TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
qilib, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘quvchilarning o‘quv yutuqlari monitoringi amalga
oshiriladi, shuningdek, boshlang‘ich maktabdan asosiy maktabga o‘tish davrida matematik va tabiiy
fandagi o‘zgarishlar kuzatiladi. IEA tomonidan 1995-yilgacha o‘tkazilgan matematik va
tabiatshunoslik ta’limi sohasidagi barcha tadqiqotlar bir xil kesimda o‘tkazilgan. 1995-yildagi TIMSS
tadqiqoti bitta kesimda emas, balki ketma-ketikdagi ikkita 3-4 va 7-8-sinflar kesimida o‘tkazilgan.
Ushbu yondashuv muhim afzalliklarga ega edi. U ma’lum bir yosh guruhidagi o‘quvchilarni qamrab
olish va o‘quv yutuqlarini baholashga imkon berdi. Masalan, 1995-yilda TIMSS tadqiqotida
o‘rganilgan yettinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilari soni o‘n uch yoshdagi o‘quvchilarning deyarli
ko‘p qismini qamrab olgan. Shu bilan birga, alohida yoshdagi o‘quvchilarning o‘quv yutuqlaridagi
o‘zgarishlarni taqqoslash, kuzatish va tahlil qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, sakkizinchi sinf
o‘quvchilarining 13,5 yoshdagi o‘quv yutuqlari va 12,5 yoshdagi yettinchi sinf o‘quvchilarining o‘quv
yutuqlari bilan taqqoslash amalga oshirildi va shu tariqa bir yillik o‘qishning o‘quv samaradorligi
aniqlandi
1
. 1995-yil TIMSS tadqiqot konsepsiyasini ishlagan mutaxassislar D.Uayli va R.Wolfning
qarashlariga ko‘ra, birinchi bosqichda TIMSS ishida qo‘llaniladigan yondashuv an’anaviy tasavvurlar
va tadqiqotlar o‘rtasidagi kelishuv bo‘lgan va o‘quvchilarning ilmiy yutuqlari to‘g‘risida ko‘proq
ma’lumot bergan. Faqat o‘quvchilarning ma’lum bir yoshi yoki yiliga qaratilgan odatiy amaliy
tadqiqotdagiga qaraganda o‘quv natijalariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor
berilgan
2
. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 1995-yildagi TIMSS tadqiqotida vazifa – maktabdagi turli
bosqichdagi o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini taqqoslash edi, shuning uchun uchta guruh
o‘quvchilari tanlangan. Tanlashda bittasi boshlang‘ich sinflardan (3-4) iborat bo‘lib, unda to‘qqiz
yoshli o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Ikkinchi guruhda o‘n uch yoshdagi asosiy maktabning
ikkita sinfini (7–8) o‘quvchilari qatnashgan. Uchinchi guruhga o‘rta maktablarning bitiruvchi
o‘quvchilari kiritilgan. TIMSSni o‘rganishda ishtirok etadigan mamlakatlarning barcha umumiy o‘rta
ta’lim maktablarini qamrab olgan birinchi va ikkinchi tanlanmalardan farqli o‘laroq, 3-guruh shunday
shakllantirilganki, unga umumta’lim dasturlari asosida o‘qigan o‘quvchilar bilan birga matematika
va fizika chuqurlashtirib o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari ham
kiritilgan. Bu o‘rta maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to‘g‘risida
ma’lumot olish va maktabda olingan matematika va tabiiy fan bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarni
turli vaziyatlarda qo‘llash malakasi haqida ma’lumot olishga imkon berdi. Bundan tashqari, maktabni
tamomlash davrida bitiruvchilarning matematika va fizika bilan bog‘liq tayyorgarligini taqqoslash,
bitirish arafasida kelajakdagi kasbini tanlash imkonini berdi. TIMSS-1995 tadqiqoti misolida, xalqaro
tadqiqotlarni taqqoslashda qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. Ko‘rib
chiqilayotgan TIMSS tadqiqotining asosiy sikllari C.Travers va A.Uestberi tomonidan yaratilgan
matematika ta’limi bo‘yicha ikkinchi TIMSS xalqaro tadqiqotining konseptual modeli hisoblanadi (1-
rasm).
Bu model Xalqaro ta’lim assotsatsiyasi (IEA) tadqiqotining konseptual modeli sifatida mashhur
bo‘lib, unda o‘tkazilgan tadqiqot davomida yig‘ilgan tajribalar umumlashtiriladi. Taqdim etilgan
model bo‘yicha ta’lim uch bosqichda ko‘rib chiqiladi: rejalashtirilgan ta’lim darajasi - maktabning
ijtimoiy buyurtmasi, ta’limni amalga oshirish darajasi – aniq o‘quv jarayonida ta’lim erishilgan
darajasi - o‘qitish natijalari.
1-rasmda ko‘rsatilgan model ta’lim tizimi turli elementlarining murakkab o‘zaro bog‘liqligini
tushunishga yordam beradi, bu uch daraja: ta’lim tizimi, maktab-sinf va o‘quvchi. Ta’lim tizimining
makro darajasida (maktab joylashgan mamlakat, viloyat, tuman) ta’limning rasmiy maqsadlari
1
TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille.Pacific Educational Press,
Vancouver, Canada, 1996
2
Ковалева Г.С. и др. Концептуальные подходы к оценке учебных достижений по математике и естествознанию в международном
сравнительном исследовании. Москва, 2008 год. – 44 с
16
Do'stlaringiz bilan baham: |