Таълим шакллари:
ўқув жараёни:
Баҳс-мунозара, суҳбат, ҳамкорликда,кичик гуруҳ, индивидуал, тарзда ишлаш
Синфдан ташқари ишлар: нутқий вазиятларда субъектив муносабат билдиришга оид тадбирлар, тўгараклар
Таълим методлари:
ўқув жараёни:
инновацион методлар
Синфдан ташқари ишлар “Нутқ услублари устида ишлаш методи”
Нутқий компетенцияларни ривожлантиришнинг инновацион методлари
Субъектив муносабат билдириш мантиқий фикрлаш, нутқий вазиятларда сўз қўллаш га оид назарий маълумотларни оғзаки ва ёзма нутқида қўллай олиш
Йўл қўйилган хато ва камчиликларни англаган ҳолда қайта оғзаки ва ёзма нутқ яратиш амалий кўникмаларга таяниш
2.2.3.rasm. O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillatirish modeli
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda, mazkur ta’lim muassasida faoliyat olib borayotgan ona tili o‘qituvchilarining mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol munosabatini tahlil etgan holda, o‘quvchilarga bilim berishda, kommunikativlik, kreativlik, mustaqil, erkin fikrlashi, tinglab tushunish malakalari og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, adabiy til me’yorlariga asoslanib matn tuzishi va yozishini rivojlantirishning, mazmunan uzviyligi va uzluksizligini ta’minlagan holda ta’lim sifat va samaradorlik natijasi aniqlanib baholandi hamda uning amaliy modeli ishlab chiqildi (2.2.3-rasm).
Mazkur model jarayoni doirasida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda matn turlarini tinglab tushunish, mustaqil holda qayta hikoya qilish, so‘zlash ko‘nikmalarining o‘sishi va fikrni yozma bayon qilish malakalariga ega bo‘lishi orqali tajriba-sinov jarayonida nutqiy faollikni namoyon etdi.
Tadqiqotda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarning asosiy qoidalaridan biri kompetensiyani o‘quvchilarning amaliy sub’ektiv sifati deb tushunishni nazarda tutadi. Bu o‘quv faoliyatining jamoaviy xususiyati va bilimlarni qat’iy o‘zlashtirilishini, o‘quvchilarda o‘qish, so‘zlash, yozishning sub’ektiv motivlariga bog‘liq bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish, o‘qish, yozish ob’ektiga munosabat, ta’lim oluvchining qobiliyatlari va tajribasini aniqlashga yordam beradi.
Innovatsion yondashuvlar til ta’limi tizimiga yangiliklar olib kirishi, darslarni tashkillashtirish jarayonidagi turli maqsadlari ona tili darslari mazmuniga, metod, usullariga, ta’limiy o‘yinlariga, olib borilgan pedagogik faoliyatdagi hamohanglik hamda ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tizimiga, o‘quv-metodik ta’minotiga, ta’limiy, tarbiyaviy ishlar tuzilmasiga, o‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligiga ta’sir qo‘rsatadi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish innovatsion metodlar asosida amalga oshirildi. Jumladan, ona tili darslarida olib borilgan tajriba-sinov ishlari innovatsion, interfaol ta’lim texnologiyalar (“Emotsional- ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar ustida ishlash” metodi, “Onlayn topshiriq berish” metodi “Savodxon” metodi, Grammatik- assotsiativ metod, va “Qiziqarli taqdimot”, “Zukkolik”,“Sub’ektiv munosabat”, Ma’nosiga izoh, Bahs-munozara o‘yinlari) tushunib so‘zlash, ifodali o‘qish, adabiy til me’yorlariga amal qilib yozma nutqini o‘stirish uchun samarali natijalar berganligi yoritilgan.
O‘quvchilarni “Og‘zaki va yozma nutq o‘stirish” mavzusidagi seminar mashg‘uloti quyidagicha tashkil etildi: “Savodxon” metodi yordamida imloviy me’yorlarni aniqlashtirish; “Grammatik -assotsiativ metod” metodidan foydalanib o‘quvchilarni mavzu doirasida tilshunoslik asoslari bo‘yicha grammatik qoidalar negizida matn turlarini tuzish va yozish; “Onlayn topshiriq berish” metodi vositasida masofaviy ta’limda lingvistik kompetensiyalar negizida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish; “Qiziqarli taqdimot” o‘yinini o‘tqazish orqali rasmiy matnni rekvizitlariga rioya qilib tuzish; bahs-munozara asosida davra suhbatini tashkil etish; “Ma’nosiga izoh” o‘yini yordamida o‘quvchilarning olib borilayotgan seminar mashg‘ulot doirasida so‘zlarning ko‘chma ma’nolarini og‘zaki va yozma nutqida foydalanish bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |