Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
(Burhoniddin Rabg‘uziy “Qisas ul-anbiyo”, Mirzo Ulug‘bek “To‘rt ulus tarixi”, Muhammadrizo Ogahiy 
“Zubdat ut-tavorix”)da qayd etilishicha, turkiy qavmlar otasining asl ismi Tur bo‘lgan. N.Eshonqul 
nasridagi yetakchi poetik pafos milliylik ekanini e’tiborga olib qaraydigan bo‘lsak, shu versiya 
haqiqatga yaqinroq tuyuladi. Ta’kidlaganimizdek, N.Eshonqul adabiy-estetik qarashlarining ikkinchi 
asosiy yo‘nalishlaridan yana birini milliylik, odamiylik, ijtimoiy gumanizm kabi g‘oyalar tashkil etadi. 
Adibning madaniyat haqidagi fikr-mulohazalari ham alohida o‘ringa ega. Muallif “Tun panjaralari” 
qissasining yozilishiga turtki bergan sabablar ichida eng birinchisi sifatida J.P.Sartrning “So‘z” qissasi 
va unda yozuvchining o‘zini shafqatsiz fosh qilishi, hayotni kashf qilish uchun yashamaslik kerak, 
degan xulosasi ekanini qayd etadi. “Tun panjaralari” qissasidagi qahramon – atrofdagi holat va fikr 
turg‘unligidan bezgan, “o‘zini o‘z xayoliga bandi qilgan, o‘zini izlayotgan odam.”
1
Shu nuqtayi 
nazardan yondashsak, asar qahramoni o‘z ko‘ngil olamini, ichki tug‘yonlarini ayovsiz fosh etuvchi 
kimsadir. Yozuvchining adabiy-estetik qarashlarida ilgari surilgan masalalardan yana bittasi 
yaratilayotgan asarlar har biri ijtimoiylik bilan u yoki bu darajada bog‘lanishdadir, degan fikrlarida 
ko‘zga tashlanadi. N.Eshonqul o‘z asarlarida ijtimoiy mazmunni mutlaq inkor etmaydi. Bu uning 
G‘arb modernistlaridan farq qiladigan muhim jihatlaridan biridir.
Xullas, yozuvchining adabiyot haqidagi asosiy kuzatishlari asosida adabiy-estetik pozitsiyasini 
belgilash hamda ushbu pozitsiyaning o‘z asarlarida namoyon bo‘lish usul va tamoyillarini ochib 
berish yozuvchi ijodiy laboratoriyasi va ijod psixologiyasini o‘rganishning muhim jihatlaridan biridir.
N.Eshonqul qarashlarida har bir ijodkor o‘z “men”iga ega bo‘lishi uchun tashqi omillardan tashqari 
o‘z ichki olamiga – shaxsiyatini namoyon qiladigan tafakkur, tasavvur olamiga ega bo‘lmog‘i lozimligi 
o‘z aksini topgan. Bunday xulosalar yozuvchining ijtimoiy-estetik qarashlari bilan uyg‘unlashib 
ketgan. Xususan, hikoyalarida yozuvchining sho‘ro mafkurasi haqidagi hukm-xulosalari, odamlarni 
shaxssiz kimsaga aylantirib tanazzulga duchor qilgan tuzum haqidagi to‘xtamlari aks etgan. 
N.Eshonqul o‘z asarlarida insonni, uning mohiyatini anglash va ochishga harakat qilar ekan, 
turli xil badiiy tasvir usullari va vositalaridan samarali foydalanishga urinadi. Jumladan, “Tun 
panjaralari” asari inson qismati, boqiylikka daxldor haqiqatlar haqidagi yozuvchi munosabatlari 
talqinidir. N.Eshonqul ijodida musiqa, tovush, ohang, suratlar, ranglar ramziy ma’no kasb etib
qahramon ruhiyatini, asar mazmunini ochishga, yozuvchi konsepsiyani tushunishga, shuningdek
ijodkor shaxsi, “men”ining, musiqa, tasviriy san’atga moyilligi kuchliligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga 
badiiy asar estetik jozibasini kuchaytiradi. N.Eshonqul ijodiga xos bunday xususiyatlarning barchasi 
undagi ijodiy niyat va badiiy ifodaning parallel aks etishini ta’minlaydi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish