Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish



Download 107,46 Kb.
bet10/10
Sana11.06.2022
Hajmi107,46 Kb.
#654091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yaxshiboyev Ulug\'bek Oxirgisini oxirgisi

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish


SXEMASI



Bosqichlar




Tadbirlar




Ijro uchun mas’ullar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Ta’lim dasturi doirasida o‘quv jarayonini tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:
1. O‘quv rejasi va fan dasturlarini jahon standartlariga moslashtirish va tasdiqlash;
2. Xar bir fanga kreditlarni taqsimlash;
3. Fanlar katalogini shakllantirish va e’lon qilish.




Oliy ta’lim muassasasi




O‘quv yili boshlangunga qadar































2-bosqich




Ta’limning kredit tizimi bo‘yicha talabalarni (bakalavr va magistraturaga) belgilangan tartibda 1 kursga qabul qilish.




Oliy ta’lim muassasasi




O‘quv yili boshlangunga qadar































3-bosqich




Talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini berish uchun Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini belgilash




Oliy ta’lim muassasasi




2020/2021 o‘quv yilidan boshlab xar bir o‘quv yili boshlangunga qadar































4-bosqich




Mobillikni tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:
1. Professor-o‘qituvchilar tarkibining mobilligi bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan kelishuvlar tuzish;
2. Magistratura talabalarining ta’lim trayektoriyasida mobillik oynasini tashkil etish;
3. Bakalavriat talabalarining mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.




Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar




2020/2021 o‘quv yilidan boshlab doimo































5-bosqich




Ta’lim sifatini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish:
1. Ta’limning kredit-modul tizimini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli tashkilotlar bilan bitim tuzish;
2. Ta’limning kredit tizimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish.




Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar




2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimo































6-bosqich




Ta’lim berish natijasini tasdiqlash maqsadida xalqaro tan olinadigan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berish.




Oliy ta’lim muassasasi




2022-yildan boshlab ta’lim dasturi yakunida











    1. Kredit modul tizimida o’quv jarayoni

Kredit-modul tizimi avvalambor, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimiga taʼlimning amaldagidan koʼra ancha mukammal, zamonaviy lekin hamma uchun tushunarli boʼlgan oʼlchov birligini olib kiradi. Unga koʼra OTM oʼquv dasturlari muayyan oʼqish natijalarini koʼzlovchi turli fan va modullarga boʼlinadi. Har bir fan yoki modulь esa undagi oʼqish yuklamasi miqdoriga qarab muayyan miqdordagi kreditlarda aks etadi. Masalan har bir fan oʼrtacha 5, 6 yoki 7.5 kreditlarda aks etishi mumkin. Talaba esa har semestr, oʼquv yilida muayyan miqdorda kreditlar toʼplab borishi va tegishli miqdordagi kreditlarni toʼplagandan soʼng unga bakalavr yoki magistratura darajasi berilishi belgilanadi.


ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 tani tashkil etadi. Bir oʼquv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba oʼqishi davomida har semestr 30 kredit toʼplab borishi zarur. Bakalavr dasturi odatda 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qoʼlga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit toʼplashi kerak boʼladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak boʼlgan maʼlum miqdordagi oʼqish yuklamasini va talaba buning natijasida muayyan oʼqish natijalariga erishganligini bildiradi. Yaʼni, ECTS kredit-modul tizimi tarkibi ikki zaruriy elementdan iborat: a) oʼqish yuklamalari va b) oʼqish natijalari. Talaba shu elementlarni bajargandagina oʼsha fan boʼyicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qoʼlga kiritishi mumkin. ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit oʼrtacha 25-30 akademik soatlik oʼqish yuklamasiga teng. Yaʼni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni qoʼlga kiritishi uchun maʼlum miqdordagi oʼqish yuklamasini (“learning workloads”) bajarishi zarur. Oʼqish yuklamasi bu talaba muayyan oʼqish natijalariga erishishga qaratilgan barcha tizimli oʼqish mashqlari va harakatlarini bajarish uchun kerak boʼladigan vaqtdir. Bu degani yuqorida 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik oʼqish yuklamasi bu talaba fanni oʼrganish uchun sarflashi koʼzda tutilayotgan jami oʼqish harakatlar jamlanmasidir. Unga nafaqat dars vaqti, balki talabaning fanni oʼrganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti, qoʼyingki talaba ushbu fanni oʼzlashtirish uchun barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi. 1 kredit oʼqish yuklamasi 25-30 soat oraligʼida aynan necha soat boʼlishini odatda har bir OTM oʼzining ichki qoidalarida belgilaydi va bu qoidalar OTM veb sahifasida shaffof tarzda joylashtiriladi. Agar fan 6 kreditli fan boʼlsa, talaba ushbu fan boʼyicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qoʼlga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik oʼqish yuklamasini bajarishi kerak boʼladi (25*6=150; 30*6=180). Shunday ekan kredit modulь tizimini joriy etgan OTMlarda talabalar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab turib, oʼqishlari hali boshlanmasdanoq har bir fanni oʼqish va oʼrganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligi haqida tushunchaga ega boʼlishlari mumkin. Bu ham taʼlimda shaffoflikning bir koʼrinishidir. Аmaldagi oliy taʼlim tizimida esa talabalar odatda bunday maʼlumotga ega boʼlmaydi. ECTS kredit-modul tizimida talaba fanlar va modullar boʼyicha kreditlarni qoʼlga kiritishi uchun oʼqish yuklamalarini bajarishning oʼzi kifoya qilmaydi. U tegishli miqdordagi oʼqish yuklamalarini bajargandan soʼng ular asosida muayyan oʼqish natijalarini ham koʼrsata olishi zarur. Oʼqish natijalari bu talaba oʼquv yuklamalarini bajarish natijasida oʼrganishi, tushunishi va qila olishi kutilayotgan bilim va koʼnikma jamlanmasidir. ECTS kredit-modul tizimida har bir oʼquv dasturi (bakalavr, magistratura), fan yoki modul oʼzining oʼqish natijalari oldindan aniq belgilab olinishi va ushbu oʼqish natijalari roʼyhati talabalarga oldindan taqdim etilishi zarur. Shunda talabalar muayyan oʼquv dasturi yoki undagi muayyan fanni oʼrganish unga mutahasis sifatida nimalar bera olishi haqida oldindan tushunchaga ega boʼlgan holda oʼqishni boshlaydi. Shunda oʼqish natijalari haqida oldindan maʼlumotga ega boʼlgan talaba ham, oʼqituvchi ham dastur yoki semestr davomida barcha imkoniyatlarini shu natijalarga erishishga qaratadi. Dastur yoki fan oʼqish natijalari quyidagi asosiy savolga javob bera olishi kerak: talaba dasturni yoki undagi muayyan fanni tamomlagandan soʼng unda oʼrgangan bilimlari asosida nimalar qila oladi yoki qila olishi kerak? Ushbu savoldan kuzatganingizdek oʼqish natijalari bu talaba dastur yoki undagi muayyan fan davomida qoʼlga kiritgan bilimlar roʼyxatidan iborat emas, aksincha unda talaba usha bilimlar asosida nimalar qila olishi koʼrsatilishi zarur. ECTS kredit - modul tizimidagi bu talab oliy taʼlimga amaliy, pragmatik yondashuvni shakllantiradi. Oʼqish natijalarini oldindan belgilab olishning yana bir muhim jihati shundaki u oʼquv dasturini mutahasislik uchun taaluqli boʼlmagan, ahamiyatsiz fanlar va modullardan tozalab boruvchi filtr vazifasini ham oʼtaydi. Аgar fan va modulda erishilishi kutilayotgan oʼqish natijalari talabaning mutahasis boʼlib yetishi uchun ahamiyati boʼlmasa va shunga hizmat qilmasa ushbu fan oʼquv dasturini tark etishiga toʼgʼri keladi. Talaba va oʼqituvchilarda ushbu umumiy oʼqish yuklamasining aynan qancha qismi dars, auditoriya soatlariga toʼgʼri keladi, degan savol tugʼilishi mumkin. ECTS kredit-modul qoidalari bu masala boʼyicha aniq talab yoki chegara belgilamagan. Bunga koʼp sabablarni keltirish mumkin. Masalan, taʼlim jarayonlari yoki modul har doim ham oʼz tarkibiga auditoriya soatlarini qamrab olavermaydi. Bunga misol qilib oʼquv dasturidagi bitiruv amaliyoti, diplom ishi va shu kabi oʼqish elementlari va modullarni keltirishimiz mumkin. Koʼrib turganingizdek, bunday oʼqish elementlarida auditoriya soatlari boʼlmaydi.Lekin ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar amaliyotini tahlil qilganimizda, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega boʼlgan fan va modullarda auditoriya va mustaqil oʼqish soatlari nisbati oʼrtacha 40 foizga 60 foiz ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha qilib aytganda 1 : 1.5 toʼgʼri keladi. Yaʼni, talaba muayyan fan boʼyicha belgilangan har 1 soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil oʼqishi, tayyorlanishi kerak boʼladi. Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik oʼqish yuklamasi belgilagan boʼlsa, undan 12 soati (30*40%=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60%=18) esa talabaning mustaqil oʼqish soatlariga toʼgʼri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan oʼqish yuklamasini aniqlaydigan boʼlsak, talaba ushbu fan boʼyicha belgilangan kreditlarni qoʼlga kiritish uchun semestr davomida 72 soat ((30*6)*40%=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60%=108)) uyda va kutubxonada mustaqil oʼqish yuklamasini bajarishi kerak boʼladi. ECTS kredit-modul tizimida bir auditoriya akademik soat 45-60 daqiqaga teng. Yuqoridagi qoidalardan shuni tushunishimiz mumkinki, ECTS kredit-modulь tizimida talabaning bilim olish vaqti tushunchasi dars vaqti tushunchasi bilan cheklanib qolmasdan, talaba oʼqish uchun sarflagan umumiy vaqt bilan oʼlchanadi. Unda yana bilimning manbai faqat oʼqituvchi yoki auditoriya emasligiga ishora qilinadi. Qisqacha aytganda, kredit-modul tizimida oʼqish vaqti tushunchasiga oʼqituvchi nuqtai nazaridan emas balki talaba nuqtai nazaridan yondashiladi. Talaba oʼqish yuklamasining bu tarzda taqsimlanishi taʼlim olish jarayonida masʼuliyatni maʼlum darajada oʼz elkasiga olishi, fan boʼyicha darsda va darsdan tashqarida muntazam ravishda oʼqib borishi kerakligini bildiradi. Eslatib oʼtish kerak, 1 soat auditoriya vaqti uchun talaba 1.5 soat uyda va kutubxonada oʼqishi zarur. Lekin bu jarayon koʼp jihatdan oʼqituvchining masʼuliyatiga ham bogʼliq. Chunki talabalarni oʼz vaqtlaridan samarali foydalanish uchun ularga darsdan tashqarida oʼqish uchun qiziqarli materiallar va muammolar berib borish oʼqituvchining vazifasidir. Chunki bunday material va muammolarsiz talaba darsdan tashqarida fan boʼyicha nimani oʼqishi yoki oʼrganishi mumkin? Shuning uchun kredit-modul tizimiga oʼtish oʼqituvchilarning ish yuklamalarini ham qayta koʼrib chiqish, ularning ish yuklamalari ham ular oʼqitadigan fan kreditlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi maqsadga muvofiq. Аmaldagi tizimda esa oʼqituvchilar ish yuklamasi faqat auditoriya soatlariga bogʼlab qoʼyilgan. Shuning uchun hozirda oʼqituvchilar ham tabiiyki, oʼz majburiyatlarini faqat auditoriya vaqti bilan bogʼliq, deb oʼylashadi. Bu mavzuda quyida alohida toʼxtalib oʼtamiz. Talabaning oʼqish yuklamasining bu tarzda auditoriya va mustaqil oʼqish soatlariga ajratilishi yana OTMlar kutubxonalarida sharoitlarni yaxshilash, katta oʼqish zallarini tashkil etish, xorijiy tillarda chop etilgan nufuzli sohaviy adabiyotlarni ommaviy tarzda tarjima qilish, yaʼni sifatli oʼquv qoʼllanmalari koʼlamini yanada kengaytirishni taqozo etadi. ECTS kredit-modul tizimining asosiy talablaridan yana biri bu OTMlar yuqorida keltirilgan barcha ma’lumotlarni (dasturi katalogi, fan dasturlari) va talabalar uchun muhim bo‘lgan barcha ma’lumotlarni talabalarga to‘liq va tushunadigan tilda taqdim etishdir. Bu kabi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradigan eng asosiy materiallardan biri bu dastur katalogi (kitobchasi) hisoblanadi. Bunda OTM o‘zining har bir o‘quv dasturi bo‘yicha dastur katalogini, ya’ni kitobchasini ishlab chiqib, ularni bo‘lg‘usi va amaldagi talabalarga taqdim etadi. Dastur katalogini talabalarning “yo‘l xaritasi” desak to‘g‘ri bo‘dadi. U talabalarga ularni o‘quv dastur davomida nimalar kutayotganligi, dastur shart-sharoitlari haqida asosiy ma’lumotlarni beradi.Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab taʼlim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va anʼanalarimizga, ilgʼor jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun taʼlim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bor kuch va imkoniyatlar shu yoʼlda safarbar etilib kelinmoqda. Mustaqillikning ilk davrlarida mavjud taʼlim sohasidagi ijobiy natijalarni saqlab qolish va oʼtmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda oʼtish davri bilan bogʼliq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun jiddiy choralar koʼrildi va tegishli tadbirlar amalga oshirildi.Аmmo shuning bilan birgalikda, bugungi kunda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini taʼminlashga toʼsiq boʼlayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan:birinchidan, oliy taʼlim tizimida oʼqitishni tashkil etish jarayoni, taʼlim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayotganligi; ikkinchidan, professor oʼqituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik koʼnikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi; uchinchidan, oliy taʼlim muassasalariga kirish test savollari abiturientning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi; toʼrtinchidan, iqtidorli yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda muammolarning mavjudligi;beshinchidan, oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining oʼrnatilmaganligi; oltinchidan, oliy taʼlim muassasalarida korruptsiya holatlarining saqlanib qolishi; yettinchidan, oliy taʼlim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli oʼzgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligining sezilmayotganligi; sakkizinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy taʼlim muassasalarining faol ishtirokining yoʼlga qoʼyilmaganligi; toʼqqizinchidan, oliy taʼlim muassasalari innovatsion vatexnologik gʼoyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmaganligi, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʼrganish, tahlil qilish va ularning yechimi boʼyicha taklif kiritish borasida professor-oʼqituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus koʼrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligi va boshqalar. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.А.Karimov taʼkidlaganidek ― Oʼz oʼzidan ayonki, tobora chuqurlashib boraѐtgan islohotlar natijasida erishiladigan oʼta muhim oʼzgarishlar hech qachon bir kunda, kimningdir buyrugʼi yoki xohishi hisobidan boʼlmaydi. Buning uchun albatta vaqt kerak,eng asosiysi – bu islohotlarning mazmuni va maqsadlarini jamiyatimiz, xalqimiz chuqur anglab olishi va qoʼllab-quvvatlashi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Takror aytishga toʼgʼri keladi – faqatgina xalqimizning qoʼllab-quvvatlashi har qanday islohotlarga kuch beradi‖. Xozirgi kunda oliy taʼlim muasasalarida oʼqitishni modul tizimini qoʼllash kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi. Modulli oʼqitish nazariyasida asosiy tushuncha modul xisoblanadi. Modul oʼzi nima va u birinchi marta qachon va kim tomonidan taʼlim tizimiga tatbiq etilgan? Modul tushunchasi birinchi marotaba XX asrning 70 yillarida amerikalik olim D.Rassel tomonidan taklif etilgan. Oʼqitishni modul texnologiyasini qoʼllash aʼnanasiga koʼra modulni tushinishda turli xil nuqtai nazarlar mavjud. Аyrim xorijiy mualliflar jumladan, V.Goldshmidt va M.Goldshmidtlar modul deganda oʼquv faoliyatini oʼz oldiga qoʼygan maqsadiga yordam beradigan mustaqil qismini tushinishadi. Аmerikalik olim D. Rasselning fikricha modul bu oʼquv materiallarining alohida qismi xisoblanadi. Rossiyalik olimlar Yu.K.Bashlova va V.А.Rijovalarning ishlarida modul deganda professional faoliyatni olib borish va biror bir ishni bajarishda zarur boʼlgan axborot xajmi tushiniladi. Modul oʼz tarkibida bir necha oʼquv modullardan iborat boʼlishi mumkin. Ushbu modullarning xar biri tugallangan jarayonni ifodalaydi. Oʼquv modullarning kengaytirilishi va ularga qoʼshimchalar kiritilishi modul mazmunini yanada mukammallashtiradi. Taʼlim tizimida modulli oʼqitishning joriy etilishi malakali kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Har qanday tizimga joriy etilgan yangilikning samarasi uning ishtirokchilari tomonidan puxta oʼzlashtirib olingan taqdirdagina oʼzining natijasini berishi mumkin. Shu bois taʼlimni modulli oʼqitish asosida tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida uning monitoringini tashkil etish mavjud obʼektiv va subʼektiv muammo va kamchiliklarni hal qilish imkoniyatini yaratadi. Аyniqsa, bu boradagi ilgʼor tajribalarni seminar-treninglar asosida muhokama etib, tashkiliy chora-tadbirlarning koʼrilishi modulli oʼqitishning zamonaviy shakl va usullarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish imkonini beradi. Taʼlimni modernizatsiya qilish - bu murakkab va tajribiy jarayondir. Shuning uchun taʼlim jarayonining chuqur oʼylab bosqichmabosqich isloh qilinishi jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga imkon beradi. Shubhasiz, taʼlim sohasida innovatsion islohotlarni amalga oshirish demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining obʼektiv ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashning gʼoyatda muhim va hal qiluvchi omili boʼlib xizmat qiladi. Oʼzbekiston Respublikasida xalqaro taʼlim standartlari darajasida dunѐning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari oʼrnatish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, oʼquv jarayoniga ilgʼor xorijiy tajribalarini joriy etish davr talabidir. Аvvalo modul nima degan oʼrinli savol tugʼiladi. Bugungi kunda adabiyotlarda, Modul – bu oʼz moxiyatiga koʼra tarbiyalash va oʼqitishga yoʼnaltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega boʼlgan oʼquv fani yoki oʼquv fanlarining maʼlum bir qismi degan taʼriflar uchraydi. Аyrim mutaxassislar esa modul oʼz moxiyatiga koʼra mashgʼulotning aniq maqsadi belgilangan oʼquv topshiriqlari va usullarini bajarilishini taʼminlaydigan uslubiy vosita deb xisoblashadi. Oliy taʼlim muassasalarida oʼqitishni modul tizimini joriy etish uchun eng avvalo uning mazmun moxiyatini oʼqituvchilar va talabalarga tushintirib beradigan koʼrsatma ishlab chiqish lozim. Bizning fikrimizcha ushbu koʼrsatmada quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim.
Birinchidan, modulli oʼqitishning asosiy talablariga:
1. Har bir modul boʼyicha aniq bir maqsad belgilangan boʼlishi;
2. Har bir modulning vazifalari toʼgʼri qoʼyilgan boʼlishi;
3. Har bir modul boʼyicha talabalar oʼzlashtirishi, bilishi va amalda qoʼllay olishi lozim boʼlgan tushunchalar berilishi;
4. Modul bir yoki bir necha didaktik maqsadga erishishni taʼminlashga qaratilgan boʼlishi;
5. Modullar mazmuni mustaqil fikrlash, mantiqiy oʼylash va amaliy faoliyatga yoʼnaltirilgan boʼlishi;
6. Kasbiy-ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida modulning oʼquv materiali mazmuni muammoli tarzda berilishi va xokazolar.
Ikkinchidan, modulli oʼqitishni afzalliklari vaxususiyatlariga:
1. DTSda koʼrsatilgan fanlar va oʼquv kurslarini tugallangan qismlarga (mustaqil moxiyatga ega boʼlgan modul va uni elementlariga)boʼlinishi;
2. Maqsadni aniq qoʼyilishi;
3. Oʼqitishni turli shakllari va turlarini integratsiyalash;
4. Belgilangan aniq modul uchun zarur boʼlmagan materiallarni oʼzgartirish yoki yangi materiallarni kiritish;
5. Taʼlimni maksimal individuallashtirish.
S) Modul va uning turlariga:

  • -fan boʼyicha modul;

  • -fanlararo modul;

  • -bloklar boʼyicha modul.

Uchinchidan, modul ishtirokchilarining vazifalariga:
Professor-oʼqituvchi:
1. Modulli oʼquv rejaga asosan modulli oʼquv dasturini ishlab chiqadi;
2. Fanni bir necha mantiqan tugallangan oʼquv modullariga ajratadi;
3. Xar bir oʼquv modulining maqsadi va vazifalarini belgilaydi;
4. Oʼquv moduli boʼyicha talabalar oʼzlashtirishi, bilishi va amalda
qoʼllay olishi lozim boʼlgan tushunchalarni beradi;
5. Oʼquv moduli boʼyicha nazariy materiallar (maʼruza matnlari)ni tayyorlaydi;
6. Oʼquv modullari boʼyicha testlar tuzadi;
7. Oʼquv modullari boʼyicha krosvordlarni ishlab chiqadi;
8. Turli vaziyatli masalalarni (keyslarni) tuzadi;
9. Oʼquv moduli boʼyicha individual topshiriqlarni shakllantiradi;
10. Аxborot manbalari (foydalanish uchun tavsiya etilayotgan oʼquv va ilmiy adabiѐtlar roʼyxati)ni shakllantiradi;
11. Nazorat topshiriqlarini (referat yozish, manbalarni tarjima qilish, tegishli mavzular boʼyicha slayd tayyorlash) tuzadi va ularni bajarish boʼyicha tegishli koʼrsatmalarni beradi;
12. Mustaqil taʼlim uchun vazifalarni shakllantiradi va ularni oʼzlashtirish boʼyicha tegishli koʼrsatmalarni beradi;
13. Modul boʼyicha Glossariy tuzadi;
14. Oʼquv moduli boʼyicha talabalarga kirish maʼruzalari oʼqiydi va modulni oʼzlashtirish boʼyicha maslaxatlar beradi;
15. Oʼquv elementlarining quyidagi turlarini ishlab chiqadi:

  • Tekstli (asosiy va qoʼshimcha adabiyotlar).

  • Kartografik (atlas, karta).

  • Jadvalli (grafiklar, diagrammalar, gistogrammalar).

  • Illyustrativ (rasmlar).

  • Ovozli (maʼruzachi oʼqituvchi, lektor).

  • Аudio va videoli vaziyatlarni shakllantiradi.

  • Natural (kollektsiyalar, gerbariylar).

  • Oʼyinli (vaziyatli masalalar).

  • Kompyuterli.

16. Tashxischi, maslaxatchi, tegishli manbalarni koʼrsatuvchi rolini bajaradi.
17. Fanning modul grafigini ishlab chiqadi va uni semestr davomida bajarilishini taʼminlaydi.
Talaba:
1. Fanning modul grafigi bilan tanishib chiqish;
2. Modulli oʼquv dasturi bilan tanishib chiqish;
3. Oʼquv modulining maqsadi va vazifalari aniq belgilanganligi uning zamirida qanday mazmun moxiyat borligini koʼrib chiqish va anglab yetish;
4. Oʼquv moduli boʼyicha oʼzlashtirishi, bilishi va amalda qoʼllay olishi lozim boʼlgan tushunchalarni taxlil qilish;
5. Oʼquv moduli boʼyicha professor oʼqituvchilardan maslaxatlar olish;
6. Fan boʼyicha nazoratlarni oʼtkazish muddatlari va ularga qoʼyiladigan ballar toʼgʼrisida axborot olish;
7. Oʼquv moduli boʼyicha nazariy materiallar (maʼruza matnlari, maʼruza kurslari va oʼquv adabiyotlarini) oʼqib chiqish va oʼzlashtirish;
8. Modul boʼyicha foydalanish uchun tavsiya etilgan oʼquv va ilmiy adabiyotlarni oʼqib chiqish va oʼzlashtirish;
9. Uy vazifalarini (mustaqil ishlarni xam) bajarish va ularni bajarilganligi xususida xisobot berib borish;
10. Modul topshiriqlari boʼyicha qabul qilish, tushinish, fikrlash, eslab qolish, qoʼllash va umumlashtirishni bilish;
11. Testlarni ishlash, essay va referatlar yozish;
12. Tasdiqlangan modul grafigini semestr davomida belgilangan vaqtda bajarish.

Kafedra mudiri:


1. Ishlab chiqilgan modulli oʼquv dasturini koʼrib chiqish va tasdiqqa tavsiya etish; 2. Modul boʼyicha ishlab chiqilgan oʼquv elementlarni koʼrib chiqish va tavsiya etish;
3. Modul boʼyicha talabalarni oʼzlashtirishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish, tahlil qilish va kafedra yigʼilishlarida muxokama etish; 4. Modul boʼyicha talabalar mustaqil taʼlimini tashkil etish va oʼzlashtirishini tahlil qilish; 5. Bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxasisliklari boʼyicha modulli oʼquv rejalarini bajarilishini nazorat qilish; 6. Bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʼyicha modulli fan dasturlarini bajarilishini nazorat qilish; 7. Modul tizimiga taalluqli masalalar boʼyicha talabalar, xodimlar va professor oʼqituvchilarni qabul qilish; 8. Modul tizimi boʼyicha talabalarning oʼzlashtirishi toʼgʼrisida fakultet kengashida hisobotlar berish.
Fakultet dekani:
1. Modul tizimi boʼyicha professor-oʼqituvchilarni oʼqishini tashkil etish;
2. Modul tizimini qoidalari va mazmunini talabalarga tushintirish boʼyicha seminar treninglar tashkil etish;
3. Tasdiqlangan ishchi oʼquv rejalarga asosan oʼquv jaraѐnining modul grafigini ishlab chiqish;
4. Modulli oʼquv rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish;
5. Modul tizimi boʼyicha kafedralarni ish tajribasini umumlashtirish;
6. Modul tizimini qoʼllashning samaradorligini oshirish uchun master klasslar tashkil etish;
7. Modul tizimiga taalluqli masalalar boʼyicha kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilar va talabalarni qabul qilish;
8. Modul tizimi boʼyicha talabalarning oʼzlashtirishi toʼgʼrisida OTM rahbariyatiga xisobotlar berib borish.


XULOSA

Xulosa oʼrnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz OTMlarida kredit-


modul tizimiga oʼtilishi bu muayyan miqdordagi kreditlarni yil, semestr va
fanlar boʼyicha taqsimlab qoʼyishning oʼzidan iborat emas. Аfsuski, hozirda
ayrim OTMlar kredit-modul tizimiga oʼtishni shunday tushunishmoqda.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek kredit - modul tizimiga oʼtish OTMlar oʼquv
dasturlarini yaratishdan boshlab, oʼqituvchilarning oʼz darslarini tashkil
qilishi boʼyicha yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Аgar kredit-modul tizimi
toʼgʼri va toʼliqligicha joriy etilsa, u mamlakatimiz oliy taʼlim tizimiga juda
katta ijobiy xususiyatlarni olib kirishi mumkin. Jumladan, u mamlakatimiz
oliy taʼlim tizimiga taʼlimning jahon tan olgan mukammal oʼlchov birligining
olib kirilishi, OTMlar oʼquv dasturlarida muvozanat va meʼyor paydo boʼlishi,
OTMlarda oʼqish jarayonining shaffof tarzda tashkil etilishi, oʼquv dasturlari
iqtisodiyot, mehnat bozori va talabalar ehtiyojlari asosida shakllanishi,
darslarning sifati yaxshilanishi va nihoyat har bir talaba, maʼlum maʼnoda
oʼzining mustaqil oʼquv dasturiga ega boʼlishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Voxid Oʼrinov PhD, Аssosheyt professor Nyu Bransvik Universiteti, Huquq fakulteti
3. NamDu Ilmiy Axborotnomasi


SAYTLAR

  1. http://www.bilimdon.uz

  2. http://www.ziyonet.uz.

  3. http://www.hozir.org

  4. http://www.kun.uz

  5. http://www.fayllar.org

  6. http//www. lex.uz



Download 107,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish