Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

ehtiyojlar 
motivlar 
Xulq-atvor 
maqsad 
1.to`liq qondirilidhi
2. qisman qondirilidhi
рилиш
3.Қониқмаслик



TDPU ILMIY AXBOROTLARI
PEDAGOGIKA 
2019/3(20)
toʼgʼri oʼsadi. Motivatsiya – shaxsning oʼzagi hisoblanib, uning barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
(yoʼnalganlik, qadriyatlarga yoʼnalganlik, ustanovkalar, oʼzini oʼzi anglash, talab darajasi, emotsiyalar, 
irodaviy sifatlar va h.k.) mana shu oʼzak atrofida shakllanadi, rivojlanadi. Demak, shaxs “oʼzagini” toʼgʼrilasa, 
uning keyingi hayoti ham ijobiy kechadi. 
Tabiiyki, motivatsiya maʼlum tuzilishga ega. Uning tuzilishini tadqiq qilgan olimlardan biri B.I.Dodonov 
motivatsiyaning toʼrtta komponentini ajratib koʼrsatadi: 1) faoliyatning oʼzidan qoniqish; 2) uning bevosita 
natijasining shaxs uchun ahamiyatliligi; 3) faoliyat uchun taqdirlanishning emotsional kuchi; 4) shaxsga 
koʼrsatilgan bosim.
1
Motivatsiyani maʼlum tamoyillar boʼyicha tabaqalashtirish mumkin. Shunday tamoyillardan biri 
“kuchli-kuchsiz” tamoyilidir, yaʼni motivatsiya kuchi jihatdan kuchli va kuchsiz motivatsiyalarga ajratiladi. 
Bunga York-Dodsonning klassik qonuni misol boʼla oladi: har qanday faoliyat samaradorligi motivatsiya 
kuchiga bogʼliq, yaʼni motivatsiya kuchi qancha yuqori boʼlsa, faoliyat samaradorligi ham shuncha yuqori 
koʼrsatkichga ega. Biroq bu toʼgʼri proportsional aloqa maʼlum chegaragacha saqlanadi: motivatsiyaning 
kuchi ortib borgani sari maʼlum chegaradan boshlab faoliyat samaradorligi pastlay boshlaydi. 
Motivlar nafaqat miqdor jihatidan, balki sifat jihatidan ham farqlanishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, 
motivlar ichki va tashqi motiv¬larga boʼlinadi. Bu oʼrinda gap faoliyat mazmuniga motivning munosabati 
haqida ketayapti. Аgar shaxs uchun faoliyatning oʼzi ahamiyatli boʼlsa (masalan, oʼqish faoliyatida 
ehtiyojlarning qondirilishi), bunda ichki motivatsiya haqida gap ketadi. Аgar boshqa ehtiyojlar ahamiyatli 
boʼlsa (masalan, ijtimoiy jihatdan tan olinish), tashqi motivlar haqida gap ketgan boʼlar edi. 
Motivlar yana bir tamoyilga asoslanib ijobiy va salbiy motivlarga boʼlinadi. Masalan, tashqi 
motivlarning oʼzi ijobiy (muvaffaqiyatga intilish motivlari) va salbiy (chetlangan motivlar) koʼrinishlarga ega. 
Bir soʼz bilan aytganda, motivlarning turlari koʼp va ularni oʼrganishda har biriga alohida yondashmoq lozim. 
Oʼquvchilarning oʼquv faoliyatlari taʼlim jarayonining oʼzagini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, oʼquv faoliyati motivatsiyasini oʼrganish, unga ijobiy taʼsir koʼrsatish taʼlim samaradorligini 
oshiradi. Oʼquv faoliyati motivatsiyasi, soʼzsiz, oʼquv motivlari bilan chambarchas bogʼliq. 
Oʼquv motivlari deganda, oʼquvchilarni oʼqishga undovchi va uning oʼquv faoliyatini boshqaruvchi 
psixologik tuzilma anglashiladi. Аynan shu psixologik tuzilma oʼquv jarayonining sifatini, samaradorligini 
aniqlaydi. Darhaqiqat, imtihondan yaxshi baho olish uchun oʼqish bilan dunyoqarashini, hayotga boʼlgan 
munosabatini shakllantirish uchun bilim olish oʼrtasida sezilarli farq bor. S.L.Rubinshteyn oʼquv motivlari 
haqida shunday fikrni ilgari suradi: “Oʼquvchi oʼz ishiga haqiqiy yondashishi uchun oʼquv faoliyati jarayonida 
uning oldiga qoʼyilgan vazifalar u tomonidan nafaqat tushunilishi, balki ruhan qabul qilinishi ham lozim, 
yaʼni oʼquvchi uchun ahamiyat kasb etmogʼi darkor
2
”. 
Oʼquv motivlarining har xilligi taʼlim jarayonining ham xususiyatini oʼzgartirib yuboradi. G.Rozenfelьd 
oʼquv motivlariga qarab, taʼlimni bir qancha turlarga ajratadi
3
:
1. Taʼlim uchun taʼlim olish, faoliyatdan qoniqmasdan yoki oʼtilayotgan fanga qiziqishsiz taʼlim olish.
2. Shaxsiy qiziqishlarsiz va foydalarsiz taʼlim olish.
3. Ijtimoiy identifikatsiya uchun taʼlim olish.
4. Muvaffaqiyat uchun yoki muvaffaqiyatsizlikdan qoʼrqib taʼlim olish.
5. Majburlash orqali taʼlim olish.
6. Maʼlum tushunchalar va axloqiy majburiyatlar yoki umumijtimoiy normalar taʼsirida taʼlim olish.
7. Turmushda maʼlum maqsadga erishish uchun taʼlim olish.
8. Ijtimoiy maqsadlar, talablar va qadriyatlarga tayangan holda taʼlim olish.
Demak, oʼquv faoliyati motivatsiyasini tarkib toptirish, kuchaytirish uchun bolada, avvalo, mazkur
faoliyatga nisbatan ehtiyojni paydo qilish zarur ekan. Bunday ehtiyoj esa, oʼz-oʼzidan vujudga kelib 
qolmaydi. Ushbu vaziyat anʼanaviy taʼlim jarayoniga sezilarli darajadagi oʼzgartirishlarni kiritishni taʼlab 
qiladi. Buning uchun konkret yangiliklar darkor. Biroq koʼzga koʼringan texnologiyalardan koʼr-koʼrona 
1
Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб.: Питер, 2000. – 512-b. 
2
Ильин Е.П. Мотивация и мотивы. – СПб.: Питер, 2000. – 10-b. 
3
Ҳайдаров Ф.И. Ўқув фаолияти мотивацияси. – Т.: Фан, 2005.- 122-b. 



TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
foydalanish yaramaydi. Kiritilayotgan innovatsiyalarning yoʼnalganligi katta ahamiyat kasb etadi. Аynan 
shuning uchun ham ushbu oʼzgartirishlar mohiyati quyidagi tamoyillarga muvofiq boʼlishi joiz: 
1. Taʼlim mazmunini psixologizatsiyalash. Taʼlim oʼzida inson xususidagi barcha bilimlarni qamrab 
olgan boʼlishi kerak: inson taraqqiyoti, qobiliyatlari, motivatsiyasi. Irodasi, oʼziga bergan bahosi. Taʼlim 
dargohi ushbu masalalar boʼyicha oʼquvchilarga nafaqat maʼlumot berishi, balki oʼzidagi irodani 
kuchaytirish, oʼziga bergan bahosini oshirish, oʼz qadrini himoya qilish, oʼz xohish va emotsiyalarini 
boshqarish usullarini ham oʼrgatishi shart. Ushbu psixologik bilimlar insonga oʼz taqdirining subʼektiga 
aylanishiga yordam beradi.
2. Taʼlim jarayoni differentsiatsiyasi. Differentsiatsiya nafaqat mazmuniy jihatga, balki bilimlarni 
oʼzlashtirish darajasiga ham taalluqli boʼlishi lozim. Mazmun va talablar differentsiatsiyasi har bir oʼquvchiga 
muayyan muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi. 
3. Oʼquvchilarning mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish. Bolaga u amalga oshirayotgan faoliyat 
subʼekti sifatida munosabatda boʼlish darkor. Shaxsiy masʼuliyat va mustaqillikka intilish – muvaffaqiyatga 
intilish ehtiyoji mavjud inson belgisidir. Oʼquvchilarning mustaqilligi qanchalar koʼp qoʼllab-quvvatlansa, ular 
shunchalik muvaffaqiyatga erishadilar. 
4. Oʼquvchilarni baholashda oʼqituvchida avtoritarizm boʼlmasligi kerak. Bunday holat ularda 
subʼektiv fikrni rivojlantirishga, oʼziga bergan barqaror bahosini shakllantirishga imkon beradi (tashqi 
baholarga tobelikni shakllantirishning oldini olishga, omadsizlikka uchrashdan yoki xato qilib qoʼyishdan 
qoʼrquvning paydo boʼlmasligi uchun). 
5. Oʼquv samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni ragʼbatlantirish. Ijobiy 
motivlari kuchaytirishga qaratilgan metodlardan foydalanish ularda oʼzining kuchiga nisbatan ishonchini 
mustahkamlaydi, muvaffaqiyatga nisbatan ijobiy qarashni shakllantiradi. Pirovardida, u oʼquv faoliyatiga 
undovchi asosiy omillardan biriga aylanadi. Shu bilan birga, u taʼlim olishga undovchi omil sifatidagi 
qoʼrquvni hamda muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi paydo boʼlishining oldini oladi. 
6. Oʼquvchilarda ularning imkoniyatlari darajasidagi, biroq oʼziga yarasha ogʼir faoliyatga jalb etish 
yoʼli bilan irodaviy sifatlarni rivojlantirish. Toʼsiqlarni yengib oʼtolmaslik xohishlarni oʼldiradi. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun oʼquvchi oʼz maqsadi yoʼlida uchraydigan barcha qiyinchiliklarni yengib 
oʼtishga tayyor boʼlishi kerak. Mazkur holat oʼzini yengishdan huzurlanish qobiliyatini tarkib toptiradi. 
Demakki, komil inson boʼlib yetishiga koʼmaklashadi. 
7. Boshqa insonlarga va hamkorlikdagi faoliyatga nisbatan ijobiy qadriyatlarni shakllantirish. Bu oʼta 
muhim, zero, individualizm motivatsiyasi shaxs ichki olamining qashshoqlashuviga olib keladi va insonni 
yolgʼizlatib qoʼyadi. 
8. Oʼquv faoliyati taraqqiyotining oʼquvchi uchun ahamiyat kasb etishini taʼminlash. Zotan, taʼlim 
samaradorligi oʼquvchining mazkur jarayoniga qay darajada jalb etilganligi bilan bogʼliq.
Yuqoridagi har bir taʼlim turining zamirida har xil oʼquv motivlari yotganligini tushunish qiyin emas va 
ularning har birining sifat va samaradorligi ham har xil boʼlishi tabiiy. Demak, oʼquvchilar faoliyatini 
boshqarib turgan oʼquv motivlarini oʼrganish va ularda ijobiy oʼquv motivlarini shakllantirish yoʼllarini ishlab 
chiqish oʼta dolzarb masala ekan. 
Ijodiy tafakkurni, boshqa faoliyat turlari kabi, ijtimoiy kontekstda koʼrish kerak. Bilish jarayonlariga 
bagʼishlangan adabiyotlarda aynan shu fakt eʼtibordan chetda qoladi. Kreativlikni oshiradigan yoki 
pasayishiga olib keladigan tashqi muhit va ijtimoiy omillarni Аmabayl (АQSh) oʼz hamkasblari bilan 
hamkorlikda oʼrganib chiqqan. Ular “maktablardagi vaziyat kreativlikning rivojlanishiga koʼmak bermaydi”, 
degan xulosaga kelishgan. Аxir ijodkor shaxslar oʼz ishini eng sevimli mashgʼulot deb biladilar. Bunday 
shaxslar oʼz maqsadlariga, niyatlariga erishish ishtiyoqida soatlab ishlashdan charchashmaydi ham, 
zerikishmaydi ham. Ijodkor insonlar juda ham zahmatkash boʼlishadi. Bunday motivatsiya ichki motivatsiya 
deb ataladi, zotan u shaxs qalbida uygʼonadi. Buning aksi oʼlaroq maktabda taklif etiladigan motivatsiya 
tashqi motivatsiya deb ataladi. U baholar evaziga tugʼiladi. 
Аmabaylning fikricha, ichki motivatsiyani imkon qadar yuqori darajaga olib chiqadigan muhit 
yaratilsagina, inson ijod bilan shugʼullanar ekan (alohida, tugʼma ishtiyoqqa ega kishilarni hisobga olmasak). 
Ichki motivatsiyani oʼldiradigan oltita vaziyat mavjud: 
1.Mustaqil baholash. 


10 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
2.Nazorat. 
3.Ragʼbat.
4.Musobaqa. 
5.Tanlov cheklanganligi (material, adabiyotlar). 
6.Oʼqishni tanloviga taʼsir etadigan tashqi omillar. 
