O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT MOLIYA INSTITUTI
JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR
FAKULTETI
MINTAQAVIY TURIZM BAKALAVR YOʻNALISHI
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: AMERIKA TURIZMINING RIVOJLANISH DINAMIKASI
Bajardi:___________________________
Ilmiy rahbar:__________________________
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………..
I BOB. AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARIDA TURIZM DINAMIKASI 1.1 AQSHning turizm salohiyati va Covid-19 ning soha rivojiga ta’siri……..
1.2 AQSH turizmning rivojlanish bosqichlari………………………………
1.3 AQSHda ichki va tashqi turizm…………………………………..……..
II BOB. AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARINING MOʻJIZAKOR HUDUDLARI…………….…………………..…………….………………..
2.1 AQSHdagi eng mashhur turistik joylar:……………….………………….
2.2 AQSHning betakror shaharlari…………………………………………..
2.3 Dunyodagi eng maftunkor sharshara……………………………………..
2.4 Grand Kanyon…………………………………..…………………………
XULOSA………………………………………………………………….…
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………..……
ILOVALAR…………………………………………………………………
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda turistik talablarda yangi tendensiyalar paydo bo‘ldi. Ular bir qator demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tartib, shuningdek, zamonaviy odamning psixologiyasidagi o‘zgarishlar kabi omillar bilan shartlangandi. Turistik talab kattaligi va xarakteriga jamiyatning demografik tarkibidagi o‘zgarishlar va yangi rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda, aholi ijtimoiy modeli katta ta’sir o‘tkazadi1.
Turizmga daxldor boshqa o‘zgarishlarda jamoat mehnat sohasiga xotin-qizlarni keng jalb etilishini ko‘rsatish mumkin. Jahon bo‘yicha barcha hududlarda turli ishlarda band xotin-qizlar soni ortib borayapti. Ularning ko‘pchiligi o‘z mavqiyeni ko‘tarishga intiladi: omadli tadbirkorga aylanadi, davlat va tijoriy strukturalarda rahbarlik lavozimlarini egallaydi.
Hozirgi zamon jamiyatida xotin-qizlarning roli oshishi bilan bir vaqtda ularning ongida tub o‘zgarishlar ro‘y beryapti. Hayot o‘zgarib bormoqda, qadriyatlarini qayta baholash kechayapti. Ular kech nikohga kirishyapti, bola tug‘ishni orqaga surishmoqda, u paydo bo‘lishi bilan ishga qaytishmoqda. Xotin-qizlar moddiy mustaqillik, oilasi esa qo‘shimcha daromad olayaptilar, uning bir qismini sayohatlarga yo‘naltirmoqdalar.
AQSH aholi sonining ko‘pligiga qaramasdan mamlakatdan chetga kam turist sayohatga chiqadi. Masalan, 1992 yil chet davlatlarga 52,8 mln kishi ketgan. Ularning aksariyat qismi qo‘shni bo‘lgan Meksika va Kanadada bo‘lishgan. Bu mamlakatlarga boradigan 1 kunlik turistlarning soni esa bundan ham ko‘proq. Meksikaga 50 mln kishi, Kanadaga esa 23 mln kishi to‘g‘ri keladi. 1992 yilda chetga chiqish turizmining 25%i Yevropaga, 17%i Uzoq Sharqqa va 10%i Karib basseyniga to‘g‘ri keladi. Amerikaliklarning qisqa dam olish ta’tilining 51%i 2 yoki undan kamroq tunni tashkil qilgan. Bu sayohatlarning aksariyati avtomobillarda (80%) uyushtiriladi. Amerikaliklar orasida qirg‘oq va ko‘llar bo‘yida joylashgan kurort hamda dam olish zonalarining mavqei oshib bormoqda.
Shu ma’noda AQSH turizmining rivojlanish dinamikasini o’rganish turizm sohasining muhim muammolaridan biridir. Mazkur kurs ishimiz shu sababli ham dolzarblik kasb etadi.