Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
123 
sochilgan aks sadosidir, aslida! Shunga ko‗ra har qanday millatning istalgan davr 
adabiyotini qo‗lga olib, hijjalab o‗rganib chiqish degani o‗sha millatning ma‘lum 
davrda boshidan, yuragidan kechirganlari bilan tanishish, deganidir. Biroq buning 
bitta sharti bor: shu xalq va shu davrga mansub shoir (yoki har qanday boshqa 
san‘atkor) o‗z qismati bilan, dunyoqarashi-yu olgan ta‘lim-tarbiyasi, yashash tarzi 
bilan shu xalqqa va shu xalq yaratgan davr kayfiyatiga mansub bo‗lmog‗i zarur![6, 
171-b] Insoniyat yaralgandan buyon ajdodlarimiz tomonidan yozilgan minglab 
kitoblar ona tabiatga, uning go‗zal ta‘rif-u tavsifiga bag‗ishlanganligining ham sababi 
shunda bo‗lsa, ne ajab. Bu go‗zalliklarni qog‗ozga tushirib, boshqalarga ulashadigan, 
o‗zining va xalqning dardlarini badiiy tarzda boshqalarga tortiq etadigan kishilarga 
nisbatan birgina ―shoir‖ so‗zini qo‗llaymiz. Bu so‗z zamirida ba‘zan qanchalik 
mas‘uliyat, zalvorli yuk yotganligini ba‘zan o‗ylab ham ko‗rmaymiz. Bu yukni 
shoirlikka da‘vogarlarning barchasi ham ko‗tara olmaydi. Chunki shoir xalqning 
barcha jim turganda ham el dardini oshkora ayta oladigan tili, nomard-u nojinslarga 
qarshi qayralgan qilichi, yurtini va elini tarannum qiladigan sayroqi qushi 
hisoblanadi. Shu bois el e‘tirofiga erishgan ijodkorlar obro‗-e‘tibor topadi. Kelajak 
sari eltuvchi bu shukuhli karvonning boshida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, 
Navoiy, Boburlar qatori Abdulla Oripovning ham o‗z o‗rni bor. Abdulla Oripov 
ijodida Vatan tushunchasi muhim o‗rin tutadi. ―Ustoz Abdulla Oripov ijodini ona 
yurt, Vatan tushunchalaridan ayro holda tasavvur qilish aslo mumkin emas. Ta‘bir 
joiz bo‗lsa, mehr-muhabbat va hikmatga to‗lig‗ bu ijodni she‘riyatdagi Vatan, 
Vatandagi she‘riyat deb ta‘riflamoq o‗rinlidir. Abdulla Oripov deganda — 
osmondagi mitti yulduzdan boshlanib, ona Vatanimizning cheksiz dasht-u kengliklari 
qadar yastanib ketgan bag‗rikeng o‗zbekona she‘riyat, yurtning qir-adirlari, 
sayhonlari-yu sahrolari misol dillardan joy olib, qalblarda qadr topgan, zahmatkash 
xalqning mehrparvar qo‗llari yanglig‗ aziz va sermazmun nazmiy umr ko‗z 
o‗ngimizda gavdalanadi. Undan qadrdon manzilu makonlarning havosi ufurib 
turadi‖,- deydi atoqli shoir Sirojiddin Sayyid [5, 5-b.]. 
Vatan, bu tushuncha doirasida qaraluvchi turli manzaralar to‗g‗risida fikr 
yuritganda shuni yodda tutish lozimki, shoir qiyin davrda, sho‗rolar mafkurasi ayni 
gullagan davrlarda ijod qildi. Shoir ulg‗aygani sayin bu tuzumning mazmunan puch 
ekanligi, uning go‗yalari aslida istibdod, zulm kabilardan oziqlanishini anglab yetdi 
va hayotda buning bir necha bor guvohi bo‗ldi. Shoir o‗z fikrlarini ochiq-oydin aytish 
imkoni bo‗lmagani bois ularni o‗z she‘rlarida turli ramzlar, ishoralar vositasida 
berishga harakat qildi. Bu uning yaxlit holda Vatan tushunchasi doirasida 
birlashuvchi ―Men nechun sevaman O‗zbekistonni?‖, ―O‗zbekistonda kuz‖ she‘rlari 
hamda ―O‗zbekiston‖ qasidasida, ayniqsa, yaqqol ko‗zga tashlanadi. Aslida, sobiq 
tuzum gullab-yashnagan davrda Vatan manzaralari, millat, milliy qadriyatlar 
to‗g‗risida fikr yuritishning o‗zi qahramonlik sanaladi. Yirik adabiyotshunos olim 
N.Jabborov o‗sha davrning haqiqiy manzarasini quyidagicha ta‘riflaydi: ―She‘r 
yaratilgan 1964-yilda vatan, xalq haqida chuchmal, ta‘sirsiz so‗zlar nazm namunasi 
o‗laroq taqdim etilar, ularning deyarli barchasida bir xil yashasinchilik ruhi hukmron 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish