Kreativlik. Kreativlikbu ijodkorlik degan ma’noni anglatadi. Ya’ni qo’yilgan masalani yechimini odatiylikdan chetlashgan holda qisqa, qulay va tushunarli yo’lini kashf etish, topishdan iboratdir. Bolani o’qitish jarayonida uni mustaqil fikrlashga, har bir darsga tanqidiy qarashga o’rgatish zarur. Chunki mustaqil fikrga ega, tanqidiy fikrlashi shakllangan o’quvchida albatta ijodkorlik, kashfiyotchilik jihatlari ham rivojlangan bo’ladi. Ijodkorlik nazariy bilimlarni a’lo darajada o’zlashtirgan va berilgan ma’lumotlarni ma’no mazmunini anglab yetgan o’quvchida yaxshi shakllanadi. Demak, biz o’quvchilarni shu darajada fanga yo’naltirishimiz lozimki, ular berilayotgan ma’lumotlarni puxta o’zlashtirish bilan bir qatorda masala va misollarning yechilish usullariga tanqidiy qarab o’zlari yanada qulay usullar o’ylab topishga intilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |