Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 107,46 Kb.
bet4/10
Sana11.06.2022
Hajmi107,46 Kb.
#654091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaxshiboyev Ulug\'bek Oxirgisini oxirgisi

Birinchisi, talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini, ya’ni bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga to‘siqlarsiz, erkin ravishda o‘tishini (o‘qishni yoki ishni ko‘chirish) ni ta’minlaydi;
Ikkinchisi, talabaning tanlagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha barcha o‘quv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama — kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yig‘indisi talabaning tanlagan ­dasturi bo’yicha nimani qancha o‘zlashtirganligini namoyon etadi. Bugungi kunga kelib, Bolonya jarayonida 48 ta mamlakat ishtirok etadi. Ularning orasida MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus ham bor.Bolonya tizimi bo‘yicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Odatda uch yildan kam bo‘lmagan bakalavrlar tayyorlash hamda 1-2 yillik magistratura bosqichi.Ko‘pgina ekspertlar Bolonya deklaratsiyasining qabul qilinishiga salohiyatli, iqtidori yuqori bo‘lgan talabalarni egallash, mehnat bozorida ularning bilimini qadrlash bo‘yicha AQSh bilan kechgan raqobatda Yevropa oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari cheklanganligi, ko‘plab “aql sohiblari”ning ko‘hna qit’ani tark etib, Amerikaga ko‘chib ketish tendensiyasiga qarshi ko‘rilgan chora asosiy sababbo‘lganini e’tirof etadi.Bugungi kunda mazkur kredit o‘lchovi tizimini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta model keng tarqalgan.Bular AQShning kredit tizimi (USCS); Yevropa mamlakatlarining kredit tizimi (ECTS); Osiyo — Tinch okeani mamlakatlarining kredit tizimi (UCTS); Buyuk Britaniyaning kredit tizimi (CATS).Ushbu modellarning ichida eng ko‘p tarqalgani AQSh va Yevropa modellaridir.Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kredit tizimini joriy etishda Yevropaning ECTS tizimidan foydalanishga ustuvorlik qaratyapti.
АQSh kredit-modul tizimi eng birinchilardan joriy etilgan kredit-modul tizimi sifatida dunyo davlatlari va shu bilan birga Yevropa davlatlari oliy taʼlim muassasalarida kredit-modulь tizimi shakllanishiga oʼz hissasini qoʼshgan. Boshqacha aytganda hozirda Yevropa oliy taʼlim muassasalarida keng qoʼllanib kelinayotgan va Oʼzbekiston Respublikasi mahalliy OTMlarida joriy etilishi rejalashtirilayotgan ECTS kredit-modulь tizimi oʼzagida ham АQSh akademik kredit tizimi tamoyillari yotadi. Shuning uchun АQSh va kontinental Yevropa davlatlarida keng tarqalgan kredit-modul tizimi tarixi haqida biroz mulohaza yuritsak. Kredit-modul tizimi ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida АQShda joriy etilgan. Oʼsha paytda mamlakat oliy taʼlim muassasalari qatʼiy belgilab qoʼyilgan oʼquv dasturlari asosida faoliyat yuritgan. Oʼquv dasturlari, asosan, oʼsha davr diniy falsafasi bilan bogʼliq fanlardan tashkil topgan. Deyarli barcha universitetlarda lotin tili alohida fan sifatida oʼqitilgan. Аslida bu paytga kelib lotin tili allaqachon oʼlik tilga aylanib boʼlgan edi. Yaʼni, amaliyotda bu tilda deyarli ehtiyoj boʼlmagan. Universitet oʼquv dasturlarida bu kabi amaliyotda ahamiyatini yoʼqotgan fanlar koʼlami anchani tashkil qilgan.Natijada universitetlar mutaxasislar tayyorlaydigan dargoh emas balki oʼsha davrda aholining oʼziga toʼq qatlami shunchaki obroʼ va toʼkinlik belgisi sifatida taʼlim oladigan muassasaga aylanib qolgan. Buning oqibatida oddiy fuqarolar orasida universitetlarga qiziqish kamaya boshlagan. 1869-yilga kelib Garvard Universitetiga o‘sha davrning eng ilg‘or fikrlovchilaridan bo‘lgan Charles Elliot prezident etib saylanadi. Ko‘p o‘tmay u universitetdagi qat’iy belgilab qo‘yilgan o‘quv dasturlarini bekor qiladi. Endilikda, Garvard Universitetida talabalar o‘quv dasturida taklif qilinadigan fanlar orasidan o‘zlari xohlagan, qiziqqan fanlarni tanlab, o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ya’ni, har bir talaba endilikda o‘zining universitetdagi o‘qish dasturini ma’lum ma’noda o‘zi shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Bu islohot mamlakat yoshlari orasida Garvard Universitetiga bo‘lgan qiziqishni jonlantirib yuboradi.Talabalar o‘zlari qiziqqan fanlarni tanlayotganliklari uchun universitet o‘quv dasturlaridagi fanlar ham tabiiy ravishda saralana boshlaydi. Lotin tili kabi zamon talablariga javob bermaydigan fanlar talabalarda qiziqish bo‘lmaganligi sababli dasturni tark etadi va universitet fanlari ro‘yxatini iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlariga mos fanlar egallay boshlaydi. O‘z fanlariga talabalarni jalb qilish maqsadida o‘qituvchilar ham darslari sifatini yaxshilashga harakat qila boshlaydi. Aks holda ular oqitayotgan fan o‘quv dasturidan chiqarib yuborilishi mumkin edi. Darslarda talabalarning faolligi ham ancha ortadi. Chunki talabalar asosan o‘zlari hohlagan, qiziqqan va tanlagan fanlarini o‘rganayotgan edilar. Garvard Universiteti qat’iy o‘quv dasturlardan voz kechgandan so‘ng, universitet oldida bir qancha savollar tug‘ila boshlaydi: xo‘sh endilikda universitetda barcha talabalar uchun bir xil bo‘lgan qat’iy belgilab qo’yilgan o‘quv dasturlar yo‘q. Bunday holatda talabalarning kursdan kursga o‘tishi yoki bitirishi qanday mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin? Ya’ni, talabalarning o‘qish dasturidagi rivojlanishini nimalar bilan o‘lchash mumkin? Talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi uchun qancha bilim egallashi kerak? Garvard Universiteti bu savollarning barchasiga juda oddiy yechim topadi. Har bir fanga uning o‘qish yuklamasidan kelib chiqib ramziy o‘lchov birliklari, ya’ni kreditlar taqsimlanadi. Ya’ni, har bir fan muayyan miqdordagi kreditlarda aks etadi va talaba bir o‘quv yili oxirigacha muayyan miqdordagi kreditlarni to‘plashi kerakligi belgilab qo‘yiladi. Endilikda, universitet talabalarni o‘quv dasturlaridagi rivojlanishini, muayyan ta’lim darajasiga munosibligini u jamg‘argan kreditlar soniga qarab aniqlay boshlaydi. Bu universitet uchun ham, talabalar uchun ham qulay, tushunish oson bo‘lgan tizim edi. Asta-sekinlik bilan boshqa universitetlar ham Garvard Universiteti amaliyotini o‘zlarida qo‘llay boshlaydi. Qaysi universitetlar shu amaliyotni qo‘llasa yoshlar orasida shu universitetlarga qiziqish orta boshlaydi. Kredit tizimi tamoyillarini AQSH oliy ta’lim muassasalarida yanada kengroq tarqalishining keyingi bosqichi 1900 yillar boshlarida ro‘y berdi. 1906 yilda 23 AQSHdagi po‘lat sanoati magnati, yirik filantrop Endyu Karnegi oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ta’limni Rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etadi. U jamg‘armaga o‘sha davr pulida $10 million dollar mablag‘ ajratadi. Karnegining asosiy maqsadi o‘sha paytlarda ancha kam haq to‘langan o‘qituvchilarining maoshlariga qo‘shimcha pul qo‘shib berish (salary top-up) orqali ularni qo‘llab quvvatlash va bu kasbga yaxshi kadrlarning jalb etilishiga o‘z hissasini qo‘shish edi. Jamg‘armaning vazifasi esa pullarni universitet o‘qituvchilariga adolatli tarzda taqsimlash edi. Jamg‘arma bu maqsadga erishishning eng mantiqiy usulini mavjud kredit tizimi deb topadi. Ya’ni, jamg‘arma Karnegi pullarini o‘qituvchilarga ular o‘qitgan fan kreditlari miqdoriga qarab taqsimlashga qaror qiladi. Buning natijasida shu paytgacha kredit tizimini qabul qilmagan universitetlar ham o‘z o‘qituvchilariga jamg‘armadan pul olish maqsadida o‘zlarida kredit tizimini joriy eta boshlaydi. Shunday qilib, 1930 yillarga kelib AQSH oliy ta’lim muassasalarining deyarli barchasi kredit tizimida faoliyat yurita boshlagan edi. Sobiq sho’rolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta’limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi.Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta’lim-tarbiyasi sifatini tubdan o’zgartirish yo’nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta’lim-tarbiyasi puxta o’ylangan reja asosida yo’lga qo’yildi. Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yo’llarida (50-y) yoshlarga umumta’lim va kasbiy ta’lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur’atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga o’tdi. O’quvchilar kontengentining 30 % i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta’lim 8 yillik bo’lib, ta’limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi. 70-yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy urta ta’lim (X-XI sinflar)ga yoshlarni jalb etishda qator ob’ektiv muammolar mavjud bulib, ularni hal qilishda Yevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda. Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht shahri, mamlakat o’tmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 yilgi inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul qilingan edi. Maktab ta’limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yo’lida ilk qadamlar quyildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta’limi rivojini ortga surib yubordi. Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi boshlang‘ich ta’limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi. O’tgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun tekin umumiy majburiy ta’lim joriy etildi. ― Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida Qonun qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamladi.1972 yildagi―Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqidagi qaror va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy urta ta’limga to’la o’tishi taminlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta’limi tizimi quyidagi kurinishga ega: Bolalar bog‘chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog‘chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg‘ulotlariga jalb etiladi. Bog‘chalardagi mashg‘ulotlar aholining ish rejimiga bog‘liq holda tashkil etiladi. Umumiy majburiy ta’limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta’lim bo’lib, I-IV, V-VIII sinflarni o’z ichiga oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, qolgan 20% i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida o’quv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta’lim beriladi. 8-sinfni bitirgan o’smirlar o’rta umumiy ta’lim olish uchun yana 2 yil o’qiydi. O’rta ma’lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan o’quvchilarning 20 % i jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir qismi kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab chiqarish yo’nalishida umumiy ta’lim oladi. Gimnaziya – 4 yillik ta’lim bo’lib, unda chuqurlashtirilgan ta’lim sinflari ham mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba’zi fanlar tanlov asosida o’rganiladi. Gimnaziyani tugatganlarga o’zlashtirish natijalariga ko’ra yetuklik attestatni olish uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda uqishni davom ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi. Topshirilgan imtihonlar oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham bajaradi. Kasb-hunar o’rta maktabi – 4 yillik kasbiy ta’lim bulib, xalq xo’jaligining 11 yo’nalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi. Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta’lim bo’lib, xalq xo’jaligining 186 yo’nalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik attestati beriladi. Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bo’limlari ham mavjud bo’lib, hamma uchun ochiqdir. Oliy uquv yurtlari – 18 universitet, 32 institut va yana bir necha oliy maktablarni o’z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf o’qituvchilari – pedagogika bilim yurtlarida, o’rta maktab o’qituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda tayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, konyunktura, fanlar akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat kursatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta’lim, pedagogik texnologiyadan keng miqyosda foydalaniladi. 1976 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari ta’lim vazirlari mazkur davlatlar universitetlari o‘rtasida hamkorlikda o‘qish dasturlari joriy etish borasida kelishuvga erishishadi. Lekin bu loyihani amalga oshirish, loyihaning moliyaviy va huquqiy tomonlarini ishlab chiqish uchun 10 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Va nihoyat 1987 yilda Yevropa ittifoqining London Sammiti davomida ittifoq a’zo mamlakatlari OTMlari o‘rtasida talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlovchi Erasmus (ERASMUS) dasturi tashkil etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad Yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarida o‘qiyotgan talabalar bir yil yoki bir semestr davomida boshqa a’zo davlatlar hududidagi universitetlarda o‘zaro almashlash bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish edi. Yevropa ittifoqi bunday xalqaro talabalar almashinuvi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va dasturning tizimli ijrosi uchun katta miqdorda grantlar ajratadi. Erasmus dasturi natijasi o‘laroq Yevropa universitetlarining ko‘pchiligi unda qatnashish maqsadida o‘zlarida Erasmus ofislarini ocha boshlaydi. Lekin Erasmus dasturi tashkilotchilari tez orada dastur muvaffaqiyati uchun bir katta muammoni hal etishlari kerakligini tushunib yetishadi. Dastur muvaffaqiyati uchun eng muhim shartlardan biri bu talabalar xorijda o‘rgangan fanlari o‘z universitetiga qaytgandan so‘ng tegishli ta’lim darajasini qo‘lga kiritishlari uchun tan olinishiga erishish edi. Lekin amalda a’zo davlatlar universitetlari o‘quv dasturlarini vaqt, yuklama va mohiyat nuqtai nazaridan qiyoslash mexanizmi mavjud emas edi. Bu muammoning yechimi sifatida Erasmus dasturi 1989 yilda Amerika kredit tizimi va Niderlandiya oliy ta’lim tizimiga asoslangan holda yangi kredit-modul tizimi qoidalarini ishlab chiqadi va uni European Credit Transfer System (ECTS) deb nomlaydi. Ushbu qoidalar o‘zida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlarining o‘quv dasturlari, ularda taklif etiladigan fanlarni qiyoslash va talabalar almashlash dasturlari doirasida horij universitetlarida olgan fanlarini o‘z universitetlarida tan olinishi tamoyillarini qamrab olgan edi. ECTS kredit-modul tizimi qoidalarini joriy etish natijasida Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvi rivojlana boshlaydi. Dasturida qatnashuvchi universitetlar o‘quv dasturlari xalqaro darajada e’tirofga ega bo‘la boshlaydi. 1999 yilga kelib Yevropada Bolonya protsessi deb atalgan Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish xalqaro forumi ish boshlaydi. Forumning maqsadi Yevropa davlatlarida oliy ta’lim standartlari va sifatini uyg‘unlashtirishga qaratilgan edi. Bolonya protsessida Evropa davlatlari endilikda ECTSni o‘zlarining oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning asosiy usuli sifatida targ‘ib qilishga kelishib olishadi. Buning natijasida ECTS endilikda nafaqat talabalar xalqaro almashinuvi maqsadida balki, Yevropa mamlakatlari doirasida universitetlarda ta’limni tashkil qilish usuli sifatida keng tarqala boshlaydi. Hozirda ECTS kredit-modul tizimi Yevropaning 48 davlati oliy ta’lim muassasalari tomonidan turli darajada ta’limni boshqarish usuli sifatida foydalanib kelinmoqda. Bolonya protsessi a’zo davlatlari orasida Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Azarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston ham teng huquqli a’zosi sifatida qatnashib kelmoqda va ECTS kredit-modul tizimini o‘zlarining OTMlarida joriy etish bo‘yicha harakatlarni olib borishmoqda.

Download 107,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish