Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/238
Sana15.11.2022
Hajmi2,57 Mb.
#866079
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   238
Bog'liq
7909 1078 TDPU I.A 8-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 
82 
respublikalarida ham bir xil kechdi. Masalan, mazkur islohot natijasida 1927-1928-
yillarda Junaidxon boshchiligida Turkmaniston va Xorazm vohasini keng ko‗lamli 
qo‗zg‗olon qamrab oldi. Bundan tashqari, agrar sohadagi o‗zgarishlarga qarshi kurash 
Qirg‗izistonni ham cheklab o‗tmadi. Bu yerdagi harakatlar asosan Janubiy 
Qirg‗izistonda kuzatiladi. Bu ko‗pincha 1927-yilda Jonibek Qozining faoliyatida 
namoyon bo‗ladi. 1929-yilda esa O‗rta Osiyo respublikalarining barchasida qurolli 
harakat yana qaytadan kuchaydi. Lekin sovet hokimiyatiga qarshi bu kabi kurashlar 
qisqa fursatlarda qizil armiya tomonidan bostirilib, qo‗zg‗olon qatnashchilari esa 
qattiq jazolarga mahkum etib borildi.
Bolsheviklarning O‗rta Osiyoda yuritayotgan siyosatini cheklash maqsadida 
tashkil etilgan qo‗zg‗olonlarning mag‗lubiyatga uchrashiga quyidagi omillar ta‘sir 
ko‗rsatdi: birinchidan, bu davrda xalqning og‗ir ahvolga tushib qolishi natijasida, 
qurolli harakat shaklida kurash olib borish uchun guruhlarni moddiy ta‘minlash 
imkoniyati, ot va qurol-yarog‗ zaxirasi cheklandi. Ikkinchidan esa, qizil armiyaga asir 
tushgan yoki taslim bo‗lgan qurolli harakatning tajribali rahbarlari va ishtirokchilari 
sovet hokimiyati tomonidan aksariyati qatl etildi hamda qattiq qamoq jazosiga hukm 
qilindi. Shuningdek, mol-mulki musodara qilinib, jazoni o‗tab bo‗lgach esa bir necha 
yil mobaynida siyosiy huquqlardan ham mahrum etildi. Qattiq jazo siyosatining 
amalga oshirilishi aholini kuchli qo‗rquv holatiga keltirib qo‗ygan edi. Shu kabi 
xususiyatlar bilan kurashning oldingi yillaridan biroz farq qildi. Shu davrda garchi 
shunday og‗ir va murakkab vaziyat bo‗lishiga qaramasdan qo‗rboshilarning guruhlari 
borgan sari ko‗payib borganligi kuzatiladi. 
O‗zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari A.Toshmuhamedovning 1929-
yil 9-dekabrdagi ―O‗zbekiston SSR hududida bosmachilik harakati‖ nomli hisobotida 
keltirilishicha, 1929-yil 1-yanvardan to 8-dekabrgacha O‗zbekiston SSR hududida 
104 ta guruh va ularning tarkibida 1554 nafar yigitlar harakat olib borgan. 1929-
yilning dekabr oyiga qadar 40 ta guruh va ularning 743 nafar yigitlari tugatildi. 
Toshmuhamedovning fikricha, oldingi yillarga qaraganda 1929-yilda qurolli 
guruhlarning o‗sishi 85 %ni tashkil qilgan[15].
O‗zbekiston SSRda qishloq xo‗jaligini kollektivlashtirish natijasida 
kolxozlarning tuzilishi, dehqonlarning majburiy suratda jamoa xo‗jaliklariga 
kiritilishi Farg‗ona vodiysida ozodlik kurashini qaytadan avj oldirib yubordi. 
Farg‗ona okrugida 1930-yilda siyosiy ahvol nihoyatda keskinlashib, bu ommaviy 
chiqishlarning qurolli qo‗zg‗olonga o‗sib chiqish xavfini tug‗dirdi. Biroq sovet 
harbiylari tomonidan bu qo‗zg‗olonlar ham bostirildi[16]. 
Xullas, O‗zbekiston SSRda yer-suv islohoti ta‘sirida sovet hokimiyatiga 
qarshi kurash natijalari quyidagilardan iborat: 
1. Mazkur islohot dastlab 1925-1926-yillarda Tojikiston ASSRda amalga 
oshirilganligi uchun bu yerda sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib borayotgan 



Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish