§. matematik tafakkurni shakllantirish
Ma’lumki, inson shaxs sifatlarining o’zgarishi, shakllanishi, rivojlanishi bevosita o’qitish va o’rgatish jarayonining samaradorligi bilan bog’liq. Har bir metodik yangilik ham inson shaxsi sifatlarini rivojlantiradi. Adabiyotlarning taxlili asosida shaxsning psixologik sifatlarini quyida sxema ko’rinishida keltiramiz.
Sxemadan ko’rinib turibdiki, tafakkurgacha sakkizta sifat ko’rsatkichi rivojlangan bo’lishi va ular tafakkurining rivojlanishiga qo’yilishi kerakligi ushbu sxemadan ham ko’rinib turibdi. Matematik obektlarni,formulalarni,qonuniyatlarni o’quvchilar tomonidan tasvvurga keltirish o’ziga xos ta’lim ketma-ket bajarilishi zarur bo’lgan jarayonlarini yuzaga keltiradiki, bu jarayonlar o’z navbatida amallar bajarish orqali yuzaga keladi.
O’quvchilar matematik obektlar, geometrik figuralar, diagrammalar,faktlar,qonuniyatlar va formulalarni tasavvurga keltirishdan avval ular to’g’risida tafakkur qiladilar, shu bilan birga o’xshash manbalarga tayangan holda fantaziyaga erishadilar. Buning uchun ular ma’lum geometrik ob’ektlarni ko’rish,sezish, esga olish, tafakkur qilish kabi ketma-ketlikni bajargan holdagina u yoki bu geometrik obektni tasavvurga keltirilishi ancha yengil kechadi.shuning uchun ham psixologik jihatidan bu jarayonni o’ziga xosligi muhim. Uni sxemada keltiramiz.
Matematik ob’ektlarni tasavvur qilish va fantaziyalash
Sxemadan ko’rinib turibdiki, har bir tafakkurning garchi u falsafiy asosga ega bu bo’lgan fantaziya bo’ladimi, qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning asosida hech bo’lmaganda kichik bo’lsaham tasvvur mavjud. Bu esa shu tafakkurning yuzaga kelishi yoki rivojlanishiga olib keladiki, natijada Arestotelning fikricha katta ilimning ochilishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Agar biz geometrik obektlar ustida fikrni qo’yadigan bo’lsak, o’quvchiga nuqta,tekislik haqida tushincha beramiz. O’quvchi bu tushunchani ko’rish orqali sezib tafakkuriga o’tkazadi so’ngra nuqta,vergul,to’g’ri chiziqning o’zoro munosabatini o’rganib tafakkurini boyitsa shu bilan birga mushohadalangan ma’lumotlarga tayansa ularda soda tasavvurlar paydo bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarni yangi, yanada murakkabroq obektlarni o’rganishga tasvvuriga keltirishiga imkon beradi. O’quvchilarni tasavvurga berilayotgan obektlar garchand to’liq atroflicha ishlanga bo’lishiga qaramasdan boshlng’ich holatlarda
o’quvchilarni to’liq tasavvuriga keltira olmaydi. Bynday holda esa esda saqlash yetarli darajada ishlamasligini uni to’liq tasavvurga keltira olmaydi. Bunday holda esda saqlash yetarli darajada ishlamasligi uni to’liq tafakkurga olib chiqish imkonini bermaydi. Bu esa o’z navbatida tasvvurning to’liq bekamu-ko’st bo’lishini ta’minlay olmaydi.
Shuning uchun ham tasavvur bu inson ilgari o’z ongida in’ikos etmagan narsa va hodisalarning obrazlarini xayolida, ongida, in’ikosida gavdalanishiga aytiladi. Bu tarifdan ko’rinib turibdiki, har bir tasavvur qilinayotgan obrazlar to’gridan- to’g‘ri inson ongida gavdalanavermaydi. Balki uning qismlari yoki shu obrazga olib keluvchi obrazchalar mavjuddirkim ular oxirgi natijada tafakkurda shunday bir yaxlit obrazni yuzaga kelishida imkon yaratib beradi.
Matematik tafakkur o’zining strukturasi bo’yicha ancha murakkab jarayon bo’lib, u o’zi bilan bir necha jarayonni olib boradi. Uning tarkibida bevosita ko’nikma va malaka, umumlashtirish , tafakkur kabi tushunchalar bilan bog’liqdirki, inson geometric tasavvuri bevosita shularning ketma-ket sodir bo’lishining integrativ yig’indisi asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun ham har bir matematik ayniqsa, geometrik tushuncha , qonuniyat yoki formulani o’quvchi o’z tasavvuriga keltirish va uning tasavvurida kengaytira bilish o’z navbatida undan ilgari birlamchi holatda uchraydigan geometrik obektlar ustida ishlash o’quvchilarning malakalariga, ilmiga uzviy bog’liqdir. Har bir geometrik malaka bevosita ko’nikma asosida sodir bo’lar ekan, u esa bilim asosida yuzaga kelib tafakkurning rivojlanishiga, kengayishiga o’zining ijobiy tasirini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |