16
1.3.
Rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarning ijtimoiylashuvi
muammolari
Hozirda ijtimoiylashuv jarayoni ilmiy izlanishlarning turli soxalarining
mutaxassislarning
tadqiqot
predmetiga
aylangan
6
.
Biroq,
Respublikamizda
nogironlarni, ayniqsa, nogiron-bolalar ijtimoiylashuvi muammosi xali maqsadga
muvofiq tarzda tadqiq etilmagan.
Odatda, “kamchilikli” bolalar “zudlik bilan” xalq ta‟limi tizimidan sog„liqni
saqlash tizimiga “о„tkaziladi”, bu esa bolani psixik rivojlanishidagi muammolarini
yanada og„irlashtiradi
7
. Rivojlanishdagi kamchiliklar bolani ijtimoiy va madaniy
shartlangan
ta‟lim-tarbiyaviy muxitdan chetlanib qolishiga olib keladi.
Rivojlanishdagi kamchiliklar oqibatida jamiyat, madaniyat bilan rivojlanish manbaasi
sifatidagi aloqa uziladi. Rivojlanishning eng erta bosqichlaridayoq ota-ona va bola
о„rtasidagi aloqa qо„pol buziladi, chunki madaniyat tashuvchisi bо„lgan katta
meyorda rivojlanayotgan bola maxsus tashkil etilgan sharoitlar, maxsus vositalar,
metodlar, ta‟lim usullarsiz bevosita о„zlashtiradigan ijtimoiy tajribani rivojlanishida
nuqsoni bо„lgan bolaga qanday va qay usulda taqdim etishni bilmaydi.
Bu bolalar vaqtining katta qismini о„ziga о„xshaganlar bilangina о„tkazib,
odatdagi ijtimoiy muxitga moslashish imkonini yо„qotadilar. Keyinchalik bu bolalar
ijtimoiy tajribani о„zlashtirish muammolariga duch keladi, ijtimoiy munosabat
jarayoni kamchiliklariga ega bо„ladi. Bu quyidagi sabablar natijasida kelib chiqadi:
Birinchidan, rivojlanish kamchiliklariga ega bolalar ijtimoiy aloqa doirasini
chegaralanganligi. Kо„pgina rivojlanish kamchiliklariga ega bolalar ilk rivojlanish
6
Акатов Л.И. Социальная реабилитация детей с ограниченными возможностями здоровья. Психологические
основы: Учеб. Пособие для студ. Высш. Учеб. Заведений. – М.: Гуманит. Изд. Центр ВЛАДОС, 2003. – С.146-
153.
7
Дименштейн Р.П., Герасименко О.А. О перспективах интегративных процессов в дезинтегрирующей среде.
Сб. научных трудов и проектных материалов Ин – т педагогических Инноваций РАО, - М., 1995.
17
davri faqat oila a‟zolari bilangina aloqada bо„lib, ijtimoiy aloqa о„rnatish tajribasiga
ega bо„lmaydilar.
Ikkinchidan, maxsus maktabgacha ta‟lim muassasalarini yopiq xarakterdaligi.
Ma‟lum-ki, kо„pgina yopiq xarakterdagi muassasalar bolani xissiyotlari, ehtiyojlari,
о„zini baxolashi va aqliy qobiliyatlariga salbiy ta‟sir kо„rsatadi.
Uchinchidan, jamiyat tomonidan “о„ziga xos” bolani qabul qilishga tayyor
emasligi. Sog„lom odamlarni rivojlanish kamchiliklariga ega odamlarga nisbatan
munosabati – ularni jamiyatga integratsiyasining muxim ijtimoiy-psixologik omilidir.
Chunki, nogiron inson kasb-xunar, jamiyat xayotida ishtirok etish istagi va potensial
imkoniyatlariga ega bо„lgan xolda ham, agar sog„lom odamlar u bilan ijtimoiy
aloqaga kirishishdan bosh tortsa, tashkilot mamuriyati uni ishga olish taklifini
bermasa, u о„zini namoyon eta olmaydi. Chunonchi, nogironlarga nisbatan qabul
qilinayotgan qonunlar qanchalik yaxshi va tо„g„ri bо„lmasin, jamiyat uni qabul
qilishga psixologik tayyor bо„lmasa ular ish bermaydi.
Xorijda bu muammoga katta e‟tibor qaratilmoqda. Nogironlikga ega va
sog„lom odalar о„rtasidagi munosabatlar 50 yil mobaynida о„rganib kelinmoqda.
Mazkur tadqiqotlar natijasida, о„zaro munosabatlar ziddiyatliligi va ambivalentligi
bilan xarakterlanib, kо„p xollarda sog„lom odamlarni nogironlarga nisbatan
munosabati salbiy, xatto dushmanlik bilan ifodalanadi. Nogironlikga ega odamlarga
xasadgо„ylik, sog„lomlarga nisbatan ishonchsizlik, tashabbuskorlikni sustligi, о„ziga
nisbatan rahm xissini ortshi kabi sifatlar xosligi belgilanadi. Sog„Xlom odamlarni
nogironlarga nisbatan munosabati turlicha – hamdardlik, qiziqish, hushmuomalali
kо„ngilsiz munosabat va xatto, nafrat shaklida nomoyon bо„lishi mumkin. Sog„lom
18
odamlar nogironlar bilan aloqada muloqotni tezroq tugatishga intiladi, unga nisbatan
yetarlicha chinkо„ngillik kо„rsatmaydi
8
. Bu xolatni sabablari turlicha:
Birinchidan, yaqin vaqtgacha bu muammo bо„yicha targ„ibot ishlari umuman
amalga oshirilmagani sabali, sog„lom odamlar bu guruh odamlari haqida yetarlicha
ma‟lumotga ega emaslar. Shunday qilib, zarur bilimlarga ega emaslik, etarli darajada
axborotlashmagani asoslanmagan xulq-atvor va rivojlanish xususiyati haqidagi
notо„g„ri nuqtai nazarga ega bо„lishlariga olib keldi.
Ikkinchidan, yaqin о„tmishda bizning qonunchiligimiz nogironlikga ega
insonlarga nisbatan integratsiya va reabilitatsiya g„oyalarida emas, faqat turli xil
chegirmalar va tо„lovlar tizimi asosida qurilganligi. Hozirda integratsiyaning
qonunchilik bazasi sekin-asta qurilmoqda. Biroq, bu qonunlarni real “ishga kirishi”
uchun vaqt zarurdir.
Uchinchidan, о„zaro munosabat muammosi nisbatan juda yosh bо„lib, sog„lom
va nogiron insonlarni о„zaro yaqinlashtirishga qaratilgan tadbirlar juda oz
о„tkazilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: