Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


“Nogironlikning  ijtimoiy  modeli”ning  ta‟rifi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana08.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#332688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
nogironlikka ega bolgan bolaning meyorida rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga integratsiyasi (1)

“Nogironlikning  ijtimoiy  modeli”ning  ta‟rifi

.  Bu  modelning  “tibbiy 

model”dan g„oyaviy о„zagi mutlaqo farq qilgani tufayli va bu ikki model о„rtasidagi 

tafovutni  tushuntirish  uchun  О„zbek  tilida  yangi  atamalarni  joriy  etishga  tо„g„ri 

keladi.  Bu  atamalar  shartli  atamalar  bо„lib,  ular  “ijtimoiy  model”ni  tushuntirish 

maqsadida  vaqtincha  qо„llaniladi.  “Ijtimoiy  model”ni  keng  targ„ib  qilish  uchun 

kelajakda doimiy qо„llaniladigan atamalar ishlab chiqilishi lozim bо„ladi. Bu atamalar 

quyidagilar:  sharoit  cheklanganlik,  sharoiti  cheklangan  shaxs,  tana  funksiyasi 

cheklanganlik,  va  tana  funksiyasi  cheklangan  shaxs.  “Ijtimoiy  model”ni  tushunish 

uchun, birinchi о„rinda shaxsning tanasini yoki ruhiyatini boshqalardan farq qiladigan 

holati,  ya‟ni  “tibbiy  model”da  nogironlik  deb  ta‟riflangan  holat  bilan  shaxsning 

ma‟lum bir faoliyatni yoki harakatni bajara olmaslik holatini bir-biridan ajratib olish 

kerak.  “Ijtimoiy  model”  g„oyasiga  kо„ra,  tana  funksiyasi  cheklanganlik  shaxsning 



14 

 

jamiyat  hayotida  ishtirok  eta  olmasligi,  faoliyat  yuritmasligi,  ta‟lim  ololmasligi,  oila 



qura  olmasligi,  о„z  oilasida  yashamasligi  va  hokazo  muammolarining  sababchisi 

emas.  Tana  funksiyasi  cheklangan  shaxsning  barcha  bilan  teng  va  jamiyatda 

tо„laqonli ishtirok eta olmasligining sababi, bu jamiyatdagi mavjud jismoniy tо„siqlar, 

salbiy  munosabatlar,  notо„g„ri  tushuncha  va  qarashlar,  о„rnatilgan  tartib  va 

tizimlardir.  Yoki  boshqa  sо„zlar  bilan  ifodalaganda,  tana  funksiyasi  cheklangan 

shaxsning  atrof  muhit  bilan  bо„ladigan  munosabati  natijasida  kelib  chiqadigan 

muammo  bu  sharoit  cheklanganlik  (nogironlik).  Masalan,  “ijtimoiy  model”da  kо„zi 

butunlay ojiz bо„lgan shaxsning holati “tana funksiyasi cheklanganlik” holati deyilsa, 

lekin  shu shaxsning ma‟lum  bir  faoliyatni  bajara olmasligi,  masalan kitobni  mutoala 

qila  olmasligi  “sharoit  cheklanganlik”  deyiladi,  va  natijada  bu  kо„zi  ojiz  shaxs 

“sharoiti  cheklangan  shaxs”  deyiladi.  Yoki  harakatlanish  aravachasidan 

foydalanadigan  shaxs  binoga  uning  eshiklari  yetarlicha  keng  bо„lmagani  tufayli  kira 

olmasa,  bu  holda  uning  sharoiti  cheklangan  bо„ladi.  “Ijtimoiy  model”ga  kо„ra,  bu 

shaxsning  binoga  kira  olmasligining  sababi  uning  harakatlanish  aravachasida 

yurganligida  emas,  aksincha  buning  sababi  bino  harakatlanish  aravachasiga 

moslashtirilmaganida. “Tibbiy model”da bu ikki jihat ajratib kо„rsatilmaydi. 

 “Ijtimoiy model”ga kо„ra, barcha insonlar bir-biridan ma‟lum bir jihatlar bilan 

farqlanadi,  barcha  insonlarning  jamiyatdagi  teng  xuquqli  ishtiroki  va  faoliyatini 

ta‟minlash  uchun  alohida  shaxslarni  о„zgartirish  emas,  balki  jamiyatdagi  tо„siqlarga 

barham  berish  lozim.  Ushbu  model,  ikki  yoqlama  yondoshuvni  tavsiya  etadi. 

Birinchisi,  tо„siqlarni  bartaraf  etib  jamiyatni  barcha  teng  va  erkin  ishtirok  etadigan 

qilish,  va  ikkinchisi  shaxslarni  salohiyatini  va  shaxsiy  qudratini  oshirish,  bunga 

ma‟lumotga  ega  bо„lish,  qobiliyat  va  kо„nikmalarni  rivojlantirish  hamda  tibbiy 

sog„lomlashtirish  ishlari  kiradi.  Tibbiy  sog„lomashtirish  bilan  “tibbiy  model” 

tushunchalari  bir  xil  tushunchalar  emas.  “Ijtimoiy  model”  shaxsning  har  tomonlama 

imkoniyatini  oshirish  uchun  tibbiy  sog„lomlashtirish  yondoshuvini  ham  faol 




15 

 

ishtirokka  ta‟sir  kо„rsatuvchi  omil  sifatida  tavsiya  etadi.  Ushbu  modelning  “tibbiy 



model”dan  tubdan  farq  qiladigan  xususiyatlaridan  yana  biri,  bu  barcha  olib 

boriladigan 

say-harakatlar 

va 


chora-tadbirlarning 

asosiy 


yetakchilari 

bu 


muammolarga duch kelayotgan sharoiti cheklangan shaxslarning о„zlari. 

“Ijtimoiy  model”ning  pirovard  maqsadi,  jamiyatdagi  mavjud  tо„siqlarni 

bartaraf  etish  orqali  barcha  insonlar  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratilishiga  erishish. 

YA‟ni,  kо„zi  ojiz  shaxsni  kitob  mutoala  qilishiga  erishish  uchun,  kitobni  nafaqat 

odatiy nashrda, balki Brayl yozuvida chop etish yoki elektron shaklda ovozli kitoblar 

yaratish  lozim.  Har  bir  yaratiladigan  mahsulot  yoki  kо„rsatiladigan  xizmat  barcha 

insonlarning  ehtiyojlarini  hisob  olgan  holda  yaratilishi  kerak.  “Ijtimoiy  model”da 

bunday  yondoshuv  “universal  dizayn”  deb  ataladi,  ya‟ni  mahsulotlar  va  xizmatlar 

nafaqat  tana  funksiyasi  cheklangan  shaxslar  uchun,  balki  barcha  insonlar  uchun 

mо„ljallangan bо„lishi lozim. 

Barcha  insonlarning  jamiyatdagi  teng  va  hech  qanday  tо„siqlarsiz  hamda 

kamsitilmay  ishtirok  etishini  ta‟minlash  uchun,  “nogironlikning  ijtimoiy  modeli”ni 

keng ommaga yetkazish juda muhim masala. 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish