TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
ko‘proq e’tibor berildi. Ko‘p sonli omillarni o‘rganish zarurati tahlil qilingan tizim elementlarining
sezilarli darajada o‘sishiga va ta’lim tizimidagi omillar o‘zaro ta’sirining ancha murakkab modelini
yaratishga olib keldi. Shu ma’noda TIMSS modeli o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini baholashda
mavjud yondashuvlarni isloh qilishning asosiy talablariga javob beradi.
3-rasm. TIMSS tadqiqotining konseptual modeli [7, c. 37]
1
Ma’lumki, mamlakatlardagi matematik va tabiiy fan ta’limining rejalashtirilgan maqsadlari va
mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarda aks ettirilgan. Ular, shuningdek,
darsliklar va uslubiy qo‘llanmalar, imtihonlar mazmuni va o‘qituvchilar tayyorlash kurslarida amalga
oshiriladi.
Ajratilgan ko‘rsatkichlarning ko‘pligi bilan TIMSSning “TIMSSning ta’limiy imkoniyatlari
modeli” yakuniy konseptual modeli (qarang: shakl. 4) juda ixcham va ta’lim tizimining turli
darajalarini (mamlakat, maktab, sinf, o‘quvchi) va quyidagi savollarga javob beradigan to‘rtta
ustunni tavsiflovchi to‘rt qator ko‘rsatkichlar bilan shakllantiriladi: “maktab o‘quvchilari nimani
o‘rganishlari mumkin?”, “o‘qitishni kim amalga oshiradi?”, “ta’lim qanday tashkil etilgan?”, “har bir
inson uchun foydali ma’lumotlar”. Shubhasiz, hech qanday tadqiqotda ta’lim tizimida mavjud
bo‘lgan barcha omillarni ajratib ko‘rsatish va ularning o‘zaro ta’sirini o‘lchash, shuningdek, ta’lim
yutuqlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin emas. TIMSS ta’lim tizimining konseptual modeli bunga da’vo
qilmaydi. Ushbu model asosiy omillarni ta’kidlab, ularning o‘zaro bog‘liqligini tizimli yondashuvga
asoslangan holda aniqlashga harakat qiladi.
TIMSS tadqiqoti natijasida rejalashtirilgan, amalga oshiriladigan va erishilgan ta’lim darajalari
bilan bog‘liq to‘rtta guruh savollariga javob berish, shuningdek, ushbu ta’lim darajalari o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘rnatish lozim edi. Ushbu savol guruhlari tadqiqotni rejalashtirish va uning
vositalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi.
Ta’lim rejalashtirish darajasiga oid birinchi guruh quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
- matematik va tabiiy fanlarning maqsad va mazmunini aniqlashda mamlakatlar o‘rtasidagi
farq nimada?
- matematik va tabiiy fanlar ta’limining maqsadlarini aniqlash va mazmunini ishlab chiqishda
nima hisobga olinadi?
- mamlakatlarda matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish
jarayonida yaxlit ta’lim tizimining qanday tavsifi, ayrim maktablar va o‘quvchilarning qanday
xususiyatlari ko‘rib chiqiladi va hisobga olinadi?
Ta’limning rejalashtirilgan darajasi ijtimoiy konteksti jamiyatning ta’lim bilan bog‘laydigan
maqsadlari, kutiladigan natijalari va qadriyatlari, ya’ni maktabning ijtimoiy buyurtmasini
shakllantiradi. Muayyan fanga nisbatan rejalashtirilayotgan ta’lim darajasi quyidagicha ifodalanishi
mumkin: “Mazkur fan doirasida o‘quvchilar nimani o‘rganishi mumkin?”
1
TIMSS Monograph No.2. Research Questions and Study Design. General editor, David F. Robitaille. Pacific Educational Press,
Vancouver, Canada, 1996.
Ta’lim tizimi va
mamlakatni
maqsadli tavsiflovchi
k
o‘
rsatkichlar
Maktab va muhit,
o‘
quv
jarayonini tavsiflovchi
k
o‘
rsatkichlar
O
‘
quvchini
tavsiflovchi
k
o‘
rsatkichlar
Ta’limning
rejalashtirish
darajasi
Ta’limni amalga
oshirish darajasi
Ta’limning erishilgan
darajasi
18
Do'stlaringiz bilan baham: |