Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

 
 
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING O‘RNI 
Xoliqov A. – Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori 
Annotatsiya. Ushbu maqola bugungi ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan bo‘lib, 
unda zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar, pedagogik mahoratni shakllantirish va rivojlantirish 
usullari yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: o‘qituvchi, pedagogik mahorat, barkamol avlod, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika, 
ta’lim, tarbiya, malakali kadr. 
РОЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ 
 
А. Холиков - профессор Ташкентского государственного педагогического университета, доктор 
педагогических наук 
Аннотация. 
Данная 
статья 
посвящена 
эффективной 
организации 
современного 
образовательного процесса. В ней изложены требования к современному учителю, а также методы 
формирования и развития педагогических навыков. 
Ключевые слова: учитель, педагогические навыки, гармонично развитое поколение, 
педагогические 
способности, 
педагогическая 
техника, 
образование, 
воспитание, 
квалифицированные кадры. 
 
 


12 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
THE ROLE OF THE PEDAGOGICAL SKILLS IN TEACHING ACTIVITY 
A. Kholikov - Professor, Tashkent state pedagogical university, doctor of pedagogical sciences 
Annotation. This article is dedicated to the effective organization of nowadays's educational process, 
which outlines the requirements for a modern teacher, the secrets of pedagogical skills, and the ways in 
which they are formed and developed. 
Key words: teacher, pedagogical skills, harmoniously developed generation, pedagogical skills, 
pedagogical technique, education, upbringing, skilled staff. 
Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun 
sayin rivojlanib borishi XXI asr o‘qituvchisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik 
bilimlarni, o‘z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va 
mulohazali bo‘lishni talab qilmoqda. Ayniqsa, an’anaviy o‘qitishning xorij metodikasi bilan qorishtirilishi 
zamonaviy o‘qituvchi qiyofasini shakllantirishni dolzarb masala darajasiga ko‘tardi. Taʼlim muassasalarida 
faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni 
shakllantirish nazariyasini, turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”ni amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimiz taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar 
muvaffaqiyatini taʼminlash taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarning 
maʼnaviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shaxsni har tomonlama barkamol 
inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardanoq ushbu 
faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Ulardagi tajribalar o‘qitish shakllarida foydalaniladigan 
o‘qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni 
amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo‘lib 
kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha maʼno kasb etishi muqarrar. O‘qituvchi – 
O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur olimlarning davomchisi bo‘lgan yosh 
avlod taʼlim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq 
keluvchi qiyofasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro‘-eʼtibori hozirgi zamon 
talablariga mos bo‘lishi shart. O‘qituvchi barkamol avlod taʼlim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs sifatida 
nafaqat maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik 
mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining 
munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, o‘qituvchi uchun taʼlim-tarbiya samaradorligini taʼminlovchi zamin 
bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning jamiyatdagi obro‘-eʼtiborini ham oshiradi, o‘quvchilarda unga 
nisbatan hurmat yuzaga keladi. O‘z davrlarida Аbu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Saʼdiy Sheroziy, Аbu 
Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbdulla Аvloniy va boshqalar o‘z 
asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan 
sifatlar xususida qimmatli maʼlumotlarni bayon qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini 
anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan o‘qituvchi taʼlim-tarbiya samaradorligi va inson 
kamolotini taʼminlovchi fikrga ham ega bo‘lolmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi 
bolani tushuna olishi, unga insbatan insonparvar munosabatda bo‘lishi, har qanday pedagogik vaziyatni 
to‘g‘ri baholashi, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik 
faoliyatda hamisha ilg‘orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga 
singdirilayotgan ezgu g‘oyalarni hayot bilan bog‘lay olishi lozim. 
Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik mukammallashgan va 
rivojlangan bo‘lmasin, pedagogik amaliyot, taʼlim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati oxir-oqibatda o‘qituvchi 
shaxsiga, uning kasbiy mahoratiga borib taqaladi. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnati 
bilan ulkan natijalarga erishishdir. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik 
mahorat xislatlari shakllanib boradi. Shu nuqtayi nazardan, Respublikamizning birinchi Prezidenti 
I.А.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning maʼlumotini, malakasini oshirishni 
paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, taʼlim-tarbiya tizimini 


13 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab 
qilamiz. Аmmo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi 
kerak”, deya taʼkidlagan.1 Darhaqiqat, har bir yosh pedagog mutaxassisni puxta ilmiy-nazariy bilimlar bilan 
qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash uchun ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirish, buning uchun esa ularga pedagogik mahorat sirlarini o‘rgatish eng muhim masalalardan 
sanaladi. 
Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi “pedagogik mahorat” tushunchasiga turlicha izoh beradi. 
Jumladan, “Pedagogika Ensiklopediya”da pedagogik mahoratli o‘qituvchiga quyidagicha taʼrif berilgan: “O‘z 
kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondosh fan 
sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis.”2 
Ushbu taʼrifning mohiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini 
shunday izohlash mumkin: 
1) madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko‘rsatkichi; 
2) o‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi; 
3) pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganlik, ulardan kasbiy 
faoliyatida foydalana olish; 
4) o‘quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilish. 
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan 
iborat: 
1) pedagogik insonparvarlik yo‘nalishi; 
2) kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish; 
3) pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish; 
4) pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. 
Аna shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy taʼsir 
ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, isteʼdodi, eʼtiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama 
rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Pedagogik mahorat o‘qituvchining 
pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatining ijobiy natijalari mehnat 
malakasini, yaʼni egallagan bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog‘lik qo‘llay olishi bilan 
belgilanadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati samarali bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar tizimini 
bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni 
to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan har xil ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, o‘quvchilarni 
bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. Shu ma’noda, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi 
o‘z o‘quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi hamda 
insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o‘zida tarkib toptirishi lozim. I.P.Rachenko pedagogik mahoratni 
pedagogik sanʼatning bir qismi sifatida taʼriflab, shunday yozadi: “Pedagogik mahorat deganda
o‘qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z 
kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda 
bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi.” Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, quyidagi 
to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosini tashkil etadi: 
• o‘qituvchilik kasbiga sadoqat; 
• o‘z fanining o‘qitish metodikasini mukammal bilish; 
• pedagogik qobiliyatlarni namoyish eta olish; 
• pedagogik texnikani o‘z o‘rnida qo‘llay olish. 
Yana taʼkidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchi shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, 
o‘qituvchi o‘z mahoratini shakllantirishni taʼminlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni 
doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni taʼminlovchi omillar quyidagilar: 
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal 
bilish, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini taʼminlash malakasiga ega bo‘lish; 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlagan nutqi. – T., 29.08.1997. 
2
Safarova R.G‘., Jo‘rayev R.H. Pedagogik ensiklopediya. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015. – 377 bet. 


14 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
b) taʼlim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, 
ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash; 
d) taʼlim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tahlil etish; 
e) o‘quv-tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik-
psixologik, metodik maʼlumotga ega bo‘lish; 
f) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni 
bilish; 
g) jamoani “ko‘ra bilish”, o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularda uchraydigan qiyinchiliklarni 
tushunish va hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ularning fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning 
xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli taʼsir koʼrsatishning shakl, 
usul, vositalaridan xabardor bo‘lish; 
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo)ni 
takomillashtirish malakasiga ega bo‘lish. 
Pedagogik mahoratni egallashda nazariy va amaliy kasbga oid bilimlarni egallash, pedagogik jamoa 
bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar beradi. Buyuk nemis pedagogi Аdolf Disterveg o‘qituvchining 
muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O‘qituvchi muntazam 
ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Аks holda, u qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan 
daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib 
bo‘lmaydi.” 
O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat maʼnaviy-axloqiy 
madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta 
olishi, yetuk o‘qituvchi sifatida komil insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga 
o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, taʼlim muassasasida bir 
necha yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini 
kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. 
Ularni quyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin: 
1. Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida 
maʼlumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida chop 
etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan 
g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash). 
2. Tajribali ustoz o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish. Taʼlim muassasasidan chetga chiqmagan holda 
tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtayi nazardan samarali sanaladi. Tajribali o‘qituvchilar faoliyatini 
o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. 
Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
3. O‘qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy 
malaka va ko‘nikmalarini oshirish. 
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik 
o‘qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish. 
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida o‘z 
tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi maʼlumotlarni o‘rganish. 
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o‘qituvchi shaxsi va kasbi 
to‘g‘risida mukammal maʼlumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy 
fazilatlarga ega bo‘lishi bilan birga, kasbiy, yaʼni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‘lishi lozimligini tajriba 
ko‘rsatmoqda. Shaxsiy sifatlar tizimida o‘qituvchi milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik 
didlilik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, 
pedagogik odob, tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot 
madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Demak, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘zida ham ilg‘orlikni, novatorlikni, 
ijodkorlikni tarbiyalashi lozim. Shuningdek, kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal 
sur’atlarda rivojlanishi natijasida zamonaviy o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarga ham ega bo‘lishi lozim: 
o‘quv kurslari dizayneri – o‘quv kurslarining yaratuvchisi; 


15 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
fasiliteytor – o‘qitish metodlari bo‘yicha maslahatchi; 
tyutor – o‘quv kurslarini interfaol taqdim etish bo‘yicha mutaxassis; 
invigilator –ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‘yicha mutaxassis. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimining rivojlanishi pedagoglarning faoliyatiga ham uzviy bog‘liq ekan, 
bugungi kun talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, zamonaviy 
pedagog o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishi va pedagogik mahoratni chuqur egallashi, shu ma’noda, 
nazariy bilimlarini amaliyotga faol tatbiq etishi ta’lim tizimining taraqqiyotiga xizmat qiladi. Pedagogik 
mahorat shunday malakalar yig‘indisiki, uning natijasi o‘qituvchi mehnatida va o‘quvchilar xulqi, odobi, 
tarbiyasida, kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishida o‘z aksini topadi. O‘qituvchi mehnatining 
muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir 
etadigan shart-sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyev aytganidek, pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi 
ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy 
qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish