Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


SOTSIАL TOLERАNTLIK – DАVR TАLАBI



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

 
SOTSIАL TOLERАNTLIK – DАVR TАLАBI 
 
Sattorova M.D. – Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi 
 
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada sotsial tolerantlik tushunchasining mazmuni, sotsial 
tolerantlikka xos va unga zid bo‘lgan psixologik xususiyatlar keltirilgan. Shuningdek, 
o‘spirinlarning sotsial tolerantlikni belgilovchi mezonlar bo‘yicha so‘rovnomaga javoblari tahlil 
qilingan. 
Kalit so‘zlar:
tolerantlik, sotsial tolerantlik, bag‘rikenglik, chidamlilik, shaxs, ijtimoiy guruh, 
insoniylik. 
СОЦИАЛЬНАЯ ТОЛЕРАНТНОСТЬ – ТРЕБОВАНИЕ ПЕРИОДА 
 
Сатторова М.D. – преподаватель Термезского государственного университета 
Аннотация.
В данной статье автор представляет содержание понятия социальной 
толерантности, психологические особенности, присущие и противоречащие социальной 
толерантности. Также были проанализированы ответы подростков на вопросник по 
критериям определения социальной толерантности. 
Ключевые слова:
толерантность, социальная толерантность, толерантность, 
выносливость, личность, социальная группа, человечество. 
THE SOCIAL TOLERANCE – PERIOD REQUIREMENT 
 
Sattorova M.D. – Lecturer of Termez State University 
 
Annotation.
In this article, the author presents the content of the concept of social 
tolerance, the psychological features inherent and contradictory to social tolerance. The 
responses of adolescents to the questionnaire on the criteria for determining social tolerance 
were also analyzed. 
Key words:
tolerance, social tolerance, tolerance, endurance, personality, social group, 
humanity. 
1
Georgian I.A. Methods of teaching English in high school. - M, 1947 
215


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
2017-yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyoti va rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Bu yilning Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” 
deb nomlanishi, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalar jamiyatimizda inson 
manfaatlarining naqadar himoyalanayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston aholisining 
asosiy qismini bolalar va yoshlar tashkil etayotgan hozirgi davr yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirish, davlat ijtimoiy siyosatining istiqbolga mo‘ljallangan, uzoqni ko‘zlagan, 
O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga 
yetkazish, insonni oliy qadriyat sanab, inson manfaatlarini hamma narsadan ustunligini 
taʼminlashni talab etmoqda.
1
“Tolerantlik” tushunchasi uzoq asrlar davomida shakllandi va hozirgi vaqtda ham turli 
belgilar bilan to‘ldirib borilmoqda. Tolerantlik tushunchasi turli madaniyat va xalqning tarixiy 
tajribasi bilan bog‘liqlikda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida nashr etilgan 
lug‘atlarda “tolerantlik” tushunchasining “bag‘rikenglik” tushunchasi bilan sinonim sifatida 
ishlatilish holati ko‘zga tashlanadi: “Bag‘rikenglik – o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, 
g‘amxo‘r, saxiy, kengfeʼlli bo‘lgan, ana shunday maʼnaviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi 
tushuncha. Bag‘rikenglik o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy eʼtiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, 
anʼana va marosimlariga hurmat-ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitish va 
tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish 
joylarida, mahalla-ko‘yda bunga rioya etishni anglatadi. Sotsial tolerantlik – bu jamiyatning 
xilma-xil guruhlari bilan o‘zaro sheriklik munosabati bo‘lib, jamiyatda barqarorlikni taʼminlash, 
turli ijtimoiy guruhlar tarkibida fuqarolarning huquqlari va qiziqishlarini himoya qilishni nazarda 
turadi. M.Veberning taʼkidlashicha, xulq-atvor ijtimoiy hisoblanadi, “mazmunan boshqa 
odamlarning xulqi bilan taqqoslanadigan”. M.Buber fikricha, alohida kishi maʼlum ijtimoiy guruh 
vakili sifatida ”Men” va “Sen” farqining haqiqiyligiga tayanishdir. O‘zini “boshqalar” bilan 
taqqoslash orqali, “fikrlar to‘qnashuvi va kurashi dialog, uning qatnashchilari esa sheriklar 
hisoblanuvchi” inson umumiy nuqtayi nazarni birgalikda topish imkoiyatiga ega bo‘ladi. Sotsial 
tolerantlik shaxsning o‘zi va hamfikrlar guruhiga, shuningdek, etik va huquqiy doirasiga nisbatan 
ijtimoiy masʼuliyatidir. Boshqa guruhlar mavjud bo‘lishi va huquqlarini tan olishi shaxsning 
nafaqat, o‘zining u yoki bu ijtimoiy guruh vakili sifatida anglashi, balki ularning qadriyatlarini 
farqlay olishini taʼminlovchi ijtimoiy-psixologik barkamolligi bilan bog‘liqdir. Boshqa kishilarning 
boshqa guruhga mansubligi va huquqlarini tan oluvchi xulq-atvorni sotsial tolerantlik deb atash 
mumkin.
Shaxs sotsial tolerantligini shakllantirishdagi asosiy vazifa uning ijtimoiy-rolli 
munosabatlarini kengaytirish, jamiyat ijtimoiy hayotidagi xilma-xillikni qabul qilish va turli 
ijtimoiy guruh vakillari bilan samarali o‘zaro munosabatga kirishishda muloqot madaniyatini 
yuksaltirishdan iborat. 
“Bag‘rikenglik” so‘zining maʼnosi, lotincha “chidamlilik” demakdir. Odatga ko‘ra, 
bag‘rikenglik – tajovuzsiz begona qarashlarni qarshiliksiz qabul qilish demakdir. O‘zbek tilida 
bag‘rikenglik tushunchasi, qalbning kengligi sifatida belgilanadi, turli millatlarning milliy urf-
odatlari, milliy madaniyati va diniy eʼtiqodlar hamkorligi aks etadi.
Shuningdek, ko‘p dinlilik muhiti turli dinlarning taʼlimotlarida suhbat va o‘zaro tushunish 
vositasi sanaladi. Biz turli xil qarashlarimizda farqlashimiz mumkin. Biroq bizni kelajakda 
birlashtiradigan sohalar mavjud. Bu xalq orasida axloqiy anʼanalarni saqlash, tinch jamiyatni 
qurish, o‘zaro hurmat tamoyillarini targ‘ibot qilish demakdir. O‘zaro suhbat natijasida biz o‘zaro 
1
Ш.М.Мирзиёев Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг 
кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.
216


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
tushunishga erishish, yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqeyi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, millati, 
sog‘ligi va boshqalardan qatʼiy nazar insonlarni sevish, ularga g‘amxo‘rlik qilish, yordam qo‘lini 
cho‘zish, inson sifatida yondashishi bilan birga hayotni sevish, odamlarni sevish, o‘zini va 
munosabatlarni qadrlash kabilarni ijtimoiy bag‘rikenglikka daxldor tushunchalar sifatida 
qarashimiz mumkin. 
Shaxsning sotsial tolerantlikka xos xususiyatlarining asosiy mezonlarini aniqlash maqsadida 
talaba yoshlarda so‘rovnoma o‘tkazilib, mazkur mezonlar ikki guruhga ajratildi. (1-jadval) Birinchi 
mezonlar guruhi STXX (sotsial tolerantlikka xos xususiyatlar), ikkinchisi STZX (sotsial tolerantlikka 
zid xususiyatlar).
Shaxsning sotsial tolerantlik xususiyatlarining mezonlari (1-жадвал) 
№ 
Sotsial tolerantlikka xos xususiyatlar
Sotsial tolerantlikka zid xususiyatlar 

Do‘stonalik 
Izzattalablik

Optimizm
Pessimizm

Muloqotmandlik
Yolg‘izlikka moyillik 

Insonparvarlik
Shaxsiyatparastlik

Samimiylik
Hadiksirash

Ishonch
Shubha-gumondorlik

G‘oyaviylik
Pragmatizm

Mehribonlik
Xudbinlik

Intiluvchanlik
Regidlik (qotib qolgan)
10 
Muvozanatlilik
Muvozanatsizlik
11 
Toqatlilik
Betoqatlik
12 
Adolatlilik
Adolatsizlik
O‘spirinlarda sotsial tolerantlikning shakllanganlik darajasini o‘rganish muammosiga 
yondashishda dastlab mazkur xususiyatning tarkibini aniqlab olish, ular shaxsning sotsial 
tolerantligiga qanchalik aloqadorligini belgilash, albatta, ularning qay darajada shakllanganligini 
aniqlashga harakat qildik. 
Dastlabki tadqiqotimizda o‘spirinlarning sotsial tolerantlik xususiyatlari haqida birlamchi 
maʼlumotlarni berib ularda tasavvurlarning shakllanishiga turtki berdik. Shundan so‘ng biz 
tomonimizdan shaxsning sotsial tolerantligini belgilovchi va unga zid bo‘lgan xususiyatlar 
keltirilgan ikki guruhdagi mezonlarni ularning hukmiga havola qildik. Bundan ko‘zlangan asosiy 
maqsad yoshlar nigohida aynan qaysi xususiyatlar shaxsning sotsial tolerantligida muhim 
ekanligini aniqlab olishdan iborat edi.
Birinchi mezonlar guruhi STXX va ikkinchi STZX bo‘yicha respondentlarda bitta mezonni 
tanlash imkoniyati berilganda quyidagicha natijalarni qo‘lga kiritdik. O‘spirinlarning 
so‘rovnomalarga berilgan javoblarida STXX bo‘yicha do‘stonalik-21%, insoniylik – 45%, adolatlilik 
-10%, mehribonlik va ishonch -7% ahamiyatga ega mezonlar sifatida qayd etildi. 
Demak, o‘spirinlarning tolerantlik mezonlari bo‘yicha tasavvurlarini boyitish va 
bilimdonligini oshirishga zarurat mavjud, degan xulosa chiqarish mumkin. Chunki sotsial 
tolerantlik tushunchasi keng mazmunga egaligi bilan xarakterlanadi. Qachonki, shaxs uni keng va 
chuqur his qilib, anglay olsagina o‘zida mazkur sifatlarni zarurat sifatida shakllantirishga harakat 
qilishi mumkin. Jumladan, optimizm bizning nazarimizda sotsial tolerantlikda alohida o‘rin 
egallaydi. Аgar kishida optimizm yuqori bo‘lsa o‘zidan, atrofidagilar bilan munosabatlaridan 
ko‘ngli to‘q bo‘ladi, o‘ziga va boshqalarga nisbatan ishonchi baland bo‘lishi aynan insonlarga 
bag‘rikeng munosabati shakllanishi uchun zamin yaratadi. Аlbatta, ro‘yxatda keltirilgan boshqa 
mezonlarning ham har birining xuddi shunday tasnifi mavjud. 
1-rasm 
217


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
N=96 
Xuddi shunday tadqiqotimizda o‘spirinlarning sotsial tolerantlikka zid xususiyatlarini 
baholash bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn so‘rovnomada quyidagicha natijani olishga muvaffaq 
bo‘lindi. 
2-rasm 
N=96 
Sotsial tolerantlikni belgilovchi ikkinchi STZX mezonlari bo‘yicha ham respondentlarda 
bitta mezonni tanlash imkoniyati berildi va quyidagicha natijalar qo‘lga kiritildi. O‘spirinlarning 
so‘rovnomalarga berilgan javoblarida STZX bo‘yicha adolatsizlik-30%; yolg‘izlikka moyillik – 15%; 
izzattalablik -15%; xudbinlik -7%, hadiksirash - 5%; shubha-gumondorlik - 5%; pessimizm - 4%; 
ahamiyatga ega mezonlar sifatida qayd etilgan.
O‘spirinlarning savolnomaning ikkinchi qismiga bergan javoblarida alohida punktlarga 
eʼtibor qaratilgan bo‘lsada, muvozanatsizlik (odamlar bilan munosabatda), betoqatlik kabi sotsial 
tolerantlikka zid xususiyatlarni baholamaganliklarini kuzatish mumkin. Muammoning tadqiqi 
endi mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan, ijtimoiy munosabatlari doirasi bosqichma-bosqich 
kengayib borayotgan o‘spirin yoshlarda sotsial tolerantlik haqidagi tasavvurlarning boy bo‘lishi 
va ularni o‘z xulqi va munosabatlarida ifoda eta olish ko‘nikmasining shakllangan bo‘lishi hozirgi 
kun mutaxassis kadrlari uchun o‘ta muhimdir. 
Zero, sotsial tolerantlik yuksak ijobiy xarakter xislatidir. Xarakterida salbiy xislatga, yaʼni 
insonparvarlikka zid bo‘lgan dag‘allik ancha o‘rin olganlar xayotimizda uchrab turadi. Bunday 
salbiy xarakter xislati ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, ular faqat o‘zingni bil, 
o‘zgani qo‘y «qabilida» ish ko‘radilar va boshqa kishilarga, hatto o‘z yaqin odamlariga ham har 
qadamda faqat yomonlik sog‘inishga tayyor turadilar. Bunday shaxslarning xatti-harakatida, gap-
0
0,2
0,4
0,6
0,8
1
1,2
Дўстоналик 25%
Инсонпарварлик 48%
меҳрибонлик 10%
ишонч 12%
адолатлилик 15%
Sotsial tolerantlikka xos xususiyatlar
0
0,2
0,4
0,6
0,8
1
1,2
Иззатталаблик 15%
ёлқизликка мойиллик 15%
худбинлик 7%
регидлик(қотиб қолган) 5%
хадиксираш 5%
sotsial tolerantlikka zid xususiyatlar
218


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
so‘zida odatda har doim zaharxandalik, mensimaslik, dag‘allik va beparvolik sezilib turadi, 
ularning boshqa odamlar bilan munosabatdagi xatti-harakati kishining dilini vayron qiladi, 
kayfiyatini buzadi, kishida o‘z kuchiga ishonmaslik, maʼyuslik, umidsizlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. 
Xudbin, tund odam boshqa kishilar bilan munosabatlarida ko‘pincha so‘zda ham, ishda ham 
berahm va adolatsiz bo‘ladi. Bunday odamlar o‘zlarining salbiy xususiyatlarini, odatda, 
boshqalarga to‘nkaydilar. Har qanday muvaffaqiyatsizliklari sababini o‘zlaridan emas, balki 
boshqa kishilardan ko‘radilar. Sotsial tolerantlik yon berish, andisha yoki xushomad emas, balki, 
eng avvalo, insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan 
faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham sotsial tolerantlik ana shu asosiy qadriyatlarga 
tajovuzlarning bahonasi bo‘lib xizmat qilmaydi. Shuning uchun o‘smirlarda sotsial tolerantlikni 
shakllanishi ularning o‘zlarining va boshqa insonlarning hayotida faqat yaxshilik urug‘ini 
sochishga tayyor insonlar bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish