TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
125
ko‗ra cheklangan edi. Shu boisdan aksariyat shoirlar Vatan va millatini baxt,
baxtiyorlik, ulkan zafarlar og‗ushida tasavvur etar, yozgan she‘rlari ham soxta
ko‗tarinkilikka asoslanar edi. Abdulla Oripov she‘rlarida esa ―Vatan‖ so‗zi-asosiy
so‗z va bosh tushuncha bo‗lib qolmasdan, milliy his-tuyg‗u va haqiqatlarni ochib
ko‗rsatadigan kalit hamdir.[1, 15-b.] Bu gaplarning ayni haqiqat ekanligini Abdulla
Oripovning o‗zi ham e‘tirof etadi. U o‗z xotiralarida, suhbatlarda bu haqda to‗xtalib
o‗tgan. ―Xalqimizning, Vatanimizning bardavom kelajagini, nurli istiqlolini
menimcha mantiq belgilaydi. Aslida adolatning oyoq osti bo‗lishi mantiqning
buzilishidir. Mantiqan O‗zbekiston o‗z hurriyatiga ega bo‗lishga haqli edi. Insoniyat
genetikasida shunday g‗alati tuyg‗ular mavjudki, bu tuyg‗ular yaxlit armon va umid
ustiga qo‗yilishi ham mumkin. Sho‗ro tuzumida bizning qalbimizdagi armon yaxlit
shunday edi. Vatanni ozod ko‗rish edi bizdagi istak. O‗sha davrda bu haqida o‗ylash
uchun o‗tkir optimist bo‗lish kerak bo‗lgandir, lekin har holda yuragimizda umid,
harakatimizda shasht bor edi. Siz yuqorida ta‘kidlagan ―Men nechun sevaman
O‗zbekistonni‖ she‘ri bundan 35 yil ilgari yozilgan. U davrda O‗zbekistonning
paxtasi uchun, oltini uchungina ―hurmat‖ qilishgan. Holbuki, o‗sha paxta ham
meniki, oltin ham. Ammo men nima uchun sevaman O‗zbekistonni! Agar
muzliklarda yashagan bo‗lsang ham, xalqim, men chukcha yo yoqutga o‗xshagan
bo‗lganimda ham sen uchun jonimni berar edim-ku, degan muxolif kayfiyat bilan
yozilgan edi-da.
Xalqimizning buyuk o‗g‗lonlarini, necha-necha allomalarini qurbon qilgan u
tuzum haqida gapirish ayanchli‖,- degan edi A.Oripov Adiba Umirova bilan bo‗lgan
suhbatida [3, 4-b.].
Abdulla Oripovning Vatan, millat taqdiri mavzularida yozilgan she‘rlarini
ifoda uslubiga ko‗ra ikki guruhga – mustaqillikka erishganimizgacha va undan
keyingi yillarda yaratilgan she‘rlarga bo‗lish mumkin. Mustaqillikka erishgunga
qadar yozilgan she‘rlarda ―kosa tagida nimkosa‖ usuli yetakchilik qilganligi seziladi.
Bu davrda yozilgan she‘rlarning asosiy xususiyati shundaki, ularda ichki iztirob,
ruhiyatda sodir bo‗layotgan isyon, yurtni ozod ko‗rish istagi bo‗rtib turadi.
Ko‗ngildagi vulqon kabi portlashga tayyor bu fikrlarni shoir ehtiyotkorlik bilan turli
ramzlar, ishoralar orqali o‗quvchi hukmiga havola etadi.
―Minorai Kalon tepasidagi laylak‖ she‘ri Buxoroni dushman egallab olgach,
mahmadona mang‗it davlati, beklar, amirlar tashlab ketganligi, hatto bulbullar ham
tark etganligi, ammo birgina shaharda qolganligi haqida. She‘rni ikki xil talqin qilish
mumkin. Birinchidan, Buxoroning amirlar qo‗lidan xalos qilinishi va mehnatkash
xalqning ozodlikka erishishi bevosita ruslarning xizmatlari sifatida talqin qilinishi
sobiq sho‗rolar mafkurasiga to‗la mos kelar edi.
She‘rning o‗sha davrda qiyinchiliksiz nashr qilinishi so‗zsiz shu qarashlar
tufayli bo‗ldi. Ikkinchidan, she‘rda hamma ham sezavermaydigan ikkinchi
ma‘noning mavjudligidir. Shoir o‗z yurtini mustaqil va ozod ko‗rish istagini turli
ramzlar orqali ifodalagan. Bu, ayniqsa, laylak haqida fikr yuritganda ―oyoqlari
g‗o‗zaga o‗xshar, qanotlari esa paxtadek oppoq‖ degan fikrlarning berilishidir. Zukko
Do'stlaringiz bilan baham: |