Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika -matematika fakulteti



Download 200,3 Kb.
bet4/12
Sana18.02.2022
Hajmi200,3 Kb.
#452829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xusnida MO\'M-конвертирован

Tafakkur- buatrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial sababiy bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkur-inson ongida ask etgan ob’ektlarning turlari va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob’ektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayonidir.
Tafakkur jarayonining muhim xususiyatlaridan biri – nutq yordamida voqelikni aks ettirishdir. Tafakkur bilan nutqning o’zaro bog’liqligi fikr yuritish operatsiyalarining vujudga kelishini osonlashtiradi.
Tafakkurning ikkinchi muhim xususiyati bog’lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Ushbu xususiyat tafakkurning moddiy asoslari va mexanizmlariga bevosita ta’sir qilish qudratiga ega bo’lmagan atrof-muhitdagi voqealarni aniqlash va tushuntirish imkonini yaratib beradi.
Tafakkur jarayon sifatida.
Tafakkur murakkab jarayondir. Tafakkur muammoli vaziyat yuzaga kelishidan boshlanadi. U yangi maqsadlar yuzaga kelganda, eski vositalar va usullar yetarli bo'lmaganda paydo bo'ladi. Bunday vaziyatlar muammoli vaziyat deb ataladi.
Muammoli vaziyat - fikrlash masalasi yuzaga kelib, u aqliy faoliyat bilan bog’liq bo'lsa hamda uni yechishda insonda noaniqlik, eski usullar o'z samarasini bermasa yuzaga keladi. Muammoni yechish jarayonida inson gipotezani oldinga suradi, ya'ni masalani echish loyihasini. Ushbu etapdan inson o'z tafakkurining sxemasini shakllantiradi, mantiqan fikrlaydi. Muammoli vaziyat bu inson uchun tushunarsiz, ilgari uchramagan, uni havotirga soluvchi vaziyatdir. Muammoni echish bu «xatolar» usuli, hamda «vazifani yechish strategiyasi»ni ishlab chiqishdir.
Bunda inson unga tanish va notanish barcha usullarni qo'llab to'satdan, daqiqadagi
«insayt», «yorug’lik» sifatida namoyon bo'ladi.
Keyingi yillarda muammoni hal etishda «ongga hujumli ta'sir etish» (breyistorming) metodidan foydalanish keng qo'llanilmoqda. Ushbu metod ijodiy guruhda ishlovchi kishilar aqliy faoliyatini faollashtirishga qaratilgandir. Insonning aqliy faoliyatini aniqlashda biz tez-tez «aql», «intellekt» kabi tushunchalarni qo'llaymiz.
Aql-farosat - bu borliqni nazariy egallashning oliy formasi bo'lib, u insonning fikrlash qobiliyatida namoyon bo'ladi.
Intellekt - umumiy bilim qobiliyati bo'lib, insonni bilimni egallashga tayyorgarligi va bunda aqliy hatti-harakatni namoyon qilishda ifodalanadi.
Tafakkurning quyidagi turlari mavjud:

  1. Ko’rgazmali-harakatli tafakkur.

Bola tug’ilishidan tortib, to uning bog’cha yoshigacha bo’lgan davrni amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakatli tafakkur o’sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat qobig’ida aqliy harakatlarni amalga oshiradi. Amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmaliharakattafakkur o’sa boradi.

  1. Ko’rgazmali-obrazli tafakkur.

Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko’rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. Ob’ektlarning fazoda joylashgan o’rni, tashqi nomuhim belgisiularning ko’rgazmali-obrazli tafakkurini vujudga keltiradi.

  1. Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur.

Tafakkur aktivligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik)tafakkur turlariga ajratiladi. Intuitsiya deb, mantiqiy tafakkur yordamida ko’pvaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to’satdan, kutilmaganda halqilinib qolish jarayoniga aytiladi. Shaxsning muayyan sohadagi hayotiy yoki ilmiytajribalariga asoslangan intellektual sezgirligidan iborat faoliyatdir.
Ko’pincha ixtiyorsiz tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash,
gipoteza qilish kabi formalarda namoyon bo’ladi. Matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni yechish jarayonlari bunga misol bo’la oladi.Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti tarixidan shu narsalar ma’lumki, yirik ilmiykashfiyotlar ham ko’pincha huddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahaldato’satdan ochilgan. Jumladan, grek olimi Arximed solishtirma og’irlik qonuni zo’rberib aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda vannadacho’milib turgan paytida kashf etgan.Ko’pgana psixolog va fiziolog olimlarning ta’kidlashlaricha, muammoningbunday ravishda yechilishi hech kutilmagan yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishishu kashfiyotlar olam yuzini ko’rganicha bo’lgan davr ichida oylab, yillab qilinganmehnatning yakuni, ya’ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonining nihoyasigayetishdir, deb baholamoqdalar.

  1. Abstrakt va konkret tafakkur.

Tafakkur umumlashgan darajasiga ko’ra konkret va abstrakt tafakkurga ajratiladi. Fikr yuritilishi lozim bo’lgan narsa va hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo’lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o’z navbatida yaqqol-predmetli tafakkur va yaqqol-obrazli tafakkur nomi bilan ikki turga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol- predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi.
Tafakkurning bu turi xotira yoki hayol tasavvuriga asoslangan holda namoyon bo’ladi.
Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so’zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib, fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oliy matematika masalalarini yechish mahalidagi fikr yuritish, mulohaza bildirish abstrakt tafakkurga xos misollardir.

  1. Nazariy va amaliy tafakkur

Tafakkur yo’nalishiga qarab nazariy va amaliy tafakkur turlariga ajratiladi. Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishlarni, munosabatlarni, ichki bog’lanishlarni yoritib borish va shu bog’lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish
yo’li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma’lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko’rsatiladi.
Nazariy tafakkur jarayonlarida “Nega?”, “Nima uchun?”, “Nima sababdan?”, “Buning o’zi nima?”, “Bu hodisa yoki holatlar, yoxud tushunchalar o’rtasida qanday o’xshashlik va tafovutlar mavjud?” kabi qator savollar vujudga keladi.
Voqelikni o’zlashtirish vositasi bilan real narsava hodisalarni yaratishga yo’naltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deb ataladi. Uqo’yilgan nazariy va amaliy vazifalarni yangi usullar bilan hal qilish, ongimizdayangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish, muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog’liq murakkab tafakkur jarayonidir.

  1. Realistik va autistik tafakkur

Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratib o’rganish holati hukm surib kelmoqda. Odatda realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalarga bevosita bo’ysunadi va ularning yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Mavjud narsa va hodisalarni aks ettirish mazkur tafakkur turining ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Autistik tafakkur insonning xohish va istaklarini amalga oshirish bilan uzviy bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan tafakkur
harakatlari faqat o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan fikr yuritishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.

  1. Ijodiy tafakkur

Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo’lib, tadrijiy ravishda, izchil o’zaro bog’langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tug’iladi, vazifa aniqlanadi, masalani yechish yoki savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala – bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo’lgan savolning ifodasidir. Namoyon bo’lgan vazifa ko’pincha ifodalanishi shart
bo’lgan maqsadni ham o’zida aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha hislardanforih etishga qaratilgan maylidir.
Ijodiy tafakkur ijodiy hayol bilan uzviy aloqada bo’ladi. Shuning uchun inson amaliy faoliyatida bir talay savollarga javoblarni hayol yordami bilan topadi. Jumladan, har xil taxminlar, ilmiy gipotezalar, farazlar, kashfiyotlar, texnika sohasidagi ixtirolar ham ana shu yo’sinda amalga oshadi, ya’ni hayol yordami bilan zarur natijalarga erishiladi. Shuningdek, ijodiy tafakkur jarayonida ba’zi vazifalarni hal qilish, bajarish, muhokama yuritish, mulohaza qilish, fikrlash, faraz qilish singari jarayonlar mantiqiy fikr yuritish usullari va vositalarini qo’llash yo’li bilan nihoyasiga yetkaziladi. Masalan, matematika, fizika kabi fan asoslarini o’zlashtirishda huddi shunday holat ro’y beradi.
Psixolog V.A.Krutetskiy ijodiy tafakkurni taraqqiy etishmaqsadida masalalar tipologiyasini ishlab chiqib, turli yoshdagi o’quvchilar o’quvfaoliyatida sinab ko’rgan. Olingan natijalar olim tomonidan sifat va miqdorjihatdan analiz qilinib, grafik tasviri aks ettirilgan. Tipologiyaga kiritilganmasalalarni V.A.Krutetskiy turlicha nom bilan ataydi.

  • Savol aniq qilib qo’yilmagan masalalar. O’quvchining masalada berilgan matematik munosabatlarni analiz qilgandan keyin ifodalab beriladigan savolning variantlaridan biri qavs ichida ko’rsatiladi.

  • Berilganlari yetishmaydigan masalalar. Masalani aniq yechish uchun yetishmaydigan ma’lumotlar qavs ichida ko’rsatiladi.

  • Ortiqcha ma’lumotlari bo’lgan masalalar. Ortiqcha ma’lumotlar kursiv bilan beriladi.

  • Bir necha yo’l bilan yechiladigan masalalar. Bu yerda turli yo’llar bilan yechilishi mumkin bo’lgan masalalar berilgan. Masala yechishning eng oddiy, eng tejamli yo’li iloji boricha yashirilgan. Bu masalalar bir fikrlash operatsiyasidan ikkinchisiga, bir ishlash usulidan boshqasiga o’tish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.

  • Mazmuni o’zgarib turadigan masalalar. Bu masalalarda ham bitta mustahkamlangan aqliy operatsiyadan boshqasiga o’tishdan iborat aqliy qobiliyat tarkib toptiriladi.

  • Isbotlashga doir masalalar. Bu masalalar yordamida mantiqiy fikrlash, isbotlash singari aqliy qobiliyat takomillashtiriladi.

  • Fikrlash, mantiqiy mulohaza yuritishga doir masalalar. Bu masalalarni yechish uchun hech qanday maxsus bilimlar talab qilinmaydi, lekin bunda ma’lum darajada ijodkorlik ko’rsatib, mantiiqy mulohaza yurita olish kerak bo’ladi. Bu masalalarning ba’zilari matematik xarakterda, boshqalari faqat mantiqiy xarakterda bo’ladi.

Demak, ijodiy tafakkur turi o’zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o’ylab chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo’lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o’ynaydi.

  1. Produktiv va reproduktiv tafakkur

Psixolog Z.I.Kalmikova o’z tadqiqotlarida tafakkurniproduktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan. Bu bo’linish sub’ektbilimlariga fikr yuritish faoliyatida olinadigan mahsulning yangilik darajasiningmunosabati asos qilib olinadi. Qisqa vaqt birligi ichida yangi original fikrlaryaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigantafakkur produktiv tafakkur deyiladi.
Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyormulohazalarni o’zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan foydalanishgaqaratilgan insonning bilish faoliyati ko’rinishidir.
Reproduktiv tafakkur –bu standart tafakkur bo’lib,unda qayta aniqlar asosida egallangan usullardan masalani yechishda foydalaniladi.
Produktiv tafakkur – yangilikni ochish bilan bog’liqdir.Produktiv,ijodiy tafakkurni o’rganuvchi fan evristika fani deb ataladi.

  1. Fazoviy tafakkur.

Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda ratsionaljoylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog’lanishlarini adekvat(to’g’ri)
ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi. Uinsonning fazoviy tasavvurlari, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog’liqholda namoyon bo’ladi. Umuman olganda, tafakkur obektiv borlikning inson ongida faol aks ettirish jarayonidir.Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak formasidir. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga
kelishi uchun shartdir.
Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to'liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga(bilishga), insonning tag'in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi.
Hozirgi zamon mutaxassisining ijodiy mеhnat qilishi uchun tafakkurning bu turlaridan unumli, mustaqil, tanqidiy foydalanish talab qilinadi. Shuningdеk, ijodiy ishlash uchun fikrning ildamligi, ya'ni vazifalarni konkrеt sharoitga qarab yеcha olish, vazifani halqilishning yangicha yo’lini topa bilish talab qilinadi. Tafakkurning bu turlari va xususiyatlari turli odamlarda turlicha bo’lib, aql sifatlari dеb ataladi. Bulardan tashqari, odam fikr yuritishi tushunish, izohlay olish, muhimini ajrata olish singari mantiqiy opеratsiyalarga ham suyanadi.Insonning bilish jarayonlarida hayol yoki fantaziya katta ahamiyatga ega. Hayol sеzgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog’lik bo’lib, borliqni yangi bo’yoqlarda, o’z xohishi, istagi, tasavvuri shaklida aks ettirishidir. Ko’rgan, eshitgan, qisqasi o’z tajribasidan o’tkazgan narsa hodisalarni ko’z oldiga kеltirish-qayta tiklovchi, o’z istagi xohishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish-ijodiy hayol shaklida bo’ladi. Ijodiy hayol-fantaziya dеb ham aytiladi.

    1. Download 200,3 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish