TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
21.
To‘rtburchakning har bir burchagini qirqib tashladik. Nechta
burchak hosil bo‘ladi?
Javob: 5 burchak.
22.
Bir tarelkada 4ta konfet bor. Bu konfetlarni Ahmad, Vali, Erkin va
Ozodaga sindirmasdan bittadan bering. Tarelkada ham bitta konfet qolsin.
Javob:
oxirgi o‘quvchiga tarelkasi bilan beramiz.
23.
Soat strelkasi bir hafta davomida necha marta aylanadi?
Javob: 14
marta.
24.
45ta yong‘oqni 9ta tarelkaga shunday qo‘yib chiqingki,
har bir
tarelkadagi yong‘oqlar soni har xil bo‘lsin.
Javob: 1,2,3,4,5,6,7,8,9ta.
25.
O‘quvchi bir qutichaga o‘rgimchaklar bilan qo‘ng‘izlarni yig‘di.
Ularning hammasi 8ta bo‘lib, qutichadagi barcha o‘rgimchaklar bilan
qo‘ng‘izlarning oyoqlari sanalganda, jami 54ta bo‘ladi. Qutichada nechta
o‘rgimchaklar va qo‘ng‘izlar bor?
Javob: odatda, qo‘ng‘izning oyoqlari 6ta,
o‘rgimchakning oyoqlari esa 8ta bo‘lishini hisobga olsak, qutida 5ta qo‘ng‘iz va
3ta o‘rgimchak
bor.
26.
Yuzni yarimga bo‘lsak, natija necha bo‘ladi?
Javob: 200, chunki
100:0,5=200
27.
Uchta gugurt cho‘pini shunday joylashtiringki, natijada 4 soni hosil
bo‘lsin.
Javob: IV
28.
3ta ot qo‘shilga arava 16 km yo‘l bosdi. Har biri necha km dan yo‘l
bosgan?
Javob: 16 km
29.
Sen va men va biz sen bilan nechtamiz?
Javob: 2ta
30. Juda mashhur mantiqiy masala. Cho‘pon karam, qo‘y va bo‘rini olib ketayotgan edi.
Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa, sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho‘pon o‘zi
bilan birga
uchta narsadan birini olib o‘tirishi mumkin edi. Cho‘pon qo‘y, karam va bo‘rini sohilni narigi
betiga olib o‘tish uchun nima qilishi kerak? (Cho‘pon qarovisiz qolganda, bo‘ri qo‘yni, qo‘y esa
karamni yeb qo‘yishi mumkin)
Javob:
Avval cho‘pon o‘zi bilan qo‘yni olib o‘tadi,
uni tashlab,
qaytib keladi va bo‘rini olib o‘tadi. Bo‘rini qoldirib, qo‘yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi.
Endi qo‘yni qoldirib, karamni olib o‘tadi va sohilning narigi betiga (bo‘ri turgan tomonga) qoldirib
keladi. Oxirgi o‘rinda qaytib kelib, nihoyat qo‘yni olib o‘tadi.
31. Bir erkak bozorga borib, 50 so‘mga ot sotib oldi. Bir hafta o‘tgach, otlarning narxi
qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so‘mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o‘tgach,
uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo‘qligini o‘ylab, borib endigi safar 70 so‘mga ot sotib oldi.
Qimmat olib qo‘ydimmikan deb uzoq o‘ylanib, nima bo‘lsa-bo‘ldi deb o‘sha otni 80 so‘mga sotib
yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko‘rdi?
Javob: (-50) + 60 + (-
70) + 80 = 20 so‘m foyda
qildi.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning
xususiyatlari haqida bilim
olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni
umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va
jamiyat qonunlarini ochishga harakat qiladi.
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog‘liqdir. Hissiy bilish yordamida qo‘lga
kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o‘z mazmuni va shakliga ega. Fikrning
mazmuni orqali unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi.
Biz bu o‘rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o‘tamiz. Alohida
predmetlar yoki ularning
yig‘indisi turli mazmuniga ko‘ra tushuncha shaklida fikr qilinadi.
1
1
Jumayеv M.E., Boshlang’ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (OO‘Y uchun o‘quv qo‘llanma)
Toshkеnt.“O‘qituvchi” 2004-yil.
123
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
1-masala. Anvar daftar, ruchka va qalam sotib oldi va hammasi uchun 850 so‘m to‘ladi.
Agar daftar va ruchka birgalikda 700 so‘m tursa, daftar bilan qalam birgalikda 400 so‘m tursa,
daftarning narxi qancha?
850
700
400
Yechish:
1.
850-400=450
2.
700-450=250
Javob: daftarning bahosi 250 so‘m.
2-masala. Ota o‘g‘liga 3ta narsa: papka, futbolka va futbol to‘pi olib berdi. Hammasiga
142000 so‘m to‘landi. Agar papka bilan futbolka 90000 so‘m, futbol to‘pi bilan futbolka 76000
so‘m tursa, papkaning bahosini toping.
Yechish:
142000
90000
76000
Yechish: 142000-90000=52000
76000-52000=24000
142000-76000=66000
Javob: papkaning bahosi 66000 so‘m.
Insonning bilish jarayoni o‘z mohiyati va xarakteri jihatidan o‘zaro tafovut qiluvchi ikki
bosqichdan iborat. Birinchisi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, sezgilar orqali hissiy bilish bo‘lib, u
sezgilar, qabul qilish, xotira va tasavvurdan iboratdir.
Ikkinchisi, aqliy bilish bosqichi bo‘lib, u tafakkurdan iborat.
Aqliy bilish sezgilar, hissiy
bilishdan oziqlanadi. Insonning hissiy bilishi esa, uning aqli, tafakkuri tufayli ongli va maqsadga
muvofiqlashgan tusga kiradi. Aql, tafakkur hissiy bilishning mazmunini boyitadi, imkoniyatini
kengaytiradi. Tafakkur shakllari va mantiqiy qonunlar,
insonning aqlli, ongli bo‘lishini
ta’minlovchi tafakkur jarayoni turli shakllarga ega bo‘ladi.
O‘quvchilar turli o‘yinlar orqali predmetlarni aniqlashga doir topshiriqlarni bajaradilar.
Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarning sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi
idrok etiladi. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi
hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida shu tariqa hosil qilinsa, tasavvur etish orqali xotirada
saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanadi.
Mantiqiy
fikrlashga undaydigan, o‘quvchilarni mustaqil izlanishga da’vat etadigan,
fikrlashini, tafakkurini rivojlantiradigan bunday topshiriqlarni, ijodiy xususiyatga, yondashishga
ega bo‘lgan masalalarni berish amaliyotda yaxshi samara beradi. Matematik masalalarni yechish
yo‘llarini o‘rgatishda bu metodlardan shundaylarini qo‘llash kerakki, u o‘quvchilarning fikrlashini
faollashtirish va bu fiklarni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
124
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: