Jo’rayev Otabek Publitsistik maqola



Download 34,2 Kb.
bet1/2
Sana30.11.2022
Hajmi34,2 Kb.
#875519
  1   2
Bog'liq
jo\'rayev Otabek Akademik yozuv mustaqil ta\'lim


623-21-guruh guruh talabasi
Jo’rayev Otabek

1.Publitsistik maqola

YANGI O`ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O`RNI

Tarixdan har bir mamlakatda yoshlarning jamiyat hayotidagi o`rni keng ko`lamli bo`lib kelgan.Jamiyatning qay darajada salohiyatli bo`lishini undagi yoshlarning ilmiy darajasi,aqliy tafakkuri,hayotga qanchalik to`g`ri yondasha olishi,yoshlar tabiatining sofligi va yana bir qancha omillar bilan hamohang bo`lishini belgilab beradi.To`g`ri,jamiyat rivojida biroz yoshi katta qatlamning bo`lishi,ulardagi hayot tajribasi ham katta ahamiyatga ega,ammo vaqt o`tgan sari turmush tarzining o`zgarishi,hayotga yangicha qarashlarning zarurligi yosh qatlamni kerakli hamda ko`p hollarda ularga bo`lgan e’tibor hal qiluvchi omil sifatida maydonga keladi.Yoshlar mamlakat hamda jamiyatning kelgusidagi taqdirini belgilashda asosiy bo`g`in vazifasini o`taydi.Agarda, yosh avlodning kelajakka bo`lgan dahldorlik hissi susaysa,aqliy rivojlanishiga e’tibor kamaysa,odob-axloq normalaridan tashqari xatti-harakatlar ko`paysa,ularda befarqlik,layoqatsizlik ortib ketguday bo`lsa, bu o`sha jamiyatning ertangi kuni uchun katta zararlarni keltirishi mumkin.
Bizning yurtimizda yashovchilar uzoq o`tmishdan beri xoh ilmiy salohiyatda bo`lsin,xoh ijtimoiy masalalarda,xoh odob-axloqda bo`lsin butun dunyoga bu jihatlarini o`rnak sifatida tarqatganlar.Yurtimizdan Muhammad al-Xorazmiy,Abu Ali Ibn Sino,Abu Rayhon Beruniy,Ahmad al-Farg`oniy,Amir Temur,Bobur va yana bir qancha dunyoga mashhur shaxslar yetishib chiqqan.Biz tariximizni o`rganar ekanmiz shunday yorqin insonlardan kuchli motivatsiya olsak bo`ladi.Ularning hayotlarini o`rganish bilan birgalikda ular qoldirgan meroslarni yosh avlodga taqdim etarkanmiz,yoshlarda ilmga bo`lgan ishtiyoqni yanada oshirishimiz mumkin bo`ladi.Biz o`z kelajagimizni qurishda ota-bobolarimiz amalga oshirgan ishlarni yoshlar uchun dasturul amal sifatida taqdim etish ancha samarali yo`l bo`ladi.
Bizning yurtimiz o`z mustaqilligiga erishganiga 30 yil to`lgan bo`lsada, boshqa rivojlangan kuchli davlatlar fonida bu unchalik ko`p vaqt deya olmaymiz.Chunki ular anchadan beri mustaqil tarzda ish yuritib o`zlarining holatlarini ancha yaxshi ko`rinishga keltirib olishgan.Bizning esa uzoq vaqt erkimiz o`z qo`limizda bo`lmagan.Bu esa tabiiyki o`zining ta’sirlarini ko`rsatmay qolmadi.Bu vaqt davomida bizning milliyligimiz ancha susaydi.Fikriy qarashlarimiz o`zgardi,hayot tarzimiz o`zimizga yot tomonga og`di,ilmiy salohiyatimiz pasaydi va deyarli hamma sohalarda qattiq zarbaga uchradik.Biz bu to`siqlarni yengdik.Mustaqillikka esa insonlar ongidagi shu o`zgargan fikriy qarashlar bilan chiqdik.Bu kelgusi ishlarimizda qaysidur nuqtalarda o`zining ta’sirini ko`rsatmay qolmadi.
Yurtimiz tarixiga ikkita katta uyg`onish davri asos bo`lgan,birinchisi IX-XII asrlarda va ikkinchisi XIV-XV asrlarda dunyo yuzini ko`rib,unga yangicha qarashlarni,ilmiy kashfiyotlarni taqdim etgan.Shulardan ilhomlanib prezidentimiz yurtimizda uchinchi renessansni, yangi uyg`onishni amalga oshrishga tashabbus bilan chiqdilar.Bu esa yurtimiz tarix zarvaroqlariga yangi yutuqlar yozilishidan darak beruvchi hushxabardir.Buni amalga oshirish esa hargiz oson bo`lmasligi aniq,ayniqsa,yuqorida aytganimizdek birmuncha aziyat chekkan jamiyat bilan bu ishlarni amalga oshirish yana bir karra qiyinchiliklar tug`diradi.Shunday ekan yoshlarni ilmli,ma`rifatli qilishga bo`layotgan harakatlar ularning uchinchi renessans uchun asos bo`lishidan dalolat beradi va bu o`z o`rnida to`gri hamdir.Biz yosh avlodni qanchalik salohiyatli qilib tarbiya qila olsak,ertaga bu o`zining natijasini,albatta,ko`rsatmay qolmaydi.Hozirgi ijtimoiy-ma’naviy holatimizdan kelib chiqib biz ishlarimiz tarbiyasini tartibli reja asosida,muhimlik darajasini inobatga olgan holda yo`lga qo`yishimiz zarur.Hozirgi yoshlarimizdan zamonaviy virtual hayotga mos hamda ularning ongida milliyligimizni saqlagan holda kelajak kadrlarini yarata olishimizni zamon talab qilmoqda.Bu ularning xalqaro miqyosidagi o`rnini belgilab beruvchi omil sifatida muhim rol o`ynaydi.
Hozirda yurtimizda 11 yillik ta’lim tizimi amal qiladi.11 yil inson hayotida juda ko`p vaqt degani.Shahar hududidagi yoki xususiy maktablarda bolalarning aksariyat chekka qishloqlardagi maktab bolalariga qaraganda ilmiy salohiyati ancha yaxshi rivojlanadi.Chekka maktablardagi bolalar 11 yil maktabda vaqt o`tkazib deyarli hech bir yo`nalishda mutaxasis bo`la olmaydi.Maktabda ko`plab fanlar umumiy tarzda bolalarga o`qitiladi.Agar u o`z hisobidan tayyorlov kurslariga bormasa, o`quvchi hech bir fanni chuqur o`zlashtira olmaydi. O`quvchi o`z hisobidan o`ziga kerakli fanni o`rganar ekan unda maktabda o`qishidan qanday mantiq bor.To`g`ri bolalar o`qish va yozish kabi boshlang`ich ko`nikmalarni maktab orqali o`rganishadi,lekin buning o`zi biz aytayotgan renessansni amalga oshirishga yetarli emas.Maktabda boshlang`ich sinflarda nisbatan o`qishga bo`lgan ishtiyoq baland bo`ladi yuqori sinfga o`tganda esa ularda bu ishtiyoq pasaya boradi.Chunki ularda yangi fanlar bo`ladi,ularni o`qishga majbur vaholanki qiziqmasa ham.Nima uchun o`qituvchi bolalarni majburan o`qitishi kerak?Aslida ular bilim olish uchun o`qituvchini “majburlashi” kerak emasmi.Aslida bunga o`zimiz sababchimiz.Ularga o`zlari xohlamagan narsalarni majburlab o`qitishga urinamiz,ularni yoshligidan bizning qarorlarimiz evaziga yashashga majburlaymiz shu yo`l bilan ulardagi ishtiyoqni,rang-baranglikni,o`zgacha yondashuvni yo`qqa chiqaramiz. Deylik adabiyotga qiziqadigan bola o`zi tushunmaydigan matematik misolga sarflagan vaqtining o`rniga “Otkan kunlar”ni o`qisa uning uchun ham zavqliroq ham foydaliroq emasmi,fizik ixtirolarga qiziqadigan bola gulning tuzilishini o`rganishi shartmi.Boshqa fanlarni umuman o`rgatmaslik ham to`g`ri emas.Faqat o`qitish tizimiga o`zgartirish kiritish zarur.Bolalarga boshlang`ich sinflarda fanlardan umumiy tushunchalarni berib go`yoki ularni fanlar bilan tanishtirib so`ng ularga yuqori sinfga o`tganlarida tanlash imkoniyatini berish kerak.Hozirda smartfonni ishlatishda bobo-buvilariga “master klass” o`tayotgan bolalar bu fanlarning boshlang`ich tushunchalarini bemalol anglab yetadi va o`zi uchun kerakligini tanlay ola biladi.Bolalar boshlang`ich sinflarda umumiy tushunchalarni olgandan keyin yuqori sinfga o`tish bilan ularga tanlov imkoniyatini berish hamda ularning tanlovlari asosida bolalarga chuqurlashtirilgan holatda tanlagan fanlarini o`qitish kerak va shu bilan birgalikda ularga amaliyotni ham bir vaqtda o`tash uchun laboratoriya xonalari va uskunalari bilan to`liq ta`minlash kerak bo`ladiki,ular o`z hayolot mahsullarini real hayotga ko`chira olishida resurslar yetarli bo`lishi zarur.Bolalardagi kreativlikni biz boshqarishimiz emas,ularning maqsadlarini amalga oshirishda bilim va imkoniyat berishimiz kerak.
Bu bilan biz yoshlar o`rtasida ijodkorlikni kuchaytiramiz va bu albatta bir necha yillar o`tgandan so`ng o`zining natijasini ko`rsatmay qolmaydi.Biz ko`proq ishchi kuchi emas ish beruvchilarni tarbiya qilishimiz kerak.Bizning migrantlar chetga emas ular bizga kelib ishlashi kerak.Hozirgi aksariyat e`tibor markazidagi zamonaviy insonlar o`zinig noodatiy qarashlari va kuchli bilimi bilan jahon markazida bo`lib turishibdi,hamda butun dunyoga o`z fikr va g`oyalari bilan insonlar hayotiga yangiliklar olib kirmoqda.Umuman olganda hozirda ham zamonaviy kadrlar yetishib chiqmoqda,lekin ularning aksariyati moliyaviy tomonlar sababidan Yevropa yoki Amerikaga yashash uchun ketishmoqda.Tabiiyki bu bir tarafdan to`g`ri ham.Bizdagi aksariyat tashkilotlar ularning moliyaviy talabini to`la qondirish salohiyatiga ega emas.
Yuqorida aytilganidek bolalarga erkinlik berar ekanmiz ularning odob-axloqini,tarbiyaviy jihatini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur.Agarda ularga bilim bersagu,ma’naviy tarafini yoddan chiqarsak bu bilim bizga foyda emas qaytanga zararga ishlashi ham hech gap emas.Bilimni salbiy maqsadlar yo`lida ham “samarali” ishlatsa bo`ladi.Shuning uchun biz yoshlarni tarbiyaviy jihati ustida ham bosh qotirishimiz navbatdagi kerakli ishlardan.Ayniqsa,hozirgi axborot huruji davrida bu masalaga yanada jiddiy yondashish zaruriy masalalardan.Ularni kelajakka daxldorlik,Vatanga muhabbat,insonlarga manfaat berish ular uchun vazifa misoli ruhida tarbiyalay olishimiz zarur.Bu jihatni rivojlantirishda ularning ota-onalariga ham bir qancha yuklamalar tushadi.
Yosh avlodning ulg`ayishida ota-onaning ularga bo`lgan munosabati,ularni hayotga to`g`ri yo`naltira olishi muhim ahamiyatga ega.Har bir ota-ona o`z farzandini jamiyat rivoji uchun munosib ravishda yetishtirishni o`zi oldiga ustuvor vazifa qilib olmas ekan biz yuqoridagi ishlarni yo`lga qo`ygan taqdirimizda ham tizimdagi qiyinchiliklar to`laqonli bartaraf bo`lmaydi.Aksincha,bir qancha qiyinchiliklar yuzaga chiqadi.Demak,biz salohiyatli avlodni xohlar ekanmiz salohiyatli ota-onalar qatlamini ham tashkil qilishimiz zarur bo`ladi.Bunda omma orasida kitobxonlikni yanada keng y`olga qo`yishimiz kerak.Nazarimda hozirgi virtual hayotda aksariyat insonlar ijtimoiy tarmoqlar bilan ajralmas bo`g`lanib qolgandek.Aslini olganda kitob,uni o`qish samarali yo`l ekanligini hamma yaxshi biladi,lekin bu amalda bajarilmaydi.Biz odamlarni kitobga qiziqtirish uchun kutubxonalarni ko`paytirishimiz talab etiladi.Insonlar xohlagan kutubxonalaridan xohlagan kitoblarini topa bilsinlar.Yana bir jihati kitoblar kitobxonlar qo`liga iloji boricha arzon narxda kelsa,kitob o`quvchilar soni ko`payar edi.To`g`ri kitoblarni nashr qilish jarayoni ma’lum bir sarmoyani talab qiladi,lekin biz tadbirkorlarni,tashkilotlarni shu jihatga yo`naltiraylikki kitoblar odamlarga imkon qadar arzon yetib kelsin.Aksariyat kitoblar unchalik qimmat ham emas,lekin bu kitoblar pul topish manbai bo`lmagan o`quvchi yoshlarga bir qadar qimmatlik qiladi.Ular o`zlarining ozgina “jamg`armalari” evaziga kitob ola bilishsa ulardan baxtli odamni topa bilarmikinmiz!Ba’zi oilalarda moliyaviy tanglik yuqori bo`lsa,ba’zi oilalarda o`sha “eski davr” fikriy qarashi bunga to`sqinlik qiladi.Vaholanki kitob o`qishni xohlovchi bolalar juda ko`p,ammo shunga o`xshash narsalar ularning yo`lini to`sadi.
Odamlarning hayotida yana bir muhim omil borki,bu omilni ham e’tiborga olmasak bo`lmaydi.Bu-din.Har bitta inson bor ekan hayotda dinsiz yashay olmaydi,u o`zining qarashlarini,tanlovlarini din asosida amalga oshiradi.Bizning vatanda aholining aksariyat qismini musulmonlar tashkil etadi va bu Islom diniga bo`lgan qiziqishni,uni o`rganishga bo`lgan talabni yuqori bo`lishini aniq beldilaydi.Biz xalqimizga o`z dinini to`g`ri va sof tarzda taqdim etishimiz kerak.Bunda biz davlatimizdagi rasmiy madrasalarni bitirgan,Diniy tashkilot tasarrufidagi shaxslarni bu ishga jalb qilsak,dinimizni asl ko`rinishini taqdim etgan bo`lamiz.Islom bizning maqsadlarimizda hal qiluvchi omil rolini o`ynaydi chunki odamlar o`z qarashlarini Islom asosida shakllantiradi va Islomning g`oyalari ayni bizga foydali.Misol keltiradigan bo`lsak, haydovchi svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turarkan uni turli omillar qizil chiroq oldida ushlab turadi.Jarimadan qo`rqish, mashina kelib qolib avariya holati yuz berishi yoki shunchaki o`zaro hurmat.Bular esa juda ham ishonchli ta’qiqlar emas chunki kamera yoki YPX hodimi bo`lmasa jarimadan qo`rqilmaydi,mashina yo`q bo`lganligiga ishonch hosil qilinganda bemalol o`tib ketaveradi va hamma ham tarbiyali emas.Bu masalaga Islomning munosabatini ko`rsak,Islom qizil chiroqda o`tishni narigi yo`ldan kelayotgan haydovchining haqqiga xiyonat deb qaraydi,bunday holatda Islomni anglagan kishi hech qachon qizil chiroq paytida yurmaydi vaholanki u yerda kamera bo`lmasa ham,chorrahada undan boshqa hech kim bo`lmasa ham.Islomning avzalliklari juda ko`p.Men yana bir jihatini aytib o`tadigan bo`lsam,agar Islomni to`g`ri anglata olsak,yoshlarda vatanparvarlik ruhi yanada ortadi.Insonlarga manfaat berishni o`zi uchun burch deb biladi.Natijada bunday inson ulg`ayar ekan atrofidan har qanday taklif bo`lmasin,u o`zining vatanini tashlab ketmaydi,u o`zi qiynalsa ham insonlarga shu yerda qolib manfaat berishni ustun ko`radi.Buni u zimmasiga yuklatilgan vazifa deb qabul qiladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar uchun balkim 20 yoki 30 yil vaqt talab qilinar,lekin biz ishlarimizni tizimli yo`lga qo`ya olsak,biroz kutgan taqdirimizda ham natijaga, albatta,erishamiz.Shu ozgina davrdan o`tib olsak uyog`iga jadal tarzda odimlaymiz.Muammo Yevropada ham Amerikada ham mavjud va muammo bo`lishi tabiiy.Faqat muammoni to`g`ri tadbir hamda aql bilan yechish kerak.

Etnogenez haqidagi tadrij


Ilmiy maqola Annotatsiya
Mazkur maqola oʽzbek xalqi etnogenezi haqidagi fikrlarning tadriji masalasiga bag‟ishlangan va unda quyidagilar bayon qilingan: insoniyatning qadimgi madaniyat oʽchoqlaridan hisoblangan mintaqamiz hududidagi xalqlar ajdodlari (jumladan, oʽzbek va tojik) qadim davrlardan shu hududda yashab, birbirlari bilan har doim moddiy va madaniy munosabatlarda aloqa qilib kelganlar. Professor A.Yu.Yakubovskiy aytganidek, “…xalq tarixini uning nomi tarixi bilan aralashtirish mumkin emas”1 . Chunki koʽrib chiqilgan arxeologik, tarixiy, etnografik, antropologik, lingvistik manbalar va adabiyotlardagi materiallar aynan shuni tasdiqlaydi.
Tarix – hech qachon maqsad-muddaoga, manfaatlarga boʽysunmaydi. U yaratilgan, biz esa uni toʽg’ri yetkazish bilan ovvoramiz…
Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida turli sohalarda kechayotgan hamkorlik, doʽstlik, tarixiy birdamlikka intilishdan tashqari munozara, muhokama Ўзбек халқининг юзага келиши масаласи ҳақида ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham tez-tez sodir boʽlmoqda. Xususan, mintaqadagi xalqlarning etnik tarixini oʽrganishga boʽlgan ilmiy tadqiqotlar , qarashlar , fikrlar ba‟zida tarix sahifalarida nooʽrin ishlatilmoqda. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta`kidlaganidek: “….Tarix xotirasi, …milliy o`zlikni anglashni, tabir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi” . Shunday ekan oʽz tariximizni teran anglab yetish, oʽzligimizni bilishga qaratilgan asosiy yechimdir. A.Yu. Yakubovskiy oʽzining “Oʽzbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” risolasida tarixni ilmiy asosda tahlil etishni ta‟kidlab, Oʽrta Osiyoning markaziy hududlarida qadim zamonlardan buyon aholi yashab kelayotgan va vaqtlar oʽtishi natijasida etnik (oʽzbek) va Markaziy Osiyo hududidagi boshqa xalqlar oʽz nomini olganligini aytib oʽtadi. Jumladan, ikki daryo oralig‟ida turkiy xalqlar madaniyati soʽg‟d sivilizatsiyasi natijasida oʽzbeklar shakllanganligini, biroq oʽzbek degan nom keyin berilganligini yozadi. Kushonlar zamonida Oʽzbekiston xalqlarining etnik tarkibida oʽzgarishlar maydonga keldi. Hammadan burun saklarning anchagina qismi Qozog‟iston va Oʽzbekiston tuprog‟idan koʽchib ketdi. Ma‟lumki, bu yerlardan koʽchib ketgan sakilarning asosiy ommasi Eronning sharqiy viloyatlaridan biriga joylashdilar va bu viloyat nomi nomi bilan Sakiston deb yuritiladigan boʽldi . Sakilarning oʽrnini Yettisuvda usunlar, Shoshda esa qang‟yuylar ishg‟ol qildilar. Qang‟yuylar Oʽzbekistonning qadimgi tarixida katta roʽl oʽynaydilar. Qang‟yuylar miloddan avvalgi II asrda Sirdaryoning oʽrta va quyi oqimlaridan to Yettisuvdagi Talas vodiysigacha boʽlgan yerlarni ishg‟ol qilib, asta-sekin Zarafshon vodiysiga va hatto Qashqadaryogacha siljib bordilar6 . Kushonlarning koʽpchiligi Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida oʽtirib qolib, ular asta-sekin sug‟dlarga aralashib ketganlar. Antropologik va lingvistik ma‟lumotlar boʽlmaganligi uchun, kushonlar tomonidan soʽg‟dlarning etnik tarkibiga va tiliga qanday oʽzgarishlar kiritilganini biz bilmaymiz, ammo ularning oʽzgarishlar kiritganliklariga shubha boʽlishi mumkin emas deb, Oʽrta Osiyo oʽtroq aholi hududalarida oʽzbek xalqining ajdodlari koʽchmanchi oʽzbeklardan bir necha asr avvaldan yashab kelganligi haqida muallif fikr yuritib , oʽzbek etnogenezi shakllanishini qadim tarixiy bosqichlarda, katta tarixiy davr ichida turkiyzabon turg‟un aholi tarkibidagi qabilalar asosini koʽrsatadi9 . Uzoq zamonlar mobaynida, to hozirgi kunga qadar oʽzbeklarning kelib chiqishiga g‟alati qarash hukm surib keldi, bu qarashga koʽra, oʽzbek xalqining tarixi koʽchmanchi oʽzbeklardan boshlanadi; koʽchmanchi oʽzbeklar esa, Oʽrta Osiyoga XV asrda yoki XVI asrning boshlarida kiraboshlaydilar. Oʽzbek xalqining asosini “koʽchmanchi oʽzbeklar” emas, balki Oʽzbekiston hududida uzoq asrlar mobaynida murakkab enogenez protsessi orqali shakllangan barcha turk aholisi tashkil etadi . S.P. Tolstov Oʽrta Osiyo xalqlarini (tojik, oʽzbek, qozoq, qirg‟iz, qoraqolpoq) elat boʽlib shakllanish jarayonining nihoyasiga yetish vaqtini va bu jarayon qaysi davlat ichida oʽtganligini taxminiy aniqlaydi . Shundan kelib chiqib u oʽzbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang‟ davlati hududida boshlanganligi va Qang‟ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda oʽzbek xalqining ilk ajdodlari yashaganligi, ularning etnik tarkibi va tili bir xilda boʽlmaganligi haqida xulosa beradi. Oʽzbek ajdodlarining alohida elat sifatida shakllanish jarayoning nihoyasiga yetish vaqtini X – XII asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida yakunlanganligini ta‟kidlaydi . Hozirgi zamon Oʽrta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Akademik A.A. Semeyonov oʽtgan asrning yarmida shunday yozgan edi: “Turk-moʽg‟ul qabilalari Oltin Oʽrdani yaratdilar, ularning koʽpchiligi Oltin Oʽrdaning katta urushlarida qatnashgan edi. Oʽshandan boshab ular “oʽzbeklar” deb atalib, turk-moʽg‟ul qabilalardan iborat boʽlgan qabilalardan tashkil topgan edi. Oʽzbeklarning etnik shakllanishi va davlat sifatida nomlanishi Oʽzbekxon bilan bog‟liq boʽlib, bunda uning islom dinini yoyishi katta ahamiyatga ega boʽlgan. Fors mualliflarning yozishicha, Oʽzbekxoning fors koʽrfazlariga yurushi va doimiy bu hududlar bilan aloqa bog‟lab turushi, fors tilining yoyilishi va qabilalarda etnik eralashuvni yuzaga keltirgan” . “Oʽzbek” terminini esa, A.A.Semeyonov aynan Oʽzbekxon nomidan kelib chiqqanligini uqtirishga harakat qiladi15 . K.Sh. Shoniyozov oʽzbeklarning Oʽrta Osiyo hududidagi eng qadimgi ajdodlarini koʽrsatishga muvaffaq boʽldi. U bronza davri va ilk oʽtra asrlardagi turli etnik jarayonlarning keng manzarasini gavdalantirish, oʽzbek xalqining mahalliy etnik zaminda shakllanganligini isbotlashga muvaffaq boʽldi. Oʽzbek xalqi shakllanishining asosiy davrlarini ochib berib, bu etnik jarayonni turli siyosiy birlashmalar tizimida bosqichma-bosqich kuzatib, XI asr boshida Qoraxoniylar davlatida nihoyasiga yetganligini bayon qildi. Akademik K.Sh. Shoniyozov shunday yozadi: “Oʽzbek xalqining etnik tarixi ilk ajdodlari yashagan hudud bilan bevosita bog‟liq. Oʽzbek ajdodlari elat boʽlib Oʽrta Osiyoning Markaziy viloyatlari Movarounnahrda (Farg‟ona vodiysi ham shuning ichida), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g‟arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Sapollitepa, Chust, Zamonbobo va Xorazm zaminida olib borilgan qazilmalardan topilgan materiallardan ma‟lum boʽlishicha, milloddan oldingi II minginchi yillarda Oʽrta Osiyoning bir qancha rayonlarida oʽtroq dehqonchilik mavjud boʽlgan” . Shunday qilib, muallif miloddan oldingi VI – IV asrlardagi oʽtroq aholi va koʽchmanchi sak, massaget qabilalari Oʽrta Osiyo aholisining keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab beradi. B.A. Litvinskiy oʽzbek xalqining elat boʽlib shakllangan vaqtini XV – XVI asrlarda etnik guruhlarning Dashti Qipchoqdan Movarounnahr hududlariga kirib kelganligi bilan bog‟laydi va oʽzbek xalqi elat boʽlib (etnik birlik) shakllangan davrini XVI asrda deb koʽrsatadi . Oʽzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalari boʽyicha akademik A.A. Asqarovning ham ilmiy tadqiqod ishlari ommaga e‟lon qilingan. Uning “Некоторые аспекты изучения этногенеза и этнической истории узбекского народа” nomli yirik maqolasida tarixiy, arxeologik, etnografik hamda adabiyotlarga asoslanib, oʽzbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlaridan boshlangan. Oʽzbek etnogenezining ikkinchi davri esa milodiy VI asrning ikkinchi yarmidan boshlangan deb, XIV – XV asrlarni esa bu jarayonning taraqqiy etgan davri deb ta‟kidlaydi Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnosning paydo boʽlishi, mavjud tasavvurlarga koʽra, Turk xoqonligi yoki antik davrdan emas, balki ancha avval, bronza davriga borib taqaladi . X asrning oxiri XI asrning boshlariga kelib, oʽzbek xalqi etnogenezi tarixida uning xalq sifatida shkllanishi uchun zarur barcha stink belgilar paydo boʽldi. Aniqroq aytganda, ma‟lum yirik hududiy-geografik viloyatlarda moddiy va ma‟naviy madaniyat birligi, antropologik tip birligi, turkiy etnik asosda tuzilgan, oʽzlikni anglash va hukmron turkiy etnik asos atrofida jipslashgan va ikki tillilik belgilari asosida qurilgan siyosiy davlat uyushmasi tashkil topdi . Tojikiston FA akademigi Raxim Masovning fikriga qaraganda, “oʽzbek” terminining yaratilishi va uning shunday nomlanib kelayotganini 1924 yilda paydo boʽlgan Oʽzbekiston SSR respublikasi oʽrnini muhim deb ta‟kidlab, bu haqida bir qancha mulohaza yuritgan. Muallif oʽzbek etnogenezi bilan bog‟liq fikrda Litvinskiyning noilmiy fikrlarini oʽziga ma‟qul koʽrib, bu xususida jiddiy xatolikka yoʽl qoʽygan. Uning yozishicha “ …oʽzbek etnonimini kelib chiqish tarixi Joʽji vorisi Oʽzbekxon qoʽl ostidagi dashti qipchoq qabilalarining birlashuvi bilan bog‟liq. Chingizxon avloddan boʽlgan Oʽzbekxon musulmon boʽlgan va oʽzini ulusiga musulmon dinini olib kirib tanilgan. Bu ishi bilan u faqat oʽzining qoʽl ostidagina emas, balki musulmon oʽlkasida mashhur boʽldi. Uning nufuzi tobora ortib borib oʽzlarini “oʽzbekiylar” atay boshlashdi. Shu yoʽl bilan “ozbek” (oʽzbek) termini muomalaga kirdi va bu terminni kelib chiqishi Oʽzbekxon nomi bilan bog‟liq” . Bunday noilmiy qarashlarda akademik K.Sh. Shoniyozov fikrlarini oʽrinli deb qarasak yanglishmaymiz. Ayrim olimlar jumladan, B.A. Litvinskiy, S.P.Polyakovlar Oʽrta Osiyo xalqlarining etnogeneziga va etnik taraqqiyotiga beg‟araz qaramaganlar. Ularning nazarida, bu xalqlar sobiq SSSR tarkibidagi “qoloq” xalqlar boʽlib, faqat keyingi asrlarda ruslar ta‟siridagina alohida etnik birlik (elat) boʽlib shakllanganlar . Shunday ekan, Raxim Masovning fikr – mulohazalaridan koʽrinib turibdiki, muallif ta‟kidlagan fikrlari, koʽrsatgan vaqtlari chuqur ilmiy asoslanmagan, koʽp xolatlarda taxminiy xulosalar tarzda ifodalangan. Xulosa oʽrnida ta‟kidlash joizki, insoniyatning qadimgi madaniyat oʽchoqlaridan hisoblangan mintaqamiz hududidagi xalqlar ajdodlari (jumladan, oʽzbek va tojik) qadim davrlardan shu hududda yashab, bir-birlari bilan har doim moddiy va madaniy munosabatlarda aloqa qilib kelganlar. Professor A.Yu.Yakubovskiy aytganidek, “…xalq tarixini uning nomi tarixi bilan aralashtirish mumkin emas” . Chunki koʽrib chiqilgan arxeologik, tarixiy, etnografik, antropologik, lingvistik manbalar va adabiyotlardagi materiallar aynan shuni tasdiqlaydi.


Download 34,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish