Pedagogical Sciences, Professor
Panayeva M.M. - Master of Tashkent State Pedagogical University
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
12
Annotation.
This article describes the improvement of the quality and
effectiveness of education based on an innovative approach to the analysis of works
of art by Kamoliddin Bekhzod in the composition and color-imaging lessons from the
history of fine arts in the system of lifelong education.
Key words:
national property, beauty, feeling, cultural heritage, tradition,
creative approach, action, miniature, inspiration, invention, Universe.
2017-2021-yillarda О‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yо‗nalishi bо‗yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy hamda innovatsiya yutuqlarini amalga joriy
etishning samarali mexanizmlarini yaratish vazifasi belgilangan. Ota-bobolarimizning
qanday buyuk shaxslar, yetuk alloma, olim va ulamolar bо‗lgani bilan faxrlanibgina
qolmasdan, balki ularga munosib farzand bо‗lish, olamshumul kashfiyotlar qilishga
qodir xalq ekanimizni, amalda isbotlashimiz ham lozim [1]. Bajarilayotgan ilmiy
tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning sifatini oshirish, pirovardida, yurtimizning
ilmiy-texnologik salohiyatini mustahkamlab, iqtisodiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Oliy
ta‘limda tasviriy san‘at ta‘limi mazmuni va metodikasini
takomillashtirish orqali uning sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy ta‘lim
tendensiyalar, texnologik yondashuvlar bilan birga ta‘lim-tarbiya borasida tо‗plangan
kо‗p asrlik qadriyatlar, milliy-tarixiy an‘analardan ham foydalanib kelinmoqda.
О‗zbekistonning ilm va fani, madaniyati va san‘ati tarixida barcha zamonlar uchun
о‗zining badiiy-estetik qiymatini yо‗qotmaydigan, ayniqsa, yillar va asrlar osha
ma‘naviy nufuzini oshirib boruvchi manbalar mavjud. Shunday manbalar ichida,
Sharq miniatura san‘atining ta‘limiy va tarbiyaviy imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish zamonaviy ta‘limning, shu jumladan, oliy ta‘limda ―Tasviriy san‘at
tarixi‖ о‗quv fanining dolzarb masalalari sirasiga kiradi. Sharq miniatura san‘ati uzoq
tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hamda umuminsoniy va milliy qadriyat
sifatida ham moddiy, ham ma‘naviy meros sifatida e‘tiborga molikdir. Miniatura
san‘ati umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 5-7-sinflarida va badiiy ta‘lim oliy о‗quv
yurtlarining tasviriy san‘at tarixi darslarida o‗rgatiladi. Kamoliddin Behzod ijodi
DTSga amal qilgan holda analiz, sintez va xulosalab chuqur о‗rgatiladi. Jumladan,
boshqa fakultetda tarix, adabiyot, ma‘naviyat kabi fanlarda ham qisman bо‗lsa-da
о‗rganiladi. Ming afsuski, hattoki о‗qituvchilarimiz Kamoliddin Behzodning
asarlarini kо‗rsalar-da uni mazmun-mohiyatini tо‗liq tushuna olmaydilar. Shu bois
uning asarlarini tahlil qilishda o‗zimiz ishlab chiqqan ―Tahlil‖ metodidan
foydalanishni tavsiya qilamiz.
San‘at tarixi fanini о‗qitishning modullik texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Yaratilgan ushbu metodga ko‗ra talabalar jamoa va yakka tartibda qatnashadi.
О‗qituvchi tasviriy va amaliy san‘at asarlarining badiiy, mantiqiy, falsafiy,
Do'stlaringiz bilan baham: |