Koʼplab taʼlim muassasalarida faqatgina tashqi motivatsiya ish beradi, yaʼni oʼquvchilarga baho 
qoʼyiladi. Аlbatta, tanlovni va ijodiy faoliyatni chegaralasa-da, tashqi undovchilardan toʼliq qutulish 
imkoniyati yoʼq. Biroq, taʼlim maskanida tashqi muhitni shunday yaratish kerakki, u ijodiylikni namoyon 
qilishga yordam bersin, tashqi motivatsiyani ichki motivatsiyaga aylantirsin. Kishining ijodiy salohiyatini 
oshirish maqsadida tashqi muhitni uyushtirishdan tashqari, insonda maʼlum bir koʼnikmalar mavjud boʼlishi 
zarurligini ham inobatga olish joiz. Chunki maʼlum bir sohada zaruriy bilim va texnik malakalarga ega 
boʼlmay turib, zoʼr olim, buyuk yozuvchi, iqtidorli rassom boʼlishning iloji yoʼq. Qisqacha qilib aytsak, agarda 
kishi ijodiylik salohiyatini oshirmoqchi boʼlsa, unda maxsus bilimlardan kechishi mumkin emas. 
Tashqi muhit omillari juda muhim. Yaxshi taʼlim koʼp qirrali tafakkur, yangi gʼoyalar, erkin 
assotsiatsiyalar asosi boʼlib xizmat qiladi. Yaratish uchun boshni bilimlar bilan toʼldirish kerak. Kishi oʼzida 
oʼqishga nisbatan his-tuygʼuni shakllantirishi joiz. Ijod – mashaqqatli mehnat samarasi undan qoʼrqmaslik 
uchun esa inson butun kuch-gʼayratini ishga solishi kerak. 
Xullas, ichki motivatsiya kishini ijod qilishga undaydigan, tafakkur rivojini tezlatadigan eng qudratli 
ruhiy quvvat manbaidir.
Shu oʼrinda oʼquv motivlari va oʼquv samaradorligi oʼrtasidagi muhim ilmiy faktga eʼtiborni 
qaratmoqchi edik. Maʼlumki, avvallari oʼquv faoliyati va uning samaradorligi haqida gapirilganda, birinchi 
navbatda, shaxsning intellektual darajasi tilga olinar edi. Shunday boʼlsa-da, keyingi baʼzi psixologik 
tadqiqotlarda oʼquv faoliyatidagi intellektual va motivatsion omillarning oʼrni oʼrganib chiqilib, 
kutilmaganda qiziq ilmiy faktlar aniqlandi. V.А.Yakunin va N.I.Meshkovlar tadqiqotida shu narsa maʼlum 
boʼldiki, “kuchli” va “kuchsiz” oʼquvchilar bir-biridan aqliy darajalariga qarab emas, balki oʼquv faoliyati 
motivatsiyasiga qarab farqlanishar ekan. “Kuchli” oʼquvchilar uchun ichki motivatsiya xarakterli boʼlib 
chiqdi: ularda oʼz kasbini yuksak darajada egallash ehtiyoji borligi, mustahkam kasbiy bilim va amaliy 
koʼnikmalar olishga intilish mavjudligi aniqlandi. “Kuchsiz” oʼquvchilarga kelganda esa, ularning motivlari 
vaziyatga bogʼliq tashqi motivlar ekan: yomon oʼqiganligi uchun jazodan qoʼrqish, stipendiyadan mahrum 
boʼlish va h.k. 
Yuqoridagi va yana bir qancha boshqa tadqiqotlar (masalan, А.А.Rean, 1990) ning natijalari asosida 
quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin: oʼquvchilarda maxsus qobiliyatlar yetarli boʼlmagan hollarda 
yoki ularda bilim, malaka va koʼnikmalar talab qilingan darajada boʼlmasa, ularning oʼrnini yuksak ijobiy 
motivatsiya toʼldira olar ekan. Mazkur kompensatorlik mexanizmi aks yoʼnalishda ish bermaydi. “Boshqacha 
qilib aytganda, qobiliyatlarning har qanday yuksak darajasi ham past oʼquv motivatsiyasi yoxud uning 
yoʼqligining oʼrnini qoplay olmaydi va shuning uchun ham oʼquv faoliyatining samarasini taʼminlay 
olmaydi
1
”. 
Ichki ijobiy oʼquv motivlarining ahamiyatini anglash pedagogik psixologiyada oʼquv jarayonini 
motivatsion taʼminlash tamoyilining ishlab chiqilishiga sabab boʼldi. Olimlar oʼquvchi¬larning oʼquv-mehnat 
faoliyati motivatsiyasini maqsadga muvofiq holda shakllantirish zarurati haqida yoza boshladilar. Biroq 
oʼquv fao¬liyati motivlarini shakllantirishning nihoyatda qiyin masala ekanligini taʼkidlash lozim.
Endi yuqorida taʼkidlangan tamoyillarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan konkret innovatsiyani 
koʼzdan kechirsak. 
Oʼquvchiga boʼlgan munosabatni oʼzgartirish. Oʼquvchining motivlashgan yoki motivlashmaganligi 
darajasini baholash oʼqituvchi tomonidan intuitiv ravishda amalga oshiriladi. Oʼqituvchi oʼquvchining oʼz 
faniga yoki uning oʼziga nisbatan munosabatini yaxshi his qiladi. Odatda oʼqituvchilar ishtiyoqmand
motivatsiyasi kuchli oʼquvchilarni koʼproq yoqtiradilar va, aksincha, loqayd subʼektlarda koʼproq salbiy, 
biroq motivatsiyasiga umuman aloqasi boʼlmagan sifatlarni koʼrishadi. Psixologlar tomonidan 
1
Немов Р.С. Психология: Учеб. для студ. высш. пед. учеб. заведений. - В 3-х кн. – М.: ВЛАДОС, 2003. Кн. 1. Общие основы психологии. – 688-
b.


11 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
motivlashmagan insonlarga xos masʼuliyatsizlik, loqaydlik, parishonxotirlik, begʼamlik kabi motivatsiya 
yetishmasligi oqibatida kelib chiqqan sifatlar bilan birga, unga aloqasi boʼlmagan qoʼpollik, qaysarlik, 
ahmoqlik, omadsizlik singari sifatlarni ham kiritib yuborishlari isbotlangan. Boshqacha qilib aytganda, 
motivatsiyasi kuchli insonlar motivatsiyasi zaifroq kishilardan koʼra ijobiyroq idrok qilinadi. Motivatsiyasi zaif 
insonga nisbatan oldindan belgilangan salbiy munosabat muomalaning nosamimiy uslubini paydo qilib, bu 
hol oʼquvchi ishtiyoqining soʼnishiga olib keladi. Yaʼni yetarlicha ishtiyoqi yoʼq deya taxmin qilingan oʼquvchi 
motivatsiyasi mavjud boʼlmagan tengdoshlari qatoriga kiritib yuboriladi va, aksincha, agar oʼqituvchi 
motivatsiyasi yoʼq taʼlim subʼektiga nisbatan ijobiy munosabatda boʼlsa, u motivatsiyasi kuchlilar qatoridan 
oʼrin olishi mumkin. Psixologlar ushbu metodni “oʼz-oʼzidan roʼyobga chiqadigan bashorat” deb 
yoʼnaltiriladigan quyidagi algoritmdan foydalanish mumkin. 
“Oʼz-oʼzidan roʼyobga chiqadigan bashorat”lar metodi algoritmi. 
1.Siz oʼquv motivatsiyasi yetarlicha shakllanmagandek tuyuladigan oʼquvchingizni yodga oling. 
2.Ushbu oʼquvchi xususida oʼzingiz biladigan barcha maʼlumotlarni unutishga harakat qiling. 
3.Uni qanday koʼrishni istayotganingiz toʼgʼrisida yaxshilab oʼylab koʼring. Ushbu odam toʼgʼrisidagi 
tasavvuringizni tizimga soling (oʼzingiz koʼrishni istagan holat). Uning qanday maqsadlari boʼlishi mumkin? U 
nimaga intiladi? 
4.Uning aniq ideal siymosi koʼz oʼngingizda gavdalanishiga erishing.
5.Siz uni qanday koʼrishni istagan boʼlsangiz, xuddi oʼshanday deb tasavvur qiling. 
6.Endi mazkur odamga biron-bir muammo yuzasidan murojaat etganda, oʼzingizning u xususidagi 
ideal tasavvurlaringizga tayanib ish koʼring. 
7.Sizning bashoratingiz oʼz-oʼzidan amalga oshadi. U sizning ideal tasavvuringizga yaqinlashadi. 
8.Ushbu algoritmdan, dastlab, yangi xulq-atvorni ishlab chiqish va alohida oʼquvchilarga yoki butun 
guruhga nisbatan munosabatni yangilash treningi sifatida foydalaning, keyin esa mazkur yangi xulq-atvorni 
oʼzingiz uchun meʼyorga aylantiring. 
Oʼquvchilarda oʼquv motivlarini shakllantirish uchun pedagog dastavval ularni bilishi, oʼquv jarayonini 
ichki ijobiy motivatsiya paydo qilish yoʼnalishida tashkil etishi zarur. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish