Matematik produktiv tafakkur. Matematik produktiv tafakkurga ta’rif berishdan oldin “Produktiv taffakur nima?” degan savolga javob bersak.
Produktiv tafakkur uning asosida olinayotgan mahsulotning yangiligining yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Produktiv ya’ni ijodiy tafakkur inson mustaqil fikrlashining oddiy shakli bo’lib, unda shaxs oldidagi vazifalarni turli usullar bilan yechadi, berilgan topshiriqlarning zaruriy yechimini topishga harakat qiladi. Produktiv tafakkur asosida divergent tafakkur yotadi. Divergent tafakkur barcha masalani turli usullar bilan yechishdir.
Tafakkurning izlanish bosqichlarida vujudga kelgan masalaning ifodalanishi har xil darajada bo’lishi mumkin. Jumladan, voqelikning nimalari ma’lum, nimalari noma’lum, ularni topish, qay holatda va qaysi yo’l bilan yechilishi mumkin, uning turmush uchun qanday ahamiyati borligini, aniqlashga to’g’ri keladi. Bu borada ijodiy fikrlash, uning samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixologlar faol, mahsuldor, ijodiy tafakkur natijasida yangiliklar paydo bo’ladi-yangi aloqa tizimi, o’z-o’zini boshqarishning yangi shakllari, shaxs xususiyatlari va boshqalar insonning aqliy rivojlanishiga olib kelishini aytib o’tishgan.
Produktiv ya’ni ijodiy fikrlash tushunchasi psixologik adabiyotlarda anchadan beri ishlatilib kelinayotgan bo’lsada uning mazmuni disskussiondir. Adabiyot tahliliga murojat qilganda (ko’ra) biz qanday qilib yirik psixologiya vakillari ijodiy fikrlash tushunchasini aniqlashlarini, qanday qilib tafakkur (fikrlash) faoliyatining produktiv, reproduktiv komponentlari solishtirmasi muammosini yechadilar kabi masalalarni o’z oldimizga qo’ygan edik.
Produktivlik boshqa psixik jarayonlarning farqlovchi tafakkurning o’ziga xos (spesifik) qirra sifatida qarab chiqiladi. Tafakkur o’z ichiga noma’lum qismlarni oladigan muammoli vaziyatda hosil bo’ladi. Bu vaziyatni o’zgartirish shunday yechimga olib keladiki, uning natijasida ega bo’lgan bilimlar yig’indisida bor bo’lmaydigan va undan bevosita formalar (rasmiy) mantiq qonunlari asosida yangi nimadir hosil bo’ladi.
Muammoni yechishda, qidirilayotganini topishda yoki to’g’ri bevosita ko’rish sifatida masalada qo’yilgan savolga javob beradigan vaziyatni o’zgartiradigan usul sifatida insayd katta rol o’ynaydi. Psixologlar tafakkurni tadqiqotda ko’pincha (keng) shunday masalalarni qo’llaganlarki, ularni yechganda, sinalayotganda bor bilimlarda, masalalarda talab qilayotgan yechimlar orasidan kelishmovchiliklar paydo bo’lgan va ular “ o’tgan tajribadagi to’siqni yengib o’tishga majbur bo’lganlar”. Buning natijasi esa noma’lumni topish jarayonida yaqqol ko’rinib turar edi. Bunga ko’ra olimlar tafakkur faoliyati
haqida o’ta qadr-qimmatli materialga (ma’lumotga) ega bo’ldilar ( K.Dunker, L.Sekiy.).
Tafakkurning produktiv nazariyalarda fikrlash (tafakkur) faoliyati natijasida hosil bo’ladigan yangi narsa o’z mukammalligi bilan harakterlanadi. U muammoli jarayonda hosil bo’ladi va odatda yangini qidirishda xalaqit beradigan, bu vaziyatni talab qiladigan o’tmishdagi tajriba to’sig’ini yengib o’tishni nazarda tutadi. Yechim boshlang’ich muammoni o’zgartirish sifatida amalga oshiriladi, biroq yechilish prinsipi to’satdan paydo bo’ladi, insayt tartibida.
Inson tafakkurining ijodiy harakteri haqidagi g’oyalar, uning xususiyati haqida boshqa jarayonlar bilan o’zaro bog’liqlik va birinchi o’rinda xotira bilan unung rivojlanishi qonuniyatlar haqidagi g’oyalar qator rus psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan (B. G. Ananyev, P.Ya. Galperin va boshqalar). Ya’ni o’quvchi ijodiy fikrlashi, ijodiy yondasha olishi uchun xotira katta ahamiyatga ega. O’tilgan nazariy bilimlarni xotirada mustahkamlagan holda, masalani yechishda egallangan bilimlar orasidan kerakligini tanlab olgan holda va xotiradagi nazariy ma’lumotlarni bir-biriga bog’lagan holda qulay va maqbul yechimni topishdan iboratdir. Tafakkur shunday aktiv yo’naltirilgan faoliyatki, uning jarayonida oldin bor bo’lgan va yangi kelib turgan ma’lumotni qayta ishlash, uning tashqi tasodifiy, ikkinchi darajali elementlarni asosiylarini, ichkilarini, o’rganilayotgan vaziyatni akslantirib ajratib olinadi, ular orasidagi qonuniyatli bog’liqliklar ochiladi. Tafakkur o’tgan tajribaga tayanmasdan produktiv bo’la olmaydi, hamda shu vaqtda u chegaralardan tashqariga chiqish, yangi bilim ochishni va buning natijasida bilim fondi, yig’indisi kengayadi va shu bilan birga barcha yangiroq va murakkabroq masalalarni yechishni nazarda tutadi. Tafakkurda produktiv va reproduktiv komponentlari dialektal qarama-qarshilik birligida haqiqatdan umumlashtirish va o’zlashtirish jarayonidek tutashgan, shuningdek uning solishtirma vazni aniq bir fikrlash harakatida har xil bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, matematikada produktiv tafakkur muhim ahamiyatga egadir. O’quvchilarda produktiv tafakkurni shu darajada shakllantirish kerakki, ular masala va misollar
yechish jaryonida berilgan masalaga o’xshash masalalarni qidirmasdan berilgan masalani o’z bilimi va tafakkuriga tayangan holda ishlay olsinlar. Produktiv tafakkurni shakllantirish uchun misol va masalalar bilan ko’proq ishlash va egallangan bilimlarning isboti bilan shug’ullanish zarurdir. Produktiv tafakkuri rivojlangan insonlar istalgan misol va masalalarni to’xtamasdan, o’zlari mustaqil ravishda, qulay va oson yo’l bilan ishlay oladilar. Bu bo’lajak matematiklar uchun muhim xususiyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |