Teri leyshmaniyasi(Lieshmania tropica)ning rivojlanish jarayoni:
1-leyshmaniyaning leptomonad (xivchinli) shakli; 2-leyshmaniya tashuvchi iskabtopar;3-kalamush (tabiiy manbasi); 4-zararlangan terining qon hujayralaridagi xivchinsiz leyshmaniyalar; 5-leyshmaniya bilan zararlangan odam.
Visseral leyshmaniozning qo'zg'atuvchisi odam tanasida retikulo-endotelial organlar - jigar, taloq, limfa tugunlari, ko'mik endoteliy hujayralari sitoplazmasida parazitlik qilib yashaydi va ko'payadi.Leyshmaniyalar ko'payganda bitta hujayradagi parazitlar soni 100-200 tagacha yetadi. Hujayra yemirilgandan keyin ular limfa bilan qonga o'tib, yangi hujayralarga kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo'ladi. Ichki, ya’ni vistserial leyshmanioz qo’zg’atuvchisi - L. donovanini Hindistonda 1900-1903 yillarda ingliz olimlari Leyshman va Donovanlar shu kasallikdan o'lgan odamlarning talog'idan ajratib olib aniqlaganlar, shunga ko’ra kasallik ularning nomlari bilan yuritiladi. Ichki leyshmaniozni qo’zg’atuvchilarga shuningdek , L.infantum, L.mexicana, L. brazilensis , L. amazoninsi va boshqa turlar ham kiradi. Ichki leyshmanioz bilan og'rigan bemor Sobiq Ittifoq hududida birinchi marta 1909-yilda aniqlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida bu kasallikning manbalari topilgan.
Ichki leyshmanioz qo’zg’atuvchisi - Lieshmania donovani ning rivojlanish jarayoni: 1-leyshmaniyaning leptomonad (xivchinli) shakli; 2-leyshmaniya tashuvchisi; 3-leyshmaniyaning tabiiy manbalari – it va boshqa sut emizuvchilar; 4-ichki organlardagi xivchinsiz leyshmaniyalar.
Leyshmanioz transmissiv kasallik bo'lib, uni qonso'rar mayda hasharotlar -Phlebotomus avlodiga kiruvchi iskabtoparlar tarqatadi. Iskabtopar kasal odamning qonini so'rganida leyshmaniyalar hasharotning hazm yo'liga o'tadi. U yerda parazit-larning oldingi uchidan uzun xivchin o'sib chiqadi, ya'ni sodda hayvon xivchinli (leptomonad) ko'rinishga o'tadi. O'ziga leyshmaniozning qo'zg'atuvchisini yuqtirib olgan bu hasharot sog'lom odamning qonini so'rganida parazitlarni unga yuqtiradi. Umuman, leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi g'arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O'zbekistonning janubiy viloyat-larida ham bu kasallik tarqalgan. Teri leyshmaniozining tabiiy manbai kemiruvchi sutemizuvchilar (qum kalamushlari va yumronqoziqlar) va itlardir, ya'ni bu hayvonlar leyshmaniyaning rezervuar xo'jayinlari hisoblanadi. Bu hayvonlaming quloqlari, burni va tanasining iskabtopar chaqa olishi mumkin bo'lgan boshqa joylarida yaralar hosil bo'ladi. Kemiruvchilarning inlarida iskabtoparlar kunduz kunlari yashirinib yotadi, kechga tomon hayvonlaming qonini so'radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi.
Visseral leyshmaniozning asosan 2 ta shakli mavjud: Hind kala-azari hamda O'rta Yer dengizi visseral leyshmaniozi.Hind kala-azarida terming rangi qoramtir, ba'zan tim qora ba'ladi. Ayrim olim-larning fikriga ko'ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tufayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po'st qismidagi makrofaglarida ham uchraydi.O'rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida ten va shilliq pardalar oqarib, mumsi-mon bo'lib qoladi. Bemorning jigar va talog'i kattalashib, kamqonlik hamda leyko-peniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Jigari va talog'i shishib, bemor halok boiishi mumkin.Kala-azar qo'zg'atuvchisi Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmanistonning ayrim hududlarida uchraydi.Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus-odam ekanligini aniqlagan.Akademik Ye.N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o'rtasida bo'g'imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.Kasallikni aniqlash uchun to'sh suyagi ko'migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo'qligi aniqlanadi.
Ko’pxivchinlilar yoki polimastiginalar (Polymastigina) turkumi vakili lyambliyani birinchi marta 1859-yilda Xarkov Universitetining professori Lyamble aniqlagan. Lyambliya (Lamblia intestinalis) hayot siklida vegetativ hamda sista ko'rinishida uchraydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |