TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
13
psixologik, astrologik kabi tahlil turlaridan birini ―Tahlil‖ metodi asosida biron
kompozitsiyasini tahlil qilish о‗rgatiladi. Tahlil qilishda oddiy jadval asosida bir
tomoniga naqsh bо‗laklarining nomi yozib boriladi va ikkinchi tomoniga ramziy
manosi yoziladi. Jadvallar asosida yakka holda, 2ta yoki guruhga bо‗linib, berilgan
naqsh kompozitsiyasini yoki tasviriy san‘at asarini badiiy tahlil qiladi. Musobaqa
asosida doskada guruhlarga ball qо‗yib boriladi. Eng yaxshi guruh rag‗batlantiriladi.
Xuddi shu usulda asarni mantiqiy falsafiy, psixologik usullarda tahlil qilinadi.
―Tahlil‖ metodining maqsadi dars jarayonida talabalar erkin, mustaqil, tanqidiy
fikrlash va izlanishga, taqqoslash usuli yordamida muammo yechimini topish,
bajargan ishni erkin bayon eta olish о‗z-о‗zini baholash, boshqalar fikriga hurmat
bilan qarash va har bir javobni isboti bilan izohlashga о‗rganadilar.
Sharq Renessansining buyuk vakillaridan biri naqqosh va musavvir
Kamoliddin Behzod jahon tasviriy san‘ati, xususan, kitob bezagi sohasida, portret,
manzara, turmush, tarixiy janrlarda yuksak g‗oyaviy, badiiy saviyada asarlar
yaratdiki, ular jahonning kо‗pgina mamlakatlarida sevib о‗rganilmoqda. Uning hayoti
va ijodiga bag‗ishlangan tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga qaramay, Behzod
asarlarining falsafiy va psixologik tomonlari yetarlicha о‗rganilmagan.
Kamoliddin Behzod о‗z asarlarida bu о‗tkinchi, ya‘ni sinov dunyosida inson
о‗zligini qanaqa qilib anglashning sir-sinoatlarini mohirona tasvirlar orqali
ifodalaydi. О‗zligini anglagan inson komillik darajasiga chiqa oladi. О‗zligini
notо‗g‗ri anglagan inson, birinchi holatda, о‗ziga ortiqcha baho berib kibr-u havoga
berilsa, ikkinchi holatda, о‗ziga past baho berib, о‗zidagi iqtidor, iste‘dodni
ocholmay, faolligi yetarli bо‗lmay, passiv, umidsiz, inqiroz holatiga tushadi. Bu ikki
holat ham inson kamolatiga yomon ta‘sir kо‗rsatadi. Jamiyatda faoliyat
kо‗rsatayotgan har bir shaxs milliy о‗zligini, о‗z mohiyatini anglashi, shaxsiy fikrga
ega bо‗lishi lozim. О‗zgalarning fikri uni yо‗ldan adashtirmasin, chunki о‗zlikni
anglash jarayonida bilish obyekti ham, subyekti ham insonning о‗zi bо‗ladi. Shularni
chuqur anglagan Kamoliddin Behzod inson bilan koinot
uyg‗unligini mantiqiy mushohada qiladi va о‗z
asarlarida koinot falsafasini chiziq, shakl va rang
timsollar orqali ifodalab, xalqqa yetkaza olgan.
Dunyoga tanilgan mashhur bо‗lgan asarlaridan biri
―Sо‗fiylar raqsi‖ning shu vaqtgacha badiiy tahlili tо‗liq
о‗rganib chiqilmagan. Kamoliddin Behzod koinot bilan
insonlar o‗rtasidagi sun‘iy bog‗lanishning uchinchi yо‗li
xalq an‘analarini chuqur о‗rganadi va ushbu tadbirlarda
о‗z tanasida va ruhida sinab kо‗radi. Buni I-guruhda
davra qurib turgan 7ta yetuk sо‗fiylar Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy va boshqalar qatorida rassom
1-rasm
Inson bilan koinotning bog‗lanish
tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |