TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
86
tizimli yondashuv asosida bo‗lajak o‗qituvchilarning ekologik kompetentligini
rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‗liq yuzaga chiqarishni va
ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‗tarishni taqozo etadi.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XI bob 50-moddasida
―Fuqorolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar va
XII bob 55-moddasida ―Yer, yеr osti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi va
boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boyliklar, ulardan oqilona foydalanish zarur va
ular davlat muhofazasidadir‖[3, 17-19-b] deb ta‘kidlanadi.
Shu bilan birga, tabiatni
muhofaza qilish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining
tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish deb nomlangan 4-moddasida
quyidagicha yoritilgan: ―Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat
hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar,
korxonalar va muassasalar,
fermerlik va kooperativ xo‗jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo‗jalik boshqaruv
hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishi
kerak: …barcha turdagi ta‘lim muassasalarida ekologiya o‗quvining majburiyligi‖.
[5. 160-b]
Mamlakatimizda ekologik dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishga
mutasaddi davlat tashkilotlari,
ommaviy institutlar, maxsus ekologik harakatlar
faoliyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaralmoqda.
Respublikamizda ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirish va shaxs ekologik
dunyoqarashini ilmiy-pedagogik kompleksni shakllantirish masalalari kun tartibiga
qo‗yilgan. ―...Bunday muammolarni faqat ma‘muriy yo‗l bilan hal etib bo‗lmaydi,
bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat,
unga dahldorlik hissini
tarbiyalash orqali erishish mumkin‖. Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash
barchamizning burchimiz hisoblanadi, shuningdek ―ekologiya sohasidagi ishlar
ahvolini yaxshilash‖[1.17-19-b] bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shuning uchun yurtimizda shaxs ekologik dunyoqarashi va milliy qadriyatlar
o‗rtasidagi dialektik aloqadorlikni ilmiy tadqiq etish,
xalqaro ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan hamkorlikda fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb
masala qilib belgilangan[2. 570-b].
Bu borada, ekologik muommolarni hal qilishni, uni yеchimi ishlab chiqish
oldimizda turgan muhim masalardan biri hisoblanib kelinmoqda. Shu o‗rinda,
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-iyulda Oliy Majlis palatalari,
siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor
yig‗ilishidagi ma‘rurzasida, ―Eng muhim masala – aholining
ekologik madaniyatini
oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur‖, deb ta‘kidlagan edi.
Ekologik dunyoqarash shakllanishini o‗rganishning umumfalsafiy masalalari,
sodda bo‗lishiga qaramay: qadimiy afsona, rivoyat, asotir, ertak, masal, qo‗shiq,
dostonlar va boshqa xalq og‗zaki ijodi namunalarida o‗z ifodasini topgan.