a b
20°
x
50° y
So’nggi mulohaza: No’malum y burchak (110°+x) burchakka qo’shni ekanligini bilgan holda qo’shni burchaklar yig’indisi 180° ga tengligidan foydalnib , x burchaknig topilgan qiymatini o’rniga qo’yib hisoblash orqali y burchakning kattaligi 180°-(110°+20°) =50° ga teng ekanligini topamiz.
Javob: 20°; 50°.
XULOSA
Bugungi kundagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy o’sishimizning o’zi, zamon talab qilayotgan eng yaxshiyutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirish masalalariga borib taqaladi. Geomatriya fanini o’rganish o’quvchilardan faol fikrlashni talab qiladi. Agar matematik bilimlar aqliy fikrlashsiz, quruq yodlab olinsa, o’quvchining ongi yaxshi o’smaydi va natijada o’quvchi bunday bilim bilan mustaqil fikrlashni talab qiluvchi savollarga javob bera olmaydi. “Har bir pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish emas, balki hayotga bog’liqligi borligini ham ko’rsata olishdir. Sababi hayotdan chetda qolgan har qanday bilim ham tezda unut bo’lib ketadi. Shuning uchun o’quvchilarni doimo bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish kerak, ya’ni har xil ta’limiy mazmunli o’yinlar o’rgatish kerak bo’ladi.”
O’quvchilarni geometriya darslarida tafakkurini shakllantirish uchun turli xildagi masalalar ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan: matematik ob’ektlar, geometrik figuralar, diagrammalar, faktlar, formulalarni tasavvuriga keltirishlaridan avval uni tafakkur qiladilar. Uchburchak, to’rtburchak, romb kabi geometric figuralar qatnashgan masalalar ularni ko’proq fikrlashga, bosh qotirishga davit etadi va o’z- o’zidan tafakkur shakllanishida asosiy ro’l o’ynaydi. Agar biz geometrik obektlar ustida fikrni qo’yadigan bo’lsak, o’quvchiga nuqta, tekislik haqida tushincha beramiz. O’quvchi bu tushunchani ko’rish orqali sezib tafakkuriga o’tkazadi so’ngra nuqta, vergul, to’g’ri chiziqning o’zoro munosabatini o’rganib tafakkurini boyitsa shu bilan birga mushohadalangan ma’lumotlarga tayansa ularda soda tasavvurlar paydo bo’ladi. Geometrik tafakkurning ta’lim sohasidagi rivojlanishi shu darajadaki, anketa so’rovlari, test materiallari, olingan yozma ish natijalariga ko’ra o’quvchini mustaqil biror teorema isbotini to’liq keltirishi, o’rta va undan yuqoriroq qiyinlik darajasidagi masalani mustaqil to’liq yechishi akademik litsey o’quvchilarida maktab darajasidek bo’lmaydi. Geometrik masalalarning geometriyani o’qitishdagi ahamiyati uning bajaradigan vazifalaridan ko’rinib
turibdiki, bilim, ko’nikma berish bilan chegaralanib qolmay, balki uning geometrik tafakkurini rivojlantirish, ma’naviy tarbiyalash kabi muxim ishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |