ToshkeNt davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dss. 03/30. 01. 2020. Ped. 26. 01


rasm. O‘quvchilarda ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi



Download 0,63 Mb.
bet9/27
Sana13.03.2023
Hajmi0,63 Mb.
#918590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
О.Курбонова автореферат

1.2.2 rasm. O‘quvchilarda ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish mexanizmi
Tadqiqot ishida ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid kommunikativ, innovatsion, kreativ yondashuvlarning asosiy omillaridan biri og‘zaki va yozma nutqini adabiy til me’yorlari asosida rivojlantirish hisoblanadi. Bu jihat o‘quv faoliyatining jamoaviy xususiyati va bilimlarni qat’iy o‘zlashtirilishi natijasida nutqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, o‘quvilarda tinglab tushunish, eshitish, so‘zlash, yozish ko‘nikmalarining sub’ektiv munosabat bildirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish, ta’lim oluvchining intilishlari va qobiliyatlari, uning hayotiy tajribalardan chiqargan xulosalarni inobatga olishi kabi nutqiy vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli keyingi yillar davomida ilmiy tadqiqotlarda tadqiq etilayotgan ishlarni o‘rganib, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni dolzarb hisoblanadi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan 10–11-sinf “Ona tili” darsliklari shakl va mazmun jihatdan yangilandi. Mazkur darsliklarning o‘quvchilar uchun afzal tomonlaridan biri mavzular bosqichma-bosqich berilgan bo‘lib, nazariy ma’lumotlar keyingi mavzularni o‘rganish uchun asosiy o‘rin tutgan. Fikrimizning isboti sifatida shuni aytish mumkinki, 10-sinf “Ona tili” darsligida nutq uslublari, morfologik ko‘rsatkichlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari uslubiyati, har bir uslubga xos bo‘lgan leksik va morfologik, sintaktik birliklarning ishlatilish o‘rinlari, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, undalma va kirishlar, qo‘shma, ko‘chirma, o‘zlashtirma gaplar uslubiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. 11-sinf darsligida esa nutq va uning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlar yuzasidan umumiy tushunchalar, nutq kommunikativ sifatlarining har biriga tegishli alohida nazariy ma’lumotlar hamda mavzularni mustahkamlashga doir mashq va topshiriqlar berilib, turli lug‘atlardan og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi so‘zlar izohi, tilimizga kirib kelgan yangi so‘zlar ma’nosi keltirilgan. Ayonki, badiiy adabiyotda ma’lum estetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari ham uchrab turadi. Bu holat badiiylikni ifodalash uchun xizmat qiladi. Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanidan olingan mazkur parchada keltirilgan qorong‘izor (okkalizm) yasama so‘zi aslida so‘z yasalish me’yorlariga, ya’ni asosga qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘z yasash qoidasiga muvofiq kelmaydi, aslida -zor qo‘shimchasi so‘z yasalishida aytilishicha, aniq otlardan o‘rin-joy otlarini yasovchi qo‘shimcha sanaladi. Qorong‘i so‘zi esa belgini anglatuvchi sifat so‘z turkumiga xosdir. Badiiylikka, poetikaga oid so‘z yasalishi ona tili darsliklarida mustasno holatda ham o‘rgatilmaydi. Darsliklarni o‘rganib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga asosli ravishda ona tili darslarida o‘quvchilarning erkin so‘zlash qobiliyatining to‘liq holatda rivojlanmagani, tinglovchi va so‘zlovchining nutqiy vaziyatlarda tilning turli sath birliklari, leksik, morfologik, sintaktik birliklarini qo‘llash mahorati,adabiy til me’yorlariga muvofiq mustaqil matn tuzish va yozish ko‘nikmalariga yetarli darajada ega emasligini inobatga olgan holda nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish uchun, ularda nutqning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlari nutqida ishlatishni mukammal o‘rganishi uchun o‘quv qo‘llanma tuzish lozim deb o‘ylaymiz.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” deb nomlanib, unda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda tuzib chiqilgan maxsus, nostandart mashq va topshiriqlarning, ta’limiy vositalarning o‘rni va ahamiyati, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kompetensiyalarini kompleks tarzda rivojlantirishning bosqichma-bosqich o‘stirish tizimi hamda bu kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion metodlar, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlanish darajasini nazorat qilish bosqichi uchun baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan. Til ta’limida, ayniqsa, ona tili darslarida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy maqsadi hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda mashq va topshiriqlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Shu bois ona tili darslarida bajariladigan mashq va topshiriqlar vositasida mavzu yuzasidan keltirilgan grammatik qoidalarni mustahkamlash bilan bir qatorda o‘z tengqurlari bilan o‘zaro muloqotga kirishish, fikr va mulohaza bildirish, leksik birliklar va leksik boyliklardan foydalanish imkoniyati yuzaga keladi. Demak, o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalar turlari doirasida ham boshlang‘ich sinflardan boshlab shakllantiriladi, quyi va umumta’limda mashq va topshiriqlar orqali takomillashtirilib boriladi. Ularda tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash va yozish ko‘nikmalarining ilk bosqichlari o‘stirilgan bo‘lib, ona tili va o‘qish darslarida yanada urg‘u berilishi, nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni uzluksiz jarayon sanalib, muntazam ish olib borish yoritilgan.
O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun qo‘shicha ravishda maxsus mashq va topshiriqlar quyidagicha nomlandi: “Tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirishga oid mashqlar va topshiriqlar”, “Yozish kompetensiyasini rivojlantirishga oid mashqlar”, O‘qish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid mashqlar”, “So‘zlash kompetensiyalarini rivojlantirishga oid mashq va topshiriqlar” nomlar berilgan. Nostandart mashq va topshiriqlar tadqiqot jarayonida amaliyotda qo‘llanilib, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarining rivojlanishida yordam berishi ifoda qilingan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish