Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 107,46 Kb.
bet1/10
Sana11.06.2022
Hajmi107,46 Kb.
#654091
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaxshiboyev Ulug\'bek Oxirgisini oxirgisi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI





UZLUKSIZ TA’LIM PEDAGOGIKASI VA MENEJMENTI KAFEDRASI





Ro‘yxatga olindi № __________




Ro‘yxatga olindi № __________

“______” ___________2022 y.




“______” ___________2022 y.

UZLUKSIZ TA’LIM PEDAGOGIKASI VA MENEJMENTI ” KAFEDRASI


MAKTAB MENEJMENTI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI. KREDIT TA’LIM TEXNOLOGIYASI. RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Bajardi: Yaxshiboyev Ulug’bek Kamol o’g’li
Pedagogika va psixologiya fakulteti,
MM-301 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: P.f.f.d (PHD) v.b. dotsent Mamatqulova Kimyoxon Abdujalilovna

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.






Kurs ishi taqrizga qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022 y.

Baho “_____” _________



___________


(Imzo)
___________
(Imzo)
___________
(Imzo)

Komissiya a'zolari:
__________________

__________________


__________________




Toshkent – 2022


MAVZU: MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI. KREDIT TA’LIM TEXNOLOGIYASI. RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYASI

MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………….……………… 3
I BOB. KREDIT MODUL TIZIMINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Kredit modul tizimi infratuzilmasi…………….….…….………… 6

1.2 Jahon tajribasida kredit modul tizimi ……………………..……… 17


II BOB. ECTS KREDIT-MODUL
2.1 ECTSning O’zbekistonga tatbiq etilishi ………………………… 24
2.2 Kredit modul tizimida o’quv jarayoni…………….… …….…… 36

XULOSA…………………………………………………………….... 47


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:……………………………… 48

KIRISH

Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimiga ham asta-sekinlik bilan yangi tizimlar kirib kelmoqda va bu tizimning nomi taʼlimning “kredit-modul” tizimi deb ataladi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”ga koʼra mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʼtishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha OTMlar kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi.Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim tizimi samaradorligini oʼqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʼquv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita taʼminlab beradi. Demak, ilgʼor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish oʼquv dargohlarida yoʼlga qoʼyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʼliq. Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 8 oktyabrida “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga kiritish va oliy taʼlim­muassasalarida oʼquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʼtkazish” belgilab berildi. Shuningdek, 2030 yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʼquv yilining oʼzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʼtkazish koʼrsatib oʼtildi.


Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
— oʼquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʼzlarining oʼquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
— taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
— taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʼyilgan talabdan kelib chiqib oʼzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʼulotlarini nafaqat oʼqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʼqib-oʼrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʼlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʼnikmalarini shakllantirishga oʼrgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʼnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olishga, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 824-sonli Qarori bilan OTM larning akademik mustaqilligini kengaytirish bo‘yicha masalalar belgilandi va “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15-yanvardagi №30-sonli buyrug‘i bilan OTM larda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli hujjatlar namunalari tasdiqlandi.

Download 107,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish