’rilarda, mushuklarda, kalamush va yumronqoziqlarda uchraydi va ularga qon so’ruvchi ikki qanotli xasharotlar - iskabtopar chivinlar - (Phlebotomus avlodi) orqali yuqadi. Umurtqalilar qonida leyshmaniyalarning xivchinsiz 2-6 mikron uzunlikdagi duksimon shakli uchraydi. Barcha leyshmaniyalar dermatotrop (terida yashovchi) va vistserotrop (ichki organlarda yashovchi) guruhlarga bo’linadi. Shunga ko’ra ular odamlarda va boshqa sut emizuvchilarda teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi.
Teri leyshmaniozini qo’zg’atuvchi leyshmaniyalarga Leishmania tropica va L. major larni misol keltirish mumkin. Har ikkala tur leyshmaniyalar Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. O’zbekistonda esa ularning birinchi turi yo’qotilgan, ikkinchi turi esa juda kam holatlarda uchrab turadi. Teri leyshmaniozi qo’zg’atuvchilari O’zbekistonda XX asrning 50-60 - yillarida keng tarqalgan bo’lgan. Ular oqibatida terida pendin yaralari hosil bo’ladi, yaralar tuzalgach, ularning o’rni abadiy chandiq bo’lib qoladi. Shu belgiga qarab odamlarning teri leyshmanioziga uchraganini aniqlash mumkin.Tabiatda leyshmaniyalarni yovvoyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939 yil akad. E.N.Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan va unga ko’ra parazitlarni tabiiy o’choqlari to’g’risida ilmiy nazariya yaratgan.Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo'ladi, Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi.Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica') yuz, qo'l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi (5-rasm). Teri leyshmaniozining qo'zg'atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan.Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho'ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o'tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma'lum.Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida tashuvchilarining tanasida - xivchinsiz hamda sun'iy usulda o'stirilganda xivchinli ko'rinishda yashaydi. Leyshmaniyalar hayotining xivchinli davri leptomonad davri deb ataladi. Visseral leyshmanioz tez-tez yoki ma'lum bir vaqtda, oralab isitma chiqarish bjlan davom etadigan og'ir kasallik hisoblanadi. Morfologik jihatdan leyshmaniyaning ikkala turi ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi.