TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
116
-
boshlang‗ich ta‘limda hanuzgacha o‗quvchiga manipulyativ yondashuv
mavjud, ya‘ni ―Sen ham shunday qil!‖ shiori ustuvor ahamiyatga ega;
-
dasturda berilgan muayyan bilim, ko‗nikmalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri
o‗qitish, bu ―maktab modelining frontal darslari‖ nusxasini anglatadi. Mehnatning
ustuvor shakllari frontaldir. ―O‗quvchini bilim, ko‗nikma bilan qurollantirish‖
bo‗yicha ko‗rsatma beriladi;
-
o‗quvchi pedagogik tizim kuchlarini qo‗llash obyekti sifatida ko‗rib
chiqiladi. O‗quvchilar faoliyati tashqi tartib va rasmiy intizom evaziga bostiriladi;
-
barcha uchun umumiy, yagona va majburiy psixik rivojlanish;
-
tarbiya xatti-harakatlarini to‗g‗rilash yoki cheklovlar, ―takliflar‖ orqali
qoidalardan chetga chiqishning oldini olishga qaratilgan.
Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘limning maqsadi yagona jamoada ―o‗rtacha‖
o‗quvchiga emas, balki har bir o‗quvchiga uning individual bilish imkoniyatlari,
ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda yondashib, psixologik pedagogik tizim
sharoitini yaratishdir.
Bizning fikrimizcha, shaxsga yo‗naltirilgan yondashuv o‗quvchilarning real
shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari amalga oshiriladigan, o‗quvchilar tomonidan
shaxsiy tajriba va bilimlar samarali to‗planadigan ta‘lim muhitini yaratishni o‗z
ichiga oladi. Bugungi kunda boshlang‗ich ta‘limdagi islohotlar avtoritar tizimdan
pedagogik jarayonni qurishning shaxsga yo‗naltirilgan modeliga o‗tishni
ko‗zlamoqda.
Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini shaxsga
yo‗naltirilgan texnologiyalar – pedagogning e‘tiborini o‗quvchining ajralmas
shaxsiga, uning nafaqat intellektual qobiliyatlari va fuqarolik mas‘uliyat hissini
rivojlantirishga bo‗lgan e‘tiborini, balki hissiy, estetik, ijodiy moyilliklari va
rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‗lgan ruhiy shaxsni rivojlantirishga qaratiladi.
Ta‘limning asosiy qadriyatining bunday e‘tirof etilishi shaxsning o‗ziga xos
shakllanishidir. Shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalar har bir o‗quvchiga uning
xususiyatlarini, hayotiy qadriyatlarini, intilishlarini aniqlash asosida o‗zlarining
rivojlanish yo‗llarini tanlash huquqini berish imkoniyatini kengaytiradi. Demak,
o‗qitish jarayoni o‗quvchining individual rivojlanishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, u
o‗quvchining o‗rnatilgan tartibda individual rivojlanishi, umumiy genetik
rivojlanishiga ham bog‗liqdir.
O‗qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual
faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, o‗quvchining shaxsiy tajribalari va
o‗qish va o‗qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Bugungi kunda ilg‗or xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda
amaliyotga joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me‘yoriy hujjatlar, o‗quv-metodik
adabiyotlar, o‗quv metodik majmualarni ishlab chiqish, ilg‗or xorijiy tajriba asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |